Amos 8 bob

1 Yetilib pishgan mevalar haqidagi vahiy.

1 Egamiz Rabbiy menga yana vahiy ko‘rsatdi: bir savat yetilib pishgan mevalar bor ekan.
2 Egamiz mendan: — Amos, nimani ko‘ryapsan? — deb so‘radi. — Bir savat yetilgan mevani, — deb javob berdim men. So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Xalqim Isroil ham jazo uchun yetilib turibdi. Endi Men ularga shafqat qilmayman.
3 O‘sha kuni Ma’baddagi ashulalar marsiyaga aylanadi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Hamma joyda jasadlar yotadi. Jim bo‘linglar!”
4 Ey yo‘qsillarni ezadiganlar, quloq solinglar! Ey, yurtdagi kambag‘allarni yo‘q qilganlar, eshitinglar!
5 Sizlar shunday aytasizlar: “Yangi oy shodiyonasi tezroq tamom bo‘la qolsa–yu, Donni sotsak. Shabbat kuni tezroq o‘tsa–yu, Bug‘doyni bozorga olib chiqsak. Shunda biz og‘irligini kamaytirib, Narxini oshiramiz, Tarozidan urib, odamlarni aldaymiz.
6 Bug‘doy chiqitlarini ham sotib yuboramiz. Yo‘qsilni bir juft choriqqa sotib olamiz, Kambag‘alni kumushga xarid qilamiz.”
7 Isroilning G‘ururi bo‘lmish Egamiz ont ichib dedi: “Ularning qilmishlarini Men hech qachon unutmayman, Ularni albatta jazolayman.
8 Shu sababdan yer titraydi! Yer yuzida yashovchi har bir mavjudot aza tutadi! Butun yer yuzi daryo to‘lqinlariday larzaga keladi, Ha, Nil suvlariday ko‘tarilib, pastga tushadi.”
9 Egamiz Rabbiy demoqda: “Ey Isroil xalqi, O‘sha kuni shunday qilamanki, Quyosh tush paytida botadi, Kuppa–kunduzi yer yuzini qorong‘ilik qoplaydi.
10 Bayramlaringiz motamga aylanadi, Hamma ashulalaringiz marsiya bo‘ladi. Sizlar hammalaringiz qayg‘udan qanorga o‘ranasiz, Aza tutganingizdan sochingizni oldirasiz. Yolg‘iz o‘g‘lidan judo bo‘lgan ota–onaga o‘xshab qolasiz. O‘sha kun oxiriga qadar achchiq kulfatday bo‘ladi.”
11 Egamiz Rabbiy demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men yurtga ocharchilik yuboraman. Odamlar non bilan suvni emas, Men, Egangizning so‘zini qo‘msab, och qolishadi.
12 Ular Mening so‘zimni eshitmoqchi bo‘lib, Bir dengizdan boshqa dengizgacha oyog‘ini sudrab borishadi, Shimoldan sharqqa yo‘l olishadi. U yoqdan–bu yoqqa yurib, sarson bo‘lishadi–yu, Ammo Men, Egangizning so‘zini eshita olishmaydi.
13 O‘sha kuni go‘zal qizlaru baquvvat yigitlar Tashnalikdan hushidan ketadilar.
14 Axir, ular Samariyaning sharmanda ma’budasi nomi bilan Qasam ichib yuribdilar, ‘Ey Dan yurti, xudoying shohid’, deb aytib yuribdilar, ‘Bershevaga olib boradigan ziyorat yo‘li haqi’, deb yuribdilar. Ammo ular yiqilib tushadilar, qaytib turmaydilar.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18