O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 12 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

12 bob - Farzand bilan jinsiy aloqa haqida gaplashilmasa, nima ro‘y berishi mumkin?

Ikki og‘iz so‘z bilan aytish mumkin: agar siz o‘z bolangiz bilan jinsiy aloqa haqida gaplashmasangiz, buni boshqa birov qiladi. Bola shu yoki boshqacha tarzda albatta siz orqali to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘ladi yoki boshqa manbalardan yolg‘on xabarlarni oladi. Oqibatlar qayg‘uli, hatto fojeali ham bo‘lishi mumkin.

Yozuvchi va cho‘pon Jek Uellmanga quloq tutamiz.

Men o‘z otamni bilmaganman. Uzoq vaqt davomida men bilan jinsiy aloqa haqida umuman gaplashmagan xolam bilan yashaganman, shu bois do‘stlarim va bolalar maydonchasidagi (yoki shunchaki ko‘chadagi) o‘rtoqlar mening “ustozlarim” bo‘lishgan.

Har holda, men nimaiki bilgan bo‘lsam, haqiqatga aloqador bo‘lmaganga o‘xshaydi. Yodimda, birinchi sinfda o‘qiganimda, qizlar o‘pishishdan homilador bo‘lib qolishlarini menga aytishgandi. Shundan so‘ng qizaloqlarga teginishdan uzoq vaqt qo‘rqib yurganman, o‘pishish haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay. Shu darajada jaholatda edimki, har safar o‘z xolam meni o‘pganida qo‘rquvga tushib qolardim.

Shu bois, bolangiz bilan suhbatni keyinga surmay, hayron bo‘lmasdan gaplashib olgan yaxshi: ular jinsiy aloqa haqida baribir bilib olishadi. Hoynahoy, bu yolg‘on ma’lumotlar bo‘lib chiqadi. Siz shunday bir xavfsiz va ishonch muhitini yaratingki, farzandlaringiz taajjub yoki qo‘rquv sezmasdan har qanday savol bilan murojaat qilishsin. Bu har qanday mavzudagi, ayniqsa jinsiy aloqa haqidagi suhbat uchun eng yaxshi sharoitdir1.

Xudo jinsiy aloqa haqida sizga oilaviy iliq sharoitda bolangizga so‘zlash va shu tariqa Jekning xayolida bo‘lgan chalkashliklardan asrashingiz imkonini bergan Biroq siz bunday mas’uliyatdan bosh tortsangiz, u boshqa manbalarga murojaat qiladi. Misol uchun, besh milliondan ko‘proq pornografik saytlar mavjud bo‘lgan Internetga murojaat qiladi, biz 1-bobda qayd etib o‘tganimizdek, pornografik saytlar bolaga jinsiy aloqa haqida nomaqbul va ahloqsiz buzuq tasavvurlar beradi. Ular tag‘in qaramlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, ayrim ota-onalar pornografiyaning zararini shubha ostiga olishadi yoki rad etishadi. “Xo‘sh, nima bo‘pti?” - so‘rashadi ular. Yaqinda bir masihiy pornografiya xavfidan ogohlantirishga javoban menga (Joshga) Twitter orqali shuni yozgan: “Agar biz farzandlarimizga Masih Xushxabarini ishonch bilan yetkazayotgan bo‘lsak, ularning nima ko‘rayotganligi ahamiyatga egamikan? Nega siz Internetdan bunchalik qo‘rqasiz?”

Ko‘plab tadqiqotlar pornografiyaning odamga nobop oqibatlari ta’siri haqida shohidlik bermoqda. 2005 yilda “What`s the Big Deal About Pornography?” kitobining muallifi doktor Jill Menning AQSh senati huzuridagi qo‘mita oldida pornografiyaning zarari haqida ma’ruza qildi, unda pornografiyaning bolalar va o‘smirlarga ko‘rsatayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirining salbiy oqibatlari o‘z tasdig‘ini topgan ko‘plab tadqiqotlar misolida keltirib o‘tilgandi. Ular orasida qayd etilgan:

• uzoq davom etadigan salbiy yoki shikastali hissiy ta’sirlar,

• jinsiy aloqaning barvaqt boshlanishi,

• jinsiy aloqa (jinsiy maylga bog‘lanib qolish) haqida yopishqoq xayollar  ehtimolining ortishi,

• jinsiy aloqa haqida soxta ma’lumotlar olish ehtimolining ortishi,

• boshqa odamga jinsiy maylini qondirish vositasi sifatida xudbin munosabat2.

Ushbu qayd etilgan salbiy oqibatlar pornografiyaga bir marotaba yoki vaqti-vaqti bilan qilingan murojaatlar tufayli kelib chiqishi mumkin. Zamonaviy bolalarda ulkan hajmdagi ochiq ahloqsiz materiallarga osonlikcha kirish imkoniyatlari bo‘layotganligi jiddiy xavf tug‘diradi. Ortiqcha ehtiros, odatda, yoshlardagi sezgi hislarini so‘ndiradi. Yoshlar jinsiy aloqaga nisbatan Muqaddas Kitobning haqqoniy qarashlarini va u bilan bog‘liq ahloq yo‘l-yo‘riqlarini o‘zlashtirmay turib, atrofdagilar go‘yo bu borada o‘zlarini hech nimadan tiymasliklariga ishona boshlaydilar. Bu kabi fikrlarni ularga kiberhudud singdirayotganini ta’kidlash joiz.

Biz bolalarimizni ularning ko‘z-quloqlari ertami kechmi ko‘rib-eshitadigan o‘sha yolg‘on va buzuq tasavvurlardan asrab qololmaymiz. Ammo biz farzandlarimiz bilan jinsiy aloqa haqida Xudo mo‘ljallagan tarzda birinchi bo‘lib gaplashsak, bu ularni jinsiy aloqa borasidagi soxta ma’lumotlar ta’siridan, pornografiyaga murojaat qilish va jinsiy ahloqsizlikdan himoya qilishi mumkin.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак