O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 22 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

22 bob - Farzandga jinsiy aloqa borasida qanday qoida yoki chegaralarni o‘rnatish zarur?

Qoidalar muhim. Chegaralar zarur. Va biz ularni bolalarimiz uchun o‘rnatishimiz lozim. Ammo yodda tutish muhim, “yaqin munosabatlarsiz o‘rnatilgan qoidalar ko‘pincha qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi”. Har qanday cheklovlar yaqin munosabatlar va o‘zaro sevgi holatida joriy etilishi kerak. Ehtimol, siz bolangizga chegaralar o‘rnata boshlaganingizda, ushbu kitobdagi 3, 4 va 5-boblarni o‘qib berish xalaqit bermasa kerak.

Avval qayd etganimizdek, Xudo bizga “yo‘q” deganida yoki qandaydir cheklovlar o‘rnatganida, U hamisha bizga g‘amxo‘rlik qilish va himoya etish maqsadida sevgi ila shunday qiladi. Bolalaringiz uchun jinsiy aloqa borasida cheklovlar o‘rnatayotganingizda, albatta ularga bo‘lgan sevgingiz tufayli shunday yo‘l tutayotganingizni bildiring.

Menga (Joshga) “yomg‘irpo‘sh bilan tasvirlangan surat” juda yoqadi: u g‘amxo‘rlik va himoya qoidalarini yaxshi anglatadi. Men qoidalar yomg‘irpo‘shga o‘xshash ekanligini aytyapman. Ko‘chada sharros yomg‘ir yog‘ayotganida siz uni o‘zingiz bilan olasiz va toki uning ostida bo‘lar ekansiz, u sizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, himoya qiladi. Uning ostida siz aziyat chekmasligingiz mumkin, ya’ni shalabbo bo‘lib qolmaysiz. Ammo o‘z bilganingizcha tashqariga qadam qo‘ysangiz, siz g‘amxo‘rlikdan ham, himoyadan ham mahrum bo‘lib, noo‘rin qdamingiz oqibatidan aziyat tortasiz. Siz jiqqa ho‘l bo‘lasiz. So‘nggi qarorni o‘zingiz chiqarasiz.

Bolangiz shuni tushunishi muhim: siz o‘rnatgan chegaralar - uni g‘amxo‘rlik va himoya bilan qurshab olish maqsadidagi sizning xohishingiz, sizning sevgingiz mahsulidir. Endi asoslar bilan tanishib olganimizdan so‘ng, keling, sizga qanday cheklovlar o‘rnatish kerakligi haqida gaplashib olaylik. Biz beshta cheklov o‘rnatishni taklif etamiz.

1. Uchrashuv

Biz hammamiz ham qachonlardir shunday katta bir savolga to‘qnash kelamiz: bolalarimizga uchrashuvga borishlari uchun qachon ruxsat berish kerak? Ko‘pchilik uchrashuvga anchayin kichik yoshda borishni boshlaydi - o‘n bir - o‘n ikki yoshda. Biroq hattoki “hamma allaqachon uchrashib yurgan” (o‘n bir va o‘n ikki yoshga to‘lmaganlar ham) bo‘lsada, bu bolalaringizning uchrashuvga borishlariga ijozat berish uchun yetarli asos degani emas.

Siz, ota-onalar, bolangiz o‘zi uchun javob bera oladigan yoshga yetganiga ishonch hosil qilganingizda, maqbul vaqt kelgan bo‘ladi. Bu esa bola o‘zi uchun muayyan ahloqiy andazalarni biz 3-bobda yozganlarimizga muvofiq tarzda, ya’ni, Xudoning shartlariga asosan sodiqlik, poklik, vafo va sevgi namoyon etgan holda o‘rnatishga tayyor ekanligini anglatadi. Yosh yigit va qizlar bu andazalarni aniq shakllantirib, ularga amal qilishni bilishlari lozim. Mabodo ular bunga tayyor bo‘lishmasa, bosimga bardosh berolmasliklari va nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqaga mayl bildirishlari mumkin. Shak-shubhasiz, bunday holatda ularning uchrashuvga borishlari kerak emas.

Bundan tashqari, bolangiz va uning uchrashadigan mahbubi bilan o‘rtalaridagi farqni e’tiborga olish lozim. Milliy kampaniyaning o‘smirlar o‘rtasida rejasiz homiladorlikni bartaraf etish tashkilotchilari ota-onalarga qat’iy (va adolatli) da’vat yo‘llaydi: “Qizingizning o‘zidan ancha katta yoshdagi kishi bilan uchrashishiga qat’iy qarshilik qiling, shuningdek, o‘g‘lingizga o‘zidan ancha kichik yoshdagi qizlar bilan uchrashuviga izn bermang”1. Va bu kabi ogohlantirishlar davom etadi:

Yosh qizlarga kattaroq yoshdagi yigitlar o‘ta jozibador bo‘lib tuyuladi. Lekin mabodo yigit qizdan ancha katta yoshda bo‘lsa, bu ularning o‘rtasidagi munosabat nazoratdan chiqib ketishi ehtimolini oshirib yuboradi. Chegaralar o‘rnatishga urining: ular o‘rtasida ikki (ko‘pi bilan uch) yoshdan ortiq farq bo‘lmasligi kerak, aks holda jismoniy kuch borasidagi farq bois qiz o‘zi istamagan xavfli jinsiy aloqa iskanjasiga tushib qolishi mumkin2.

“Focus on the Family” Amerika masihiylik tashkiloti oilalarni shakllantirish tadqiqotlari bo‘limi direktori Glenn Stenton tushuntirishicha, “o‘smirlar uchun tushunarli qoidalarni o‘rnatgan ota-onalar bolalarining jinsiy aloqadagi faolligidan kamroq aziyat chekadilar. Bunday ota-onalar mo‘‘tadil qoidalar o‘rnatishadi, bolalari qayoqqa va kim bilan borayotganini puxta nazorat qilishadi, shuningdek, bolalari oqilona “komendantlik soati”ga rioya etishlarini talab qilishadi3.

2. Ko‘ngilochar OAV

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “ochiq sahnali teleshoularni ko‘rayotgan o‘smirlar katta ehtimol bilan jinsiy aloqaga kirishishni barvaqt boshlaydilar; televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazadigan o‘smirlar bokiralikda qanaqadir salbiylikni nazarda tutishga moyildirlar; va nihoyat, ochiq sahnali dasturlarni o‘zlari uchun odatiy hol sifatida qabul qiladigan o‘smirlar ularning ta’siriga osongina tushib qolishadi”. Dastlab qayd etilgan so‘zlarni eslaylik, “zamonaviy bolalar maktabga borishni boshlashlaridan avval televizor qarshisida besh ming soatni o‘tkazishadi”4. Darvoqe, endilikda bolalar yoppasiga jo‘r bo‘lib Internetni televideniyedan afzal ko‘rishmoqda5.

Siz o‘rnatgan qoidalar bolangiz qayerda va qancha vaqt televizor ko‘rishi yoki boshqa OAVga murojaat qilishi vaqtining miqdorini, muddati va joyini chegaralab berishi zarur.

3. Spirli ichimliklar va giyohvand moddalar

Biz farzandlarimizga spirtli ichimlik ichgan yoki giyohvand modda iste’mol qilgan odam nafaqat ahloq doirasida o‘zini boshqarolmasligini, balki qanaqadir mas’uliyat ham ko‘rsatolmasligini tushuntirishdan charchamaymiz. Uchrashuv paytida spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar qabul qilish va jinsiy aloqa o‘rtasida bog‘liqlik,- u o‘zaro qovushish bo‘ladimi yoki oral jinsiy aloqami - borligini qayd etishning o‘zi yetarli. Bundan bir necha yillar muqaddam “Yoshlarning tavakkal harakatlarini kuzatish bo‘yicha hisobot” quyidagilarni ko‘rsatgan:

• Bugungi kunda faol jinsiy aloqada bo‘lgan talabalarning 26%i (30,9 % erkaklar va 20,7% ayollar) so‘nggi jinsiy aloqa paytida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda iste’mol qilishganini aytgan.

• Hozirgi kunda faol jinsiy aloqada bo‘lgan  o‘n ikkinchi sinfdagi 25%,  o‘n birinchi sinfdagi 24,7%,  o‘ninchi sinfdagi 27,7% va  to‘qqizinchi sinfdagi 24% o‘quvchilarning oxirgi jinsiy aloqa paytida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda qabul qilishganini bildirishgan.

• Bugungi kunda faol jinsiy aloqada bo‘lgan qora tanli talabalarning 17,8% , Lotin Amerikalik talabalarning 24,1% va oq tanli talabalarning 27,8%, oxirgi jinsiy aloqa paytida spirtli ichimlik yoki giyohvand modda iste’mol qilishganini aytishgan6.

4. Kattalar yo‘qligida uyda vaqt o‘tkazish

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘smirlar odatda maktabdan so‘ng toki ota-onalari ishdan qaytgunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinsiy aloqa qilishadi. Qoidalar o‘rnating: kattalar uyda bo‘lmaganida qarama-qarshi jins vakili bo‘lgan “do‘stlar” bu yerga kelmasligi kerak. Bola taajjublanishi mumkin: “Jiddiy aytyapsizmi? Ona, ota, nima, sizlar menga ishonmaysizlarmi?” Bu sizning yagona maqsadingiz - sevgi, g‘amxo‘rlik va ularni himoya qilish istagi ekanligini tushuntirishning ayni vaqti.

education.com sayti quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:

• haftasida besh yoki undan kamroq soatlar uyda yolg‘iz qoldirilgan 75% yosh yigitlar va 59% qizlar jinsiy aloqada bo‘lganliklarini aytishgan; haftasida o‘ttiz va undan ko‘proq soatlar uyda nazoratsiz qoldirilgan yoshlarda esa bu daraja yanada yuqori - 87% yosh yigitlar va 72% qizlar.

• Uyda haftasida besh yoki undan kamroq soatlar yolg‘iz qolgan 5,7% yosh yigitlar va 15% qizlarning aytishicha, ular jinsiy aloqa orqali o‘tadigan xastalikni yuqtirishgan; haftasida o‘ttiz va undan ko‘proq soatlar nazoratsiz qoldirilgan yoshlarda bu xastalikni yuqtirish darajasi yanada yuqori - 13,6% yosh yigitlar va 19,5% qizlar.

• 43% yosh yigitlar va 27% qizlar oxirgi marotaba o‘z uylarida jinsiy aloqa qilishganini aytishgan7.

Shu o‘rinda “Harvest USA” tomonidan berilgan bir salmoqli maslahatni keltirib o‘tamiz:

O‘z uyidan boshqa joyda tunab qolish pornografiya yoki boshqa jinsiy aloqaga daxldor tajribalarni tomosha qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin. E’tiboringizda bo‘lsin, boshqa oilalar (hatto jamoatga boradiganlar ham) zamonaviy texnologiya bilan bog‘liq xatarning naqadar jiddiy ekanligini sizdek his qilmasliklari mumkin. Bolalaringiz mabodo ularga isnod keltiradigan vaziyatlarda xavfni sezib qolishsa, harakat qilishning (ularni olib ketishlari uchun uyga qo‘ng‘iroq qilishgacha bo‘lgan) aniq rejasiga qat’iy rioya etishlariga ishonch hosil qiling.

5. Kompyuter, qo‘l telefoni, smartfon, Internet

Bizning kunlarimizda Tarmoqqa ulanishning 50% dan ko‘prog‘i kompyuterlar orqali emas, balki cho‘ntakda joylashadigan (smartfonlar, iPad, Kindles va hokazo) qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Hozirda ko‘plab ota-onalar uydagi kompyuterlar ko‘rinarli joyda (yotoqxonada emas) turishini va bolalarning uxlash vaqtida Internetga ulangan barcha qurilmalar ota-onaning xonasida bo‘lishi lozimligini talab qilishmoqda.

“Harvest USA” - masihiylik tashkiloti bo‘lib, jamiyatning jinsiy aloqaga doir bosimiga qay yo‘sinda qarshilik ko‘rsatish yuzasidan jamoatlarda va oilalarda bolalarga saboq beradi. Mazkur tashkilotning xodimlari ota-onalarga shunday tavsiya beradi:

Mayli, zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar bolalaringizga Xudoni tanib yashashiga xalaqit bermasligi uchun siz sevgingiz kuchi bilan ularni kuzatib borishingizni bila qolishsin. Ularga o‘z hushyorligingizdan tengdoshlari tomonidan o‘tkaziladigan bosimga qarshi himoya sifatida foydalanishlarini taklif eting. Shunda ular to‘g‘ri kelgan paytda shunday aytishlari mumkin: “Men bunday qilolmayman, negaki bu haqda ota-onam bilib olishlari muqarrar”. Bu o‘smir-masihiylar katta ehtiyoj sezadigan qo‘shimcha himoyani ta’minlaydi8.

Yovvoyi G‘arb davrida ayrim muassasalarda “kirish oldidan qurolni topshirish” talab qilingan. Bundan maqsad, muassasaga keladiganlarning xavfsizligini ta’minlash uchun shunday yo‘l tutilgan. Qarangki, bir yosh onaning xayoliga yaxshi fikr kelibdi: bolalarini himoya qilish uchun yuqoridagi holatga o‘xshash qoidani amalga kiritibdi. Bolalarining do‘stlari mehmon bo‘lib kelishganida, shunday derkan: “Kirish oldidan smartfonlaringizni menga topshiring”. Ayol bolalarning o‘z xotira kartalaridan foydalanib, samartfonlarida pornografik tasvirlarni saqlashlari va Internetga kirishga zarurat sezmagan holda birgalikda ularni tomosha qilishlari mumkinligini bilarkan. Shu tariqa, xonadonida bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun, ayol eshik oldida smartfonlarni yig‘ishtirib olib, bolalar qaytishayotganida o‘zlariga qaytarar ekan... Yovvoyi G‘arbda qurol bilan qanday yo‘l tutgan bo‘lsalar, xuddi shu tarzda.

Internetdan foydalanish bo‘yicha “Harvest USA AQSh hosili” shunga da’vat etadi:

Sifatli internet-filtrni sotib oling! Uyda biror-bir to‘siq qurilmasi va tozalash tizimi bo‘lmagan holda Internetga kirish imkoniyatining berib qo‘yilishi aqlli ish emas. Balki, oilaning Internetdan foydalanadigan har bir a’zosi - ota, ona, bolalarning har biri, - “hisob-kitob dasturi”ning ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin, misol uchun, bunda ishtirok etayotgan barchaga Internetdan noo‘rin foydalanilgan paytda elektron xabar yo‘llaydigan “Covenant Eyes” dasturini aytishimiz mumkin. Ota-onalar Internetga kirish yuzasidan hisobdorlik bo‘yicha bolalariga ibrat ko‘rsatishlari zarur. Siz ham bolangiz oldingizda hisobot beradigan kishilardan biri bo‘lishingiz mumkin9.

E’tibor bering-a, tozalash dasturlarini mobil qurilmalari uchun ham olishingiz mumkin.

Biz 19-bobda bir qancha “hisobot dasturlari”ni keltirib o‘tdik, ammo ularni yana bir bora sanab o‘tmoqchimiz:

 

X3 Watch - pullik / bepul

www.x3watch.com/

Total Net Guard - pullik

http://afo.net/

Bsecure - pullik

www.bsecure.com/

Net Nanny - pullik

www.netnanny.com/

Covenant Eyes - pullik

http://covenanteyes.com/

K9 Web Protection - bepul

www1.k9webprotection.com/

Safe Eyes - bepul

www.internetsafety.com/

Cyber Sitter - pullik

www.cybersitter.com/

Pure Sight - pullik

www.puresight.com/

 

 

Bundan tashqari,

brauzerda yozilganlarni, qo‘l telefonidagi xotirani, chatlardagi yozishmalarni, YouTube-dan ko‘chirilgan roliklarni tekshiring; shuningdek, MySpace (va Facebook) sahifalarini va bolangiz do‘stlarining ro‘yxatini qarab chiqing, uning sheriklarini umumiy miqyosdagi onlayn-o‘yinlar to‘plamidan bilib oling. O‘smirlarga tajriba o‘tkazish imkonini beradigan MySpace kabi saytlardan foydalanishga ruxsat berishda ehtiyot bo‘ling, negaki ikki yoqlama hayot ularga soxta yaqinlik tuyg‘usini yoki qandaydir virtual uyushmaga aloqadorlik tuyg‘usidan tortib toki haqiqiy olamdan yuz o‘girish istagigacha ularga singdirishi mumkin10.

Siz o‘z oilangizda o‘rnatishingiz zarur bo‘lgan boshqa ko‘plab chegaralar ham bor. Jinsiy zo‘ravonlikka daxldor - u jismoniy yoki og‘zaki tarzida bo‘lmasin - yana bir jiddiy tushuncha bor. “Health and Fitness” portalida e’lon qilingan “Bolalarni sog‘lom jinsiy aloqaga o‘rgatish” nomli maqolada shunday tushuntiriladi:

Ota-onalar zimmasidagi eng muhim vazifalardan biri - bolalarni boshqalarning shaxsiy olamiga va boshqalarning jinsiy a’zolariga hurmat bilan tarbiyalashdan iboratdir. Bola “hech qanday teginishsiz” qoidasini o‘rganishi mumkin: “Iltimos, boshqa odamlarning jinsiy a’zolariga tegma”, “Qo‘llaringga erk berma”, “Mabodo sening jinsiy a’zolaringga birov tegsa, iltimos, bu haqda menga aytgin”11.

Mana, oilada o‘rnatish zarur bo‘lgan chegaralar. Bolangizning jinsiy a’zolariga tegmoqchi bo‘lgan har qanday odamga (hatto qarindoshga ham) qat’iy turib “yo‘q” deyishiga ruxsat bering. Muntazam uqtiring: bunday vaziyatda “yo‘q” deyish - yaxshi va maqbul, shundan so‘ng esa barchasi haqida sizga aytib bersin.

Bolangiz uchun o‘rnatilgan cheklovlar biz avvalroq aytib o‘tgan yomg‘irpo‘shga o‘xshaydi. Ulardan har biri bolangiz foydasi uchun xizmat qiladi va unga bo‘lgan sevgingizni, himoya qilishga bo‘lgan intilishingizni, uning manfaatlari yo‘lida qayg‘urayotganingizni yana bir bora namoyon etadi. Eng avvalo, hattoki qoidalar unga mutlaqo yoqmasa ham, mulohazalaringizga fikran bog‘lana olmayotgan bo‘lsa ham, sizning barcha harakatlaringiz asosida sevgi yotganligini bolangiz bilib qo‘ysin. Asosiysi, siz uni sevishingizni tushunishi kerak.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак