Timo‘tiyga ikkinchi maktub 2 bob

1 Masih tufayli azoblarga dosh berish haqida. 14 Haqiqatga sodiq qolish haqida.

1 Timo‘tiy o‘g‘lim, bardam bo‘l. Buning uchun Iso Masih orqali ko‘rsatilgan Xudoning inoyatiga tayangin.
2 Sen ko‘p shohidlar huzurida Xushxabar haqida ta’lim berganimni eshitgansan. Endi bu ta’limotni boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga topshirgin.
3 Iso Masihning yaxshi bir askari kabi men bilan birga azob chekishga tayyor turgin.
4 Harbiy xizmatdagi askar tirikchilik ishlari bilan band bo‘lmaydi, chunki qo‘mondonini mamnun qilishni istaydi.
5 Shuningdek, musobaqada qatnashgan kishi qoidaga rioya qilmasa, g‘alaba tojini kiymaydi.
6 Mehnat qilgan dehqon olgan hosilidan birinchi bo‘lib bahramand bo‘lishi lozim.
7 Aytganlarim haqida mulohaza qil, bularni tushunib olishingga Rabbimiz Iso senga yordam beradi.
8 Dovud naslidan bo‘lgan Iso Masih o‘likdan tirilganini doim yodingda tut! Men targ‘ib qilayotgan Xushxabar shudir!
9 Ana shu Xushxabar uchun men azoblarga duchor bo‘lyapman, hatto jinoyatchiday zanjirband qilindim. Ammo Xudoning kalomini zanjirlab bo‘lmaydi!
10 Shunday ekan, Xudoning tanlagan odamlari Iso Masih bergan najotdan bahramand bo‘lsinlar, abadiy ulug‘vorlikka erishsinlar, deb men hamma narsaga chidab kelyapman.
11 Quyidagi gap to‘g‘ri va asoslidir: “Agar biz Masih bilan birga o‘lgan bo‘lsak, U bilan birga ham yashaymiz.
12 Agar qiyinchiliklarga chidasak, U bilan birga hukmronlik qilamiz. Bordi–yu, Uni rad etsak, U ham bizni rad etadi.
13 Sodiq bo‘lmasak ham, Masih sodiq bo‘lib qolaveradi, Axir, U O‘z tabiatiga qarshi chiqa olmaydi.”
14 Bu gaplarni imonlilarga eslatib tur, ularga Xudoning nomidan qat’iy buyur: mayda–chuyda gaplar yuzasidan bahslashmasinlar. Bunday bahslar befoyda, tinglovchilarga faqat zarar yetkazadi, xolos.
15 Xudoning oldida yorug‘ yuz bilan tura olishing uchun astoydil mehnat qil. O‘z ishidan uyalmaydigan, haqiqat kalomini to‘g‘ri o‘rgatadigan xizmatchi bo‘lgin.
16 Xudodan uzoqlashtiradigan quruq gaplardan qoch. Bunday gaplarga berilgan odamlar tobora betavfiq bo‘lib boradi.
17 Ularning bu ta’limoti o‘lat kabi yoyiladi. Mana, Imeney bilan Filit ham shunday odamlar jumlasidan.
18 Ular to‘g‘ri yo‘ldan ozganlar. Biz allaqachon o‘likdan tirildik, deb ba’zilarni imonidan qaytaryaptilar.
19 Ammo, Xudo asos solgan poydevor mustahkam turibdi. Bu poydevor ustiga shunday so‘zlar bitilgan: “Egamiz O‘zinikilarni biladi” va “Egamizning nomini tilga olgan har bir odam yomonlikdan uzoqlashsin”.
20 Katta bir uyda nafaqat oltin va kumush idishlar, balki yog‘och va sopol idishlar ham bor. Oltin va kumush idishlar xo‘jayinga sharaf keltiradi, qadrsiz idishlar esa uning obro‘yini to‘kadi.
21 Kim o‘zini men aytgan yomonliklardan poklasa, Egasi uchun sharaf keltiradigan idishday bo‘ladi. Bunday odam Egasiga xizmat qilishga bag‘ishlangan, har bir yaxshi ish qilishga tayyor bo‘ladi.
22 O‘g‘lim, yoshlik ehtiroslaridan qoch. Chin yurakdan Rabbimiz Isoga iltijo qilgan odamlar bilan birga solihlik, imon, mehr–muhabbat va tinchlik payida bo‘lgin.
23 Ahmoqona, bema’ni bahslardan uzoqlash. O‘zing bilasan–ku, bular faqat janjal keltirib chiqaradi.
24 Rabbimiz Isoning quli esa janjalkash bo‘lmasligi kerak. Aksincha, u hammaga mehribon, ta’lim berishga qobiliyatli, sabr–toqatli bo‘lishi lozim.
25 U o‘z raqiblarini muloyimlik bilan yo‘lga solsin. Kim bilsin, balki Xudo ularni tavbaga olib kelar?! Shunda ular haqiqatni bilib,
26 o‘zlariga kelarlar, iblisning tuzog‘idan qutulib qolarlar. Axir, iblis ularni asir qilib, o‘ziga tobe qilib olgan.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18