Mixo 4 bob

1 Egamizning butun dunyodagi tinchliksevar hukmronligi. 6 Isroil xalqi surgundan qaytib keladi.

1 Shunday kunlar keladiki, Egamizning uyi turgan tog‘ Tog‘larning eng yuksagi bo‘lib, qaror topadi. Bu tog‘ hammasidan ham baland bo‘ladi, Xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
2 Ko‘plab ellar keladi, Ular shunday deb aytadi: “Qani, yuringlar! Chiqaylik Egamizning tog‘iga! Qani, yuringlar! Boraylik Yoqub naslining Xudosi uyiga! Toki U bizga o‘rgatsin O‘zining yo‘llarini, Toki yuraylik bizlar Uning so‘qmoqlaridan.” Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan, Ha, Xudoning ta’limoti kelib chiqar Siondan.
3 Egamiz hukm qiladi ko‘p xalqlarning orasida, Ajrim qiladi olisdagi kuchli millatlar orasida. Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga. Qilich ko‘tarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular.
4 Orom olar har kim o‘z uzumzorida, O‘tirar har kim o‘z anjirzorida, Biror kimsa ularga tahdid solmaydi. Buni Sarvari Olamning O‘zi aytdi!
5 Hamma xalqlar o‘z xudolariga ergashaversin, Biz esa abadulabad Egamiz Xudoning yo‘lidan yuramiz.
6 Egamizning kalomi shudir: “Shunday vaqt keladiki, Men cho‘loqlarni yig‘ib olaman. Haydab yuborilganlarni to‘playman, O‘zim azobga giriftor qilganlarimni yig‘aman.
7 Cho‘loqlarni omon saqlayman, Haydab yuborilganlardan kuchli bir xalq bunyod etaman, O‘sha kundan boshlab to abad Men, Egangiz, Sion tog‘ida ularga hukmronlik qilaman.”
8 Ey Quddusdagi shoh qal’asi, Xudo xalqining kuzatuv minorasi, Sobiq hokimiyating o‘zingga qaytadi. Ey Quddus shahri, Sening saltanating qayta tiklanadi.
9 Endi esa nechun faryod qilyapsan? Nima bo‘ldi, hukmdoring yo‘qmidi?! Nechun to‘lg‘oq tutgan ayol kabi azoblanyapsan? Maslahatching nobud bo‘ldimi?!
10 Ey qiz Quddus, Tug‘ayotgan xotin kabi oh–voh qilmaysanmi?! O‘zingni har tomonga tashlamaysanmi?! Axir, hozir shahardan chiqib ketasan! Yalang qirlarga borib maskan qilasan! Ha, Bobilga sen surgun bo‘lasan. Biroq u yerda sen najot topasan, Dushman qo‘lidan xalos qilar Egamiz seni.
11 Senga qarshi birlashdi talay xalqlar, Sen haqingda shunday deb aytadi ular: “Qani kelinglar, Quddusni xo‘rlaymiz, Shahvat bilan uni tomosha qilamiz.”
12 Ammo bilmas ular Egamizning niyatini, Aslo tushunmaslar Uning rejalarini, Bilmas ne sababdan Egamiz ularni yiqqanini, Anglamas bug‘doyday ularni yanchimoqchi ekanini.
13 Egamiz demoqda: “Turing, ey Quddus aholisi! Yanchib tashlang ularni! Temirdan qilaman shoxlaringizni, Bronzadan yasayman tuyoqlaringizni, Ezib majaqlaysiz ko‘plab xalqlarni.” Egamizga bag‘ishlaysiz olgan o‘ljangizni, Butun olam Rabbiysiga yov boyligini.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18