O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 26 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

26 bob - Farzandingiz jinsiy bosimga qarshilik ko‘rsatishi uchun unga qanday yordam berish mumkin?

Hozirgi bolalar nikohgacha bo‘ladigan jinsiy aloqa targ‘ibotining ulkan bosimi ostida turishibdi. Ular jinsiy yaqinlikni Xudo yaratganini va bu borada bejiz muayyan chegaralar o‘rnatmaganini anglashlari lozim, shuningdek, bu haqda farzandlar bilan yaqin va ishonchli munosabatlar holatida gaplashish kerak. Bu haqda biz kitobimizning dastlabki beshta bobida batafsil so‘z yuritdik. Ammo farzandlarni duch kelishlari mumkin bo‘lgan bosimga qarshi tayyorlash ham bundan kam ahamiyatli emas.

Ijtimoiy bosimlar (ayniqsa tengdoshlar tomonidan) o‘smirlarning hayotiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Gij-gij qilishlar va pisanda gaplarga qarshi tayyorlanmagan bolalar ularga qanday qarshilik qilishni bilishmaydi. Eng avvalo, bolangizga quyidagilarni egallab olishiga yordam bering:

• Garchi yon-atrofdan shunga o‘xshash tasavvur tug‘ilsada, tevarakdagi barcha ham “shu bilan” shug‘ullanmaydi.

• Jinsiy aloqadan voz kechish o‘smirni “nozikvoy” yoki “go‘dak”ka aylantirib qo‘ymaydi. Aksincha, o‘zini saqlash uning barcha “rozi” va “qarshi” tomonlarni diqqat bilan o‘rganib shu qarorga kelganini ko‘rsatadi: nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqa uning manfaatlarini himoya qilmaydi va to‘g‘ri qaror hisoblanmaydi.

• Jinsiy aloqa o‘smirni katta odamga aylantirib qo‘ymaydi.

• Jinsiy aloqa hech bir holatda kimningdir sevgisini isbotlab bermaydi.

• Jinsiy yaqinlik hech qachon susayib qolgan munosabatlarni saqlab qololmagan va ajralish xavfini bartaraf etmagan.

• O‘z-o‘ziga to‘g‘ri baho berish o‘smirga tengdoshlari tomonidan bildiriladigan gij-gijlarga va masxaralarga qarshi turishida yordam beradi. O‘z qadr-qimmati haqida qoniqish tuyg‘usiga ega bo‘lgan o‘smir, zo‘r berib o‘zini qabul qilishlarini va “haybarakalla” izlaydigan boshqalardan farqli tarzda  ijtimoiy bosim holatida egilmaydi.

• O‘g‘il yoki qiz bolaning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarga ularni majburlashganida, foydalansa bo‘ladigan tayyor javoblar “andaza”si bor.

Quyida bolangiz uchun ko‘proq foydali bo‘ladigan javoblar keltirilgan. Ularni asta-sekin o‘zlashtirib borgan afzal, ammo bir marotabada bitta-ikkitadan. Bu so‘zlar chindan ham vaziyatni asrashi mumkin.

Gij-gijlar va ularga nisbatan to‘g‘ri javoblar1

 

Luqma

Javob

“Qo‘ysangchi axir, atrofda hamma shu bilan shug‘ullanadi!”

“Bu meni qiziqtirmaydi - men hamma emasman. Atrofdagi hamma shunday qilishayotganini doim gapirib yurishadi”

“Agar meni sevganingda edi, to‘shakda men bilan yotgan bo‘larding”.

“Agar sen meni sevganingda edi, o‘zim xohlamagan narsaga meni majburlamagan bo‘larding”.

“Agar meni sevganingda edi...”

“Bunday so‘zlardan keyin jinsiy aloqa qilishni istamay qolarkansan, shunchaki ketib yuborging keladi”2.

“Agar meni sevganingda, bunga rozi bo‘larding...”

“Agar sen meni sevganingda, o‘z aytganingda turib olmagan bo‘larding!”

Agar rad etsang - demak, meni sevmas ekansan!”

“Bu so‘zlaring bilan sen meni sevmasligingni bildirayapsan”.

“Agar men bilan to‘shakda yotmasang, seni tashlab ketaman”.

“Agar sevgan qizing to‘shakda sen bilan yotishi shart bo‘lsa, men sening sevgiling bo‘lishni istamayman”.

“Nahotki men senga yoqmasam?”

“Yoqasan. Lekin, bundan tashqari, seni hurmat qilaman. Sen yoqimtoy/chiroylisan, seni ko‘proq bilib olishni istayapman”.

“Jinsiy aloqa bizning yaqinlashishimizga yordam beradi”.

“Noto‘g‘ri, axir men homilador bo‘lib qolmaslik uchun tashvishga tushaman”.

“Nega men bilan to‘shakda yotishni istamaysan-a?”

“Xohlamayman - gap shu”. (Boshqa hech qanday izoh berish kerak emas.)

“Hamma shunday qiladi”.

“Demak, boshqa birovni topishda qiynalmaysan”.

“Axir biz avval buni qilib ko‘rgandik-ku. Nega endi menga rad etyapsan?”

“Qayta o‘ylab ko‘rishga haqqim bor. Bu mening tanam, mening hayotim, endi men to‘ygacha kutmoqchiman”.

“Qo‘ysangchi, bo‘laqol. Ko‘rib turibman, o‘zing ham xohlayapsan-ku!”

“Yo‘q. Yo‘q. Yo‘q. Qaysi harf senga tushunarsiz bo‘ldi? “Y”? “O‘”? Yoki “Q”?”

“Ota-onang ertalabgacha uyda bo‘lmaydimi? Balki, uyingga borarmiz?”

(Bu siz uchun xuddi tuz qartani qo‘lingizda ushlab turgandek bir imkoniyat: hamma aybni “kattalar”ga ag‘daravering”.) “Qanday qilib - mening uyimga? Nimalar deyapsan? Ota-onam o‘zlari bo‘lmagan paytda hech kimni olib borishga ruxsat berishmaydi!”

“Erkak bo‘lishni xohlaysanmi?”

“Men shundoq ham erkakman!”

“Seni erkakka aylantirishimga ijozat ber”.

“Bunda jinsiy aloqaning nima daxli bor?”

“Sening hamma dugonalaring faqat shu bilan shug‘ullanishadi-ku”.

“Nima ham derdim, borgin, ular bilan xohlagan ishingni qilaver”.

“Hech kim jinsiy aloqada tajribasi bo‘lmagan qizga uylanmaydi”.

“O‘ylashimcha, bu masalada men istisno bo‘laman”.

“Qanchalik ko‘p narsani boy berayotganingni bilsang edi!”

“O‘zingga ham xuddi shuni aytmoqchiman”.

“Ammo men boshqa chidolmayman!”

“Demak, to‘ydan keyin ham chidab yurolmaysan”.

“Men axir seni juda qattiq sevaman!”

“To‘ygacha kuta oladigan darajada qattiq sevasanmi?”

“Hamma narsa qachondir yuz beradi”.

“Jinsiy aloqa - bu tasodif emas. Hamisha tanlash imkoni bo‘ladi, shuni bilib qo‘ygin”.

“Bu juda ajoyib!”

“Shunchalik ajoyibki, buning uchun to‘ygacha kutsa arziydi”.

“Lekin biz sen bilan juda yaqinmiz... Nahotki bu hisobga kirmasa?”

“Yaqinlik - hali nikoh emas.  Nikoh - mana bu haqiqiy yaqinlik.

 


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак