Amos 7 bob

1 Chigirtkalar haqidagi vahiy. 4 Olov haqidagi vahiy. 7 Shoqul haqidagi vahiy. 10 Amos va ruhoniy Emoziyo.

1 Egamiz Rabbiy menga shunday vahiy ko‘rsatdi: Dehqonlar shoh saroyi uchun bug‘doy o‘rib olganlaridan keyin, kechki ekinlar unib chiqishni boshlabdi. Shu paytda Egamiz gala–gala chigirtkalarni paydo qildi.
2 Chigirtkalar yer yuzida ko‘karib turgan hamma narsani yeb bitirishibdi. Shunda men yolvordim: “Ey Egam Rabbiy, o‘tinaman, gunohimizdan o‘t! Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmidi?! O‘zi kichkina bir xalq bo‘lsa!”
3 Egamiz shaxtidan qaytdi: “Bunday qilmayman”, deb aytdi.
4 Egamiz menga yana bir vahiy ko‘rsatdi: Egamiz Rabbiy xalqini olov bilan jazolamoqchi bo‘libdi. Olov buyuk dengizni yamlabdi, keyin yurtni yondira boshlabdi.
5 Shunda men yolvordim: “Ey Egam Rabbiy, o‘tinaman, bas qil! Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmidi?! O‘zi kichkina bir xalq bo‘lsa!”
6 Egamiz shaxtidan qaytdi. “Xo‘p, bunday ham qilmayman”, deb aytdi Egamiz Rabbiy.
7 Men yana bir vahiy ko‘rdim: shoqul yordamida qurilgan devorning oldida Rabbiy turgan ekan. Uning qo‘lida bir shoqul bor edi.
8 Egamiz mendan: — Nimani ko‘ryapsan, Amos? — deb so‘radi. — Shoqulni, — deb javob berdim men. So‘ng Rabbiy shunday dedi: “Qara, Men mana shu shoqul yordamida Xalqim Isroilni tekshiraman. Endi ularga shafqat qilmayman.
9 Is’hoqning sajdagohlari vayron bo‘ladi, Isroilning qadamjolari yo‘q qilinadi, Men shoh Yorubom xonadoniga qilich bilan hujum qilaman.”
10 Baytildagi ruhoniy Emoziyo Isroil shohi Yorubomga xabar yuborib, shunday dedi: — Amos Isroil xalqi orasida sizga qarshi fitna uyushtirmoqda. Uning bunday so‘zlarini xalqimiz ko‘tara olmaydi.
11 Amos shunday deb aytib yuribdi: “Yorubom qilichdan halok bo‘ladi, Isroil xalqi o‘z yurtidan albatta surgun qilinadi.”
12 Emoziyo Amosning o‘ziga esa shunday dedi: — Ey valiy, bu yerdan chiqib ket! Yahudo yurtiga bor. Noningni o‘sha yerdan topib yegin. Bashoratlaringni ham o‘sha yerda ayt.
13 Ammo Baytilda qayta bashorat qila ko‘rma, chunki bu shohning qutluq joyidir, shohligimizning sajdagohidir.
14 Amos esa Emoziyoga shunday javob berdi: — Mening mashg‘ulotim payg‘ambarlik emas, payg‘ambarlarga shogird ham tushmaganman. Men podani boqib yuradigan oddiy bir cho‘ponman, shikamora–anjir daraxtlarini parvarish qilaman.
15 Bir kuni suruvni haydab ketayotganimda Egamiz meni chaqirib: “Bor, xalqim Isroilga bashorat qil”, deb aytdi.
16 Ey Emoziyo, endi Egamizning so‘zlarini eshit! Sen menga: “Isroil haqida bashorat qilma, Is’hoq xonadoniga qarshi gap gapirma”, deb aytyapsan.
17 Shu sababdan Egamiz shunday demoqda: “Sening xotining shaharda fohishalik qiladi, O‘g‘il–qizlaring qilichdan halok bo‘ladi. Yering boshqalarga bo‘lib beriladi. O‘zing esa harom bir yurtda o‘lasan. Isroil xalqi o‘z yurtidan albatta surgun qilinadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18