Yuhannoning birinchi maktubi 2 bob

3 Haqiqiy imonlining fazilatlari. 15 Dunyoni sevmanglar. 18 Masih dushmanining ta’limoti haqida ogohlantirish. 28 Xudoning bolalari va iblisning bolalari haqida.

1 Aziz bolalarim, men sizlarga gunoh qilmanglar deb, shularni yozyapman. Bordi–yu, birortamiz gunoh qilib qo‘ysak, Otamiz Xudoning oldida homiyimiz — Iso Masih bor, U odildir.
2 U bizni gunohlarimizdan poklash uchun qurbon bo‘ldi. Nafaqat bizning, balki butun dunyoning gunohlari uchun qurbon bo‘ldi.
3 Xudoni tanib–bilganimizni shundan bilsak bo‘ladi: Xudoni tanib–bilgan odam Uning amrlariga rioya qiladi.
4 Xudoni bilaman deb turib, Uning amrlariga rioya qilmagan esa yolg‘onchidir, unda haqiqat yo‘q.
5 Xudoning kalomiga itoat qilgan odamda esa Xudoning sevgisi o‘z mukammal ifodasini topgan. Mana shundan biz Xudo bilan birga ekanimizni bilsak bo‘ladi.
6 Men Xudo bilan birgaman, degan odam Iso Masih yashaganday yashashi kerak.
7 Ey azizlarim, men sizlarga yangi amrni emas, balki boshidan o‘zingizga ma’lum bo‘lgan eski amrni yozyapman. Bu eski amr sizlar eshitgan Xudoning kalomidir.
8 Ammo men yozayotgan bu amrni yangi desam ham bo‘ladi, chunki bu amr Masih va sizlar orqali amal qilmoqda. Haqiqatan ham, zulmat o‘tib, haqiqiy nur hozirdan porlamoqda.
9 Men nurda yashayapman deb turib, o‘z birodaridan nafratlangan odam hali ham zulmatdadir.
10 Birodarini sevgan odam esa nurda yashaydi va hech qanday narsa uning qulashiga sabab bo‘la olmaydi.
11 Ammo birodaridan nafratlangan odam zulmatdadir. U zulmatda yurib, qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki zulmat uning ko‘zlarini ko‘r qilgan.
12 Aziz bolalarim, sizlarga yozyapman: Masih tufayli gunohlaringiz kechirildi.
13 Ey otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon bo‘lgan Masihni tanib–bildingizlar. Ey yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar. Ey bolajonlar, sizlarga yozyapman: sizlar Otamiz Xudoni bildingizlar.
14 Otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon bo‘lgan Masihni tanib–bildingizlar. Yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar baquvvatsizlar, Xudoning kalomi qalbingizdan joy olgan, sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar.
15 Dunyoga va undagi narsalarga ko‘ngil bog‘lamanglar. Dunyoni sevgan odamda Otamiz Xudoning sevgisi bo‘lmaydi.
16 Zero, dunyodagi bor narsa — inson tabiatining xohishlari, nafs va boylik bilan mag‘rurlanish Otadan emas, balki dunyodandir.
17 Dunyo ham, uning nafsi ham o‘tib ketadi. Xudoning irodasini bajargan odam esa abadiy yashaydi.
18 Bolajonlarim, dunyoning so‘nggi damlari keldi! Masihning dushmani kelishini eshitgansizlar. Mana, hozirdan Masihning ko‘p dushmanlari paydo bo‘ldi. Ana shundan biz so‘nggi damlarda yashayotganimizni bilamiz.
19 Aslida, bu odamlar o‘z oramizdan chiqdilar, ammo ular bizga tegishli bo‘lmaganlar. Shuning uchun bizni tark etdilar. Agar bizga qarashli bo‘lganlarida edi, biz bilan qolgan bo‘lar edilar. Ammo chiqib ketganlaridan shunisi ma’lum bo‘ldiki, birontasi ham bizga qarashli emas.
20 Sizlar esa hammangiz haqiqatni bilasizlar, chunki sizlar Iso Masihdan Muqaddas Ruhni qabul qilgansizlar.
21 Men bularni sizlar haqiqatni bilmaganingiz uchun emas, aksincha, bilganingiz uchun yozyapman. Yolg‘onchilar haqiqatga mansub emasligini ham eslatmoqchiman.
22 Isoni Masih emas, deydigan har qanday odam yolg‘onchidir. U Masihning dushmani! U Otani ham, O‘g‘ilni ham rad etadi.
23 O‘g‘ilni rad etgan odamda Ota yo‘q. O‘g‘ilni tan olgan odamda esa, Ota ham bor.
24 Sizlar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlanglar. Agar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlasangiz, sizlar ham O‘g‘il, ham Ota bilan birga yashaysizlar.
25 Masihning O‘zi buni bizga va’da qilgan. Bu abadiy hayotdir.
26 Bularni sizlarga yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lgan odamlardan ehtiyot bo‘lishingiz uchun yozyapman.
27 Ammo sizlar Iso Masihdan Muqaddas Ruhni qabul qilgansizlar. Muqaddas Ruh ichingizda yashayotgani uchun, sizlarga hech kimning biror narsa o‘rgatishiga ehtiyoj yo‘q. Muqaddas Ruh sizlarga hamma narsani o‘rgatadi, Uning ta’limoti soxta emas, haqiqiydir. U sizlarga o‘rgatganidek, Masih bilan yashashingiz kerak.
28 Ha, aziz bolalarim, bu so‘nggi damlarda Masih bilan yashanglar, toki U olamga kelganda dadil bo‘laylik, Uning oldida uyalib qolmaylik.
29 Biz Masihning odil ekanligini bilamiz. Shuning uchun adolatli ish tutgan har qanday odam Xudoning farzandi ekanligiga amin bo‘lamiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18