Mark Muqaddas xushxabar 6 bob

1 Iso Nosira shahrida rad qilinadi. 7 Iso o‘n ikki havoriyni xizmatga yuboradi. 14 Yahyo cho‘mdiruvchining o‘limi. 30 Iso 5000 kishini to‘ydiradi. 45 Iso suv ustida yuradi.

1 Iso u yerdan jo‘nab, ona shahriga bordi. Shogirdlari ham Uning ortidan ergashdilar.
2 Shabbat kuni Iso sinagogada ta’lim berdi. Uni tinglayotganlarning ko‘pchiligi hayratga tushib: — Bu Odam shuncha narsani qayerdan o‘rgandi ekan–a? — deb so‘rardilar. — Unga bunday donolikni kim berdi? U bunday mo‘jizalarni qanday qilyapti?
3 Iye, U Maryamning duradgor o‘g‘li–ku! Yoqub, Yusuf, Yahudo va Shimo‘nning akasi emasmi bu?! Uning singillari ham oramizda yashaydi–ku! Odamlar Isodan qattiq xafa bo‘ldilar.
4 Iso ularga shunday dedi: — Payg‘ambar ona shahridan, o‘z qarindosh– urug‘lari va uyidan boshqa hamma yerda izzatlanadi.
5 Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsata olmadi. Faqatgina birmuncha bemorlarga qo‘l tekkizib, ularni sog‘aytirdi.
6 Iso odamlarning ishonchsizligiga hayron qoldi. Shundan so‘ng Iso atrofdagi qishloqlarda kezib yurib, ta’lim berardi.
7 O‘n ikki havoriyni yoniga chaqirib, ikkita–ikkitadan qilib jo‘nata boshladi. Ularga yovuz ruhlar ustidan hokimiyat berdi.
8 Ularga buyurib dedi: “Yo‘l uchun yolg‘iz hassadan boshqa hech narsa — non ham, to‘rva ham, belbog‘laringizga mis chaqa ham qistirib olmanglar,
9 oyog‘ingizga choriq kiyib, ustingizga qo‘shimcha kiyim olmanglar.”
10 Iso yana dedi: “Biror yerga borib, bironta uyga kirganingizda, to o‘sha joyni tark etguningizgacha, shu uyda turinglar.
11 Agar biror joyning odamlari sizni qabul qilmasa va sizga quloq solmasa, u yerdan chiqib ketayotganingizda ularni ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizning changini qoqib ketinglar.”
12 Shunday qilib, havoriylar yo‘l yurib, tavba qilinglar, deb hammani da’vat qilishdi.
13 Ular ko‘p jinlarni quvib chiqarishdi va ko‘p xastalarga moy surtib ularni sog‘aytirishdi.
14 Isoning nomi el og‘ziga tushib qolgan edi. Shoh Hirodning qulog‘iga ham mish–mishlar yetib bordi. Ba’zi odamlar: “Yahyo cho‘mdiruvchi tirilib kelibdi. Shuning uchun U bunday ajoyibotlarni sodir qilmoqda”, deyishardi.
15 Boshqalar esa: “Bu Ilyos”, deb aytishardi. Yana boshqa birovlari: “Qadimgi payg‘ambarlarga o‘xshagan bir payg‘ambar bu”, deb aytardilar.
16 Hirod bularni eshitib, shunday dedi: — Men boshini oldirgan Yahyo tirilib kelibdi.
17 Hirod o‘z ukasi Filipning xotini Hirodiyaga uylangan edi.
18 Yahyo esa Hirodga: “Siz ukangizning xotiniga uylana olmaysiz, bu qonunga zid”, — deb aytar edi. Shuning uchun Hirod Yahyoni qo‘lga olib, zindonga qamatib qo‘ygan edi.
19 Hirodiyaning ham Yahyoda qasdi bor edi. U Yahyoni o‘ldirmoqchi bo‘lardi, ammo bu niyatiga yeta olmayotgan edi.
20 Negaki Hirod Yahyoning solih va muqaddas kishi ekanini bilib, undan qo‘rqar va uni himoya qilar edi. Uning so‘zlari Hirodni gangitib qo‘yardi, shunga qaramay Hirod uni eshitishni xush ko‘rardi.
21 Bir kuni qulay fursat tug‘ilib qoldi. Hirod o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldorlariga, lashkarboshilariga va Jalila viloyatining yo‘lboshchilariga ziyofat berdi.
22 Hirodiyaning qizi kirib, raqs tushdi va Hirod bilan ulfatlarining ko‘nglini topdi. Shoh qizga: — Tila tilagingni, tilagan narsangni beraman, — dedi.
23 Unga hatto qasam ichib: — Mendan nima so‘rasang, beraman, shohligimning yarmigacha bo‘lsa ham, beraman, — dedi.
24 Qiz tashqariga chiqib onasiga: — Nima so‘ray? — dedi. — Yahyo cho‘mdiruvchining boshini so‘ra! — dedi onasi.
25 Qiz shu onda shoh huzuriga yugurib borib: — Menga hoziroq Yahyo cho‘mdiruvchining boshini laganda keltirib berishingizni so‘rayman, — dedi.
26 Shoh juda xafa bo‘ldi. Ammo mehmonlari oldida qasam ichgani uchun qizning iltimosini rad etishni istamadi.
27 U o‘sha zahoti jallodni yuborib, Yahyoning boshini keltirishni buyurdi.
28 Jallod zindonga borib, Yahyoning boshini tanidan judo qildi. Keyin uning boshini laganda keltirib, qizga berdi. Qiz esa onasiga berdi.
29 Yahyoning shogirdlari yuz bergan hodisani eshitib, uning jasadini olgani borishdi va uni dafn etishdi.
30 Havoriylar Isoning oldiga yig‘ilib, qilgan hamma ishlarini, xalqqa nimalar o‘rgatishganini aytib berdilar.
31 Iso ularga: — Kelinglar, yolg‘iz o‘zimiz kimsasiz joyga boraylik, bir oz dam olinglar, — dedi. Chunki kelib–ketuvchilar ko‘pligidan ularning ovqat yeyishga ham vaqti yo‘q edi.
32 Iso bilan shogirdlari qayiqqa tushib, yolg‘iz o‘zlari kimsasiz joyga jo‘nab ketishdi.
33 Lekin ko‘pchilik ularning qayerga ketayotganini bilib qoldilar. Shunda atrofdagi hamma shaharlardan odamlar piyoda yo‘lga tushishdi, Iso bilan shogirdlari borayotgan joyga yugurib, ulardan oldin yetib borishdi.
34 Iso qayiqdan tushganda, katta bir olomonni ko‘rdi. Ularga achinib ketdi, chunki ular cho‘ponsiz qo‘ylarga o‘xshardi. Iso ularga ko‘p narsalar haqida ta’lim berdi.
35 Kech kirganda, shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar: — Bu joy kimsasiz ekan, buning ustiga, juda kech bo‘lib qoldi.
36 Xalqni jo‘natib yuboring, toki ular atrofdagi qishloq va ovullarga borib, o‘zlariga yegulik sotib olishsin.
37 — Sizlar ularga ovqat beringlar! — dedi Iso. — Nahotki biz ikki yuz kumush tangaga non sotib olib kelib, xalqqa yedirsak? — deb so‘rashdi Undan.
38 Iso dedi: — Qancha nonlaringiz bor? Borib ko‘ringlar. Ular bilib kelib: — Beshta non, ikkita baliq bor ekan, — deyishdi.
39 Iso xaloyiqni guruh–guruh qilib, yashil o‘t ustiga o‘tqazishni shogirdlariga buyurdi.
40 Xalq yuztadan va elliktadan guruh–guruh bo‘lib o‘tirdi.
41 Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi va osmonga qarab, shukrona duosini o‘qidi. Nonlarni sindirib, xaloyiqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Ikkita baliqni ham hammaga taqsimlab berdi.
42 Hamma yeb to‘ydi.
43 So‘ng ortib qolgan non burdalarini va baliqlarni yig‘ib olishgan edi, o‘n ikki savat chiqdi.
44 Non yeganlar besh ming erkak edi.
45 Iso vaqt o‘tkazmay, shogirdlarini qayiqqa tushirib, ko‘lning narigi tomonidagi Baytsayda shahriga ketishga majbur qildi. Olomonni esa uylariga qaytarib jo‘natib yubordi.
46 Odamlar bilan xayrlashgandan keyin, ibodat qilish uchun tepalikka chiqdi.
47 Kech kirdi. Qayiq ko‘lning o‘rtasida, Iso esa yolg‘iz O‘zi quruqlikda qolgan edi.
48 Shogirdlar eshkak eshishga qiynalayotgan edilar, chunki shamol qayiqqa qarshi esar edi. Iso buni ko‘rib, erta saharda ko‘l ustida yurganicha shogirdlari tomon keldi–da, yonlaridan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
49 Shogirdlar esa ko‘l yuzida yurgan Isoni ko‘rib, arvoh deb o‘ylab, baqirib yuborishdi.
50 Chunki hammalari Uni ko‘rib, vahimaga tushib qolgan edilar. Lekin Iso o‘sha zahoti ularga: — Dadil bo‘linglar! Qo‘rqmanglar, bu Menman! — dedi.
51 So‘ng Iso shogirdlari yoniga — qayiqqa o‘tgach, shamol tinib qoldi. Shogirdlar tamomila hayratga tushdilar,
52 chunki ular non to‘g‘risidagi mo‘jizani ham tushunmagan edilar, buni anglashga aqllari yetmas edi.
53 Ular ko‘ldan suzib o‘tib, Genisaret o‘lkasiga keldilar. O‘sha yerda qayiqni bog‘ladilar.
54 Qayiqdan chiqishlari bilanoq xalq Isoni tanib qoldi.
55 Odamlar butun yurtni yugurib aylanib chiqdilar, xastalarni to‘shaklarda Isoning oldiga olib bordilar. Ular har safar Isoning qayerdaligini eshitishsa xastalarni o‘sha yerga olib borishardi.
56 Iso qayerga bormasin — qishloqlargami, shaharlargami, ovullargami — odamlar xastalarni ochiq maydonlarga yotqizib qo‘yishardi. Xastalar Isodan: “Hech bo‘lmasa kiyimingizning etagiga qo‘l tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qo‘l tekkizganlarning hammasi shifo topardi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак