O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 1 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

1 bob - Birgina harakat bilan

Jinsiy aloqa. Ayrimlar bu so‘zni “ifloslik” deya hisoblashadi, boshqalar uchun - ajoyib, yana kimlardir uchun esa bu ovoz chiqarib aytilmaydigan va nimalargadir undovchi ...g‘alamislikdek bo‘lib tuyuladi.  Siz bu so‘zga qay tariqa yondashmang, jinsiy aloqa - nozik va ayni vaqtda o‘ta muhim masaladir.  Jinsiy aloqani mo‘‘jizaviy, ammo ehtiyotkorona munosabat talab etadigan qudratli kuch deya hisoblaydigan kishilar (masalan, ota-onalar yoki yoshlar yetakchilari) uchun bu, ya’ni jinsiy aloqalar balog‘atga yetmagan insonlarga anchayin bezovtalik keltirib chiqaradigan masala hisoblanadi.

Agarda qandaydir begona odam farzandingizning yotoqxonasiga har kuni suqilib kiraversa, siz tashvishga tushgan bo‘larmidingiz?  Mabodo bu yovuz odam doimo unga jinsiy aloqa haqidagi buzuq, umuman esa butunlay nopok tasavvurlarni singdirayotgan bo‘lsa-chi? Xo‘sh, agar mana shu kabi “bilim” qachondir farzandingizni gunoh yo‘liga boshlasa-chi? Shubham yo‘qki, agar bu ablah uning qalbini va ongini surbetlarcha xarob qilsa siz dahshatga tushgan bo‘lardingiz, darg‘azablik tuyg‘usini his qilardingiz.

Biz qanday xatarni nazarda tutayotganimizni tushuntirishimizdan avval, o‘zimiz haqimizda qisqacha gapirib berishimizga ijozat eting.  Biz, to‘rt farzandni tarbiyalayotgan Josh va Dotti, garchi mazkur masala borasida xavotir uchun jiddiy sabablar bo‘lsa-da, bu kitobni sizni qo‘rquvga solish uchun yozmadik. Bizning birinchi navbatdagi maqsadimiz - farzandingiz ba’zan to‘qnash keladigan holatlarga puxta o‘ylangan qarshilik ko‘rsatish uslubini sizga taklif etishdan iboratdir. Bundan tashqari, biz farzandingizni jinsiy aloqa to‘g‘risidagi sog‘lom (pokiza) tushunchalar bilan qanday tarbiyalash mumkinligi haqidagi samarali usullarni sizga yetkazishdan umidvormiz.

Nimaiki demang, jinsiy aloqa - ajoyib narsa! Qoyilmaqom! Shunchalik ajoyibki, so‘z bilan tasvirlashning iloji yo‘q! Xudo uni shu tarzda yaratgan. Har holda, ulg‘ayib borayotgan o‘g‘il yoki qizingiz Xudoning jinsiy aloqaga doir maqsadini to‘g‘ri anglab, kelajakda undan, aynan Xudo o‘ylab qo‘yganidek, rohatlanishini istasangiz kerak. Shu bois, mabodo qandaydir ahloqi buzuq odam bolangizni Xudoning ajoyib tuhfasidan o‘ziga ziyon yetkazish yo‘lida foydalanishga undasa, bu sizning qalbingizni vayron qilgan bo‘lardi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, masihiy ota-onalar va jamoat yetakchilari orasidagi eng birinchi qo‘rquv shundan iboratki, dunyoviy tasavvur va jinsiy aloqa borasida hamma yoqda hukmronlik qiladigan tartibsizlik turli xil ravishda bolalarimizning ongi va qalbiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Albatta, o‘zimiz ham bundan cho‘chiganmiz.  Bunday qo‘rquv tufayli harakatga tushgan ko‘plab ota-onalar masihiycha yangi maktablar ochilishiga yordam berishmoqda va bor kuchlari bilan bu maktablar rivojiga hissa qo‘shmoqdalar, ko‘pchilik o‘z farzandlarini yozgi masihiy oromgohlariga yubormoqda. Hozir uyda ta’lim olish har qachongidan ko‘ra ommabop bo‘lib qoldi.  Ayrim jamoatlar yoshlarga oid dasturlari bilan yuksak ko‘rsatkichlarga erishmoqdalar, oilalar aynan shunday jamoatlarga qatnashni boshlab yuborishgan. Shu tariqa, ota-onalar zamonamizga xos dunyoviy madaniyatning barbod qiluvchi ta’siridan o‘z bolalarini himoya qilishga umid bog‘lashmoqda.

Aslida ezgulik yo‘lidagi barcha bu ehtiyotkorliklar ko‘plab ota-onalar va murabbiylardagi hushyorlikni susaytiradi, zero masihiy oilalarda ulg‘ayayotgan, yaxshi jamoatlarga qatnayotgan va kattalar nazorati ostidagi ko‘ngilxushliklarda ishtirok etayotgan farzandlar vayronkor ta’sirlardan to‘liq himoya qilingandek tuyulishini tabiiy holdek qabul qilish mumkin.

Shunga qaramasdan, bugungi kunda bolalar ko‘proq tavakkalchilik girdobiga tushib qolishgan, aytaylik, o‘n yil avvalgiga nisbatan. Bunday hodisaning sababi shundaki, jamiyat aynan hozir ijtimoiy aloqa vositalarining qizg‘in rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda, bu esa bolalarimizda ahloqan tor, buzuq tasavvurlar hosil bo‘lishiga zamin yaratmoqda va farzandlarimiz bu tasavvurlarni avvalgi davrlarga nisbatan yanada nozikroq yoshda qabul qilishmoqda. Buning uchun ular hattoki o‘z uylari va shaxsiy xonalaridan tashqariga chiqishlari ham shart emas.  Mana, biz bu kitobda qanday “zararkunanda”, qanday xavf-xatar haqida so‘z yuritamiz.

IJTIMOIY OMMAVIY TARMOQLAR JABHASIDAGI INQILOB

Avvalgi davrlarda dunyo yosh avlodga radio, televideniye, kino, bosma nashrlar va shunga o‘xshash vositalar orqali o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Agar ota-onalar farzandining nimalarni eshitib, ko‘rayotgani va o‘qiyotganini nazorat ostiga olsalar, uni qaysidir bir darajada dunyoviy chirkin ta’sirlardan himoya qilishlariga ishonishlari mumkin edi. Biroq ijtimoiy tarmoqlar jabhasidagi bugungi inqilob vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Zamonaviy dunyoviy madaniyat o‘n yil avval hech kim eshitmagan vositalar orqali bolalarimiz hayotiga bostirib kirmoqda. Mana, misol uchun Internetning o‘tgan o‘n yillikdagi o‘sib borayotgan ta’sirini ko‘rsatadigan nisbiy jadvalni olaylik (ko‘rsatkichlar AQSh aholisiga nisbatan berilgan).

 

2000 yilda

2010-2011 yillarda

internetdan o‘rta darajada foydalanuvchi haftasida 2,7 soat vaqtini onlaynda o‘tkazadi

o‘rta darajada foydalanuvchi haftasida 18 soatni onlaynda o‘tkazadi

har kuni Google izlash tizimiga 100 million savol beriladi

har kuni Google izlash tizimiga 2 milliard savol beriladi

har kuni 12 milliard elektron xabarlar jo‘natiladi

har kuni 247 milliard elektron xabarlar jo‘natiladi

12 ming faol bloglar ro‘yxatga olingan

141 million faol bloglar ro‘yxatga olingan

iTunes orqali ko‘chirmalar bo‘lmagan

iTunesdan 10 milliard ko‘chirmalar amalga oshirilgan1

Twitter orqali tvitlar bo‘lmagan

Twitter orqali 25 milliard tvitlar amalga oshirilgan2

YouTube orqali har kunlik video ko‘rsatmalar bo‘lmagan

YouTube orqali har kuni 4 milliard video ko‘rsatuvlar uzatilgan3

YouTube orqali videomateriallar ko‘chirib olinmagan

YouTube orqali har daqiqada 60 soatlik videomateriallar ko‘chirib olinadi4

Facebook orqali birorta foydalanuvchi ro‘yxatga olinmagan

Facebook orqali 845 million faol foydalanuvchilar ro‘yxatga olingan5

Vikipediyada birorta ham maqola yo‘q

Vikipediyada 20 million maqola berilgan

 

2010 yilda Facebookda 250 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, har oyda 30 milliard kontent umumiy namoyishga  qo‘yilgan6. Mabodo Facebook mamlakat bo‘lganida, u aholi soni jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turgan bo‘lardi.

Facebookda 20 millionga yaqin bolalar va o‘smirlar ro‘yxatga olingan. Ulardan 7,5 millioni o‘n uch yoshga to‘lmagan, 5 millioni o‘n yoshdan kichik bolalardir7. Ayrim kuzatuvlarga ko‘ra, Facebook yaqin vaqtda barcha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning 90 foizini va AQShdagi Internetdan foydalanuvchilarning 57,1 foizini o‘ziga jalb etadi. 2013 yilga kelib internetdan foydalanuvchilarning 62 foizi va AQSh aholisining yarmi Facebookda ro‘yxatdan o‘tishi kutilmoqda8.

Agar videokontentga e’tibor qaratsak, e-Marketer  baholashiga ko‘ra, 2011 yilda o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan 50 million amerikalik bolalarning deyarli 12 millioni (bu 25 foiziga yaqin) “onlayn video” ko‘rishgan. 2015 yilga kelib, ularning 70 foizga yetishi kutilmoqda9. “Harris Interactive” tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, 2010 yilda yigirma yoshga to‘lmagan, ammo onlaynda har kuni kamida bir soat vaqt o‘tkazadigan bolalar soni 61 foizdan 76 foizgacha ortadi10.

Internet ommaviy axborot vositasi sifatida bolalar auditoriyasi o‘rtasida hatto televideniyedan ham o‘zib ketadi11. AQSh Maorif Vazirligining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, to‘rt yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarning 27 foizi Internetga kirish imkoniga ega12. Bugungi kunda hatto bolalar bog‘chalarida ham asosiy o‘quv anjomi yozuv taxtasi va bo‘r emas, balki iPad hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rivojlanish odamlarni birlashtiradi, ularga o‘zaro muloqotning o‘n yoki yigirma yil avval hech kim hatto tasavvur ham qilmagan imkoniyatlarini beradi. Agar bolangizning butun tarmoq bo‘ylab xohlagan kishi bilan cheklanmagan tarzdagi muloqoti sizda tashvish uyg‘otayotgan bo‘lsa, buning asosli ekanligini aytish lozim. Zamonaviy dunyo madaniyatida bolalarimizga bir zumdayoq Internetga kirish imkoniyatlari berilishining xavfli taraflari ham mavjud.

Yopishqoq ahloqsizlik

Biz ota-onalar va jamoat yetakchilari o‘smirlar va qizlarning jinsiy aloqa borasida Muqaddas Kitob tushunchalarini butun qalb bilan qabul qilishlarini istaymiz. Biz Xudoning rejasiga mos ravishda ular o‘z vaqtida, ya’ni qonuniy nikoh tuzib, jinsiy hayotdan bahra olishlarini xohlaymiz. Bundan bor-yo‘g‘i o‘n-o‘n besh yil muqaddam ota-onalar, yakshanba maktabi o‘qituvchilari, cho‘ponlar yoshlar nimani ko‘rib nimalarni eshitayotganini, ularning jinsiy aloqa haqidagi tushunchalari asosida nimalar yotganligini nazorat qilib, hayotiy qarashlariga to‘laqonli ta’sir ko‘rsatishlari mumkin edi. Biz shunchaki aytib qo‘yishimiz mumkin edi: “Bizning uyda bunday yo‘nalishdagi teledasturlar tomosha qilinmaydi va mana bu kabi  kitoblar o‘qilmaydi”. Biz shu tariqa o‘z bolalarimizni ommaviy axborot vositalarining vayronkor ta’siridan himoya qilishimiz mumkin edi. Ular qo‘shnilar yoki do‘stlari oldiga bormoqchi bo‘lganlarida xavotirga tushmasdik, negaki bolalarimizning muloqot doirasini  ularning qarashlariga mos keladigan odamlar bilan shakllantirgandik.

Biroq bugungi kunda yirik hisobda nazorat dastagini qo‘ldan boy berib qo‘ydik. Hozirgi kunda ahloqsizlik va buzuqchilik bolalarimizdan birgina xitob narida bo‘lib qoldi. Bola smartfon, iPad yoki noutbukning tugmachasini bir marta bossa bas, pornografik mazmunda hatto o‘zi tasavvur ham qilolmaydigan eng dahshatli foto va videolar unga yog‘ilib keladi. Bundan bir necha o‘n yillar avval bu kabi tasvirlari bor bo‘lgan jurnallar yashirincha sotilgan, ularni uylarga qoramtir paketlarda olib ketishardi. Aksariyat erkaklar ularni ko‘chada shunday nashrlar bilan kimdir ko‘rib qolishini istamagan. Bugungi kunda pornografiya barcha uchun ochiq, xususan, farzandingizga ham,  bu esa hech kimni taajjubga solmaydi.

Ahloqsiz jinsiy aloqa kontentini ko‘pchilik ko‘rib bormoqda, xususan, zamonaviy yoshlarning talaygina qismi ham.  “Family Safe Media” o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, pornografiyani internet orqali tomosha qiluvchilarning o‘rtacha yoshi - 9 yosh13. Shu bilan birgalikda, bu mavzudagi ochiq manbalar nihoyatda ko‘p. Har kuni 68 million so‘rov beriladigan 5 millionga yaqin pornosaytlar mavjud14. Har kuni Tarmoq bo‘ylab pornografik mavzudagi deyarli 2, 5 milliard elektron xatlar tarqaladi15.

2009 yilda  29 ming shimoliy amerikalik talabalar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, 51% erkaklar va 32% ayollar pornografiya bilan hali balog‘at yoshiga yetmasdan to‘qnash kelganlari ma’lum bo‘lgan16. “Tabiat va internet-pornografiyaning yoshlarga dinamik ta’siri” nomli jurnal maqolasida ma’lum qilinishicha, 93% o‘smirlar va 62% yosh qizlar Internet orqali pornografiya bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan avval tanishganlar. 83% o‘smirlar va 57% qizlar Internet orqali guruh bo‘lib jinsiy aloqa qilishni, 69% o‘smirlar va 55% qizlar besoqolbozlik yoki ayollarning o‘zaro hirsiy yaqinlashuvlarini, 39% o‘smirlar va 23% qizlar kishanband holatda jinsiy aloqa qilish sahnalarini kuzatishgan17.

 “Washington Post” o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, 11 millionga yaqin o‘smirlar muntazam ravishda pornografik saytlarga murojaat qilishadi18. “Focus on the Family” tashkilotining so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, 47% ota-onalar pornografiyaga berilib ketishni o‘z oilalaridagi jiddiy muammo deb bilishadi19, aytish lozimki, so‘rovda asosan masihiy oilalar ishtirok etgan.

Bu kimni tashvishga soladi?

Bundan bir necha o‘n yillar muqaddam yuzaga kelgan vaziyatdan farqli tarzda, aksariyat zamonaviy o‘smir yigit va qizlar pornografik mahsulotlarga murojaat etishda hech qanday nojo‘yalik yo‘q deb bilishadi. Keng miqyosdagi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘n sakkiz yoshdan yigirma olti yoshgacha bo‘lgan 67% erkaklar va 49% ayollar erotika va pornografiyaga bo‘lgan qiziqishni to‘liq ma’qullashadi20.

Shubhasizki, sizlar g‘amxo‘r ota-ona sifatida o‘z bolalaringizdan jinsiy aloqa mavzusidagi saytlardan uzoqroq bo‘lishlarini so‘raysiz. Siz mas’uliyatli va uzoqni ko‘zlagan inson sifatida hattoki internet-kontentni tozalash va o‘z kompyuteringizda nazorat dasturini ta’minlashingiz mumkin. Bularning hammasi zaruriy chora-tadbirlardir.

Biroq farzandingiz do‘stlarining oldiga borganida ular o‘z qo‘l telefonlarini ishga tushirsalar nimalar sodir bo‘ladi? Xo‘sh, ularning ota-onalari barcha uy elektron gadjetlarini jinsiy aloqaga yo‘naltirilgan kontentlardan xavfsiz holatga keltirishganmi? Muammo shundaki, jinsiy aloqaga yo‘naltirilgan va shu bilan birgalikda, asosan buzuqchilikdan iborat kontent barcha kiberhududlarga suqilib kirgan, siz hatto nomaqbul yo‘nalishdagi ma’lumotlarga to‘siq qo‘yishga uringaningizda ham undan qochib qutulish qiyin.

Qo‘shimcha qilamizki, har oyda Internetdan foydalanuvchilar pornografik yo‘nalishdagi deyarli 1,5 milliard hajmdagi ma’lumotlarni (bir kompyuterdan boshqasiga yuborish orqali) yuklab olishadi21, ulardan ko‘pchiligi “oilaviy filtrlar”da aniqlanmaydi. Aslida bola pornografik foto va videolarni shunday tarzda ko‘chirib olishi ham mumkinki, ota-onasi bu haqda hatto bilmay qolishadi.

Bugungi kunda buzuq jinsiy aloqalar haqidagi ochiq materiallar haddan ziyod ko‘p bo‘lib, qanchalik darajada hirsni qo‘zg‘atishidan qat’iy nazar, yoshlarning sezgi qobiliyatlari pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, o‘zaro yaqinlikka olib kelishi va nikoh munosabatlarida rohat baxsh etishi shart bo‘lgan jinsiy aloqalar haqida to‘g‘ri tasavvurga va bu borada muayyan chegaralar bo‘lishi zarurligi haqidagi tushunchaga ega bo‘lish o‘rniga, yoshlar go‘yo barcha ular o‘ylayotgandek ish ko‘rayotganlariga, boz ustiga, buning hech bir oqibati bo‘lmasligiga  ishona boshlaydilar. Mana, qanday o‘y-xayollar unga kiberhudud orqali tobora aniq singdirilmoqda.

Ko‘pchilik o‘smir yigit va qizlar bu kabi ochiq materiallarga shunchalik darajada loqayd bo‘lib qoldilarki, masalan, uni ro‘za bilan bog‘lash yoki o‘zaro ig‘vogarona fotosuratlar almashish kabi nomaqbul hazillar qilishni hech bir noo‘rinlik deya hisoblamay qo‘yishdi. Har o‘nta o‘smirdan to‘rttasi bir-birlariga jinsiy aloqa qilishga undaydigan fikrlar uyg‘otuvchi xabarlar yuborishi sizga ma’lummi? 39% o‘smir yigitlar va 38% yosh qizlar dastlab boshqa kimgadir yuborish uchun yozilgan jinsiy aloqaga doir SMS-xabar yoki elektron xatlarni o‘zlari ham o‘qib ko‘rish istagida ekanliklarini bildirishgan22.

Bolalarimiz nazarida, ularning o‘z tengdoshlarini ham nazarda tutgan holda, butun dunyo nikoh davrigacha jinsiy aloqa bilan mashg‘ul bo‘layotgandek tuyulishi shubhasiz. Albatta, biz ota-onalarga ma’lumki, hamma ham “bunday qilmaydi”, lekin bolalarimiz tasavvurida aynan shunday. Taqdir haziliga ko‘ra, ko‘pgina katta yoshli masihiylar farzandlariga bu muammolardan hech biri daxl qilmaganiga ishonadi, ayni vaqtda esa ularning farzandlari hammaning “shunday qilishiga” ishonchlari komil. Bu bir-birini o‘zaro rad etadigan nuqtai nazar juda keng tarqalgan.

Men (Josh) yaqinda bir Xushxabar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada o‘zimning “Yalang‘och dalillar” kitobim yuzasidan ikki soatlik seminar o‘tkazdim. Ushbu chiqishimda bolalarni ham qo‘shgan holda jami bir ming sakkiz yuz odam ishtirok etdi. Keyingi uch kun davomida ushbu tashkilotning o‘nta xodimi menga aytdilarki, bunda qatnashgan bolalardan kamida bittasi (hammasi o‘n to‘rt yoshdan kichik) Internet orqali pornografiyaga qiziqishi borligini tan olgan. Har bitta ota-ona bu haqda gumon qilmagani uchun ham iztirobga tushgan edi.

Yaqinda o‘tkazilgan ruhoniylar konferensiyasida men shu mavzuga yana to‘xtaldim. Ma’ruzamdan so‘ng beshta cho‘pon o‘zlaridagi muammolarni baham ko‘rish uchun oldimga kelishdi.

Birinchi cho‘pon: “Men hozirgina ikkita o‘g‘lim (ulardan biri o‘n to‘rt, boshqasi o‘n sakkiz yoshda) Tarmoqdagi pornografiyaga ishtiyoqmand bo‘lib qolganlaridan xabar topdim”. U o‘zi ham o‘n bir yil mobaynida shunday muammoga ega bo‘lganini tan oldi.

Ikkinchi cho‘pon” “Men o‘tgan haftada o‘n yetti yoshli o‘g‘limning qiz o‘rtog‘i undan homilador bo‘lib qolganini va o‘n besh yoshli qizimda ham homila borligini bilib qoldim. Yaqinda bir vaqtning o‘zida ikkita nevaram bo‘ladi! Nima qilsam ekan-a?” U o‘g‘lining pornografik roliklarni muntazam ko‘rganini aytib berdi.

Uchinchi cho‘pon (yoshlar cho‘poni): “Mening o‘n to‘rt yoshli qizimni (masihiy) maktabidagi o‘g‘il bolalar oral jinsiy aloqa qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishgan”.

To‘rtinchi cho‘pon: “Yaqinda sakkiz yoshli o‘g‘lim ishxonamdagi kompyuter orqali pornografik video tomosha qilayotganini ko‘rib qoldim”.

Beshinchi cho‘pon: “Ma’lum bo‘lishicha, mening besh yoshli o‘g‘lim to‘rt yoshidan boshlab pornografiya tomosha qilarkan”. Bechora ota buni bilib qolgach ruhiyati tushib ketgandi.

Bu barcha beshta suhbat men minbardan toki mashinamga yetib borgan yigirma daqiqalik vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tdi.

Hali mashinamga o‘tirmasimdan avvalroq bir notanish o‘smir qo‘limdan ushlab umidsiz ohangda shunday dedi: “ Janob Makdauell, iltimos, men uchun ibodat qilolmaysizmi? Mana uch yildirki, pornografiyaga berilib ketganman, u esa qalbimni buzyapti!”

Bundan bir necha yillar muqaddam meni Shimoliy Amerikadagi eng nufuzli va yirik Xushxabar maktablaridan birida jinsiy aloqa va sevgi munosabatlari haqida va’z o‘qishim uchun taklif etishdi.  Ma’muriyat mening roziligimni xursandchilik bilan qarshiladi, faqat mendan shu zahotiyoq oral jinsiy aloqa mavzusiga to‘xtalmasligimni so‘rashdi. “Bizda bunday muammo yo‘q, - deyishdi menga.  - Mabodo siz bu haqda gapirib qolsangiz, bolalarda nosog‘lom fikr paydo bo‘lib, buni sinab ko‘rishni istashlari mumkin”.

Bu iltimos menga jo‘n va bema’nilikdek tuyuldi, ammo maktab ma’muriyatiga bo‘lgan hurmatim bois ular aytganini bajardim. Ma’ruzamni endigina yakunlagan edimki, atrofimda o‘nlab bolalar yig‘ilib, meni savollarga ko‘mib tashlashdi. Savollarning deyarli barchasi oral jinsiy aloqaga tegishli edi. “Bu ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?”, “Bu noto‘g‘rimi?”, “Shu orqali kasallanib qolish mumkinmi?” Va shu kabi savollar yana va yana berildi.

Men ushbu maktabning direktori o‘z o‘quvchilari aytayotgan gaplarni eshitishini istardim. Ko‘chaga chiqqanimda ko‘rinishidan kichik sinflarda o‘qiydigan uchta o‘smir va ikkita qizcha oldimga kelib so‘rashdi: “Nega siz oral jinsiy aloqa haqida hech nima demadingiz?”

Bu haqda gapirmasligimni iltimos qilishganini aytmaslikka qaror qildim, buning o‘rniga ulardan so‘radim: “Xo‘sh, nima gap o‘zi? Bu yerda shunga aloqador muammolar bormi?” “Umuman olganda yo‘q”, - javob qaytarishdi menga. “Bu yaxshi-ku”, - deya xursand bo‘lganimda  ular bidirlab qolishdi: “Hech qanday muammo yo‘q, faqat hamma shunday qiladi, xolos”. (Har holda bolalar ham ancha oshirib yuborishdi.)

Men ulardan aytgan gaplarini tushuntirib berishlarini so‘radim. “Sizga aytsak, - deyishdi ular, - maktabimizda o‘qiydigan yigit agar oral jinsiy aloqani xohlasa, qizning oldiga borib shunday deydi:  “Tako xohlaysanmi?” “Tako” ularning kodli so‘zi ekan. “Agar qiz rozi bo‘lsa, - bolalar menga tushuntirishda davom etishdi, - ular maktabning o‘zidagi birorta joyda berkinib, oral jinsiy aloqa qilishadi. Biroq darsdan so‘ng yigit qizni “Taco Bell”ga olib borib unga tako olib berishi shart”.

Bu bolalarning gapiga ko‘ra, oral jinsiy aloqa ular uchun - oddiy hodisa. Mabodo maktab rahbariyati gaplariga ishonsak, o‘quvchilar orasida oral jinsiy aloqa mavjud emas bo‘lib chiqadi. Ko‘plab ota-onalar hamda jamoat yetakchilarining o‘z boshqaruvlaridagi yoshlar haqidagi fikrlari va bolalar bilan aslida nimalar yuz berayotgani o‘rtasidagi farq meni qo‘rquvga soladi. Albatta, biz o‘g‘il-qizlarimizning jinsiy aloqaga doir qandaydir faoliyatga aralashib qolishlarini va ularning ongi jinsiy aloqa borasida tor tushunchalarga o‘ralashib qolishi haqidagi fikrni xayolimizga keltirishni ham istamaymiz. Ammo haqiqatdan qochib qutulib bo‘lmaydi: bolalarimiz zamonaviy dunyo madaniyatning vayronkor ta’siriga mubtalo bo‘lishmoqda va biz bunga qarshi kurash olib borishimiz kerak.

Biz nimalarni qo‘llashimiz mumkin?

Eng mukammal chora - Internet rivojlanishini orqaga surish bo‘lib tuyuladi. Ammo buning iloji yo‘q va bunday qilish kerak ham emas. Ayrim kuzatuvlarga ko‘ra, keyingi o‘n ikki oy mobaynida ikki yuz milliondan ko‘proq kishi internet orqali Iso Masihning ta’limotini o‘zlari uchun kashf etishdi. Demak, barchasi uchun zamonaviy axborot tarmog‘ini ayblash kerak emas: yovuzlikning ildizi unda emas. Ular faqatgina bir qurol bo‘lib, bolalarimiz hayotida ezgulikni yoxud vayronkor oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Garchi keskin qaror bo‘lsada, faqat masihiylar yashaydigan uzoq bir orolga qochib ketib vaziyatdan chiqish mumkin. O‘sha yerda bolalarimizni dunyoviy madaniyatdan uzoqda tarbiyalashimiz mumkin. Biroq bu ham biz bilan hamnafas yashayotgan ommaviy axborot vositalarida tub inqilob qilish bo‘lgan chaqiriqdan ko‘ra hayotiyroq chora emas. Xo‘sh, biz nimalarni qo‘llashimiz mumkin?

1. Biz mavjud voqelikni tan olishimiz kerak: Bizning bolalarimiz zamonaviy dunyo madaniyatining jinsiy aloqa haqidagi tor tushunchasi berayotgan salbiy ta’sirga duchor bo‘lmoqdalar. Bundan buyon hayotiy voqelikka ko‘z yumish mumkin emas. Bir yoshgina ona aytganidek, “shunday tasavvur borki, go‘yo biz bolalarimizni Las-Vegasning naq markazida tarbiyalamoqdamiz”. Demak, muammoni hal etishning birinchi qadami - muammoning haqiqatdan ham mavjudligini tan olishdir.

2. Biz jinsiy aloqa haqidagi tor va buzuq tasavvurga qarshi turishimiz kerak, chunki ular noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantiradi, buning o‘rniga farzandlarimizga jinsiy aloqa haqidagi to‘g‘ri, sog‘lom tushunchalarni berishimiz lozim. Deylik, sizda yetti yoshdan katta bolalaringiz bor va hozirgina ular bilan jinsiy aloqa haqida suhbat qurdingiz. Ayni vaqtda esa, ular zamonaviy dunyo madaniyati bilan to‘qnashib, bu haqda muayyan ma’lumotlar olishgan va ularning jinsiy aloqa borasidagi tushunchalari har holda tor yoki buzuq, ya’ni siz umid qilgan tushunchalardan keskin farq qiladi.

Bunday holatda bolalaringizga jinsiy aloqa nima ekanligi va nima uchun Xudo tomonidan yaratilganini qaytadan tushuntirishingiz lozim. Aksariyat hollarda Xudoning jinsiy aloqaga doir maqsadiga mos keladigan tushunchani ularga anglatish uchun siz bu borada farzandlaringiz egallab olgan ma’no-mohiyatga muhim tuzatmalar kiritishingiz lozim. Agar bolalaringiz hali juda yosh bo‘lsa, har holda atrofdagi dunyo buni qilishidan avval, ular bilan jinsiy aloqa haqida birinchi bo‘lib gaplashib olishingiz kerak. Biroq bu mavzuga juda barvaqt murojaat qilish lozim.

Bolalarga Xudoning jinsiy aloqaga doir maqsadini tushuntirish uchun, biz ota-onalar va jamoat yetakchilari, o‘zimiz birinchi navbatda Xudo bizni nima uchun jinsiy aloqaga daxdor qilib yaratganini anglashimiz kerak. Biz jinsiy aloqaning haqiqiy vazifasini va toza jinsiy aloqa aslida nimani anglatishini, nega jinsiy yaqinlikda muayyan chegaralar qo‘yilganini va nima uchun o‘zaro sevgi Xudoning keng qamrovli maqsadida muhim qimmatbaho gavhar ekanligini tushunishimiz lozim. Mana shunday tushunchalar bilan bizda farzandlarimizga jinsiy aloqa nima ekanligini so‘zlab berish (yoki yangidan tushuntirish) uchun Muqaddas Kitobning yetarlicha kontekstlari paydo bo‘ladi. Bunday tushuncha o‘z oilamizga jinsiy hayotga sog‘lom (ilohiy) nuqtai nazarni quvonch bilan yetkazishimizga yordam beradi. Biz bu haqda kitobimizning “Jinsiy aloqa – Xudo maqsadining bir bo‘lagi” deb nomlangan birinchi qismida so‘z yuritamiz.

3. Xudoning jinsiy aloqaga doir maqsadi yo‘lida  farzandlarimiz uchun faol murabbiylar bo‘lishimiz kerak. Buning uchun qimmatli amaliy jihozlar kitobimizning “Suhbatlashmog‘ingiz uchun maslahat va g‘oyalar” nomli ikkinchi qismida taklif etilgan. Qisqacha boblardagi boy namunalar orqali murakkab savollarga javoblar berilgan va siz to‘qnashgan yoki tezda to‘qnashadigan ko‘plab muammolarni hal etishning usullari taklif etilgan. Biz birgalikda o‘z bolalarimizni Xudoning ajoyib in’omi - jinsiy aloqa bilan qanday tanishtirishning ajoyib imkoniyatlarini kashf etamiz.

Biz o‘zimizning ota-onalik burchimizni a’lo darajada uddalab qo‘ydik deya olmaymiz. Barkamol ota-onalarning o‘zi mavjud emas. Ammo biz to‘rttala farzandimizni ham Uning rejasiga asosan tarbiyalaganimiz uchun bunday ajoyib imkoniyatni bergan Xudoga minnatdorchilik bildiramiz. Hozirda farzandlarimizning o‘zlari oila qurganlar va ota-ona bo‘lishgan, biz esa zavq-shavq bilan ular qanday muvaffaqiyat ila o‘z bolalariga - nabiralarimizga Muqaddas Kitob g‘oyalarini berayotganini kuzatamiz. Tetik bo‘ling: siz ulashayotgan Muqaddas Kitobning sevgi va jinsiy aloqada qo‘llaniladigan qadriyatlari aslida ham keyingi avlodga uzatilishi mumkin, biz esa mazkur kitob sizning sa’y-harakatlaringizda ko‘mak beradi degan umiddamiz.

1 qism

Jinsiy aloqa - Xudo maqsadining bir bo‘lagi


1.Turli masalliqlar solingan makkajo‘xori yoki bug‘doydan tayyorlangan kulcha (meksikacha an’anaviy taom). 

2.Tez ovqat restoranlari


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак