G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 11 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (11-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


O‘N BIRINCHI XAT

Mening qadrli Razilginam!

Hammasi juda yaxshi ketayapti, shekilli. Ayniqsa, mijozingning yangi do‘stlari uni o‘zlarining butun doirasi bilan tanishtirganini bilishdan xursand bo‘ldim. Men ro‘yxatlardan bular to‘la ishonchli odamlar – alohida jinoyat qilmagan holda – Dushmanni sobit yomonlovchilar bo‘lib, to‘g‘ri otamizning uyiga bemalol va ishonch bilan borayotganini tekshirib ko‘rishga ulgurdim. Sen ular kulishni yaxshi ko‘rishini aytibsan. Umid qilamanki, bu bilan kulgi o‘z–o‘zidan biz uchun hamisha foydali demoqchi emassan. Bu bandni alohida muhokama qilib olish lozim.

Men inson kulgisining sabablarini quyidagilarga ajrataman: xursandlik, ko‘ngilxushlik, latifalar va surbetlik. Xursandlik do‘stlar yoki sevishganlar qisqa ayriliqdan so‘ng yana uchrashganida paydo bo‘ladi. Katta odamlar odatda kulgi uchun hazil ko‘rinishida qandaydir bahona o‘ylab topishadi. Lekin bunday paytda kulgini keltirib chiqaradigan eng arzimas o‘tkir aqllilik gap hazillarda emasligini ko‘rsatadi. Bu yerda sabab nimada ekanligini biz haligacha bilmaymiz. Musiqa deb nomlangan jirkanch san’atda shunga o‘xshash narsa yashirin bo‘lib, aytishlaricha, jannatda, osmonda ham biz uchun tushunarsiz bo‘lgan qandaydir shunga o‘xshash hislar maromining tezlashuvi bo‘larmish. Bunday kulgi bizning foydamizga emas va har doim unga qarshi turish kerak. U do‘zaxda hamisha hukmronlik qiladigan o‘sha voqelik, kibr va qattiqqo‘llik uchun shunchaki jirkanch va haqoratlidir.

Ko‘ngilxushlik xursandlikka yaqin. Bu yengil ko‘pik bo‘lib, o‘yin instinkti uni keltirib chiqaradi. U ham bizga kam foyda keltiradi. Uning yordamida, albatta, ba’zan odamlarni Dushmanga foydali bo‘lgan tuyg‘ular va harakatlardan ajratib olish mumkin. Biroq u o‘z–o‘zicha hech ham yaxshi narsaga ega emas, balki – yomonlik keltiradi: mardlik, rahmdillik, talabchan bo‘lmaslik va boshqa illatlarni keltirib chiqaradi.

Kulgili va beo‘xshov narsalarni to‘satdan ko‘rib qolishga ko‘maklashuvchi latifa, har holda ko‘proq narsa va’da qiladi. Men aslo uyatsiz va qo‘pol latifalarni nazarda tutayotganim yo‘q: ular ko‘pincha kutilgan natijalarga olib kelmaydi, garchi o‘rtamiyona yo‘ldan ozdiruvchilar ularga katta umid bog‘lashsada. Odamlar shu munosabat bilan ikki turga aniq bo‘linishini bilish lozim: birovlar uchun “vujudning talabidan kuchliroq ishtiyoq yo‘q”, lekin kulgili bo‘lgani uchun uyatsiz latifa ularni qo‘zg‘atmaydi. Boshqa odamlarda bunday latifa aynan o‘sha sabab tufayli kulgi va shahvoniy nafsni bir vaqtning o‘zida uyg‘otadi. Birinchi turdagi odamlar jinsiy aloqaga oid mavzularda hazil qilishadi, chunki ular ko‘pincha haqiqatan ham kulgili, ikkinchi turdagi odamlar shunchaki jinsiy aloqaga oid narsalar haqida gapirishga bahona topishadi. Agar sening mijozing birinchi turdagilarga tegishli bo‘lsa, uyatsiz latifalar senga yordam bermaydi. Bu qoidani o‘zim uchun o‘zlashtirib olishdan oldin, o‘ta zerikib barlar va salonlarda sang‘ib yurarkanman, mening dastlabki mijozlarimdan biri bilan yo‘qotgan vaqtlarimni hech qachon unutmayman. Mijozing qaysi turga kirishini bilib ol va u bundan xabar topmasligini kuzat.

Hazillar va yumordan olinadigan haqiqiy foyda boshqa narsada. Bu foyda, ayniqsa, inglizlarni ishlovga olishda ko‘p narsani va’da qiladi, ular o‘zlarining “hazil hissi”ga shunchalik jiddiy qarashadiki, uning yetishmasligi – ular haqiqatan ham uyaladigan deyarli yagona nuqsondir. Yumor ular uchun, esingda tursin, hamma narsani silliqlab yuboradi va kechiradi. Mana shunday yumor uyatga qarshi vosita sifatida mutlaqo bebahodir. Agar odam shunchaki o‘zi uchun boshqalarni haq to‘lashga majbur qilsa — u pastkash. Agar u bunda hazillashib maqtansa va do‘stlari o‘zlarini aldashga yo‘l qo‘yib berganidan hazillashib maqtansa, — endi u pastkash emas, balki quvnoqdir. Shunchaki qo‘rqoqlik uyatli narsa, lekin hazil maqtanchoqlik, kulgili bo‘rttirishlar va kulgili ishvalar bilan niqoblansa, u qiziqarli bo‘lib qolishi mumkin. Shafqatsizlik uyatli narsa, agar odam uni hazil deb aytmasa. Minglab uyatsiz va hatto tahqirlovchi latifalar odamni kutilmagan yangilik kabi haloqat sari tortmaydi: u deyarli ko‘ngliga kelgan hamma ishni qilishi mumkin va agar u buni hazil deb aytsa, do‘stlari uni qoralab o‘tirmaydi. Bundan tashqari, bunday yo‘ldan ozish sening vasiyligingdagi kishidan yuqorida aytilgan “yumorga nisbatan jiddiy munosabat”ni to‘la yashirishi mumkin Hazillarda ham haddan ortib ketish mumkinligi haqidagi har qanday fikrni unga “sipolik” yoki “befahmlik” sifatida taqdim qil.

Biroq surbet kulgi hammasidan yaxshi. Birinchidan, u alohida kuch–g‘ayrat talab qilmaydi. Faqat aqlli odam yaxshi fazilatlar haqida mahorat bilan hazil qila oladi. Lekin har qanday surbet pastkashni yaxshi fazilat ustidan kulishga o‘rgatish mumkin. Surbet odamlar orasida ulardan kimdir qandaydir o‘tkir va kulgili gap aytgani nazarda tutiladi, garchi hech kim bunday narsa aytmagan bo‘lsada: ular har bir jiddiy narsani xuddi allaqachon undan kulgili va beo‘xshov narsa topgandek muhokama qilishadi. Surbet kulgiga muqim odatlanish Dushmandan yaxshigina himoya qiladi. Bundan tashqari, u kulgining boshqa turlaridagi xavflardan xoli. Surbet kulgi va xursandlik o‘rtasida — uzoq masofa bor. Surbetlik ongni yorishtirmaydi, balki aqlni o‘tmaslashtiradi va aslo unga berilganlarni bir–biriga yaqinlashtirmaydi.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Баламута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак