Zafaniyo 3 bob

1 Quddusning gunohi va itoatsizligi. 8 Xalqlar Egamizga yuz buradi. 14 Sevinch qo‘shig‘i.

1 Bulg‘angan, buzuq shaharning holiga voy! Zolimlarga to‘lib ketgan shaharning holiga voy!
2 U hech kimning gapiga quloq solmaydi, O‘ziga hech qanday saboq olmaydi. O‘z Xudosi tomon yuz burmaydi, Umidini Egamizga bog‘lamaydi.
3 Shahar a’yonlari o‘kirayotgan sherlarga o‘xshaydi. Hakamlari ham kechasi och qolgan bo‘rilarga o‘xshab, Ertalabgacha o‘ljasidan hech narsa qoldirmaydi.
4 Payg‘ambarlari katta ketadi, Hammasi qalloblik qiladi. RuhoniylariXudoning uyini harom qiladi, Ular Tavrot qonunini buzadi.
5 Ammo Egamiz hamon shahardadir. U doim to‘g‘ri ish qiladi, U nohaqlik qilmaydi aslo! U har kuni ertalabdan adolat o‘rnatadi, Tong sahardan odillik bilan ish tutadi, Fosiqlar esa uyalmay yomonlik qilaveradi.
6 Egamiz shunday deydi: “Men xalqlarni qirib tashladim, Ularning shaharlarini vayron qildim, Qal’alarini qulatdim. Ana, ko‘chalari huvullab qoldi, Shaharlarida inson zoti qolmadi.
7 Endi xalqim Mendan qo‘rqar, Bundan o‘ziga saboq olar, deb o‘ylagan edim. Quddusni vayron qilmayman, Aytganlarimni boshiga solmayman, degan edim. Ammo ular shunda ham, Qabihliklar qilish ishtiyoqidan voz kechmadilar.”
8 Egamiz shunday demoqda: “Mening kelishimni kutinglar, Men xalqlarga hamla qilib, Ularni talon–taroj qiladigan kunni kutinglar. Men qaror qildim: xalqlarni yig‘aman, Barcha ellarni to‘plab olaman. Ularning ustiga g‘azabimni sochaman, Alangali qahrimni ularga yog‘diraman. Rashkim o‘ti butun dunyoni kuydirib tashlaydi.
9 Keyin Men barcha xalqlarning nutqini o‘zgartiraman, Shunda ular butlarga iltijo qilmay, faqat Menga iltijo qilishadi. Birgalikda Menga xizmat etishadi.
10 Olis yurtlardan ixlosmandlarim kelishadi, Habashistondagi daryolarning narigi tomonidan, Menga nazrlar olib kelishadi.
11 Ey xalqim, o‘sha kuni sizlar uyalib qolmaysizlar, Oldinlari Menga bo‘ysunmaganingizdan shunda xijolat tortmaysizlar. Axir, Men orangizdagi takabbur odamlarni yo‘q qilaman. Shunda Muqaddas tog‘imda o‘zlaringizni katta tutmaydigan bo‘lasizlar.
12 Men faqat kamtarin va itoatkor odamlarni qoldiraman. Ular Men, Egangizda panoh topadilar.
13 Isroil xalqining omon qolganlari Hech yomonlik qilmaydilar. Ular hech kimni aldamaydilar, Og‘izlaridan yolg‘on so‘z chiqmaydi. Ular yaylovda o‘tlab yurgan qo‘ylarday orom oladilar, Hech kim ularni bezovta qilmaydi.”
14 Ey Isroil xalqi, sevinch ila hayqiring! Ey Quddus aholisi, kuylang! Ey Sion ahli, butun qalbingizdan shodlaning!
15 Egamiz sizlarni jazolab bo‘ldi, Dushmanlaringizni U quvib yubordi. Isroilning Shohi — Egamiz orangizdadir. Siz endi kulfatdan qo‘rqmang.
16 O‘sha kuni Quddusga shunday so‘zlar aytiladi: “Ey, Sion aholisi, qo‘rqmang! Aslo bo‘shashmang!
17 Egangiz Xudo sizning orangizdadir, Sizga zafar keltiruvchi jangchi O‘shadir. U sizni deb xursand bo‘lib sevinadi. O‘z sevgisi ila qo‘rquvlaringizni olib tashlaydi. Ha, sizni deb shod bo‘lib kuylaydi.”
18 Egamiz shunday deydi: “Ey surgun bo‘lgan Quddusliklar, Sizlar tayinlangan bayramlarda Qatnasha olmaganingizdan xafasizlar, Men sizlarni o‘z yurtingizga olib kelaman, Bundan buyon xor bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymayman.
19 Sizlarga zulm o‘tkazgan xalqlar bilan O‘shanda O‘zim hisob–kitob qilaman. Men cho‘loqlarni qutqaraman, Haydab yuborilganlarni yig‘ib olaman. Ular sharmanda bo‘lgan har bir yurtda Obro‘ va shuhrat topadilar.
20 Ha, o‘sha vaqtda sizlarni yig‘ib olaman, Uylaringizga eltib qo‘yaman. Sizlarni yana farovonlikka erishtiraman, Buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, Xalqlarning hurmatu maqtovlariga sazovor bo‘lasiz.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18