O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 10 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

10 bob - Qaysi yoshda jinsiy aloqa haqida gaplashish “vaqti keladi”?

Siz qachon farzandingiz bilan jinsiy hayot haqida gaplashishni boshlashingiz mumkin? Ehtimol, siz buni juda barvaqt qilish yoki umuman “haddan oshirib yuborish”dan xavfsirayotgandirsiz. Boshqa taraflama, bu borada kech qolish va “tobiga keltirmay” qolish ham yomon. Xullas, qaysi yoshda jinsiy aloqa haqida gaplashishning “ayni vaqti” keladi?

O‘smirlar bilan mohirona ish olib boradigan doktor Margaret Steyjer bu savolga shunday javob beradi:

Qanday jamiyatda yashayotganimizni e’tiborga olsak, shoshqaloqlikdan va hozirda tez-tez yuz berayotganidek, bolaga nihoyatda ko‘p ma’lumotlar berishdan ko‘ra ochiq suhbatlardan qochish anchayin xavfli.  Bolalar bizning qarashlarimiz, qadriyatlarimiz va umidlarimizdan hali bexabar bo‘lganlarida ularga yanada kattaroq xavf tahdid soladi. Ota-onalar bolalarining maktabda yoki o‘yin maydonida o‘zaro baham ko‘radigan ma’lumotlarini nazorat qilish imkoniga ega emaslar, bolalar esa jinsiy aloqa haqida gaplashishadi. Biroq farzandingiz tanaffus chog‘idagi suhbatlarda yoki hatto maktabdagi to‘lov evaziga beriladigan saboqlarda ham jinsiy aloqa haqida to‘g‘ri tasavvur olishiga umid bog‘lash aqldan emas1.

Shu tariqa, bizning davrimizda har kim ham “shoshilish”ning uddasidan chiqavermaydi, muammo esa ko‘proq bu masalada kechikib qolishga bog‘liq. Oilaviy masalalarga oid bir so‘rovnomaning ko‘rsatishicha, “40% dan ko‘proq o‘smirlar ota-onalari xavfsiz jinsiy aloqa haqida ular bilan gaplashib olishgunicha jinsiy aloqada bo‘lishgan”2.

Zamonaviy dunyo madaniyati sharoitlarida bolalarimiz o‘zlari uchun jinsiy aloqa va shunga muvofiq hatti-harakatlarni tobora ertaroq o‘zlashtirib olishmoqda, siz esa bu haqda ularga birinchi bo‘lib va albatta, tegishli tarzda aytib berishingiz lozim. Afsuski, farzandingiz qanchalik darajada “xabardor” ekanligini bilish uchun bu mavzuda suhbat qurishdan boshqa usul mavjud emas.

Akrondagi bolalar kasalxonasining bolalar va o‘smirlar ruhshunosi doktor Laura Rokerning faraz qilishicha, “jinsiy aloqa borasida tushuncha berish bola tug‘ilganidan boshlab berilishi kerak Bolalarni jinsiy a’zolar va tananing boshqa qismlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish lozim. Ularda muammo tug‘ilganida, bu bo‘lg‘usi suhbatlar uchun yordam beradi”3. Ammo voqealarni tezlashtirish ham to‘g‘ri kelmaydi: bolani tafsilotlarga ko‘mib tashlash aslo shart emas - uning savollariga javob berishning o‘zi yetarli. Qo‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lganida esa, siz bu haqda bilib olasiz: hoynahoy, o‘g‘lingiz yoki qizingiz bu haqda gapirib qoladi.

Bilimsizlik xavfli va zarar keltirishi mumkin, bilim esa ota-onalik sevgisi bilan uyg‘unlikda farzandingizga jinsiy aloqa - Xudo maqsadining bir qismi ekanligini tushunishga yordam beradi.

Tajribada juda oddiy sinalgan qoida shunday: agar bolalar hali yosh bo‘lganlarida ular bilan gaplashib olinsa, ulg‘ayganlarida suhbatlashish maroqli bo‘ladi. Bu fikrning aksi ham to‘g‘ri. Muallim va notiq Syu Simonson bu haqda shunday yozadi: “Agar biz ikki-uch yoshli bolalarning savollariga javob bermasak, ular o‘n ikki va o‘n uch yoshlarida savol bermay qo‘yishadi”4. Agar bolangizni balog‘at yoshiga yetishini kutsangiz, ikkalangizga ham jinsiy aloqa haqida suhbat qilish o‘ta noqulay bo‘lsa kerak.

Vashingtonlik ota va murabbiy Joys Kilmer shunday deydi: “Bolalar bilan (jinsiy aloqa haqida) gaplashib olishning eng yaxshi yo‘li - ular taajjubga tushadigan darajada kichik bo‘lishlari kerak. O‘shanda sizga ham oson bo‘ladi, uch, to‘rt, besh, olti yoshli bolakay ham ma’lumotlarni xotirjam qabul qiladi. Bolalar maydonchasida begona qiqir-qiqirlarni obdon eshitib o‘tkazgan bir necha yillaridan so‘ng juda kech bo‘lib qolishi mumkin”5.

Agar siz to‘g‘riso‘z bo‘lib, jinsiy aloqa mavzusini o‘z bolalaringiz bilan ularning tushunchasi darajasida muhokama etsangiz, siz farzandlaringiz nazarida hamisha savol bilan murojaat qilsa bo‘ladigan mutaxassis bo‘lib qolasiz. Ular ulg‘aygani sayin, sizga ishonishadi va tinglashadi. Farzandingiz uchun yagona “jinsiy aloqani tushuntiruvchi” bo‘lib qolishning iloji yo‘q, biroq siz uning hayotidagi birinchi, asosiy va muhim axborot manbai bo‘lib qolishingiz kerak.

Endilikda o‘zi ham maktabgacha yoshdagi bolalarini tarbiyalayotgan qizimiz Keti o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi: “Siz jinsiy aloqa haqida  ochiq va oddiy tilda gapirishni qanchalik barvaqt boshlasangiz, keyinchalik bolalaringizda yanada jiddiyroq masalalar ko‘tarilganida sizga yengilroq bo‘ladi”.

Xizer shunday deydi (bizning kenja qizimiz, yaqinda yigirma olti yoshga to‘ldi): Ota-onam men bilan jinsiy aloqa mavzusida ilk bora qachon gaplashganlarini aytish qiyin: bu masalada pashshadan fil yasab, barcha o‘zini noqulay his etadigan aksariyat oilalardan farqli tarzda, yodimda qolgani faqat shuki, biz bu mavzuda tez-tez suhbat qilib turardik”.

Yoshni emas, qiziqish darajasini e’tiborga oling

Kichik yoshdagi bolalar aka-opalariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblarga va ertaroq bo‘ladigan suhbatlarga ehtiyoj sezadilar. Nima uchun? Uka-singillar bu haqda aka-opalaridan, do‘stlaridan, shuningdek, katta yoshdagi bolalaringiz bilan jinsiy aloqa haqida gaplashganingizda, o‘zingizdan ham eshitishadi. Shu bois, yoshga qarab emas, balki ko‘proq har bir muayyan vaziyatda ma’lumotlarning yetkazilish darajasiga qarab bu masalani muhokama qilgan afzalroq.

O‘zingizning ota-onalik sezgingizga amal qiling. Oxir-oqibat, sizni hech kim o‘z bolangizdan yaxshiroq bilmaydi. Darvoqe, men (Josh) bu borada Dottining dono so‘zlarini diqqat bilan tinglashim kerakligini anglab yetdim. Biz avvaldan bolalarimizdan har biri bunday suhbatga tayyor ekanligini, uning aynan nimalarni bilishi zarurligini muhokama etardik. Dotti menga yanada ochiqroq, to‘g‘riso‘z va ziyrak bo‘lishimga yordam bergan. Har qanday bolaga muayyan ma’lumotlarni bildirish uchun aniq bir yosh belgilanmagan. Buning sinoati har kuni yuz beradigan imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‘liq.

Jinsiy aloqa haqida o‘zingizga maqbul tarzda gapiring. Barcha bolalar bir-birlaridan farq qilishadi. Yodingizda saqlang: ularni tafsilotlarga ko‘mib tashlash shart emas. Ma’lumotlarni muayyan vaqt mobaynida berib borgan yaxshi, bunda har bir qisqacha suhbat keyingilari uchun sabab bo‘lsin. Siz har bir suhbat orqali bolangizni o‘z jinsiy maylini to‘g‘ri tushunish sari yana bir qadam tashlagan bo‘lasiz.

Ushbu ikkala fikrni yodingizda saqlab qoling:

1. O‘z bolasiga “juda ko‘p va juda barvaqt” so‘zlab bergan ota-onalar ehtimol kamdir, ammo jinsiy aloqa haqida “juda kam va juda kech” aytib berish holatlari ko‘proq yuz beradi.

2. Siz aksariyat ota-onalar nazarda tutganidan ko‘ra, yanada ochiqroq bo‘lishingiz, imkon qadar ko‘proq to‘g‘ri javoblar berishingiz kerak. Misol uchun, uch yoshli bola aytilgan so‘zlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiladi va “onaning qornida go‘dak bor” so‘zlariga shunday savol bilan murojaat qilishi mumkin: “Onam nega go‘dakni yeb qo‘ydi?” Bolaning birgina tushunchasi shundayki, “go‘dak onam qornidagi ovqatlar bilan birga”. Bunday vaziyatda bolaga oddiygina to‘g‘ri javobni aytib qo‘yish yetarli bo‘ladi.

“Keeping Kids Healthy” dasturi doirasida bolalarning qanday fikrlashiga oid ajoyib bir o‘rinli sharh keltirilgan:

Ikki yoshdan besh yoshgacha:

• Odatda, bu yoshdagi bolalarda o‘z tanalariga nisbatan qiziqish uyg‘onadi va bolalar qayerdan paydo bo‘lishi haqida o‘ylashni boshlashi mumkinligini e’tiborda tuting.

• Ularga qisqacha javoblar zarurligi yodingizda bo‘lsin. Ko‘plab ma’lumotlar berib yuborishning hojati yo‘q - hali o‘ta yosh bola bularning hammasini tushunolmay chalkashib qolishi mumkin.

• Tana a’zolarining to‘g‘ri aytilishidan foydalaning.

• Bolalaringizning ishonchini qadrlang, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini hurmat qiling.

• Har doim ulardan savollari yana bor-yo‘qligini so‘rang6.

Besh yoshdan sakkiz yoshgacha:

• Bolaning bu yoshida ota-onalar o‘zlari bu jarayonni juda qisqa bayon etishlari mumkin: “Ikkita kap-katta odam er-xotin bo‘lishsa, bir-birlarini sevishsa, bir-birlariga sodiq bo‘lishsa, ular quchoqlashib, o‘pishishdan zavq olishadi, shuningdek, er o‘zining olatini ayolining qiniga kiritsa, ikkalasi ham huzur qilishadi”. Bu so‘zlardan keyin bolakay “fu!” deb nari ketsa ham zarari yo‘q. Bu oddiy hol.

• Muhimi shundaki, hamisha undan yana savollari bor-yo‘qligini so‘rash lozim.

Nikoh va oila masalalari bo‘yicha maslahatchi, doktor Kori Allen shunday yozadi: “Jinsiy aloqa haqida gapirayotganda, bolangizning yoshi va bunga tayyorligi darajasini e’tiborga oling. To‘rt yoshli bola jinsiy aloqaga doir barcha tafsilotlarni bilishi shart emas, ammo siz uning kelajagi uchun yaxshi poydevor qo‘yishingiz mumkin... Bola tushuna olmaydigan ma’lumotlarning aksariyat qismi keyinga surib qo‘yiladi va navbatdagi suhbatlarda o‘zlashtirib olinadi. Yana shu gap, har bir tafsilotni tushuntirish shart emas, lekin kelgusidagi so‘rovlarga tayyor turing”7. Va asosiysi, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Tanangiz tili ko‘p narsalarni gapiradi. Bolangiz siz xotirjam va o‘zingizga ishonchingiz borligini his qiladi. Bunday vaziyatda u vaqti-vaqti bilan ko‘tarilgan mavzuga qaytadi.

Va yodingizda bo‘lsin: bolangiz necha yoshda bo‘lmasin, u bilan Xudoning ajoyib in’omi - jinsiy aloqa haqida gaplashib olish o‘rinli. Unga go‘dakligidayoq jinsiy aloqa haqida gapirib bering, ana shunda u bilan kelajakdagi ishonchli munosabatlaringizga poydevor solgan bo‘lasiz.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак