O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 6 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

2 QISM

SUHBATLASHMOG‘INGIZ UCHUN MASLAHAT VA G‘OYALAR

Книга на Узбекском языке6 bob - Bolangizning hatti-harakatiga kim yoki nima ta’sir qiladi?

Biz 1-bobda bayon etganimizdek, zamonaviy bolalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi tufayli kompyuter sichqonchasini bir bosib, jinsiy aloqa haqidagi eng buzuq tasavvurlarni olishlari mumkin. Tag‘in bolalar ongiga “atrofdagi hamma shunday qiladi” degan fikr singdirilmoqda. Ko‘pincha kino va televideniyeda bunday ahloqsizlik hech bir salbiy oqibatlari bildirilmagan holda tasvirlanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining ochiq ekanligini hisobga olgan holda, ular farzandingiz hatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi omillardan biri ekanligini taxmin qilish mumkin.

Balki farzandingizning o‘zini tutishiga ko‘proq uning do‘stlari ta’sir o‘tkazayotgandir? Tengdoshlar bosimi - qudratli kuch. Yoki, ehtimol, unga ko‘proq Teylor Svift yoxud Zak Efron kabi qahramonlar, ya’ni kino yulduzlari, musiqachilar, sportchilar va boshqa shu kabi mashhurlar ta’sir ko‘rsatayotgandir?

Balki siz hayron bo‘larsiz, ammo milliy onlayn-tadqiqotlar ko‘rsatishicha, 45% yosh yigit va qizlar taqlid qilish uchun namuna sifatida... o‘z ota-onalarini tanlashgan.  Umumiy yengiltaklik tarzi avjiga chiqqan bir paytda o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, faqat 32% o‘smirlar maslahat so‘rab do‘stlariga murojaat qilishadi va 15% yoshlargina taniqli shaxslardan ibrat olishadi1.

Aslida, so‘rovlarning ko‘rsatishicha, yigirma besh yoshgacha insonning hatti-harakatlariga ko‘proq otasi bilan yaqin munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi2. Bu ma’lumotlar ona bilan munosabatlar muhimligini pasaytirmaydi - ular faqatgina otaning ta’siri kuchli ekanligini ifoda etadi.

Monrealdagi “Sainte-Justine” universiteti klinikasi huzuridagi tadqiqot markazi olimi doktor Jan-Iv Frappening yozishicha, “ota-onalar farzandlariga ta’sir o‘tkazishdagi o‘z ahamiyatlarini yetarli baholay olishmayotganga o‘xshaydi”3.

Afsuski, tadqiqotlarga ko‘ra, “15%dan kamroq ota-onalargina o‘z farzandlari bilan jinsiy aloqaga doir masalalarni muhokama etishadi”4. Shu bilan birgalikda, o‘smirlar “avvalgidek o‘z ota-onalarini jinsiy aloqa haqidagi ma’lumotlarning eng ishonchli va tuganmas manbai deya hisoblaydilar”5. Ya’nikim, bolalar o‘qituvchilar, cho‘ponlar yoki tengdoshlarini ham nazarda tutgan holda boshqa birovga emas, ota-onasiga ko‘proq ishonadilar, biroq ayni vaqtda tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “aksariyat ota-onalar o‘z zimmalaridagi mas’uliyatdan yuz o‘girganlar. Buning o‘rniga taxminan 1940-yillardan  boshlab amerikalik bolalar uchun jinsiy aloqa haqidagi ma’lumotlar manbai tengdoshlari va ommaviy axborot vositalari bo‘lib qolgan”6.

Shunday bo‘lsa ham, Florida Universiteti tadqiqotchilari tomonidan siz uchun yaxshi xabar bor: “Biz bu masalada qanday o‘ylamaylik, aksariyat o‘smirlar ota-onalarining aytgan gaplarini eshitishadi”7.

Bir narsa endi ayon: o‘smirlar ota-onalarini eshitishadi. Bizning nazarimizda vaqti-vaqti bilan bunday emasdek tuyulishi mumkin, lekin bolalar bizni kuzatishadi va bizni eshitishadi. Tadqiqotlardan birining natijasiga ko‘ra, “o‘smirning jinsiy aloqadan o‘zini tiyib turishining asosiy sababi - ota-onasining buni ma’qullamaganidir8. Endi bilib olganlaringizni nazarda tutgan holda, farzandingiz uchun jinsiy aloqa haqidagi ma’lumotlarning asosiy va ilk manbai aynan o‘zingiz bo‘lishingiz kerak ekanligi sizga mutlaqo ayon bo‘lgandir?

Taniqli cho‘pon Mark Driskoll va uning xotini Greys bir paytlar bir kuni jiddiy fikr bildirishgandi: “Bolalar jinsiy aloqa haqida ko‘proq maktablarda yoki jamoatlarda bilib olishadi. Biroq bola jinsiy aloqa haqida gaplashib oladigan birinchi inson hamisha uning masihiy ota-onasi bo‘lishi kerak”9. Farzandlarimiz jinsiy aloqa haqida bilib olishlari kerak bo‘lgan eng maqbul joy - uydir. Kalom ham aynan shuni aytadi: “O‘g‘lim, otang nasihatlariga quloq sol, onang o‘gitlarini rad etma” (Hikmatlar 1:8). Ayonki, Xudo masihiy ota-onalar o‘z farzandlari uchun birinchi ustoz bo‘lishlarini, shuningdek, jinsiy hayot borasidagi masalalarda ham murabbiylik qilishlarini istaydi.

Sizga ota-ona sifatida o‘ta ehtiyoj sezadigan bolangizga saboq berish uchun Xudo bergan ajoyib javobgarlik bor. Bolangizning jinsiy aloqaga nisbatan sog‘lom munosabati, to‘g‘ri fikri, qadriyatlar va yo‘l-yo‘riqlar uning uchun siz bera oladigan eng ulug‘ mukofotlardan biri bo‘lishi mumkin.

Yoshlar tarbiyani jamoat yoki maktab dasturlari doirasida olishlari shart emas... Tarbiya oilalarda unib-o‘sishi kerak. Bola jinsiy aloqa haqida biror nimani murabbiydan emas, ota-onasidan eshitishi kerak. Va yodingizda tuting: bolangiz bilan jinsiy aloqa to‘g‘risida suhbatlashasizmi yoki yo‘qmi, boshqalar unga bu haqda aniq aytib berishadi, ehtimol, ayni shu paytda ham gapirishayotgandir.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак