O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 25 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

25 bob - Ochiq mazmundagi SMS-xabarlar jo‘natilishiga qanday yondashish lozim va bu borada nimalar qilmoq kerak?

Hozirgi kunda mobil telefoni egalari jinsiy aloqa mavzuidagi videorolik va fotosuratlarni o‘zaro tez-tez almashtirib turishadi.

Mana, hozirgi oilalar to‘qnash keladigan haqiqiy holat:

• o‘n ikki yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan 75% o‘smirlar mobil telefonlariga ega, ulardan 88% o‘zaro SMS-xabarlar jo‘natib turishadi. O‘smir o‘rtacha miqdorda bir oyda 3146 xabar yuboradi, o‘n ikki yoshdan o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan bolalar esa har oyida 1146 xabar jo‘natishadi1. Bunday ma’lumotlar kattalarni ajablantirishi mumkin, lekin bu o‘rinda hayron qoladigan hech nima yo‘q: bolalar qayerda bo‘lmasinlar - maktabda, uyda, savdo markazida, - qo‘l telefonlaridan “uzilib ketishmaydi”. Shu bilan birgalikda o‘smirlar ko‘pincha yuqori texnologiyalardan behayo mazmundagi SMS-xabarlarni o‘zaro almashtirib turishda foydalanishadi. Ehtimol, siz bu haqda avval bilmagandirsiz, ammo:

• 20% o‘smirlar yalang‘och yoki yarim yalang‘och holda o‘zlari qatnashgan videoroliklar yoki fotosuratlarni yuborishgan yoki barcha ko‘rishi mumkin tarzda joylashtirishgan.

• 39% o‘smirlar jinsiy aloqa mavzuidagi xabarlarni joylashtirishgan yoki bir-birlariga yuborishgan.

Jinsiy aloqa mavzuidagi tasvirlarni yoki xabarlarni yuborganlar orasidan:

• 71% yosh qizlar va 67% yosh yigitlar bu kabi materiallarni “o‘z yigiti yoki qiziga” jo‘natganini aytgan.

• 21% yosh qizlar va 39% yosh yigitlarning aytishicha, bunday mazmundagi materiallarni o‘zlari uchrashmoqchi bo‘lgan kimgadir yuborishgan.

• 66% yosh qizlar va 60% o‘g‘il bolalar buni “ko‘ngilxushlik uchun” yoki “tekshirib olish” uchun qilganlarini bildirishgan.

• 40% yosh qizlar aytishicha, ular jinsiy aloqa mavzusidagi matnli xabarlarni yoki tasvirlarni “hazillashish uchun” yuborishgan2.

Biroq aslida o‘smirlar nazarida hazil yoki oddiy noz-karashma bo‘lib tuyuladigan bu holat jinoyat hisoblanadi. Keyingi bir necha yil ichida ko‘plab o‘smirlar telefon orqali jinsiy aloqa mazmunidagi tasvirlarni yuorishgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishgan. Qonun bo‘yicha, bu bolalar pornografiyasini tayyorlash va aylantirish hisoblanadi. O‘smirlar jinsiy suratlarni yuborish shaxsiy ish, bu haqda hech kim hech qachon bilmaydi deya o‘ylashadi, lekin ularning o‘rtoqlari va dugonalari boshqalarga bunday suratlarni osongina ko‘rsatishaveradi.

Xo‘sh, nima qilmoq kerak?

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis El Menkoni bizga beshta amaliy g‘oyani taklif etadi:

• Bolangizga bunday tarzdagi qo‘l telefoni kerakmi yoki kerak emasligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘ring.

• Muayyan cheklovlar o‘rnating. Ovqatlanish, maktabdagi mashg‘ulotlar, oilaviy sayrlar vaqtida hech qanday o‘zaro xabar almashishlar bo‘lmasin. Ha! Va albatta, qo‘l telefonlarini tunda o‘chirib qo‘ying!

• Agar boshqa biror narsaga mo‘ljallangan bo‘lmasa, hech qanday o‘zaro xabar almashishlar bo‘lmasin. Bu o‘rinda birinchi navbatda avtomobilni boshqarish masalasi turadi. So‘rovda qatnashgan haydovchilarning deyarli yarmi avtomobilni boshqarib ketayotganda telefon orqali o‘zaro xabar almashishlarini aytgan. Bir qancha shtatlarda mashinani boshqarish paytida xabar almashish qonunga zid deya e’lon qilingan.

• Suiiste’molchilikning oqibatlari haqida farzandingiz bilan yaxshilab gaplashib oling. Yolg‘on, nomaqbul xabarlar va butunlay beadab yozishmalar va h.k.z. - bularning barchasi sizning ta’qiqlaringiz ostida bo‘lishi zarur. Nojo‘ya ishning xatarli ekanligini uqtirib qo‘ymoqchimisiz? Bolangizdan bir hafta muddatga qo‘l telefonini olib qo‘ying.

• Mabodo bolangiz kimdir bilan ahloqsiz xabarlarni almashib turishiga shubha qilsangiz, har vaqt uning avvalgi yozishmalarini qarab chiqishingiz mumkin. Ha, bu poylab yurishga o‘xshaydi, biroq ota-onalikning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolangiz zamonaviy texnologiyalardan mas’uliyat bilan va o‘ziga ziyon keltirmagan holda foydalansin3.

Xudo bizni jinsiy aloqa qiladigan mavjudotlar sifatida yaratgan, lekin jinsiy aloqa ham sog‘lom, ham nosog‘lom usullar bilan ifodalanishi mumkin. Jinsiy aloqa mavzusini yoritish bo‘yicha murabbiy Logan Levkoff shunday uqtiradi: “Bolalar o‘z jinsiy mayllarini ifodalash uchun sabab axtarishadi, ayniqsa, uchrashuvga borish va “bu bilan” shug‘ullanish ularga ta’qiqlanganini eshitganlaridan so‘ng. Zamonaviy texnologiyalar ularga mavjud olamda biror-bir harakat sodir etmay, o‘z jinsiy mayllarini ifoda etish imkonini beradi4.

Bolalarimizga muayyan qoidalarni shunchaki yopishtirib qo‘yish o‘rniga, biz ularni inson organizmidagi bunday hodisa haqidagi suhbatga tortish uchun jinsiy yo‘nalishdagi yozishmalar mavzusidan foydalanishimiz mumkin. Xudoning jinsiy aloqaga oid rejasi haqida bolangiz bilan suhbatlashish uchun yaxshi imkoniyatni boy bermang. Ular behayo mazmundagi SMS-xabarlar bilan ko‘pincha ikkita sababga ko‘ra almashinishadi: birinchidan, o‘z jinsiy maylini bildirmoq uchun, ikkinchidan, tengdoshlaridan orqada qolib ketmaslik uchun. Hayotning bunday barvaqt pallasida ular - xuddi barchamiz kabi - o‘zlarining qabul qilinishlarini istashadi. Farzandingizga jinsiy aloqa haqida gapirib bergan holda, siz aslida unga yangi his-tuyg‘ularini, yangi hayotiy kechinmalarini  tushunishga yordam berasiz,  Bola siz bilan muloqot jarayonida o‘z tuyg‘ularini ko‘pincha maktabda, teledasturlarda yoki Internetda bildirganlari kabi emas, balki sog‘lom tarzda ifoda etishga o‘rganadi


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак