Xaggey 2 bob

1 Yangi Ma’badning ulug‘vorligi. 10 Itoatkorlikdan kelgan baraka. 20 Egamizning Zarubabelga bergan va’dasi.

1 O‘sha yilning yettinchi oy, yigirma birinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi so‘zlarni payg‘ambar Xaggeyga ayon qildi:
2 — Yahudo hokimi — Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelga, oliy ruhoniy — Yahuzadax o‘g‘li Yoshuaga va asirlikdan qaytib kelgan butun xalqqa shu gaplarni yetkaz:
3 — Orangizda oldingi Ma’badning shuhratini ko‘rganlar bormi? Hozirgi ko‘rinishi qanday? Oldingisi bilan solishtirganda bunisi arzimagan bir narsaday–ku, axir!
4 Egamizning kalomi shudir: “Endi dadil bo‘l, ey, Zarubabel! Dadil bo‘l, ey, oliy ruhoniy Yoshua!” Egamiz aytmoqda: “Mana shu yurtdagi asirlikdan qaytib kelgan xalq, dadil bo‘linglar!”
5 Sarvari Olamning kalomi shudir: “Mening Ruhim hali ham sizlarning orangizda, qo‘rqmanglar. Ishga kirishinglar, chunki Misrdan chiqqaningizda sizlarga bergan va’damga binoan Men sizlar bilan birgaman.”
6 Axir, Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Birpasdan keyin yana osmonu yerni, dengiz va quruqlikni larzaga keltiraman.
7 Barcha xalqlarni titrataman, ularning xazinasi shu yerga keltiriladi.” Sarvari Olam aytmoqda: “O‘shanda Men mana shu Ma’badni hashamat bilan boy qilaman.”
8 Sarvari Olamning kalomi shudir: “Kumush Meniki, oltin ham Menikidir.”
9 Sarvari Olam aytmoqda: “Bu Ma’badning keyingi shuhrati oldingisidan ham ulug‘roq bo‘ladi.” Sarvari Olamning kalomi shudir: “Mana shu yerda tinchlik ato qilaman.”
10 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yil, to‘qqizinchi oy, yigirma to‘rtinchi kunida payg‘ambar Xaggey orqali Egamizning quyidagi so‘zlari ayon bo‘ldi.
11 Xaggey ruhoniylarga dedi: — Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ruhoniylardan Tavrot bo‘yicha quyidagi holatlarni ajrim qilishni so‘ra.
12 Agar birortasi kiyimining etagida qurbonlikdan olingan go‘shtni olib ketayotgan bo‘lsa, o‘sha kiyimning etagi bilan non, sho‘rva, sharob, zaytun moyi yoki boshqa oziq mahsulotiga tegib ketsa, o‘sha narsa ham muqaddas hisoblanadimi?” Ruhoniylar Xaggeyga: “Yo‘q”, — deb javob berdilar.
13 Xaggey yana so‘radi: “Agar birortasi inson jasadiga tekkani uchun harom bo‘lsa–da, keyin aytib o‘tilgan oziq mahsulotlardan biriga tegsa, o‘sha narsalar harom hisoblanadimi?” Ruhoniylar: “Ha”, — deb javob berdilar.
14 Shunda Xaggey dedi: — Egamizning qalomi shudir: “Mana shu odamlar ham, shu xalq ham oldimda shunday. Ular qilgan ishlarning hammasi, ular keltirgan har bir nazr ham harom.
15 Endi sizga nima bo‘lgani haqida o‘ylab ko‘ring. Mening Ma’badimni qayta qurishni boshlamasingizdan oldin nimalar bo‘lgani haqida o‘ylab ko‘ring.
16 20 chora don olaman, deb xirmonga borganingizda u yerda faqat 10 chora don bo‘lardi. Xumdan 50 ko‘za sharob olaman, deb borganingizda esa faqat 20 ko‘za sharob topardingiz.”
17 Egamiz aytmoqda: “Mehnatingizning barcha samarasini yo‘q qilay, deb garmsel, shira va do‘l yubordim. Shunda ham Menga qaytishni rad qildingiz.
18 Ammo bugun, to‘qqizinchi oyning yigirma to‘rtinchi kunidan boshlab, sizlarga nima bo‘lishi haqida o‘ylanglar.
19 Ma’badimning poydevori yotqizilganiga ancha bo‘ldi. O‘shandan beri, ekkan urug‘laringiz aytarli bir hosil bermagan bo‘lsa ham, toklaringiz, anjirlaringiz, anorlaringiz va zaytun daraxtlaringiz hech bir hosil keltirmagan bo‘lsa ham, bugundan boshlab, Men sizlarga baraka beraman.”
20 O‘sha kuni, oyning yigirma to‘rtinchi kunida Egamiz yana xabar yuborib, quyidagi so‘zlarni payg‘ambar Xaggeyga ayon qildi:
21 — Yahudo hokimi Zarubabelga ayt: “Osmon va yerni larzaga solaman.
22 Shohliklarning taxtlarini ag‘daraman, xalqlarning shohliklariga barham beraman. Jang aravalari va ularning ustidagilarni ag‘daraman. Otlar, chavandozlar yiqiladi, hamma bir–birining qilichidan halok bo‘ladi.”
23 Egamizning kalomi shudir: “Ey, qulim, Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel, o‘sha kuni, — demoqda Sarvari Olam, — seni o‘z muhr uzugimday qilaman, chunki Men seni tanlaganman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18