G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 8 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (8-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


SAKKIZINCHI XAT

Mening qadrli Razilginam!

Shunday qilib, sen “vasiyligingdagi kishining imondagi davri tugashga yaqinlashayotganidan to‘la umidvorsan”! Men har doim Yo‘ldan ozdiruvchilar oliygohiga Yaramas rahbarlik qila boshlagandan beri uni juda izdan chiqqan deb gumonsirardim. Endi men bunga to‘liq ishonch hosil qildim. Nahotki to‘lqinsimon almashinuv qonuni haqida hech kim senga gapirib bermagan?

Ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar kabi, odamlar ham ikkiyuzlamachi — ular yarim ruh, yarim hayvondirlar. Dushmaning bunchalik g‘azabni keltiruvchi chatishmani yaratish qarori bizning otamiz Undan yuz o‘girishining sabablaridan biri bo‘lgan. Ruhlar sifatida ular mangulikka daxldor; hayvonlar sifatida zamonda mavjud. Bu shuni anglatadiki, ularning ruhi abadiylikka qaratilgan bo‘lishi mumkin, tanasi, ishtiyoqlari va o‘ylari doimo o‘zgarib turadi, chunki zamonda mavjud bo‘lish “o‘zgarib turish”ni anglatadi. Doimiylikka ular to‘lqinsimon o‘zgarishlarda ko‘proq yaqindirlar. Bu shuni anglatadiki, ular tanazzuldan o‘zlari chiday olmagan yuksak holatga qaytadi va yana tanazzulga yuz tutadi; ko‘tarilish va pasayishlarning zanjiri shunday. Agar sen vasiyligingdagi kishini yaxshilab kuzatsang, bu navbatlashishni uning hayotining hamma tomonlarida ko‘rishing mumkin. Uning ishga bo‘lgan qiziqishi, do‘stlarga bog‘lanib qolishi, hatto ishtahasi ham goh faollashadi, goh o‘tmaslashadi. Toki u yorug‘ dunyoda yashar ekan, hissiy va jismoniy jadallik va tetiklik davrlari charchoq va loqaydlik davrlari bilan almashib turadi. Hozirgi vaqtda sening vasiyligingdagi kishi boshdan kechirayotgan jarangsizlik va zerikish, sen soddalarcha quvonib o‘ylaganingdek, sening ishing natijasi emas. Bular — to‘la tabiiy narsalar va agar sen ulardan to‘g‘ri foydalana olmasang, bundan bizga hech bir naf yo‘q.

Bularni qanday qilib bizning foydamizga yaxshiroq ishlatishni hal etish uchun o‘zimizdan Dushman bu yerda qanday maqsadni ko‘zlayotganini so‘rab olishimiz va aynan qarama–qarshi harakat qilishimiz zarur. Balki, U ko‘tarilish davrlaridan ko‘ra ko‘proq tanazzul davrlaridan umid qilishini bilib, hayron qolarsan. U alohida e’zozlaydigan ba’zilar tanazzulning juda uzoq davrlaridan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Buning sababi – quyidagicha. Biz uchun odam ko‘proq o‘lja, bizning maqsadimiz — uning irodasini qul qilish, biz uning hisobidan o‘z xudbinligimiz maydonini kengaytirishimiz zarur. Dushman esa undan mutlaqo boshqa narsani talab qiladi. Uning odamlarga bo‘lgan mehri va Unga xizmat qilish – to‘la erkinlik ekanligi haqidagi gap–so‘zlar shunchaki targ‘ibot emas (xuddi biz xohlaganimizdek), balki dahshatli haqiqat ekanligini qat’iy o‘zlashtirib olish kerak. Dushman haqiqatan ham Koinotni O‘ziga o‘xshagan kichkinalar bilan to‘ldirishni o‘ylab topgan. Olam hayoti kichkinalashtirilganda Uning hayotiga o‘xshash bo‘lgan mavjudotlar bilan to‘lib–toshishi Unga yoqadi, U bularni o‘ziga bo‘ysundirgani uchun emas, balki ularning irodasi erkin ravishda Uning irodasiga uyg‘unlashib ketgani uchun. Bizga esa o‘zimizga ozuqa bo‘ladigan to‘da kerak. U O‘ziga o‘g‘illar bo‘lib qoladigan xizmatchilarni istaydi. Biz yutib yuborishni istaymiz. U — berishni xohlaydi. Biz bo‘m–bo‘shmiz va to‘yishni xohlaymiz. U — to‘liqlik, tuganmas manba. Bizning maqsadimiz — jahannam otasi qo‘lga olgan odamlarga to‘la dunyo: Dushman hamma odamlar U bilan birlashib ketishi va bunda har biri takrorlanmas qism bo‘lib qolishini istaydi.

Endi esa — tanazzul davrlari haqida. Hoynahoy, sen nega Dushman O‘zi istagan vaqtda O‘z hukmronligidan foydalanib, O‘zining mavjudligini his qilishlariga qo‘yib bermaydi deb hayron qolayotgandirsan. Qudratlilik ham, Rad etib bo‘lmaslik ham Uning O‘zi tomonidan Uning faoliyati orqali taqiqlangan. Insonning irodasini shunchaki qamrab olish (Uning ishtiroki odamning his qilishini qamrab olgani kabi) Unga foydasiz. U zabt etishi mumkin emas. U faqat da’vat qilishi mumkin. Uning xunuk g‘oyasi ham sarmoya to‘plash, ham mas’umlikn saqlab qolishdan iborat. Odamlar o‘z shaxsini yo‘qotmagan holda U bilan yakdil bo‘lishlari shart. Na odamlarga bepisand bo‘lish, na ularni qul qilish Uni qoniqtirmaydi. U imonga yangi kirganlarni sal–pal tetiklashtirishga tayyor. U ba’zan O‘zining mavjudligini his qildirib, ularga dalda beradi, garchi bu dalda zaif va nursiz bo‘lsada, baribir bu odamlarga yetarli bo‘ladi. U odamlarni orombaxsh quvonch va vasvasa ustidan yengil g‘alaba bilan jonlantirib turadi. Biroq U hech qachon bu uzoq davom etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ertami–kechmi U odamlarni O‘zining qo‘llab–quvvatlashi va O‘z murabbiyligidan uzoqlashtiradi, agar haqiqatan ham bo‘lmasada, odamlarning tasavvurida. U O‘z yaratganlarini oyoqqa turib olish va faqat yolg‘iz iroda yordamida o‘zining butun jozibadorligini yo‘qotgan majburiyatlarini bajarishga majbur qiladi. Dushman insonga ko‘tarilish davrlarida emas, balki aynan tanazzul davrlarida unga kim bo‘lishini topshirgan bo‘lsa, o‘sha kishiga aylanishga yaqinroqdir. Shuning uchun ham “ruhiy quruqlik”da Unga yo‘llangan ibodatlarni U ko‘proq qadrlaydi.

Biz esa mijozlarimizni vasvasalar arqoni bilan o‘zimizga tortishimiz kerak — ular biz tomonimizdan qurbonlikka olib kelishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning irodasi buni qancha ko‘p ma’qullasa, shunchalik yaxshi bo‘ladi. U biz gunohga jalb qilganimiz kabi yaxshi fazilatga jalb qila olmaydi. U odamlarni yurishga o‘rgatishi va O‘z qo‘lini tortishi shart. Agar ular haqiqatan ham yurishni istasa, hatto odamlar qoqilib ketganda ham U xursand bo‘laveradi. Aldanib qolma, Razilginam. Odam go‘yoki Dushmanning har qanday izi yo‘qolgandek bo‘lib tuyuladigan Koinotda bo‘lganida va nima uchun u tashlab qo‘yilganini so‘raganida va Unga unchalik ham istamay, ammo Dushmanning irodasiga ergashishga qat’iy niyat bilan itoat etishda davom etayotganda, bizning ishimiz, ayniqsa, katta xavf ostida.

Albatta, tanazzul davrlari bizga ba’zi imkoniyatlarni beradi ham. Keyingi haftada men senga ulardan qanday foydalanish borasida bir qancha maslahatlar beraman.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Баламута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак