Mixo 6 bob

1 Egamiz Isroil xalqi bilan da’volashadi. 6 Xudoning talablari.

1 Egamizning suzini eshiting: “Qani turing! Tog‘lar oldida ayting da’voingizni, Qirlar eshitsin sizning ovozingizni.”
2 Ey tog‘lar, Egamizning da’vosiga quloq tuting, Zaminning mangu poydevorlari, siz ham eshiting! O‘z xalqi bilan Egamiz da’volashadi, Xalqi Isroil bilan U bahslashadi.
3 Egamiz demoqda: “Ey xalqim, senga Men nima qildim?! Senga tushdimi biror og‘irligim?! Qani, javob bergin–chi Menga!
4 Men sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan edim– ku, U yerdagi qullikdan xalos etgan edim–ku. Oldingizga yuborgandim yo‘lboshchilarni — Muso, Horun va Maryamni.
5 Ey xalqim, nahot eslamasangiz Mo‘ab shohi Boloqning yovuz niyatini, Bavo‘r o‘g‘li Balomning unga bergan javobini?! Shitimdan Gilgalga qilgan safaringizda ham Nimalar yuz berganini bir eslang. Bu voqealarni esga olsangiz, Men sizlarni qutqarmoqchi bo‘lib, Ne–ne ishlar qilganimni ko‘rasiz!”
6 Xudoyi Taologa sajda qilganimda, Nima olib boray Egamizning huzuriga?! Unga atab qurbonliklar kuydirsammikan?! Bir yoshli buzoqlarni nazr qilsammikan?!
7 Unga atab minglab qo‘chqorlarni so‘ysam, Zaytun moyin daryo–daryo qilib oqizsam Egamiz mendan mamnun bo‘larmikan?! Itoatsizligim uchun to‘ng‘ich o‘g‘limni beraymi?! Gunohim–chun o‘z farzandimni qurbon qilaymi?!
8 Ey inson, nima yaxshi ekanligini Egamiz senga ayon qildi. Shudir Uning sendan qilgan talabi: Adolatli ish tutgin, Mehr–shafqat qilishdan zavq olgin, Kamtar bo‘lib, Xudoning yo‘lidan yurgin.
9 Xudodan qo‘rqish — donolik axir! Egamiz Quddus ahliga xitob qilar: “Yaxshilab quloq soling! Men sizlarni hademay jazolayman!
10 Ey fosiqlar, harom boyligingizga qanday ko‘z yumay?! Tarozidan urib yiqqan davlatingizni qanday unutay?! Bunday boylikdan jirkanaman, axir!
11 Noto‘g‘ri tarozini ishlatgan odamni qanday oqlayin?! Soxta qadoq toshlardan foydalangan kishiga qanday chidayin?!
12 Ey Quddus boylari, sizlar zo‘ravonlik qilyapsiz, Ey shahar odamlari, sizlar aldayapsiz. Yolg‘ondan boshqani bilmas tillaringiz.
13 Shuning uchun Men sizlarga qaqshatgich zarba beraman, Gunohlaringiz uchun sizlarni xarob qilaman.
14 Sizlar yeysiz, lekin to‘ymaysiz, Qorningiz doim och bo‘ladi. Narsa yig‘asizu saqlay olmaysiz, Yiqqanlaringizni urushda nobud qilaman.
15 Siz ekasiz, ammo o‘rib olmaysiz. Moy olasiz, ammo undan foydalanmaysiz. Uzum ezasiz, ammo sharobidan ichmaysiz.
16 Axir, sizlar shoh Omrining odatlarini tashlamayapsiz. Axab xonadonining barcha qilmishlariga taqlid qilyapsiz, Ularning yo‘lini tutyapsiz. Shuning uchun Men sizlarni xarob qilaman. Sizni ko‘rganlar sizlardan hazar qiladi, Barcha xalqlar sizlarni haqorat etadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18