Xo‘sheya 9 bob

1 Isroil xalqi jazolanadi. 10 Isroilning gunohi va uning oqibati.

1 Ey Isroil, bas qil shodligingni! Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni! Sen Xudoga bevafolik qilding. Baalga fohishaday sajda etding, Olgan hosilingni Baaldan to‘lov deb bilding.
2 Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas, Yangi sharobing chanqog‘ingni bosmas.
3 Sen Egamizning yurtida qolmaysan, Misrga qaytib ketasan. Ossuriyada xarom ovqat yeysan.
4 Egamizga sharob nazr qila olmaysan, Keltirgan qurbonliklaring Unga ma’qul bo‘lmaydi. Bunday qurbonliklar azadorning noniga o‘xshaydi, Undan yeganlarning hammasi bulg‘anadi. Zero, sening noning qorin uchun xolos, Bunday nonlar Egamizning uyiga kiritilmaydi, Egamizga ular nazr qilinmaydi.
5 Ey Isroil, endi sen tayinlangan bayramlarni o‘tkaza olmaysan! Egamizning muqaddas yig‘inlarini nishonlay olmaysan!
6 Sen ofatdan qochib qutulsang ham, Misr senga changalini soladi, Poytaxti Nuf senga qabr bo‘ladi. Kumush xazinalaring yantoqqa nasib bo‘ladi, Chodirlaringni tikanak o‘t bosadi.
7 Mana, hisob–kitob vaqti keldi! Jazo olish vaqti yetdi! Ey Isroil, tez orada sen bundan xabar topasan. Axir, ko‘plab gunohlaring sababli, Cheksiz adovatga to‘lgansan. Sen payg‘ambarlarni ahmoq hisoblaysan, Ruhdan ilhomlangan odamlarni telba, deb bilasan.
8 Ey Efrayim xalqi, Egam meni sizlarga posbon qildi. Ammo sizlar payg‘ambarlarni tuzoqqa tushirdingiz, Xudoyingizning uyini adovatga to‘ldirdingiz.
9 Givoda razillik qilgan ajdodlaringizga o‘xshab qoldingiz, Ularday yaramas ishlarga berilib ketdingiz. Ammo Xudo jinoyatingizni esga oladi, Gunohingizga yarasha jazoingizni beradi.
10 Egamiz shunday deydi: “Men Isroilni ilk bor topganimda, Sahroda uzum solgan tokni topganday bo‘ldim. Ha, ota–bobolarini birinchi ko‘rganimda, Anjirning chillaki mevalarini ko‘rganday bo‘ldim. Ammo ular Piyordagi Baalga kelganda, O‘zlarini o‘sha sharmanda butga bag‘ishladilar. Ko‘ngil qo‘ygan o‘sha butday jirkanch bo‘lib qoldilar.
11 Efrayimning shuhrati qushday uchib ketadi. Ularda na farzand tug‘iladi, Na ayollari homilador bo‘ladi, Na pushti kamaridan bola bino bo‘ladi!
12 Farzand o‘stirish nasib qilgan taqdirda ham, Birontasini qoldirmay yo‘q qilaman. Holiga voy, ularni tark etaman!
13 Men Efrayimni ko‘rganimda, U Tir shahriga o‘xshardi, Go‘zal yerda joylashgandi. Ammo endi Efrayim o‘z bolalarini Qotil oldiga olib chiqadi.”
14 Ey Egam, bu xalqingga Sendan nima tilay?! Ayollarini bepusht qilgin, Emiza olmaydigan qilgin.
15 Egamiz shunday deydi: “Ularning har bir qabihligi Gilgaldan boshlangan, O‘sha yerda nafratlana boshladim ulardan. Qabih qilmishlari uchun, Ularni uyimdan haydab chiqaraman. Endi ularni sevmayman. Ularning hamma beklari Menga qarshi bosh ko‘targan.
16 Efrayim quladi, Uning ildizlari quridi, Meva berishga u ojiz bo‘ldi. Farzand ko‘rgan taqdirda ham, Avaylagan zurriyotini o‘ldiraman.”
17 Isroil xalqini Xudoyim rad etadi, Ular Xudoga itoat qilmadi. Xalqlar orasida darbadar bo‘lishadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак