Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.
16 bob - Balki, ayrim mavzularni har holda tushirib qoldirish ma’quldir?
Bizni, ota-onalarni, ba’zan qanday materiallar bolalarimiz nazariga tushib qolishi qo‘rquvga soladi. Ulardan ko‘pi karaxt ahvolga solib, bizni qizarishga majbur qiladi. Ammo bolalarimiz olamga kelgan damlardan boshlab, bizning vazifamiz - barcha savollarga javob qaytariladigan erkin va ochiq muhitni yaratishdir. Agar siz jirkanish yoki hayajonga tushgan holatingizni yaqqol ko‘rsatsangiz yoxud bolangizning savoliga javob berishda dovdirab qolsangiz, u boshqa hech qachon savol bermasligi mumkin. Sizlarning oralaringizda ta’qiqlangan mavzu bo‘lmasligi kerak.
Ta’qiqning yo‘qligi bolangizning hatti-harakati va ongiga bebaho ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birgalikda, sizning ochiqligingiz albatta mulohazaga asoslangan bo‘lishi kerak. Maorif Milliy ushmasi Milliy axborot tarmog‘ining ijrochi direktori Jerald Nyuberri bu borada quyidagilarni aytadi: “Bola yoki o‘smir har qanday savollar bilan bemalol oldingizga keladigan inson bo‘ling. U sizning har qanday mavzuni muhokama qilish uchun hamisha ochiq ekaningizni bila qolsin”1.
Avval aytib o‘tganimizdek, oralaringizda ta’qiqlangan mavzuning yo‘q ekanligi haqidagi og‘zaki gaplar yetarli emas, buni munosabatlaringiz orqali namoyon etishingiz kerak, shuningdek, aynan shularni tananing tili bilan yetkazish lozim.
- Jinsiy aloqa mavzusiga mutlaqo maqbul nimagadir yondashgandek munosabatda bo‘ling, - deb tavsiya beradi Samarali tarbiya markazi doktori Nikolas Long. Va qo‘shimcha qiladi: - Bolalaringiz bilan jinsiy aloqa mavzusini boshqa muhim mavzular kabi xotirjam va osoyishta muhokama qiling. Bolalar juda zehnli bo‘lishadi, agar ular noqulay ahvolga tushib qolganingizni sezishsa, keyingi safar oldingizga o‘z savollari bilan kelishlari dargumon. Bundan tashqari, bolalar jinsiy aloqa qandaydir yomon va noto‘g‘ri ekanligiga shubha qilib qolishlari mumkin2.
Men (Dotti) har safar bolalarimizdan biri bilan jinsiy hayotga bog‘liq masalalarni muhokama etganimda, xotirjamlikni saqlashga urinardim. Agar buni uddalasam, bolalarning men bilan suhbatlari maroqli o‘tardi. Men imkon qadar ularga kechki ovqatda nima bo‘lishi, soch kaltalash necha pul turishi yoki itning bo‘yinbog‘i qayerda ekanligini qay ohangda aytgan bo‘lsam, shu tarzda jinsiy aloqa haqida ham aytib berardim. Aytishim lozimki, agar bolalar bu narsani boshqa har qanday mavzu kabi muhokama etmoqqa mening tayyor ekanligimni his qilmasalar, ular o‘z savollari yoki xavotirlari bilan oldimga takror va takror kelishmagan bo‘lardi.
Xo‘sh, mabodo siz biror-bir savolga javob berolmay qolsangizchi? Hech bo‘lmasa, hamisha shunday deyish mumkin: “Men buni bilmayman, ammo aniqlab beraman”. Buni qanday ifoda etishingiz ham muhim. Sizda ta’qiqlangan mavzu yo‘qligi hissini bolangizda hosil qilsangiz, samarali muloqot yo‘liga qadam qo‘ygan bo‘lasiz.
Cho‘pon Jek Uellman qat’iy ogohlantiradi: “Asosiysi haqida jonbozlik ko‘rsating: biror mavzuni ko‘tarib chiqqaningizda, bolalaringiz qo‘rqmasin yoki taajjublanmasin. Bu haqda ularga ayting. Har qanday savol bilan oldingizga kelishlari mumkin bo‘lgan xavfsiz muhit yarating. Bu hamisha eng yaxshi qaror, ayniqsa, gap jinsiy aloqa haqida borayotgan bo‘lsa”3.
Hozirda o‘z oilasi bo‘lgan kichik qizimiz Xizer yaqinda shunday deb qoldi: “Jinsiy aloqa men uchun kundalik bir mavzu edi - noqulay mavzu men uchun umuman bo‘lmagan. Men bilardim, agar biror nima haqida so‘ragim kelsa, oldilaringizga borishim yetarli, sizlar menga hammasini tushuntirasizlar. Biror-bir mavzu “noo‘rin” bo‘lganligini eslay olmayman, darvoqe, o‘shandan buyon nimadir o‘zgargan deb o‘ylamayman”.
Biz farzandlarimizga shunday hissiyotni singdirganimizdan baxtiyormiz. Bolangiz oldingizga kelganida ochiq, to‘g‘riso‘z va har qanday savoliga javob topa oladigan bo‘ling. Siz bundan afsuslanmaysiz.
Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.