O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 28 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

28 bob - Ko‘pchilik bolalar oral jinsiy aloqaning  jinsiy aloqa ekanligiga ishonishmaydi. Ularning bu yanglish fikrlarini qanday tarqatish mumkin?

Oral jinsiy aloqa mavzusi yuzasidan ko‘pgina chalkashliklar va tushunmovchiliklar bor. Siz uni jinsiy aloqa deya hisoblaysizmi? Nega bolalar bu bilan shug‘ullanishadi? Bu o‘rinda bokiralik saqlanib qoladimi? Kalom bu haqda nima deydi? Oral jinsiy aloqa paytida jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarni yuqtirib olish mumkinmi? Ota-onalar nimani qo‘llashlari kerak? Keling, ana shu savollarga javob beraylik.

Oral jinsiy aloqa nima o‘zi?

Lug‘atda aytilishiga ko‘ra, seks - “jinsiy aloqaga asoslangan harakatdir”. Tananing qaysi a’zolari bunda ishtirok etmasin, jinsiy aloqa baribir jinsiy aloqa bo‘lib qolaveradi. Oral yaqinlashish ehtiroslar qo‘zg‘alishiga, stimulyatsiyaga va jinsiy qoniqishga olib boradimi? Javob - ha. Organizm oral jinsiy aloqadan qovushishgandek kabi ta’sirlanadi. Tana va miya qo‘zg‘aladi, jinsiy a’zolar ta’sirlanadi, organizm juftlik o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydigan “super-elim”ga o‘xshash gormonlar ishlab chiqaradi, dofaminning quyilishi esa ularning ishtiyoqini yanada oshiradi, yana takrorlashni talab etadi.  Tana sizning jinsiy aloqa qilayotganingizga ishonch hosil qiladi. Miya sizning jinsiy aloqa qilayotganingizga ishonadi. Yurak sizning jinsiy aloqa qilayotganingizga ishonadi. Oral jinsiy aloqa ham jinsiy aloqa hisoblanadi.

Quyidagi to‘rtta jismoniy harakat jinsiy aloqa hisoblanadi, negaki ular tanamizda ham jismoniy, ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘zg‘aydi:

1. Oral jinsiy aloqa (og‘iz - jinsiy a’zo).

2. Manual qo‘zg‘atish (qo‘llar - jinsiy a’zo).

3. Jinsiy a’zolarning bir-biriga tegishi (jinsiy a’zo - jinsiy a’zo).

4. Ichiga kiritish.

Barcha bu to‘rttala vaziyatlarda juftlik o‘rtasida aloqa yuzaga keladi, bu to‘rttasi ham sizni jinsiy a’zolar orqali o‘tadigan kasalliklarni yuqtirish xavfi ostida qoldiradi. Ushbu harakatlardan birortasida ham ishtirok etadigan odam faol jinsiy aloqada deya hisoblanadi.

Bolalarimiz oral jinsiy aloqa haqida qanday fikrdalar?

• Beshta talabadan to‘rttasi oral jinsiy aloqani jinsiy aloqa deya hisoblashmaydi1.

• Bizning davrimizda 80% o‘smirlar oral yaqinlikka jinsiy aloqa sifatida qarashmaydi2.

• O‘n besh yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan barcha o‘smirlarning yarmi oral jinsiy aloqa - to‘laqonli jinsiy aloqa ekanligiga ishonishmaydi3.

• Bolalar oral jinsiy aloqa haqida xuddi qinga kiritilgandek lazzat olishning xavfsiz usuli, ya’ni bunda vijdon azobini his qilmay, obro‘-e’tiborni yo‘qotmagan holda yoki o‘z shaxsiy qadriyatlari va nuqtai nazarlariga qarshi bormagan holda rohatlanish mumkin deya hisoblashadi4.

• 40% o‘smirlar oral jinsiy aloqani “xavfsiz” deya hisoblashadi, 20% yosh yigit-qizlar esa yuqumli kasalliklar oral jinsiy aloqa orqali o‘tishi haqida umuman bilishmaydi5.

Bolalar qanchalik tez-tez oral jinsiy aloqa bilan mashg‘ul bo‘lishadi?

• o‘n besh yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan deyarli 36% o‘smirlar oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishlarini tan olishadi. O‘n besh yoshdan yigirma to‘rt yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida bu ko‘rsatgich yanada yuqori6.

• qovushish tajribasiga ega o‘n besh yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan deyarli 75% o‘smirlar oral jinsiy aloqa bilan ham shug‘ullanishgan; qovushish tajribasi bo‘lmagan o‘n besh yoshdan o‘n yetti yosh oralig‘idagi 30% o‘smirlar oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanganlar7.

• Yangi Angliya okrugidagi maktablardan birida tahsil olayotgan deyarli 25% o‘ninchi sinf o‘quvchilari o‘tgan yil mobaynida oral jinsiy aloqa qilish uchun bir necha bora o‘z juftilarini almashtirganlarini bildirishgan. Qizlar bu kabi uch-to‘rt juftilari bo‘lganini aytishgan8.

Bolalar nega oral jinsiy aloqa bilan mashg‘ul bo‘lishadi?

• Talabalarni oral jinsiy aloqaga ijtimoiy bosim undaydi. 92% dan ko‘proq talabalar yuqori sinflarda bokiralikni saqlab qolish to‘g‘ri va yaxshi ekanligini aytishadi9, lekin ko‘pgina o‘smirlar “bokiralikni yo‘qotmagan holda” oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish mumkin ekanligiga ishonishadi. Faol jinsiy aloqada bo‘ladigan har to‘rtinchi o‘smir qovushishdan ko‘ra oral jinsiy aloqani ma’qulroq deya hisoblashadi10.

• Oral jinsiy aloqa yoshlar orasida shu darajada tarqalganki, ko‘pchilik uchun qandaydir oddiy, ahamiyatsiz bo‘lib qolgan. Shubhasiz, bu o‘rinda tengdoshlar tomonidan o‘tkaziladigan bosim katta rol o‘ynaydi. Aksariyat hollarda oral jinsiy aloqa qilish tashabbuskorlari yosh yigitlar bo‘lishadi, lekin qizlar bajonidil unda ishtirok etishadi. Shu bilan birgalikda o‘zlariga past baho beradigan qizlar yigitlaridan ayrilib qolmaslik va o‘z davrasidagilardan orqada qolmaslik uchungina oral jinsiy aloqaga kirishadilar.

Oral jinsiy aloqa orqali yuqumli kasalliklar o‘tishi mumkinmi?

• Oral jinsiy aloqa orqali gonoreya, sifilis, gerpes, papillom viruslari odamga o‘tishi isbotlangan11.

• Agar inson o‘z hayoti mobaynida besh yoki undan ko‘proq jufti bilan oral jinsiy aloqada bo‘lgan bo‘lsa, uning tomoq saratoni bilan og‘rish ehtimoli 250% ortadi12. Mabodo oral jinsiy aloqadagi juftlar oltitadan oshsa, bu ehtimollik 450% oshadi13.

• Oral jinsiy aloqa bilan shug‘ullanganda papilloma virusini yuqtirgan odamda tomoq saratoni 3200% ortadi14.

Siz ota-ona sifatida nima qilishingiz mumkin?

Eng avvalo, bolangizga jinsiy aloqa aslida nima ekanligini aniq-ravshan tushuntiring. Bolangizni salomatlik uchun oral jinsiy aloqa bilan bog‘liq tavakkalchiliklardan, shuningdek, obro‘-e’tibori va o‘ziga baho berishda uzoq davom etuvchi oqibatlaridan ogohlantiring.  Yoshlar madaniyatini, shuningdek, bolangiz har kuni bo‘lib turadigan o‘sha olamini tushunish juda muhim. Bizning davrimizda vasvasa va tengdoshlar bosimi juda yuqori, biroq oral jinsiy aloqadagi ishtirok o‘zidan keyin uzoq davom etadigan oqibatlarni olib keladi.  Qovushishning muqobil yo‘li tariqasida biz oral jinsiy aloqaga kirishganimizda shuni tushunishimiz lozimki, bu haqdagi xotiralar ongimizda doimo saqlanib qolishiga xalaqit berolmaymiz.

Faol jinsiy aloqada bo‘lib bokiralikni “texnik” holatda asrashimiz Xudoning rejasiga to‘g‘ri kelmaydi.  Bolalaringizga yana bir bora Xudoning jinsiy aloqani yaratishdan maqsadi va uning hayotdagi o‘rni haqida - kitobimizning birinchi bo‘limida bayon etilganidek - tushuntirib o‘ting. Pavlus Efesliklarga Maktubida yozgan: “Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochkuzlik hatto tilga ham olinmasin” Efes. 5:3). Xudo nikohdan tashqarida faol jinsiy aloqada bo‘lishimizga izn bermagan, U nikohda va nikohdan tashqarida bo‘ladigan jinsiy aloqalar natijasida olinadigan lazzatni farqlamaydi. Xudo bizni har qanday nopok jinsiy aloqalardan nari yurishga da’vat etganida Uning yagona maqsadi bizni himoya qilish va nikohdagi yaqinlikdan yuqori darajada lazzatlanish imkonini taqdim etishdan iboratdir.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак