Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 1 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис ) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


1-KITOB.

YAXShILIK VA YOMONLIK – OLAMNI TUSHUNISH KALITI SIFATIDA

1.1 INSON TABIATI QONUNI

Har bir kishi qanday qilib odamlar o‘zaro janjallashayotganini eshitgan. Ba’zan bu kulgili ko‘rinadi, ba’zan noxush ko‘rinadi; lekin bu qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, janjallashayotganlar bir-biriga nima deyishayotganini eshitib, biz o‘zimiz uchun qandaydir muhim saboq olishimiz mumkin, deb hisoblayman. Ular, masalan, shunday gaplarni aytishadi: "Kimdir sizga xuddi shunday qilsa, sizga yoqarmidi?", "Bu mening joyim, men uni birinchi bo‘lib band qilganman ", "Uni o‘z holiga qo‘ying, u sizga hech qanday yomonlik qilgani yo‘q", "Nega men senga yon bosishim kerak?", "Menga bir bo‘lak apelsin ber, senga o‘zimnikidan bergandim-ku", "Bo‘l, bo‘laqol, va’da berganding-ku". Odamlar, o‘qimishlilari ham, o‘qimaganlari ham, bolalar ham, kattalar ham, har kuni shunga o‘xshash gaplarni aytishadi.

Barcha shu va shunga o‘xshash tanbehlar borasida meni faqat bunday tanbehlarni qilayotgan odam boshqa odamning xatti-harakati o‘ziga yoqmayotganini shunchaki ta’kidlab qolmasligi qiziqtiradi. Bunda tanbeh berayotgan odam xulq-atvorning qandaydir andazasiga murojaat qiladi va o‘zicha narigi odam shu andazani biladi deb o‘ylaydi. Narigi odam esa kamdan-kam holatda shunday javob beradi: "O‘rgildim, andazalaringdan!" U deyarli har doim o‘zi qilgan ish aslida xulq-atvorning ana shu andazasiga ters kelmasligini ko‘rsatishga harakat qiladi, bordiyu, har holda ters kelayotgan bo‘lsa ham, buning uchun alohida uzrli sabablar borligini ko‘rsatishga urinadi. U mazkur muayyan holatda o‘zini joyni birinchi bo‘lib band qilgan odamdan shu joyni bo‘shatib qo‘yish uchun yoki butunlay boshqa holatlarda unga apelsin bo‘lagini berishlari uchun yoxud bergan va’dasini bajarish zaruratidan uni xalos qiladigan qandaydir kutilmagan narsa sodir bo‘lgani uchun o‘zida shu uzrli sabablar bordek qilib ko‘rsatadi. Amalda ikkala tomon ham qandaydir Qonunni yoki halol o‘yin yoki tartibli xulq-atvor Qoidasini yoxud bo‘lmasa, har ikkalasi ham rozi bo‘lgan qandaydir shunga o‘xshash narsa mavjudligini nazarda tutayotgandek bo‘lib tuyuladi. Haqiqatan ham shunday. Agar ikkalasi ham shu Qonunni nazarda tutmaganida, ular hayvonlardek olishib ketgan bo‘lardi, lekin janjallashmasliklari mumkin emas va shu bois ham odamlarga xos holda bahslashishadi. Janjallashish boshqa odam haq emasligini ko‘rsatishga urinish demakdir. Agar siz va uning o‘rtasida nima yaxshiyu, nima yomonligi orasida qandaydir kelishuv bo‘lmaganida, bu urinish bema’nilik bo‘lardi.

Xuddi shuningdek, agar futbol o‘yinida ma’lum qoidalar bo‘lmaganida, futbolchi qoidabuzarlik qildi, deb aytishning ma’nosi qolmagan bo‘lardi.

Bu qonunni ilgari “tabiiy”, ya’ni tabiat qonuni deb atashgan. Bugungi kunda, biz “tabiat qonunlari” haqida gapirayotganimizda, odatda tortishish kuchi qonuni, merosxo‘rlik yoki kimyoviy qonunlarni nazarda tutamiz. Lekin qadimgi dunyo mutafakkirlari yaxshilik va yomonlik qonunlarini “tabiat qonunlari” deb nomlashgan. Bunda ular “inson tabiati qonuni”ni nazarda tutishgan. Ularning g‘oyasi fizik jismlar tortishish qonuniga, hamma organizmlar biologik qonunlarga bo‘ysungani kabi inson deb atalmish mavjudot ham o‘z qonuniga ega, faqat farq shundaki, fizik jism tortishish qonuniga bo‘ysunish-bo‘ysunmasligini tanlab ololmaydi, inson esa inson tabiati qonuniga bo‘ysunishi yoki uni buzishini tanlash huquqiga ega, degan fikrdan iborat edi.

Xuddi shu g‘oyani boshqacha ifodalash mumkin. Har bir odam har doim, har bir soniyada bir nechta turli qonunlar ta’siri ostida bo‘ladi. Bularning orasida u buza olishi mumkin bo‘lgan faqat bir qonun mavjud. Jismoniy tana sifatida, odam tortishish qonuniga bo‘ysunadi va unga qarshi bora olmaydi: agar siz odamni havoda qo‘llab-quvvatlashsiz qoldirsangiz, unda xuddi tosh kabi yerga qulash yoki qulamaslikni tanlashdan boshqa erkinligi bo‘lmay qoladi. Organizm sifatida, odam turli biologik qonunlarga bo‘ysunishi shart bo‘lib, u bularni o‘z xohish-irodasiga ko‘ra buza olmaydi, xuddi hayvonlar bu qonunlarni buza olmagani kabi. Ya’ni odam boshqa tanalar va organizmlar bilan baham ko‘rayotgan qonunlarga bo‘ysunmasligi mumkin emas. Lekin faqat inson tabiatiga xos bo‘lgan va hayvonlarga, o‘simliklarga yoki noorganik jismlarga joriy qilinmaydigan qonunni odam o‘z tanloviga ko‘ra buzishi mumkin. Bu qonunni “tabiiy” deb atashgan, chunki odamlar har bir inson uni beixtiyor tarzda biladi va shu bois ham, hech kimga bu qonunni o‘rgatish kerak emas, deb o‘ylashadi.

Bunda, albatta, vaqti-vaqti bilan biz bu qonun haqida bilmaydigan shaxslarni uchratib qolmaymiz degani nazarda tutilmayapti, xuddi vaqti-vaqti bilan bizga rangni ajrata olmaydiganlar yoki musiqiy tovushlarni mutlaqo ajrata olmaydigan shaxslar duch kelib turgani kabi. Lekin insoniyatni yaxlit holda ko‘rib chiqar ekan, odamlar yaxshi xulq-atvor haqidagi insoniy g‘oya har bir kishiga ayon, deb o‘ylashgan. Men ular haq bo‘lishgan deb hisoblayman. Agar ular haq bo‘lishmaganida, biz urush haqida gapirayotgan hamma gaplarimiz ma’nosiz bo‘lib qolardi. Agar ezgulik haqiqiy bo‘lmasa, dushman nohaq deb bayon qilishda nima ma’no bor? Agar natsistlar xuddi biz kabi, o‘z qalblarining tubida ezgulik ovoziga quloq tutishlari lozimligini yaxshi bilmaganlarida, agar ular biz yaxshilik deb atayotgan narsa haqida tushunchaga ega bo‘lmaganlarida, garchi biz ularga qarshi urush qilishimizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, biz ularni sodir etgan yovuzliklari uchun ularning soch rangi uchun ayblaganimizdan ortiqroq ayblay olmagan bo‘lardik.

Bilaman, ba’zi odamlarning fikriga ko‘ra, bizga tanish bo‘lgan yaxshi xulq-atvor qonuni mustahkam asosiga ega emas, chunki turli asrlarda har xil tamadunlar axloqqa nisbatan mutlaqo bir-biriga o‘xshamagan qarashlarga ega bo‘lgan. Lekin aslida bunday emas. Axloqqa qarashlardagi farqlar haqiqatan ham mavjud bo‘lgan, ammo ular har doim faqat xususiy narsalarga taalluqli bo‘lgan, xolos.

Agar kimdir, aytaylik, qadimgi Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rimda hukmron bo‘lgan axloqqa qarashlar borasidagi ta’limotlarni taqqoslashni o‘z zimmasiga olgudek bo‘lsa, bu ta’limotlar bir-biriga va bizning odob haqidagi bugungi kundagi tushunchalarimizga naqadar o‘xshash bo‘lganidan hayratga tushgan bo‘lardi. Bunga bir necha guvohliklarni men o‘zimning “Inson bekor qilinadi” deb nomlangan kitobimda umumlashtirganman, ammo hozir faqat o‘quvchidan axloqni mutlaqo har xil tushunish nimalarga olib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishini iltimos qilaman, xolos. Jang maydonidan qochib ketadigan odamlar bilan yoki o‘ziga cheksiz yaxshiliklar qilgan hammani aldaganidan g‘ururlanayotgan odam bilan faxrlanadigan mamlakatni bir tasavvur qilib ko‘ring. Xuddi shu tarzda ikki karra ikki besh bo‘lgan mamlakatni ham tasavvur qilishingiz mumkni. Odamlar kimga nisbatan xudbin bo‘lmaslik lozimligi borasidagi qarashlarda ixtilofga borishgan, faqat o‘z oila-a’zolariga yoki atrofda yashayotganlarga yoxud umuman hamma odamlarga nisbatanmi? Biroq ular hamisha birinchi o‘ringa o‘zini qo‘yish mumkin emasligi borasida bir fikrda bo‘lishgan. Xudbinlik hech qachon va hech qayerda maqtovga sazovor xislat hisoblanmagan.

Nechta xotin olish lozimligi borasida ham odamlar turlicha fikrda bo‘lishgan: bittami yoki to‘rttami. Lekin ular hamisha yoqib qolgan har bir ayolni xotinlikka olish huquqi yo‘qligi borasida bir xil fikrda bo‘lishgan.

Ammo eng ajoyibi quyidagidan iborat. Qachon bo‘lsa ham, sizga yaxshilik va yomonlikning realligiga ishonmasligini ta’qidlayotgan odamni uchratib qolsangiz, keyingi lahzadayoq bu odam o‘zi inkor qilgan tamoyillarga qaytayotganini ko‘rasiz. U sizga bergan va’dasini buzishi mumkin, lekin agar siz unga bergan va’dangizni buzgudek bo‘lsangiz, bir so‘z deguningizcha, u shikoyat qilishni boshlaydi: "Bu adolatsizlik". Qandaydir mamlakatning vakillari shartnomalar hech qanday ahamiyatga ega emas, deb ta’kidlashi mumkin, lekin keyingi daqiqadayoq ular buzmoqchi bo‘layotgan shartnoma adolatsiz ekanligini bayon qilib, o‘z ta’kidlarini inkor etib qo‘ya qolishadi. Biroq, agar shartnomalar hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa hamda yaxshilik va yomonlik mavjud bo‘lmasa, boshqacha qilib aytganda, hech qanday inson tabiati qonuni bo‘lmasa, u holda adolatli va adolatsiz shartnomalar o‘rtasida qanday farq bo‘lishi mumkin? Menimcha, oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi va nima deyishsa deyishsinu, ular inson tabiati qonunini boshqa har qanday odam kabi yaxshi bilishadi.

Shundan kelib chiqadiki, biz yaxshilik va yomonlikning asl mavjudligiga ishonishga majburmiz. Vaqti-vaqti bilan odamlar bularning ta’rifida adashib turishadi, xuddi, aytaylik, raqamlarni qo‘shishda bo‘lgani kabi, lekin yaxshilik va yomonlik haqidagi tushuncha kimningdir ta’bi yoki fikriga karra jadvalidan ko‘ra kamroq bog‘liq. Endi esa, agar siz shu band bo‘yicha fikrimga qo‘shilsangiz, keyingisiga o‘tamiz. Bu shundan iboratki, oramizdan hech kim tabiat qonuniga haqiqiy amal qilmaydi. Agar sizlarning orangizda bundan mustasno odamlar bo‘lsa, ulardan uzr so‘rayman. O‘sha odamlarga men boshqa biror kitobni o‘qishlarini maslahat bergan bo‘lardim, chunki bu yerda gapirmoqchi bo‘layotganlarimning hammasi ularga taalluqli emas.

Shunday qilib, odatdagi odam degan mavjudotlarga qaytamiz. Bu yerda aytmoqchi bo‘layotganlarimni noto‘g‘ri talqin qilmaysiz, degan umiddaman. Men bu yerda va’zxonlik qilmoqchi emasman va boshqalardan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishga urinmayotganimni Xudo bilib turibdi. Men shunchaki diqqatingizni bir dalilga qaratmoqchiman, ya’ni aynan shu yil yoki shu oyda yoki yana ham katta ehtimol bilan shu bugun siz bilan biz o‘zimizni boshqa odamlar o‘zini qanday tutishini istaganimizdek tuta olmadik. Buning uchun xohlagancha izohlar va uzr so‘rashlar bo‘lishi mumkin.

Masalan, bolalarga nisbatan shunchalik adolatsiz bo‘lganingizda, juda qattiq charchadigiz; o‘zingiz deyarli esdan chiqarib yuborgan, unchalik halol bo‘lmagan anavi bitim siz ayni puldan qiynalib turgan bir paytda ro‘parangizdan chiqib turibdi; qaysidir eski oshnangizga bajarishni va’da bergan narsangizchi (va’da berdingizu, bajarmadingiz), nima ham derdik, agar bu vaqtda qanchalik band bo‘lishingizni bilganingizda, hech qachon va’da bermagan bo‘lardingiz! Xotiningiz (yoki eringiz), opa-singlingiz (yoki aka-ukangiz) bilan bo‘lgan xulq-atvoringizga kelganda esa shunday deysiz: ular odamning qanchalik jahlini chiqarishga qodir ekanligini bilganimdami, hayron qolmagan bo‘lardim va pirovardida men kim bo‘libman o‘zi? O‘zim ham shunaqaman-ku. Ya’ni mening o‘zim tabiiy qonunga lozim darajada rioya qila olmayapman va kimdir menga bu qonunga rioya qilmayotganimni ayta boshlashi bilanoq, miyamda darhol uzrlar va tushuntirishlar g‘ujg‘on o‘ynay boshlaydi. Lekin ayni paytda bu uzrlar va tushuntirishlarning barchasi qanchalik asoslanganligi bizni qiziqtirmaydi. Gap shundaki, ular faqat, bu bizga qanchalik ko‘p yoqish-yoqmasligidan qat’iy nazar, biz inson tabiati qonuniga ishonishimizning yana bir isboti, xolos. Agar biz vijdonli xulq-atvorning asl ahamiyatiga ishonsak, u holda nega o‘zimizning unchalik ham vijdonli bo‘lmagan xulq-atvorimizni bunchalik shiddat bilan oqlaymiz?

Haqiqat shundan iboratki, biz vijdonli bo‘lishlikka juda qattiq ishonamiz. Biz o‘zimizda bu qonun yoki qoidaning bosimini shunchalik his qilamizki, uni buzayotganimiz va natijada uni buzganlik uchun o‘zimizning javobgarligimizni kimningdir yoki nimaningdir zimmasiga ag‘darishga urinayotganimiz dalilini ko‘tara olmaymiz.

E’tibor berdingizmi, biz faqat o‘zimizning yomon xatti-harakatimizga izoh qidiramiz? Faqat o‘zimizning yomon xatti-harakatimizni charchaganimiz yoki tashvishlanayotganimiz yoxud ochqagan bo‘lganimiz bilan izohlaymiz. O‘zimizning yaxshi xulq-atvorimizni tashqi sabablar bilan tushuntirmaymiz: buni beistisno tarzda o‘zimizning xizmatimizga kiritamiz. Shunday qilib, men sizning e’tiboringizni ikkita bandga qaratmoqchiman. Birinchisi: Yer sharining barcha qismlaridagi inson degan mavjudotlar ular o‘zlarini ma’lum bir tarzda tutishlari zarurligi haqidagi qiziqarli g‘oya tarafdoridir. Ular bu g‘oyadan ayri tusha olmaydilar. Ikkinchisi: haqiqatan ham, ular o‘zlarini shunga muvofiq tutishadi. Ular tabiiy qonunni bilishadi va uni buzishadi.

Bizning o‘zimizni va o‘zimiz yashayotgan Olamni tushunishimiz mana shu ikki dalilga asoslangan.

 

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак