O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 11 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

11 bob - “Jiddiy suhbat” qilishga urinish kerakmi?

Kimdir mening yelkamga turtdi:

- Janob Makdauell, ma’ruzangiz uchun sizga katta rahmat. Men hech qachon bunday fikrlarni eshitmagandim. - Men hozirgina “Yalang‘och dalillar” kitobi bo‘yicha seminarni yakunlagandim, tinglovchilardan biri bo‘lmish bu ayol esa “eshitganlarini amalda qo‘llash”ga hozirlanayotganini menga bildirdi. U shunday dedi: - Erimdan o‘g‘limiz bilan bu haqda jiddiy gaplashib olishini so‘rayman.

Umid qilamanki, ovozim unchalik tashvishli yangramagan bo‘lsa kerak, har holda, aniqlashtirib olmoqchi bo‘ldim:

- O‘g‘lingizning yoshi nechada?

- O‘n uchda, - dedi ayol.

Taajjubli ko‘rinishimni katta kuch bilan yashirishimga to‘g‘ri keldi.

- Sizlar hanuzgacha u bilan jinsiy aloqa mavzusini u bilan muhokama qilmaganmisizlar? - so‘radim men.

U aytdi:

- Ha, shunday ... Buning uchun vaziyat hech to‘g‘ri kelmagan.

“Jiddiy suhbatlar”ning vaqti allaqachon o‘tib ketgan, u o‘z-o‘zidan kelmasdi ham! “Journal of Family Issues” shunday xabar qiladi: “50% o‘smirlargina  o‘tgan oyda onasi bilan jinsiy aloqa haqida “jiddiy gaplashib olgan”ini eslaydi, ularning uchdan bir qismigina o‘z otalari bilan bir marta “jiddiy suhbat” bo‘lganini yodiga olgan1.

Masala jinsiy aloqa mavzusini yoritishga borib taqalganida, bir marotaba o‘tkazilgan bunday “suhbat” bilan ish bitmaydi, aksincha, bu o‘z vaqtida aylanishi kerak bo‘lgan jarayon va ma’lumotlarni kichik-kichik bo‘lakda berib turgan afzal. O‘tib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni qo‘ldan boy bermang va savollarni kelib chiqishiga qarab muhokama eting. Aksariyat hollarda bolalar uzoq cho‘ziladigan pand-nasihatlarga toqat qilolmaydilar. “Jiddiy suhbat” bolaning xayolidan shunchaki chiqib ketishi mumkin - har qalay, xuddi shunday ham bo‘ladi.

Bolalaringizga jinsiy aloqa haqida qay tarzda gapirib berish yaxshiroq ekanligini bilasizmi? Bu joyidan o‘ttiz soniya, u joyidan bir daqiqa, yana o‘n soniya bu joydan, ikki daqiqayu qirq besh soniya u joydan - va shu tariqa imkon qadar avvalroq boshlayverish lozim. Qandaydir mavzu yuzaga chiqsa - muhokama eting va keyingi safargacha e’tibordan chalg‘iting. Pashshadan fil yasash kerak emas. Bizning oilamizda jinsiy aloqa haqida bolalar bilan o‘tkazgan barcha suhbatlarimizning deyarli yarmi ikki daqiqadan oshib ketmagan.

Odatga ko‘ra, jinsiy aloqa mavzusi bolalarni asta-sekin, bosqichma-bosqich qiziqtirish bilan boshlanadi. Ular juda kam hollardagina hammasini va darhol aytib berishlarini talab qilishadi. Ular uchun ma’lumotlarni ulg‘ayish darajasiga ko‘ra, doimiy muloqotlar davomida o‘zlashtirib borish osonroq. Shunday bo‘lsa ham, savollar noqulay joyda va eng noo‘rin vaziyatda yuzaga chiqishiga tayyor bo‘ling.

“Hattoki men zo‘r berib urinsam ham, - deydi o‘g‘limiz Shon, - baribir ota-onam bilan jinsiy aloqa haqida ilk bora qachon suhbatlashganimni eslay olmayman. Gap shundaki, oilamizda bu tabiiy ravishda bo‘lib o‘tardi. Biz bu haqda hamma vaqt gapirmagan bo‘lsakda, agar bu haqdagi savol tushlik vaqtida, mashinada yoki uyqu oldidan berilsa ham, ota-onamiz bunga shunchaki javob berib qo‘yishardi. Bu odatiy muloqotimizning bir qismi sifatida qabul qilingandi. Shu tariqa, mening hayotimda biror marta ham “jiddiy suhbat” bo‘lmagan”.

FamilyFire.som saytining moderatori Deb Koster jinsiy aloqa mavzusiga sog‘lom yondashish mohiyatiga shunday xulosa bergan:

Biz oilamizda bolalar bilan kichik yoshda ekanliklarida bu mavzu (jinsiy aloqa) bo‘yicha xotirjam va yumshoq muhitda suhbatlashishga harakat qilardik, shu bois, “katta jiddiy suhbat”ga hatto zaruriyat ham tug‘ilmagan. Ya’ni, biz bolalarimiz har qanday savol bilan oldimizga bemalol kelishlariga va bunga to‘la-to‘kis javob oladigan muhit yaratgandik2.

Muqaddas Kitobda bolaga ilohiy haqiqatni yetkazishning eng samarali usuli aniq ko‘rsatilgan: “Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Ular o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shu haqda gapiringlar” (Qonunlar 6:7). Hatto ota-onalar Milliy uyushmasi ham Muqaddas Kitobning bunday andazasiga qo‘shiladi:  “Odatda, kichik bolalar har bir muayyan vaqtda ma’lumotlarni kam-kam ravishda qabul qila olishlari mumkin, ma’lum mavzuda o‘rganishlari lozim bo‘lganining hammasini ular darhol o‘zlashtira olishmaydi3.

Jon Xopkins Universiteti qoshidagi Maykl Blumberg jamoat sog‘ligini saqlash Maktabining “O‘smirlarni sog‘lom rivojlantirish Qo‘llanmasi”da quyidagi asosiy qoidalari taklif etiladi:

1. Farzandlaringiz bilan doimo muloqotda bo‘ling.

2. Kichik yoshdagi bolalar bilan ma’lumotlarni asta-sekin va kamroq hajmda baham ko‘ring.

3. Hali o‘rganilmagan jihatlarni qamrab olishga urinmang. Mana, “Ona, chaqaloq qorindan qanday chiqadi?” savoliga qisqa va oddiy, ammo aniq va to‘g‘ri javob berishning o‘zi yetarli, misol uchun: “Go‘dak ona qornidan tashqariga qin deb ataladigan teshik orqali chiqadi”.

4. Bolalar ulg‘ayish yoshiga qarabyanada ochiqroq va batafsil tushunchalarni qabul qilishga qodir bo‘ladilar.

5. Odamlarga beriladigan savollar tezkor, ammo yumshoq javoblarni talab qiladi. Misol uchun: “Mana, siz sakkiz yoshli qizingiz bilan odamlarga liq to‘la kafeda mazali salat iste’mol qilyapsiz, shunda u to‘satdan baland ovozda so‘rab qoladi: “Ona, oral jinsiy aloqa nima o‘zi?”, shunda siz sholg‘omdek, balki undan battar qizarib ketasiz”4.

Bu kabi vaziyatda, “ovozingni o‘chir, salatingni yegin” jumlasi bilan vaziyatdan chiqib bo‘lmaydi. Dastavval vahimaga tushmaslikka va haddan ziyod hayron bo‘lmaslikka harakat qiling. Asosiysi, suhbatlashishdan bosh tortmang. Buning o‘rniga darhol javob bering yoki xotirjam tarzda ayting:  “Azizam, ota (ona) bu haqda senga aytib beradi, faqat ovqatlanganimizdan so‘ng”. Va so‘ngra so‘zingizda turishni unutmang.

Men (Dotti) yosh onalar bilan, shuningdek, o‘z qizlarim bilan ham baham ko‘radigan fikrlardan biri shunday: siz farzandingiz bilan o‘z e’tiqodingiz haqidagi suhbatni qandaydir alohida “qulay vaziyat” uchun keyinga surib qo‘yarmidingiz? Axir, siz har bir qulay vaziyatda aniq maqsad va sevgi ila unga Muqaddas Kitob haqida, Xudo haqida so‘zlab berasiz-a? Jinsiy aloqa mavzusi ham xuddi shunday bo‘lishi kerak. Birgina “jiddiy suhbat” kelajakda sizni bolalarning savollaridan xalos etishiga umid qilmaslik kerak. Jinsiy aloqa - bu ertaroq, tez-tez, katta sabr-bardosh, donolik, sevgi, ba’zan esa hazil bilan murojaat qilish lozim bo‘lgan mavzudir. Xullas, xavotir olmang va kalit so‘zlarni eslab qoling: ertaroq, tez-tez va ro‘yi-rost.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак