Yoqubning maktubi 2 bob

1 Yuz–xotirchilik qilmanglar. 14 Imon va amal.

1 Ey birodarlarim, ulug‘vor Rabbimiz Iso Masihga ishonar ekansiz, yuz–xotirchilik qilmanglar.
2 Sizlarning yig‘ilishingizga oltin uzuk taqqan, bashang kiyingan bir boy bilan ust–boshi juldur bir gadoy kirdi deb faraz qilaylik.
3 Agar sizlar bashang kiyinganga qarab: “Marhamat qilib to‘rga chiqing”, — gadoyga esa: “Sen ostonada tur” yoki “Shu yerda, poygakda o‘tir”, — desangiz,
4 sizlar bir odamni boshqasidan ustun qo‘ygan bo‘lmaysizlarmi?! Bu bilan sizlar yomon niyatli qozilarga o‘xshab qolasizlar–ku!
5 Ey aziz birodarlarim, quloq solinglar: Xudo bu dunyodagi kambag‘allarni imonda boy qilish uchun tanladi! U O‘zini sevganlarga va’da qilganday, ularga O‘z Shohligini meros qilib berdi.
6 Ammo sizlar–chi, kambag‘alni beobro‘ qilib tashladingiz! Sizlarga jabr–zulm qilgan boylar emasmi?! Sizlarni mahkamalarga sudrab olib borgan ular emasmi?!
7 Sizlar Rabbimiz Isoga tegishlisizlar. Ammo bu boylar Rabbimizning ezgu nomini haqorat qilyaptilar!
8 Agar sizlar Muqaddas Bitiklardagi: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” degan Xudoning Shohligiga oid qonunga amal qilayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri qilayotgan bo‘lasizlar.
9 Biroq yuz–xotirchilik qilayotgan bo‘lsangiz, gunoh qilyapsiz va qonunbuzar sifatida hukm qilinasiz.
10 Kimki qonunning hammasiga rioya qilsa–yu, faqat bir narsada gunoh qilsa, u butun qonunni buzgan hisoblanadi.
11 Chunki “Zino qilmang” degan Xudo “Qotillik qilmang” deb ham aytgan. Agar siz zino qilmasangiz–u, ammo odam o‘ldirsangiz, qonunni buzgan bo‘lasiz.
12 Shuning uchun har bir gapingiz va ishingiz ozodlik beruvchi Xudoning qonuniga muvofiq bo‘lsin. Zero, Xudo har bir odamni o‘sha qonun bo‘yicha hukm qiladi.
13 U shafqatsiz odamga rahm qilmaydi. Rahmdil inson esa hukm paytida Xudodan shafqat topadi.
14 Ey birodarlarim, agar biror kishi imonim bor, desa–yu, xayrli ishlar qilmasa, nima foydasi bor?! Bunday imon uni qutqararmidi?!
15 Faraz qiling, imonli birodaringiz och–yalang‘och bo‘lsa–yu,
16 siz unga: “Yaxshi bor! Isinib, qorningni to‘ydirib yur”, — desangiz–u, ehtiyojini qondirmasangiz, bundan nima foyda?!
17 Shunga o‘xshab quruq imonning o‘zi amalsiz o‘likdir.
18 Kimdir: — Ba’zilarning xayrli ishlari, boshqalarning esa imoni bor–ku, — deb noroziligini bildirishi mumkin. Unday odamga men shunday javob bergan bo‘lardim: — Kel, senga imonimni xayrli ishlarim orqali ko‘rsatay. Sen esa imoningning samimiyligini qaysi dalil bilan isbotlay olasan? Axir, sen xayrli ishlar qilmaysan–ku!
19 U odam: — Men Xudoning yagonaligiga ishonaman! — deb aytishi aniq. Men esa unga: — Ishonib, yaxshi qilasan! — deyman. — Ammo sening bu ishonching jinlarning ishonchidan aslo farq qilmaydi. Zero, jinlar ham Xudoning yagonaligiga ishonib, dahshatdan titraydi.
20 Ey ahmoq, amalsiz imoning foydasiz ekanligini nahotki tushunmasang?!
21 Otamiz Ibrohim o‘z o‘g‘li Is’hoqni qurbon qilmoqchi bo‘lgani uchun Xudo uni solih deb bildi!
22 Ana, ko‘rdingmi?! Ibrohimning bu ishiga imon asos bo‘ldi. Uning qilgan ishi imonining chinligini ko‘rsatdi.
23 Shu tariqa Tavrotdagi: “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih, deb bildi”, — deya yozilgan so‘z amalga oshdi. Ibrohim Xudoning do‘sti deb ataldi.
24 Ey birodarlarim, ko‘rdingizmi, inson quruq imoni uchun emas, balki qilgan ishlari uchun solih deb tan olinadi.
25 Fohisha Rahoba ham buning yana bir misolidir. Nima uchun Xudo uni solih deb tan oldi? Rahoba Isroil xalqining ayg‘oqchilarini uyiga kirgizib, bexatar yo‘l bilan qochib ketishlariga yordam bergani uchun Xudo uni solih deb bildi.
26 Xullas, amalsiz imon jonsiz tanaday o‘likdir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18