Xo‘sheya 2 bob

2 Isroil xalqi bevafo Go‘mera timsolida. 14 Egamizning O‘z xalqiga bo‘lgan sevgisi.

1 Egamiz shunday deydi: “Aka–ukalaringizni — Yomi, ya’ni ‘Mening xalqim’, opa–singillaringizni — Ruxamo, ya’ni ‘Rahmdan bahramand’, deb chaqiringlar.
2 Ey farzandlarim, Onangiz bilan da’volashing, Aybini yuziga soling. U endi xotin emas Menga, Men ham er emasdirman unga. Ayting, yuzidagi upa–eligini artib tashlasin, Egnidagi uyatsiz kiyimini yechib tashlasin. Bo‘ldi, fohishaligini bas qilsin.
3 Aks holda uning kiyimini O‘zim yechib tashlayman, Onasining qornidan tushganday qip–yalang‘och qilaman. Yerini bepusht sahroga aylantiraman, Uning yurtini qaqragan cho‘l qilaman. Tashnalikdan uni o‘ldiraman.
4 Bolalariga ham rahm qilmayman, O‘ynashlaridan orttirgan haromi ular.
5 Ha, ularning onasi fohishalik qilgan, Ularni tuqqan ayol sharmu hayoni yo‘qotgan. U dedi: ‘O‘ynashlarim oldiga ketdim. Nonu suvimni, junu zig‘ir matolarimni, Zaytun moyiyu sharobimni, Menga o‘shalar bergan.’
6 Shuning uchun yo‘lini tikanaklar bilan to‘saman, O‘tolmaydigan qilib devor quraman.
7 U o‘ynashlarining ketidan quvib yetolmaydi, Ularni izlab, topolmaydi. Keyin esa aytadi: ‘Birinchi erimning oldiga qaytib boray, Axir, o‘shandagi holim hozirgidan tuzukroq edi.’
8 Bug‘doyni, sharobu zaytunmoyini, Unga Men berganimni u bilmaydi. Baalga nazr qilgan kumushu oltinni Unga Men sovg‘a qilganimni anglamaydi.
9 Shuning uchun hosil paytida bug‘doyimni tortib olaman, Yig‘im–terim mavsumida sharobimni olib qo‘yaman. Badanini yopib turgan junu zig‘ir matolarimni qaytarib olaman.
10 Mana, endi uni yalang‘och qilaman, O‘ynashlarining oldiga chiqarib qo‘yaman, Qo‘limdan uni hech kim xalos qila olmaydi.
11 Men uning bazmlariga chek qo‘yaman. Yillik bayramlariyu yangi oy shodiyonalariga, Shabbatlari va barcha tayinlangan bayramlariga barham beraman.
12 ‘O‘ynashlarimning bergan to‘lovi’, deb o‘ylagan, Uzumzoru anjir bog‘larini buzib tashlayman, Hammasini to‘qayzor qilaman. Yovvoyi hayvonlar bog‘larini yo‘q qiladi.
13 U bayramlarda Baalga atab tutatqilar tutgani uchun, Uzugu taqinchoqlar bilan bezanib, O‘ynashlarining ketidan yurgani uchun, Meni esa tamom esidan chiqarib yuborgani uchun, Men uni jazolayman! — Egamizning kalomi shudir. —
14 Ko‘p o‘tmay Men uning ko‘nglini ovlayman, Uni sahroga olib borib, shirin so‘zlar aytaman.
15 O‘sha yerda uzumzorlarini qaytarib beraman, Kulfat soyligini umid eshigi qilaman. O‘sha yerda u Menga ergashadi, Yoshligida, Misrdan chiqqan chog‘ida ergashganday ortimdan yuradi.”
16 Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, o‘sha kuni sen Meni ‘Erim’, deb chaqirasan, hech qachon ‘Baalim’ demaysan.
17 Baalning nomini qayta tilingga olmaydigan qilaman.
18 O‘sha kuni yovvoyi hayvonlar, osmondagi qushlar va yerda sudraluvchi maxluqlar bilan ahd tuzaman, ular senga zarar yetkazmaydi. Yurtdagi barcha qamonu qilichlarni, hamma jang qurollarini yo‘q qilaman. Sen tinch, bexatar yashaysan.
19 Men seni O‘zimga abadiy nikohlab olaman. Senga nisbatan adolatli va odil bo‘laman. Seni doim sevaman, mehr– shafqat ko‘rsataman.
20 Senga vafo qilaman, sen Meni Egang, deb bilasan.”
21 Egamiz demoqda: “O‘sha kuni Men xalqimning iltijolariga javob beraman, Men osmonga amr qilaman, Osmon yerga yomg‘ir yog‘diradi.
22 Yer bug‘doy, uzum, zaytun yetishtiradi, Ular esa hayot bag‘ishlaydi Yizrilga — ‘Xudo ekkan’ deb atalgan Mening xalqimga.
23 Ha, Men Yizrilni O‘zim uchun bu yurtga o‘tqazaman. ‘Rahmdan bebahra’ — Lo‘ruxamoga rahm qilaman, ‘Xalqim emas’ — Lo‘amini, ‘Mening xalqim’, deb atayman. U esa ‘Xudoyim’, deb chaqirar Meni.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак