O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 15 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

15 bob - Buning uchun qancha bilim kerak?

Ha, bizning davrimizda Internetga va boshqa tarzdagi OAVga (uyimizda ham, maktabimizda ham) oson kirish kabi muammo bor, lekin jang hali mag‘lubiyat bilan yakunlanmagan. Bizning vazifamiz va javobgarligimiz - farzandlarimizga jinsiy aloqa borasida Xudoning rejasini batafsil tushuntirish, ularga aniq ma’lumotlarni taqdim etishdir.

Dono shoh Sulaymon aytganidek,

Bilimsiz istak yaxshi emas, shoshqaloqlar ham qoqiladi.

Hikmatlar 19:2

Qiziq, bolalar bilan jinsiy aloqa haqida to‘g‘ri gaplashish mavzusi bo‘yicha umumiy miqyosda o‘tkazilgan deyarli barcha tadqiqotlarning natijalari bir-biriga o‘xshash: agar ota-onalar bolalarini yolg‘on xabarlar bosimidan asrashni istasalar, bundagi eng muhim qadamlardan biri - Muqaddas Kitob ma’lumotlarini ular bilan baham ko‘rishdir, lekin aniq-ravshan tarzda, albatta.

Klea Maknili va Jeyn Blansharning “O‘smirlarning sog‘lom rivojlanishi bo‘yicha qo‘llanma”sida shunday deyilgan: “Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘zining jinsiy mayli va reproduktiv salomatlik muhofazasi haqida kengroq tushuncha olgan o‘smirlarning barvaqt jinsiy aloqaga kirishishlari ehtimoli anchayin kam”.  Bu o‘rinda shunday xulosa kelib chiqadi: “Haqqoniy va aniq ma’lumotlarni taqdim etish - o‘smirlarda sog‘lom jinsiy aloqani rivojlantirishning kafolatidir”1.

“Healthy Adolescent Development” jurnalidagi bir maqolada bildirilishicha: “Agar siz o‘smirga o‘zini tushunishida yordam berishni istasangiz, to‘g‘ri ma’lumot va ahloqiy boshqaruv nihoyatda muhim. Ehtimol, bu kelajakda hayot uchun vayronkor, tag‘in halokatli noto‘g‘ri qarorlardan uni asrab qoladi”2.

Bolalarning jinsiy aloqaga oid hatti-harakatlariga amaliy ta’sir ko‘rsatishning usullaridan biri - ular uchun aniq ma’lumotlar manbai bo‘lish demakdir. O‘z navbatida Jinsiy salomatlik tibbiy instituti ota-onalar uchun aniq ma’lumotlarning keng miqyosdagi manbai hisoblanadi (www.medinstitute.org.) Bolalarning jinsiy mayli bilan bog‘liq jiddiy masalalarni hal etmoq uchun sizga katta kuch kerak bo‘ladi, ammo ishonavering: bu o‘zini oqlaydi. Internet va nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqa targ‘iboti olamida bizning mas’uliyatimiz - bilimdon ota-onalar bo‘lmoqlikdir.

Mabodo bolalar bizni noaniqlikda va nopoklikda payqab qolishsa, bizga ishonchlarini yo‘qotishadi, biz esa ularga ta’sir ko‘rsatishdan ayrilamiz. Ishonchingiz komil bo‘lsin: zamonaviy bolalar ko‘pincha Internet orqali ma’lumotlarni izlab topishadi va ota-onalaridan olgan javoblari bilan ularni taqqoslab ko‘rishadi.

Ha aytgandek, agar siz biror savolga javobni bilmasangiz, vahimaga tushish kerak emas. Buni tan olishdan qo‘rqmang. Siz javob topishingizni va bu suhbatga yana qaytishingizni ayting (faqat farzandingizga aytgan so‘zingizning ustidan chiqing). Yoki hatto javobni birgalikda izlab ko‘rishni taklif eting. Bir-birlaringizga yaqinroq bo‘lish uchun bu qanday ajoyib yondashuv!

Sizga ham nimadir noma’lum ekanligini tan olavering, chunki siz buni aniqlashga urinyapsiz, demak, bolaning sizga ishonchi yanada ortadi. Bu bilan sizning javobingiz unga yanada ishonchliroq tuyuladi.

Mavzular

Quyida ota-onalar hal etishi lozim bo‘lgan masalalardan bir qanchasi keltirilgan, xolos. Tarbiyalash - bu, albatta, ajoyib sarguzasht, lekin jiddiy va mas’uliyatli mehnatdir. Bu borada oson yo‘llar yo‘q.

• Erkak va ayollarning reproduktiv tizimi va anatomiyasining xususiyatlari, hayz va tungi pollyutsiyalar.

• Jinsiy aloqa va homiladorlik.

• Tug‘ilish va tug‘ilishni nazorat qilish.

• Jinsiy aloqaga oid harakatlarning muqobil turlari sifatida oral jinsiy aloqa, masturbatsiya, pettinglarni aytib o‘tish mumkin.

• Jinsiy mayl oriyentatsiyasi (geteroseksuallik, gomoseksualizm va biseksuallik).

• Erkak va ayollarda jinsiy aloqaning jismoniy va hissiy aspektlari qabul qilinishi.

• O‘z-o‘ziga baho berish va tengdoshlar bosimi.

• Tanosil kasalligi.

• Zo‘rlash, shuningdek, uchrashuv vaqtida: bola alkogol yoki giyohvand modda qabul qilishga rozi bo‘lganida, begona odamlar bilan avtomobilga o‘tirib notanish uyga borayotganida to‘qnash keladigan tahdid.

• Kiyimlar tanlovi va o‘smirning hatti-harakatlari uning jinsiy yaqinlikka tayyorligini atrofdagilarga qay tariqa bildirib turadi.

• Prezervativlar.

• His-tuyg‘ular.

• Xudoning haqiqiy sevgi maqsadi.

• Noz-karashma.

• Bularning hammasi haqida Muqaddas Kitob nima deydi.

Samarali tarbiya Markazining xodimlari, ta’lim sohasida mutaxassislar Kristin Zolten va doktor Nikolas Long ota-onalar farzandlarini jinsiy aloqa mavzusi bilan tanishtirishga tayyor ekanliklarini shunday bayon etishadi: “Avvalambor sizning o‘zingiz jinsiy aloqa hayotiga doir masalalarda bilimli bo‘lmog‘ingiz lozim. Ota-onalar bu mavzuni qanchalik yaxshi tahlil etsalar, farzandlarining savollariga shunchalik ishonch bilan javob qaytarishadi. Bunga jinsiy aloqaga doir hayotning barcha jihatlari haqidagi ma’lumotlar tegishli, ya’ni jinsiy a’zolar, bolalash, tug‘ilishni nazorat etish, jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklar va hokazo”3.

Bu olamdagi hamma narsani bilish shart emas, biroq bizning o‘zimiz yetarlicha bilimga ega bo‘lishimiz va bolalarimizning jinsiy aloqa jabhasidagi savollariga to‘g‘ri javob berishga tayyor bo‘lishimiz kerak.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак