Butrusning birinchi maktubi 2 bob

1 Xudoning kalomiga intilinglar. 4 Xudoning ma’badi uchun tirik toshlar. 11 Jamiyatda Xudoga munosib hayot kechiringlar. 21 Masihdan ibrat olinglar.

1 Endi har qanday yomon niyat, hiyla–nayrang, ikkiyuzlamachilik, rashk–hasad va g‘iybatni o‘zingizdan soqit qilinglar.
2 Yangi tug‘ilgan chaqaloq sof ona sutini tusaganday, sizlar ham Xudo kalomiga tashna bo‘linglar. Kalom bilan oziqlanib, ulg‘ayib, najotga erishinglar.
3 Axir, sizlar Rabbimiz Isoning muruvvatidan bahramand bo‘ldingizlar.
4 Insonlar rad etgan, lekin Xudo qimmatbaho deb tanlagan tirik Tosh — Rabbimiz Isoga yaqinlashinglar.
5 Shunda o‘zlaringiz ham tirik toshlarday bo‘lasizlar. Xudo sizlardan ruhiy ma’bad barpo etadi. Sizlar muqaddas ruhoniylar bo‘lib xizmat qilasizlar va Iso Masih orqali Xudoga maqbul ruhiy qurbonliklar keltirasizlar.
6 Zero, Muqaddas Bitiklarda Xudo shunday degan: “Mana, Men joylashtiryapman Quddusda, Tanlangan, qimmatbaho tamal Toshini. Unga ishonganlar aslo uyatga qolmas.”
7 Siz — Masihga ishonganlar uchun bu Tosh qimmatbahodir. Ammo ishonmaganlarga Muqaddas Bitiklardagi shu so‘zlar to‘g‘ri keladi: “Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi. Ba’zilar bu toshga qoqinadi,
8 Uning dastidan yiqiladi.” Imonsizlar Xushxabarga quloq solmaganlari uchun, qoqinadilar. Ular ana shu qismatga mahkum bo‘lganlar.
9 Ammo sizlar — Shohanshoh ruhoniylari, tanlangan bir nasl, muqaddas qavm, Xudoning aziz xalqisiz. Xudo sizlarni zulmatdan O‘zining ajoyib nuriga da’vat etgan, Uning buyuk ishlarini e’lon qilishingiz uchun sizlarni tanlagan.
10 Sizlar bir vaqtlar Xudoga begona edingizlar, endi esa Uning xalqisizlar. Bir vaqtlar Xudoning marhamatidan bebahra edingizlar, endi esa Undan marhamat topdingizlar.
11 Ey azizlarim, sizlardan o‘tinib so‘rayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar. Axir, sizlar bu dunyoda g‘aribu musofirsizlar.
12 Imonsizlar orasida Xudoga munosib hayot kechiringlar. Ular sizlarni yomonlikda ayblasalar–da, ezgu ishlaringizni ko‘rib, kim bilsin, balki tavba qilishar va qiyomat kuni Xudoni ulug‘lashar.
13 Insonlar tomonidan o‘rnatilgan har qanday hokimiyatga, Egamiz haqi–hurmati, bo‘ysuninglar. Oliy hokim bo‘lgan shohga ham,
14 u tayinlagan hokimlarga ham itoat qilinglar. Zero, hokimlar yomonlik qilganlarni jazolash uchun, yaxshilik qilganlarni esa taqdirlash uchun tayinlangan.
15 Siz haqiqatni bilmagan nodon odamlarning og‘izlarini qilgan yaxshiligingiz orqali yopinglar, chunki bu Xudoning xohishidir.
16 Ozod odamlardek yashanglar, ammo ozodlik niqobi ostida yomonlik qilmanglar. Xudoning qullariday hayot kechiringlar.
17 Hamma odamlarni hurmat qilinglar. Imonli birodarlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Xudodan qo‘rqinglar, davlat rahbariga izzat– ehtirom ko‘rsatinglar.
18 Ey qullar, Xudodan qo‘rqqaningiz uchun xo‘jayinlarga itoat qilinglar. Nafaqat mehribon va muloyim xo‘jayinlarga, balki qattiqqo‘llariga ham bo‘ysuninglar.
19 Agar sizlar Xudoni mamnun qilmoqchi bo‘lib, to‘g‘ri ish qilsangiz–u, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoni rozi qilgan bo‘lasiz.
20 Bordi–yu qilgan gunohingiz uchun tayoq yeb chidasangiz, bu sizga sharaf keltirarmidi?! Ammo yaxshilik qilib turib, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoning maqtoviga sazovor bo‘lasiz.
21 Hatto azob chekkaningizda ham Xudo sizlarni yaxshilik qilishga da’vat etgan. Masih sizlar uchun azob chekib, namuna bo‘ldi. Unga taqlid qilinglar. Axir,
22 U hech qanday gunoh qilmagan, og‘zidan biron yolg‘on so‘z chiqmagan.
23 U haqorat qilinganda hech kimga haqorat bilan javob qaytarmadi, azob chekkanda hech kimga tahdid qilmadi. Faqat odilona hukm qiladigan Xudoga O‘zini topshirdi.
24 U gunohlarimizni O‘ziga oldi, a’zoi badani xochda azob chekdi. Shu tufayli biz gunoh uchun o‘lganmiz va solih hayot kechira olamiz. Uning yaralaridan biz shifo topdik.
25 Ilgari sizlar adashib yurgan cho‘ponsiz qo‘ylarga o‘xshar edingizlar, endi esa jonlaringizning Posboni bo‘lgan Cho‘ponga qaytib keldingizlar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18