O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 3 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

3 bob - Jinsiy aloqa: nikoh doirasidagi lazzat

Iliq oqshom. Jastin va uning sevgilisi Meddi cho‘milib olmoqchi bo‘ldilar. Jastin qo‘shni hovlining egalari uzoq muddatga qayoqqadir ketishganidan xabardor edi, hovlining orqa tarafida esa ko‘rkam basseyn bor. Xullas, u va Meddi qo‘shni hovliga yashirincha kirib olishdi, basseyn to‘sig‘idan oshib o‘tdilar va kechki cho‘milishdan bahra olishga shaylandilar.

Meddi yechinishga ham ulgurmay, Jastin botinkasini uloqtirgancha, tepaga chiqdi va undan pastga sho‘ng‘idi. U hushini yo‘qotishidan avval oxirgi eshitgani, sevgilisining qichqirig‘i bo‘ldi.

Qarangki, qo‘shnilar ketishlaridan avval basseyndan suvning katta qismini oqizib yuborgandilar, shu bois unda juda kam suv qolgan bo‘lib, g‘ira-shirada Jastin buni payqamagan. Bu sakrash suvning yengil chalqishi va suyaklarning ayanchli qisirlashi bilan yakunlandi. Kechki cho‘milish ishqibozi butun umr shol bo‘lib qoldi.

Bu yosh yigit-qiz birgalikda cho‘milishdan zavq olmoqchi edilar, xolos. Basseyn to‘sig‘i shu so‘zlarni ifoda etadigan chegarani anglatardi: “Kirilmasin” yoki “Begonalarning kirishi man etiladi”. Jastin esa unda sevgilisi bilan birga izlagan rohat yo‘lidagi to‘siqni ko‘rdi, vaholanki, aslida to‘siq ularning himoyasi uchun qo‘yilgandi.

Jinsiy aloqa lazzat baxsh etadi.

Bolangizni tarbiyalayotganda, qaysidir pallada uni ogohlantirgan bo‘lsangiz kerak:  “Dazmolga tegma” yoki “Ko‘chani kesib o‘tayotganingda avval chap tomonga qaragin, so‘ngra o‘ng tomonga”. Siz tez-tez shunday degansiz: “Tishlaringni tozalashni unutma”. Siz bu gapni bolangindan quvonchini tortib olish uchun emas, balki unga yaxshi bo‘lishi uchun aytgansiz. Tabiiyki, siz uning kuyishini, mashina ostiga tushib qolishini yoki tish og‘rig‘iga mubtalo bo‘lishini istamagansiz. Ta’qiqlar - bu odamlar tomonidan o‘rnatilgan chegaralar bo‘lib, bolalarni zararlardan himoya qiluvchi to‘siqqa o‘xshaydi.

Balki siz farzandingizni asosiy ko‘nikmalarga o‘rgatishni uddasidan chiqqandirsiz. Har holda, u qizigan dazmolga teginsa kuyib qolishini, qarshisidan yelib kelayotgan mashinaning yo‘liga chiqsa g‘ildiraklar tagida qolishiga va tishlarini tozalamasa ular yemirilib qolishini tushunib qolgandir. Ammo yoshlarga, xususan kattalarga ham Xudoning faol jinsiy aloqaga taalluqli amrlarini buzish qalb azobi va og‘riqlarga sabab bo‘lishini tushuntirish anchayin murakkab. Va buning salmoqli sabablari bor.

Qizigan dazmolga teginish darhol og‘riq beradi. Avtomobil tagiga tushsak, shu zahotiyoq mayib bo‘lamiz. Biroq jinsiy aloqa er-xotinlar o‘rtasida bo‘ladimi yoki ahloqan qay darajada ekanligidan qat’iy nazar odatda u huzur baxsh etadi.  Insonning badaniga o‘sha badanning egasi nikohda bo‘lish-bo‘lmasligining ahamiyati yo‘q.

Haqiqat shuki, odam ahloq nuqtai nazaridan yaxshi yoki to‘g‘ri ish tutish-tutmasligidan qat’iy nazar, ehtiros og‘ushida o‘zini yettinchi osmonda his qiladi. Biz nikohgacha jinsiy aloqa nojo‘ya ekanligini bolalarimizga uqtirganimiz bilan muvaffaqiyatga erishmog‘imiz mushkul, negaki, ularning nuqtai nazari bo‘yicha jinsiy aloqa baribir yoqimli: ular ko‘plab manbalar orqali jinsiy aloqaning ajoyib ekanligini bilishadi. Ommaviy axborot vositalarida uzoq salbiy oqibatsiz kechadigan bir damlik huzur-halovat keng talqin etiladi. Xo‘sh, biz bunga qay tarzda qarshi turishimiz mumkin?

Farzandlaringizga jinsiy yaqinlikdan imkon qadar ko‘proq lazzatlanishni tushuntiring

Siz ota-ona yoki jamoat yetakchisi sifatida o‘z tarbiyangizdagi bolalarga odatda ularni qandaydir xavfli harakatlardan asrash istagi bilan nimalarni gapirasiz? Siz ularga bunday qilmish nojo‘ya ekanligini aytib, ular yana shu kabi ish tutsalar salbiy oqibatlarga uchrashlari haqida ogohlantirasiz. Har holda, xayolimizga keladigan eng so‘nggi fikr - biz bolalarni asramoqchi bo‘lgan harakatlardan qay tarzda mumkin qadar ko‘proq foyda olish mumkinligini ularga tushuntirish. Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?

Xullas, gap jinsiy aloqa haqida borar ekan, bolalarimiz uning naqadar ajoyib ekanini tushunishlari kerak. Faqat to‘g‘ri tanlangan vaqtdagina sevimli kishilari bilan jinsiy aloqa qilsalar, albatta. Boshqacha aytganda, inson Xudoning maqsadi doirasida yaqinlikka kirishsagina, ana o‘shanda u chinakam rohat olishi mumkin. Mabodo biz nimaiki bo‘lmasin biror narsaning qo‘llanmasini diqqat bilan o‘rganib unga amal qilsak, o‘sha “nimadir” qanday bo‘lmasin bizga yaxshiroq tarzda xizmat qiladi.

Siz qachondir akvariumdagi baliqni ipidan tortib yerda boqishga uringanmisiz? Yoki Shimoliy qutbda palma o‘stirmoqchi bo‘lganmisiz? Yoxud Phillips vintini oddiy otvyortka yordamida devorga burab kirgizmoqchi bo‘lganmisiz? Urinib ham ko‘rmang - qo‘lingizdan hech nima kelmaydi.  Nima uchun? Negaki, baliq yerda sayr qilish uchun yaratilmagan - uning joyi quruqlikda emas, balki suvda. Mabodo baliq Xudoning amrlariga binoan hayotdan to‘la bahramand bo‘lishni istasa, u o‘ziga belgilangan chegarada, ya’ni suvda bo‘lishi kerak. Palma faqatgina doimiy iliq ob-havo sharoitida o‘sishi mumkin. U - tropik daraxt. Agar palma to‘laqonli yashashni istasa, u Shimoliy qutb kabi sovuq joylardan narida bo‘lishi lozim. Hattoki Phillips vintini devorga burab kiritish kabi oddiy vazifa ham qo‘lingizga boshqa otvyortkani olganingizda ilojsiz bo‘lib qoladi. Agar bu olamda hammasi Xudoning maqsadiga ko‘ra sodir bo‘lsa, barchasi a’lo tarzda yuz beradi. Bu murakkab emas, to‘g‘rimi?

Farzandlarimiz jinsiy aloqa Xudo tomonidan aniq bir maqsad bilan yaratilganini tushunishlari lozim. Bu Uning mo‘‘jizaviy tuhfasi bo‘lib, sevishgan er-xotinlar o‘rtasida yaqinlikni doimiy mustahkamlaydi, o‘zaro munosabatlariga va baxtli turmushlariga farzandlar muyassar etuvchi jismoniy zavq va quvonch keltiradi. Agar jinsiy aloqani hurmat qilib ulug‘lasak - Xudo qay tarzda yaratgan bo‘lsa - u Xudoning eng yaxshi hadyalaridan biriga aylanadi.

Mayli, farzandingiz Xudoning bu ajoyib tuhfasida hech qanday jirkanchlik yoki uyat yo‘qligini va undan lazzatlanishning oddiy usuli borligini bilib qo‘ysin. Xudoning bu ajoyib hadyasi sevgini mustahkamlashga qodir, faqat undan foydalanish  uchun “qo‘llanma”ga amal qilish lozim. Siz shunday harakat qilingki, farzandingiz bilsin: jinsiy yaqinlikdan eng yuqori darajada rohatlanishga yordam berish uchun Xudoning muayyan qoidalar to‘plami mavjud.

Raddiya - bu ham ijobiy javob

Xudo vaqti-vaqti bilan O‘z Kalomida bizga faqat sevgisidan kelib chiqqan holda “yo‘q” deb aytishini siz payqaganmisiz? Uning doimiy istagi - g‘amxo‘rlik va himoya qilish. Muso Isroil xalqiga da’vat etganida, Xudoning aynan shu asosini keltirgan:

“Ey Isroil xalqi! Egangiz Xudo sizlardan bitta narsani talab qiladi: Egangiz Xudodan qo‘rqing. Uning yo‘lidan yuring. Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan , jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling. Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz.

Qonunlar 10:12-13

Xudo qachonki “uni yoki buni qilmagin”deb aytsa, har safar bizga yaxshi bo‘lishi uchun aytadi. Agar U chegaralar o‘rnatib, “Kirish mumkin emas!” belgisini o‘rnatsa, demak, Xudoning yagona xohishi faqat g‘amxo‘rlik va bizni himoya qilishdir. Zabur 144-bobini qayta o‘qib chiqing. U Xudoni himoyachi va g‘amxo‘r boquvchi sifatida tasvirlaydi. Masala jinsiy aloqa haqida bo‘lsa, Xudo bu borada ham bizni O‘z himoyasi va g‘amxo‘rligi bilan qurshab olishni istaydi. Biroq jinsiy yaqinlikdan to‘laqonli rohatlanishimiz uchun biz chegaralarni kesib o‘tmasligimiz va ta’qiq belgilariga e’tibor qaratishimiz kerak. Boshqacha aytganda, jinsiy aloqadagi buzuqlikdan qochishimiz lozim.

Muqaddas Kitob tushunchasiga ko‘ra, jinsiy aloqadagi buzuqlik - bu nikohdan tashqarida  (bu o‘rinda nikohgacha hamda nikohsiz jinsiy aloqa nazarda tutilmoqda) bir erkak va bir ayol o‘rtasida kechadigan har qanday jinsiy aloqadir. Mana, Kalom nima deydi:

“Fahsh-zinodan o‘zlaringizni tiyinglar” (Havoriylar 15:29).

“Jinsiy ahloqsizlikdan o‘zlaringizni olib qochinglar!” (1 Korinfliklar 6:18).

“...Jinsiy ahloqsizlikka berilmaylik... (1 Korinfliklar 10:8).

“Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik... Hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas” Efesliklar 5:3).

“Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy ahloqsizlik qilmang” (1 Salonikaliklar 4:3).

Demak, nikohgacha va nikohsiz jinsiy aloqaga bo‘lgan ta’qiq bizga Xudoning himoyasi va g‘amxo‘rligini ta’minlaydi. Hozir faqatgina bir necha bandlarni sanab o‘tamiz.

 

Biz nimadan qochamiz?

Biz nimaga erishamiz?

Vijdon azobi

Ruhiy in’omlar

Rejasiz homiladorlik

Farzand tug‘ish va tarbiyalash uchun qulay vaqt

Jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklar

Jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasalliklarning yo‘qligiga ishonch

Jinsiy aloqada bo‘ladigan insonga nisbatan ishonchsizlik

Jinsiy aloqada bo‘ladigan insonga ishonch

Ruhiy parokandalik

Chinakam yaqinlik

 

Mana shunday ustunliklar bilan muayyan ravishda jinsiy yaqinlikdan to‘laqonli bahramand bo‘lish mumkin. Misol uchun, biz endigina uchrasha boshlaganimizda, bir-birimizni sevadigan erkak va ayol sifatida nikoh rishtalari bilan o‘zaro bog‘lanmaguncha jinsiy aloqaga bo‘lgan istagimizni namoyon etmay, kutishga qaror qildik. O‘zimizni bunday tutishga moslaganimiz umid baxsh etdi va biz nikohda ham xiyonatdan o‘zimizni tiyishga o‘rgandik. Va bunga erishdik! Xudoning jinsiy aloqaga oid amrlarini bajargan holda, biz vijdon azobidan himoyaga ega bo‘ldik va Xudo bilan hech qanday g‘uborsiz yaqinlikdan lazzatlanishda davom etmoqdamiz.

Biz nikohgacha bo‘lgan homidadorlikka bog‘liq hech qanday azobni boshdan kechirmadik. Shundan kelib chiqqan holda, biz o‘z farzandini “asrandi bola” qilib olish va  turmush qurish uchun qadam qo‘yishga tayyor bo‘lmasdan shoshilinch nikoh tuzish kabi noxush jarayonlardan narida bo‘ldik.

Bizni nikoh to‘shagida jinsiy aloqa orqali o‘tadigan qandaydir yuqumli xastaliklar ta’qib qilmadi.

Turmush o‘rtog‘imiz o‘zi bilan avval jinsiy aloqada bo‘lgan boshqaga bizni taqqoslashi mumkinligi haqidagi gumonlardan bezovta bo‘lmadik. Shu tariqa, bizning munosabatlarimiz asosida bir-birimizga bo‘lgan to‘liq ishonch yotibdi.

Xudo nikohgacha bo‘lgan aloqalar ko‘pincha sabab bo‘ladigan qalb azoblaridan va yuzaki havas bilan qilinadigan xoinona ayriliqlardan bizni himoya qildi. Natijada biz shubhaning kichkina soyasi ham, o‘tmish sharpasi ham soya tashlamaydigan munosabatlardan betashvish lazzatlanmoqdamiz.

Jinsiy aloqa Xudo tomonidan avvalo nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqani ta’qiqlash va nikohdagi sadoqat borasida salomatlik chegaralarini saqlab turish uchun jismoniy huzur sifatida yaratilgan,  Agar er-xotin Xudoning xohishiga amal qilsalar, yaqinlikdan to‘laqonli tarzda bahra olishadi. Asosiysi, bolalarimiz ushbu chegaralar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim, zero aynan shu chegaralar  kelgusida jinsiy aloqadan rohatlanishlariga xalaqit beradigan hamma narsadan ularni o‘z vaqtida asraydi. Bu esa raddiya ham ijobiy javob bo‘ladigan aynan o‘sha vaziyatdir.

Hirsiy maylga xos harakatlarning chegarasini aniqlaymiz

Xudo bizni O‘zining himoyasi va g‘amxo‘rligi bilan qurshab olish maqsadida muayyan chegaralarni belgilab qo‘yganini gapirib o‘tdik. Kalomda, hech bo‘lmaganda, jinsiy aloqa borasida qo‘llaniladigan uchta qoida haqida eslatib o‘tiladi. Obrazli qilib aytganda, ular ko‘prikka va ko‘prikning ikkala tarafidagi to‘siqlarga o‘xshaydi. Undan o‘ngga ham, chapga ham og‘ishmay qadam tashlab, xuddi Xudo xohlagan tarzda yaqinlikdan zavq olishimiz mumkin.

Pokizalik

Muqaddas Kalomda shunday deyilgan: “Nikohni hammangiz e’zozlanglar. Er-xotinlik munosabatini beg‘ubor saqlanglar...” (Ibroniylar 13:4). Va yana shunday yozilgan: “Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy ahloqsizlik qilmang. Har biringiz muqaddaslik va izzat-hurmatga loyiq tarzda o‘zingizni tuta bilishingiz kerak. Xudoni bilmagan butparastlarday shahvoniy hirsga qul bo‘lmang... Xudo bizni harom yo‘ldan yurishga emas, balki muqaddas bo‘lib yashashga chaqirdi”  (1 Salonikaliklar 4:3-5,7).

Pokizalik  - bu Xudoning qoidasi, unga amal qilish bizga jinsiy aloqadan imkon qadar ko‘proq bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi va bizni nojo‘ya jinsiy aloqa oqibatlaridan himoya qiladi. Biroq pokiza bo‘lishning o‘zi nima?

Aytingchi, siz qachonlardir o‘ramida “sutli toza shokolad” deb yozilgan konfetdan iste’mol qilganmisiz? Yoki, misol uchun, asal solingan mana bunday yorliqli banka sizni darhol ishontirmoqchi bo‘ladi: “Qo‘shimcha sun’iy shirinlik solinmagan toza asal”. Shokolad yoki asaldagi “tabiiy” (ya’ni toza) so‘zi uning asl ta’mini buzadigan har qanday boshqa vositalardan xoli ekanligini bildiradi.

Jinsiy aloqada tozalikni saqlash -  jinsiy aloqa borasida Xudoning asl va mukammal maqsadiga hech nimani aralashtirmasdan Uning xohishiga ko‘ra yashamoq demakdir. Tushunyapsizmi, jinsiy aloqa er va xotin o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash uchun yaratilgan. Boshqa birov bilan jinsiy aloqa qilish - er-xotinlik munosabatlariga begona narsalarni olib kelish, bu esa pokizalikning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Axir suvli stakanga iflos toshni tashlasangiz - suv ifloslanib qoladi-ku. Faqat aralashmalar qo‘shilmagan suvni toza deb aytish mumkin. Xuddi shunday, Xudo ham bizning jinsiy aloqaga daxldor hayotimiz begona narsalar bilan iflos bo‘lmagan holda qolishini istaydi.

Xudoning maqsadi shundan iboratki, ikkita pokiza inson buzilmaydigan toza nikoh tuzib faqat bir-birlari bilan o‘zaro jismoniy yaqinlikdan bahra olsinlar. Agar juftlikdan birortasi yoki erkak ham, ayol ham faqat er-xotin o‘rtasida bo‘ladigan asl yaqinlikni rad etib, bir lahzalik rohat ketidan quvib nikohgacha bokiralikni asramagan bo‘lsalar, nikohning tozaligi buzilishi mumkin.

Jinsiy aloqada poklik qayerdan hosil bo‘ladi? Xudo shunday deydi: “...Muqaddas bo‘linglar, chunki Men Muqaddasman...” (1 Butrus  1:16) va “Xudoga umid bog‘lagan har bir odam Iso Masih singari pok bo‘lish uchun o‘zini poklaydi” (1 Yuhanno 3:3). Xudo O‘z tabiatiga ko‘ra pokiza va “Unda nohaqlik yo‘qdir” (Zabur 91:16) Demak, nikohgacha va nikohda ham pokiza bo‘lib qolgan holda, biz Xudoning siymosini aks ettiramiz va Uning sevuvchi himoyasi va g‘amxo‘rligi ostida Uning maqsadiga to‘liq mos kelgan holda jinsiy aloqadan rohatlanamiz.

Sadoqat

Yettinchi amr shunday deydi: “Zino qilmang” (Chiqish 20:14). Iso Masih nikoh rishtalarini bog‘lagan erkak va ayollarga zino qilmaslikni, biroq bir-birlariga sadoqatli bo‘lishlarini amr etgan. U shuni ham aytgan: “Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin” (Mark 10:9). Xudo Isroilga buyurgan: “...Shu bois hushyor bo‘linglar va xiyonat qilmanglar” (Malaki 2:16).

Nikoh marosimida erkak va ayol o‘zlarini bir-birlariga bag‘ishlaydilar: “Muqaddas Xudoning roziligi ila bugundan boshlab toki o‘lim bizni ayirmagunicha seni sevaman va quvonch hamda qayg‘uda ham, boylik va qashshoqlikda ham, salomatlik va xastalikda ham senga g‘amxo‘rlik qilaman”. Har holda, bu - bu dunyoda kimdir seni hammadan ko‘proq sevishini va o‘z hayotini senga bag‘ishlashini bilmoq - eng dilrabo tuyg‘u bo‘lsa kerak Sadoqat  - bu Xudoning qoidasi, uni asrash bizga eng ko‘p darajada jinsiy aloqadan lazzatlanish imkonini beradi va ahloqsiz jinsiy aloqaning salbiy oqibatlaridan himoya qiladi.

Oilaviy hayotimizning jo‘shqin qismini erim - Josh safarlarda o‘tkazgan. Menga xiyonat qilish uchun unda imkoniyatlar yetarli bo‘lgan. Biroq qirq yildan ortiq birgalikdagi turmushimizda u o‘zi sevgan va istagan birgina yagona ayoliga bo‘lgan mustahkam sadoqatini saqlab keldi. Ya’ni, menga. Bu men uchun qanchalik baxt ekanligini so‘z bilan ifodalab berolmayman. Uning sadoqati menga qadr-qimmat tuyg‘usini beradi, men o‘zimni xotirjam va xavfsiz his qilaman. Uch milliarddan ortiq ayollar yashayotgan sayyoramizda erim uchun men yagona va betakrorman. Mana, qanday munosabatlarni qadrlash va ardoqlamoq kerak!

Xudo boshidanoq bizga kimdir uchun yagona va betakror bo‘lishga intilish va xohish tuyg‘usini singdirgan. Xudoning  tabiati hamana shunday. “Shunday qilib Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar - deydi Muso isroilliklarga, - U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq  saqlaydi”  (Qonunlar 7:9). Nikoh qasamyodiga sadoqat - Xudo tomonidan bizning jinsiy hayotimizni himoya qilish uchun o‘rnatilgan yana bir qoida yoki chegaradir.

Sevgi yo‘li

Demak, jinsiy aloqa hayoti bir tomondan poklikni, boshqa tarafdan sadoqatni himoya qilishi lozim. Ular ko‘prikning ishonchli to‘siqlari kabi bo‘lib, er-xotinlar undan qo‘llarini tutib o‘tishlari kerak. Va bu ko‘prik - sevgi yo‘lidir.

Masihiy oilalarda ulg‘aygan ko‘plab bolalarda qandaydir ahloq yo‘naltiruvchisi bor. Har holda, sizning farzandingiz duch kelgan odam bilan jinsiy aloqa qilish - katta xato ekanligiga ishonsa kerak. Albatta, siz uning shunday nuqtai nazarda ekanidan faxrlanarsiz, lekin bu o‘rinda bir ishkallik bor.

Ko‘plab bolalar, hattoki imonli oilalarda va yaxshi jamoatlarda ulg‘ayganlar ham agar ikki kishi bir-birini “chinakamiga” sevsa, qoidani buzish mumkin deya hisoblashadi. Bunday holatda nikohgacha yoki nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa ularga haqlidek bo‘lib tuyuladi, zero “sevganingda - hammasini to‘g‘ri qilasan”.

O‘ylashimcha, hozir men (Josh) ko‘plab ota-onalar va jamoat yetakchilarini karaxt ahvolga tushirib qo‘yaman, ammo aytishim lozimki, ma’lum ma’noda zamonaviy yoshlarning fikriga qo‘shilaman - menda ham haqiqiy sevgi barchasini to‘g‘ri qilishiga ishonch bor. Endi esa menga taajjub bilan xat yozishingizdan avval, tinglang. Jinsiy aloqa uchun Muqaddas Kitob andazalari aynan asl sevgini ifodalaydi. Afsuski, yoshlar ko‘pincha sevgi poklik  va jinsiy aloqaga sadoqat chegarasidan chiqadigan soxta andazalaridan kelib chiqqan holda fikr yuritishadi.

Keling, ilohiy sevgi ta’rifini ko‘rib chiqaylik. Havoriy Pavlus Korinfliklarga birinchi maktubda sevgi nimalar qilishi va nima uchun qilishi haqida yozgan:

“Sevgi sabr-toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi. Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha, haqiqat qaror topganda shodlanadi.

1 Korinfliklar 13:4-6

Biroq bu hali sevgining to‘liq tavsifi emas.

Shuningdek, Pavlus “o‘zgani yaxshi ko‘rgan odam unga yomonlik qilmaydi” deb yozgan (Rim 13:10) Buning o‘rniga boshqalar bizga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasak, o‘zimiz ham ularga shunday munosabat bildirishimiz kerak. Oltin Qoida yodingizdami? Iso aytadi: “Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar...” (Matto  7::12). Pavlus shunday deb ham aytgan:  “Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaaatini ko‘zlang” (Filippiliklar 2:4). Endi bizga haqiqiy sevgi o‘z manfaatini ko‘zlamasligi ayon bo‘ladi.

Qarang-a, Kalom o‘z xotinlarini sevish uchun erkaklarga nimalarni buyuradi:

Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan erkak o‘zini sevgan bo‘ladi.  Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi.  Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O‘z jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi.

Efesliklar 5:28-29

Haqiqiy sevgining o‘zi nima? Bu o‘z yaqinini oziqlantiradigan, ilitadigan va ardoqlaydigan, g‘amxo‘rlik qiladigan, asraydigan va himoya qiladigan o‘sha narsami?

Unga va Muqaddas Kitobdagi boshqa oyatlarga tayangan holda, biz haqiqiy sevgini ushbu ma’noda ifodalashimiz mumkin:

Sevgi - boshqa kishining xavfsizligi, baxti va farovonligini xuddi o‘ziniki kabi yuqori baholash.

Biz qachonki aynan shunday sevganimizda, jinsiy hayotimizni poklik va sadoqat qoidalari himoya qilishiga izn beramiz, negaki ular bizning baxtimizni ta’minlaydi va zararlardan himoya qiladi. Sevgi - ammo aynan asl sevgi! - nikohdagi poklik va sadoqat uchun to‘ygacha jinsiy yaqinlikni kutib turadi. Mana shu nuqtai nazarga ko‘ra, “sevsang - hammasini to‘g‘ri qilasan” fikri mutlaqo asosli.

Bunday sevgi qayoqdan paydo bo‘lishi mumkin? Xudodan, negaki “Xudo sevgidir” (1 Yuhanno  4:8). Sevgining ilohiy andazasi - sevimli kishini zararlardan himoya qiladigan va uning manfaatini ta’minlaydigan sevgidir. Bunday sevgi beradi va ishonadi, u ishonchli, xavfsiz, toabad sadoqatli. Garchi uning asosiy maqsadi sevimli insonni himoya qilish va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘lsada, u boshqa odamning xavfsizligi, baxti va farovonligiga ziyon bermaydi.

Axir siz o‘z farzandingizga shunday yo‘lni ravo ko‘rmaysizmi? Axir siz u o‘z manfaati uchun Xudoning poklik va sadoqat chegaralarini quvonch bilan qabul qilishini istamaysizmi? Hozirgi kunda zamonaviy dunyo madaniyati boshqa yo‘lga da’vat etayotgan bir paytda, bunday haqiqatga ko‘nikish oson emas, biroq biz sizni ishontirib aytamizki, buning iloji bor. Siz xuddi maktabdagidek farzandingizni partaga o‘tkazib undashingiz shart emas: siz bu bilan teskari natijaga erishishingiz mumkin.

Ammo baribir bolalarimizga Xudoning jinsiy aloqa borasidagi maqsadini singdirish usuli bor. Ularda ijobiy ta’sir uyg‘otadigan yondashuv mavjud. Ko‘plab ota-onalar va jamoat yetakchilari buni shunchaki nazardan qochirib qo‘yishadi. Biz keyingi bobda ana shu haqda so‘z yuritamiz.

 * Britaniyalik rok-qo‘shiqchi Bonni Taylerning mashhur qo‘shig‘idagi misra.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак