Yeremiyoning marsiyasi 3 bob

1 Umid uchqunlari.

1 Azoblarda qolgan insonman, Xudoning g‘azabi tufayli tayoq yedim.
2 Boshlab bordi Xudo meni zulmatga, Nur tushmaydigan qorong‘i joyga.
3 Yolg‘iz menga qarshi U qo‘l ko‘tardi, Kun bo‘yi meni qayta–qayta jazoladi.
4 Qaritib yubordi etu terimni, Sindirib tashladi suyaklarimni.
5 Alamga meni tutqun qildi, Jabru jafo zindoniga meni tashladi.
6 Majbur qildi meni zimistonda yashashga, O‘xshab qoldim men ancha oldin o‘lgan marhumga!
7 Qochib ketmasin, deya Xudo atrofimni qurshadi, Og‘ir zanjirlar bilan meni kishanband etdi.
8 Yordam so‘rab yolvorsam ham men Unga, Quloq solmas U mening fig‘onimga.
9 Yo‘nilgan toshlar bilan U yo‘limni to‘sdi, Yurgan yo‘limni chalkashtirib yubordi.
10 Poyladi U meni ayiqday, Tashlanmoqchi bo‘ldi menga sherday.
11 So‘ng meni sudradi bir chetga, G‘ajidi, tashlab ketdi tang ahvolda.
12 Xudo O‘z yoyini tortdi, O‘qlariga meni nishon qildi.
13 Sadog‘idagi o‘qlari bilan yuragimni teshdi.
14 Mana, endi o‘z xalqim ustimdan kulmoqda, Uzzukun ular meni mazax qilib, qo‘shiq kuylamoqda.
15 Xudo menga achchiq o‘tdan yedirdi, Zaharli suvdan menga ichirdi.
16 Meni oyoq osti qilib, tuproqqa beladi, Shag‘al yedirib, tishlarimni sindirdi.
17 Tinchlik bilmas endi mening jonim, Baxt nimaligini tamom unutdim,
18 Shunda o‘zimga dedim: “Adoyi tamom bo‘ldim! “Barbod bo‘ldi Egamga bo‘lgan umidim!”
19 Kulfatu sargardonlik haqidagi o‘ylarim Zaharli suvga, achchiq o‘tga o‘xshaydi.
20 Bunday o‘ylarga tolgan mening jonim Tushkunlikka tushdi.
21 Biroq men bir narsani yodda tutarman, Shuning uchun doim umid qilarman:
22 Egamning sodiq sevgisi bo‘lmaydi ado, Uning rahm–shafqati tugamas aslo.
23 Har tong ular yangilanadi, Buyukdir Xudoning sadoqati!
24 Qalbimda aytaman: “Egamdir mening bor– yo‘g‘im, Shunday ekan, yolg‘iz Undadir mening umidim.”
25 Egamiz O‘ziga umid bog‘laganlarga yaxshilik qiladi, Unga intilgan har bir jonga ezguligini ko‘rsatadi.
26 Egamizning najotini toqat ila kutish yaxshidir.
27 Yoshlikdan tarbiyaga bo‘ysunish yaxshidir.
28 Rabbimiz tarbiyalaganda, Yolg‘iz o‘tirib, sukut saqlaylik.
29 Bunday vaqtlarda yer o‘pib ta’zim qilaylik, Axir, yana umid bordir.
30 Tarsaki yeganimizda qarshilik qilmaylik, Eshitgan ko‘p haqoratlarni ichimizga yutaylik.
31 Zero, Rabbiy bizni abadiy tashlab qo‘ymaydi!
32 Uning O‘zi bizga qayg‘u keltirgan bo‘lsa–da, O‘zi bizga rahm–shafqat qiladi. Axir, Uning sodiq sevgisi buyukdir!
33 Ha, U insonga g‘am keltirib, ozor berishni xush ko‘rmaydi.
34 Yurtdagi hamma asirlarning oyoq osti bo‘lganini,
35 Odamlar haq–huquqdan mahrum bo‘lganini, Xudoyi Taolo ko‘rib turibdi.
36 Bir yoqlama hukm chiqarilganini Rabbiy bilib turibdi.
37 Rabbiyning ijozatisiz, Hech kimning buyrug‘i bajo bo‘lmas.
38 Yaxshilik ham, yomonlik ham Xudoyi Taoloning amrisiz sodir bo‘lmas.
39 Hanuz hayot ekanmiz, Gunohimiz uchun jazo tortganda nolimaylik!
40 Tutgan yo‘llarimizni yaxshilab tekshiraylik, Egamizga qaytaylik.
41 Qo‘llarimizni osmonga cho‘zib, Chin dildan samodagi Xudoga yolvorib aytaylik:
42 “Ey Egamiz! Biz itoatsizlik qildik, Senga qarshi bosh ko‘tardik, Sen bizni kechirmading.
43 Sen g‘azabga minib, ta’qib qilding bizni, Shafqatsiz qirding hammamizni.
44 Iltijolarimiz Senga yetib bormasligi uchun, Bulutlar bilan oldingni to‘sding.
45 Sen bizni axlatday tashlab yubording, Xalqlar orasida supurindiday qilding.
46 Mana, barcha yovlarimiz ustimizdan kulyapti.
47 Biz vahimaga tushdik, tuzoqqa ilindik, Falokatu halokatga giriftor bo‘ldik.”
48 Sel–sel bo‘lib oqar mening ko‘z yoshlarim, Axir, qirilib ketdi mening xalqim!
49 Egamiz osmondan bizga qaramaguncha,
50 Men to‘xtamay obi diyda qilaman, Tinmay ko‘z yosh to‘kaman.
51 Quddusdagi hamma qizlarning qismati Yurak–bag‘rimni ezib yubordi!
52 Sababsiz dushmanlik qilayotir menga odamlar, Qushni ovlaganday meni ovladi ular.
53 Meni tiriklayin chuqurlikka tashlashdi, Chuqurlik og‘zini tosh bilan berkitishdi.
54 Suvlar ko‘tarilib oshdi boshimdan, “Ado bo‘ldim” dedim ichimda.
55 Ey Egam, chuqurlik tubidan Senga iltijo qildim.
56 “Dodimni tingla, yopma qulog‘ingni!” dedim. Sen eshitding bu iltijoimni.
57 Yolvorganimda Sen menga yaqinlashding, “Qo‘rqma!” deb o‘shanda menga aytding.
58 Yo Rabbiy, Sen da’voimni himoya qilding, Mening jonimni xalos etding.
59 Ko‘rding menga qilingan nohaqlikni, Ey, Egam, O‘zing yoqlagin meni.
60 Yovlarimning til biriktirganini Sen ko‘rding, Menga qarshi qilgan yovuz niyatlarini bilding.
61 Ey Egam, ular mazax qilganini O‘zing eshitding, Menga qarshi til biriktirganini bilding.
62 G‘animlarim meni g‘iybat qilar, Kun bo‘yi menga piching otar!
63 Qara, ular o‘tirsa ham, tursa ham, Qo‘shiq kuylab, meni mazax qilishar.
64 Ularning qilmishlariga yarasha, Jazosini bergin ey, Egam!
65 Yuraklariga g‘ulg‘ula solgin, Ularni la’natga duchor qilgin,
66 G‘azab bilan ularning ketidan quvla, Yer yuzidan tamomila yo‘q qilib tashla!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18