Salonikaliklarga ikkinchi maktub 2 bob

1 Qabih odam. 13 Imoningiz qat’iy bo‘lsin.

1 Rabbimiz Iso Masihning kelishi va bizning U bilan birga bo‘ladigan kunimiz haqida quyidagilarni aytsak. Birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz,
2 Rabbimiz kelibdi, degan gaplar boshingizni aylantirmasin, sizlarni xavotirga solmasin. Bunday gaplar bashorat orqali, biror xabar yoki xuddi biz yozgan xatga o‘xshash bir xat orqali kelib chiqqandir.
3 Hech kim sizlarni hech qanday usul bilan aldamasin. Ko‘pchilik Xudoga qarshi bosh ko‘tarmaguncha va qabih odam kelmaguncha o‘sha kun kelmaydi. O‘sha odam halokatga mahkum qilingan.
4 U har qanday “xudo” deb atalgan va sajda qilingan narsaga qarshi chiqib, o‘zini ulardan ustun qo‘yadi. Hattoki, Xudoning Ma’badida o‘tirib olib, o‘zini xudo, deb ataydi.
5 Sizlar bilan bo‘lganimda shularni aytganim esingizda yo‘qmi?
6 O‘sha qabih odamni hozir nima tutib turganini o‘zingiz bilasiz. Bu odam belgilangan o‘z vaqtida zohir bo‘ladi.
7 Ha, qabihlikning yashirin kuchi allaqachon ishga tushgan. Biroq bir zot bu kuchni tiyib turibdi. O‘sha zot olib tashlangandan keyin
8 qabih odam oshkor qilinadi. Uni Rabbimiz Iso bir nafas bilan halok qiladi. Rabbimiz kelganda, O‘z ulug‘vorligining yorqinligi bilanoq uni yo‘q qilib tashlaydi.
9 O‘sha qabih odam shaytonning kuchi bilan keladi. Qudratini ko‘rsatib, har xil mo‘jizayu ajoyibotlar qiladi.
10 Halok bo‘layotganlarni har xil hiyla–makrlar bilan aldaydi. Ular najot beradigan haqiqatni yaxshi ko‘rishni rad qilganlari uchun halok bo‘lyaptilar.
11 Mana shuning uchun Xudo ularni adashtiradigan bir kuchga topshirib qo‘yadi. Shunda ular yolg‘onlarga ishonib yuraveradilar.
12 Natijada, haqiqatga ishonmay, yovuzlikdan zavq topganlarning hammasi hukm qilinadi.
13 Ey Egamiz sevgan birodarlar! Sizlar uchun har doim shukr qilishimiz kerak. Axir, Muqaddas Ruh kuchi bilan poklansin va haqiqatga ishonsin, deb Xudo sizlarni boshidanoq najot uchun tanlagan edi.
14 Rabbimiz Iso Masihning ulug‘vorligidan bahramand bo‘lishingiz uchun biz aytgan Xushxabar orqali Xudo sizlarni chaqirdi.
15 Shuning uchun, ey birodarlar, imoningiz qat’iy bo‘lsin. Biz gaplarimiz va xatlarimiz orqali sizlarga o‘rgatgan haqiqatlarni mahkam tutinglar.
16 Bizni sevadigan, O‘z inoyati bilan bizga tengsiz jasorat va barqaror umid bergan Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning O‘zi
17 sizlarga dalda bersin, har bir qilgan yaxshi ishingiz va so‘zingizda sizlarga kuch ato qilsin.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18