Shohlar (to‘rtinchi kitob) 5 bob

1 Elishay No‘monga shifo beradi.

1 Oram shohining No‘mon degan lashkarboshisi bor edi. Xo‘jayini uni juda ulug‘lar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz No‘mon orqali Oramga g‘alaba ato qilardi. No‘mon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga chalingan edi.
2 Oram lashkarlari Isroil yurtiga bostirib borganlarida, kichkina qizchani asir qilib olib ketgan edilar. Qizcha No‘monning xotiniga cho‘rilik qilardi.
3 Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi: — Agar to‘ram Samariyadagi payg‘ambar huzuriga borganlarida edi, o‘sha payg‘ambar to‘ramga shifo bergan bo‘lardi.
4 Shunday qilib, No‘mon o‘z hukmdori huzuriga bordi. Shohga Isroil yurtidan keltirilgan qizchaning aytganlarini gapirib berdi.
5 Oram shohi No‘monga: — Yo‘lga otlanaver, men Isroil shohiga maktub yozib beraman, — dedi. No‘mon yigirma bir pud kumush, to‘rt pud oltin, o‘n sidra qimmatbaho kiyim–bosh olib, yo‘lga chiqdi.
6 No‘mon maktubni Isroil shohiga keltirib berdi. Maktub shu mazmunda bitilgan edi: “Ushbu maktub yetib borganda, bilingizki, xizmatkorim No‘monni sizning huzuringizga yuborgan bo‘laman, uni teri kasalligidan siz forig‘ qilishingiz mumkin.”
7 Isroil shohi maktubni o‘qib, vahimaga tushib, kiyimlarini yirtdi: — Oram shohi meni hayot baxsh etadigan va jon oladigan Xudo deb o‘ylayaptimi?! Shifo berishim uchun u mening huzurimga odamini jo‘natibdi–ya! Mana, bilib qo‘yinglar, Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti.
8 Isroil shohi vahimaga tushib liboslarini yirtganini payg‘ambar Elishay eshitgach, shohga xabarchi orqali shu gapni yetkazdi: “Nega vahimaga tushib liboslaringizni yirtdingiz? O‘sha odam mening oldimga kelsin, Isroilda payg‘ambar borligini bilib qo‘ysin.”
9 No‘mon otlariyu jang aravalarini Elishayning uyi eshigi oldiga olib kelib to‘xtatdi.
10 Elishay No‘monning oldiga xizmatkorini chiqarib, u orqali No‘monga shu gapni yetkazdi: “Bor, Iordan daryosida yetti marta yuvin, shunda tanang yangilanib, pok bo‘ladi.”
11 No‘mon esa darg‘azab bo‘ldi: “Men o‘ylagan edimki, payg‘ambar albatta mening oldimga chiqadi, o‘zining Egasi Xudoni chaqirib iltijo qiladi. Qo‘llari bilan kasal joyimni silab, meni bu kasallikdan forig‘ qiladi.
12 Damashqdagi Abano va Parfar daryolari Isroilning hamma daryolaridan afzal emasmi?! Men o‘sha daryolarda yuvinib, poklanib olaverardim–ku!” No‘mon jahl bilan burilib ketdi.
13 Shunda xizmatkorlari kelib: — Janobi oliylari, agar payg‘ambar sizga qiyin narsani aytganda, qilmasmidingiz? — deb gapirishdi, — u sizga: “Yuvingin, pok bo‘lib qolasan”, dedi xolos–ku.
14 Oxiri, No‘mon payg‘ambarning aytganini qilib, Iordan suvida yetti marta sho‘ng‘idi. Shunda tanasi xuddi yosh bolaning tanasi kabi yangilanib, pok bo‘ldi.
15 No‘mon va uning barcha hamrohlari payg‘ambar huzuriga qaytib keldilar. No‘mon Elishayning huzuriga kelgach, aytdi: — Butun yer yuzida Isroilning Xudosidan boshqa xudo yo‘qligini bildim. Marhamat, endi men, qulingizning hadyalarini qabul qiling.
16 Men xizmat qilayotgan Xudo shohid! Hadyangni olmayman! — dedi Elishay. No‘mon Elishayni qancha majbur qilsa ham, Elishay rad etdi.
17 Shunda No‘mon aytdi: — Unday bo‘lsa, men, qulingizga ikkita xachir ko‘tara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering. Men, qulingiz, bundan buyon Egamizdan boshqa xudolarga har xil qurbonliklarukuydiriladigan qurbonliklar qilmayman.
18 Egamiz men, qulingizni faqat bitta narsada kechirsin: xo‘jayinim xudo Rimmon uyiga borib sajda qilish uchun qo‘limga suyanganda, men ham Rimmon uyida u bilan birga ta’zim qilaman. O‘sha yerda ta’zim qilganimda, shu narsa uchun Egamiz meni kechirsin.
19 — Eson–omon bor, — dedi unga Elishay. No‘mon Elishay huzuridan chiqib, hali uncha uzoq yo‘l yurmagan ham ediki,
20 payg‘ambar Elishayning xizmatkori Gaxazi o‘ziga o‘zi aytdi: “Hazratim anavi Oram xalqidan No‘mon keltirgan hadyalarni qabul qilmasdan, unga ijozat berdi. Xudo haqi! Ortidan yugurib borib, undan biror narsa undiray.”
21 Gaxazi No‘monning orqasidan ketdi. No‘mon ortidan kelayotgan Gaxazini ko‘rib, uni qarshi olgani aravadan tushdi. — Tinchlikmi? — so‘radi No‘mon.
22 — Tinchlik, — dedi xizmatkor, — xo‘jayinim mendan aytib yubordi, uning huzuriga Efrayim qirlaridagi payg‘ambarlar guruhidan ikkitasi kelibdi, ularga ikki pud kumush va ikki sidra kiyim–bosh berarkansiz.
23 — Balki to‘rt pud olarsan, — dedi No‘mon va Gaxazini to‘rt pud olishga ko‘ndirdi. No‘mon ikkita qopdagi to‘rt pud kumushni va ikki sidra kiyim–boshni bog‘lab, o‘zining ikkita xizmatkoriga berdi. Xizmatkorlar bu narsalarni ko‘tarib, Gaxazining oldiga tushib jo‘nadilar.
24 Tepalikka kelganlarida, Gaxazi narsalarni xizmatkorlarning qo‘lidan oldi va uyiga olib borib yashirdi. So‘ngra No‘monning ikkala xizmatkoriga ijozat berdi.
25 Gaxazi qaytib kelgach, xo‘jayinining huzuriga kirdi. — Qayerda eding, Gaxazi? — so‘radi Elishay undan. — Men, qulingiz hech qayerga bormadim, — javob berdi u.
26 Elishay esa Gaxaziga: — O‘sha odam aravasidan tushib senga peshvoz chiqqanda, mening ruhim sen bilan birga emasmidi?! — dedi. — Hozir kumushu liboslar yoki zaytunzorlar, uzumzorlar, qo‘y, sigirlar, qul va cho‘rilar oladigan paytmi?!
27 Shu qilganing uchun No‘monning teri kasalligi senga va sening naslingga abadiy yopishib qolsin. O‘sha zahoti Gaxaziga yara toshib, teri qorday oppoq bo‘lib qoldi. U Elishayning huzuridan chiqib ketdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак