Shohlar (to‘rtinchi kitob) 3 bob

1 Mo‘ab va Isroil o‘rtasidagi urush.

1 Axab o‘g‘li Yoram SamariyadaIsroil taxtiga o‘tirdi va o‘n ikki yil shoh bo‘ldi. Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lgan edi.
2 Yoram Egamiz oldida qabihliklar qilgan bo‘lsa ham, otasi va onasichalik emasdi. Otasi Baalga atab o‘rnatgan toshni u qo‘porib tashladi.
3 Shunday bo‘lsa ham, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
4 Mo‘ab shohi Mesha chorvachilik bilan shug‘ullanardi. U Isroil shohiga har yili 100.000ta qo‘zi va 100.000ta qo‘yining junini o‘lpon qilib to‘lardi.
5 Axab vafot etgandan keyin, Mo‘ab shohi Isroil shohiga qarshi bosh ko‘tardi.
6 Shunda shoh Yoram Samariyadan chiqib, jamiki Isroil lashkarini to‘pladi.
7 So‘ngra Yahudo shohi Yohushafatga shu xabarni yetkazdi: “Mo‘ab shohi menga qarshi qo‘zg‘aldi. Mo‘abga qarshi urishgani men bilan borasizmi?” Yahudo shohi quyidagicha javob jo‘natdi: “Boraman, men sen bilan birgaman, mening xalqim — sening xalqingdir, mening otlarim — sening ham otlaringdir.”
8 “Biz qaysi yo‘ldan borishimiz kerak?” so‘radi Yahudo shohi. “Edom sahrosidagi yo‘ldan”, javob berdi shoh Yoram.
9 Isroil, Yahudo va Edom shohlari birgalikda yo‘lga chiqdilar. Ular yetti kun yo‘l yurganlaridan keyin, birga borgan lashkar uchun ham, hayvonlar uchun ham suv tugadi.
10 Shunda Isroil shohi: — Evoh, Egamiz bizni — uchala shohni Mo‘ab shohi qo‘liga berish uchun bir joyga to‘plabdi–da, — dedi.
11 — Bu yerda Egamizning payg‘ambari yo‘qmi? Agar bo‘lsa, biz o‘sha payg‘ambar orqali Egamizning xohish–irodasini bilardik, — dedi Yohushafat. Isroil shohining a’yonlaridan bittasi: — Shofot o‘g‘li Elishay shu yerda, u doimo Ilyosning xizmatida bo‘lgan edi, — deb javob berdi.
12 — Egamizning xabarini bizga u ayta oladi, — dedi Yohushafat. So‘ngra Isroil shohi, Yohushafat va Edom shohi Elishayning huzuriga bordilar.
13 Elishay Isroil shohiga aytdi: — Men senga qanday yordam bera olaman?! Bor, o‘zingning ota–onangning payg‘ambarlaridan maslahat so‘ra. Isroil shohi Elishayga: — Yo‘q, Egamiz biz, uchala shohni Mo‘ab shohi qo‘liga berish uchun to‘plagan, — dedi.
14 — O‘zim xizmatida bo‘lgan Sarvari Olam shohid! — dedi Elishay. — Agar men Yahudo shohi Yohushafatni hurmat qilmaganimda, senga hech ham qaramagan, hatto nazar solmagan ham bo‘lardim.
15 Endi menga bir sozanda olib kelinglar! Sozanda musiqa chalgan edi, Egamiz Elishayga O‘z qudratidan berdi.
16 Elishay dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Qurib qolgan bu soylik suvga to‘ladi.”
17 Egamiz aytmoqda: “Na shamolni, na yomg‘irni ko‘rasizlar, lekin bu soylik suvga to‘lib–toshadi. O‘zlaringiz ham, ot– ulovlaringiz ham, chorvangiz ham shu suvdan ichasizlar.”
18 Egamiz qiladigan bu ishlar hali kamdir: U Mo‘ab xalqini sizlarning qo‘lingizga beradi.
19 Sizlar esa Mo‘abning hamma mustahkam shaharlarini, eng chiroyli shaharlarini vayron qilasizlar, hamma mevali daraxtlarini kesib tashlaysizlar, hamma buloqlarini ko‘masizlar, hosildor dalalarining hammasini toshloq qilib ishdan chiqarasizlar.”
20 Keyingi kuni ertalabki qurbonlik paytida, birdan Edom tomondan suv to‘lib–toshib oqa boshladi. Hamma yerni suv bosib ketdi.
21 Mo‘ab xalqi shohlar jang qilish uchun kelayotganini eshitdi–yu, hammalari — qurol osishga yaraydiganlaridan tortib kattalarigacha yig‘ilishib, chegaraga kelishdi.
22 Ular saharda turganlarida, quyosh suv ustida yog‘du sochar, suv Mo‘ab lashkariga uzoqdan qonga o‘xshab qizarib ko‘rinardi.
23 — Bu qon–ku, — deyishdi ular, — shohlar bir–birlari bilan jang qilibdilar, bir–birini qiribdilar. Qani, o‘ljaga, Mo‘ab lashkari!
24 Ammo Mo‘ab lashkari Isroil qarorgohiga borganda, Isroil lashkari ularga birdan tashlanib, hujum qilib qoldilar, Mo‘ab lashkari esa qochib qoldi. Isroil lashkari Mo‘ab yurtiga kirib ham hujumni davom ettirdi.
25 Shaharlarini vayron qildilar, daladagi hamma hosildor yerlarga tosh otaverib, dalani toshga to‘ldirib tashladilar, buloqlarini ko‘mib yubordilar, barcha mevali daraxtlarini kesdilar. Faqat Xir–Xarasot shahridagi tosh devorlar qoldi, xolos. Palaxmonchilar shaharni qurshab olib, tosh irg‘itaverdilar.
26 Mo‘ab shohi jangda mag‘lub bo‘layotganini anglab yetgach, yetti yuzta qilichbozini yoniga oldi. U Edom shohi kuchlarini yorib o‘tmoqchi bo‘ldi, lekin buning uddasidan chiqolmadi.
27 Shundan keyin Mo‘ab shohi taxt vorisi bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘lini olib keldi–da, uni devor ustida kuydirib qurbonlik qildi. Bu voqeadan Isroil lashkari qattiq vahimaga tushdi. Ular Mo‘ab shohidan uzoqlashib, o‘z yurtiga qaytib ketdilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак