G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 27 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (27-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


YIGIRMA YETTINCHI XAT

Mening qadrli Razilginam!

O‘ylaymanki, sendan hozir naf juda kam. Albatta, vasiyligingdagi kishini Dushman haqidagi fikrlaridan chalg‘itish uchun uning sevgisidan foydalanish to‘g‘ri taktika, ammo, ko‘rinib turibdiki, parishonxotirlik va ruhiy palapartishlik muammosi uning ibodati o‘zagiga aylandi deyapsanmi, demak, sen bu ishni yaxshi amalga oshirmayapsan. Bu sening katta mag‘lubiyatga uchraganingni anglatadi. Parishonxotirlik uning xayolini to‘ldirganida, mijozingni oddiy iroda kuchi bilan qarshilik ko‘rsatishga unda va hech narsa bo‘lmagandek, odatdagi ibodatni davom ettirishga chaqir. Agar vasiyligingdagi kishi o‘zining parishonxotirligi haqiqiy muammo ekanini anglasa, bu muammo bilan Dushmanga murojaat qilsa va uni ibodatlari hamda kurashining asosiy mavzusiga aylantirib olsa, demak, sen yutmagansan, balki boy bergansan. Hamma narsa, hatto gunoh ham odamni Dushmanga yaqinlashtirishi va bizdan uzoqlashtirishi mumkin.

Lekin ko‘p narsani va’da qiluvchi yana bir imkoniyat bor. Endi, sevib qolganida, unda Yerdagi baxt haqida fikr paydo bo‘ldi va shu bois, hozirgi urush haqida iltijo bilan qilgan ibodatlarining jo‘shqinligi ortdi. Hozir bunday ibodatlar haqida uning qalbida muammolar yaratish vaqti keldi. Soxta taqvodorlik doimo saqlanishi kerak. "Haqiqiy ibodat bu – maqtov va Xudo bilan birlik" degan to‘liq taqvodor qarashdan kelib chiqib, odamlarga tiriklik noni va gunohlardan voz kechish haqida ibodat qilishlari zarurligini aniq ko‘rsatgan (O‘zining siyqasi chiqqan va zerikarli usulida) Dushmanga bevosita itoatsizlikni ham yo‘naltirish mumkin, Albatta, sen undan "ruhan" deb talqin qilingan, kundalik non uchun ibodat qilish xuddi barcha so‘zlar moddiy talqin qilingandagi kabi, sof moddiy so‘rashda bo‘lganidagidek qolaverishini yashirishing kerak.

Ammo vasiyligingdagi kishi itoatkorlikdek yomon odatni orttirgani bois, nima qilsang ham, hoynahoy, o‘zining "prozaik" va ahmoqona ibodatlarini davom ettiraveradi. Biroq, sen uni bu odat mutlaqo bema’ni va hech qanday ob’ektiv natijaga olib kelolmaydi degan yelimdek shubha bilan bezovta qilishing mumkin. “Boshingni chiqarib olsang ham, duming botib qolaveradi" degan dalilni esdan chiqarma. Agar u iltijo qilayotgan narsa amalga oshmasa, unda ibodat qilish foydasiz; agar u iltijo qilib so‘rayotgan narsa ro‘yobga chiqsa, albatta, qandaydir jismoniy sabab topishi va o‘ziga o‘zi: "baribir shunday bo‘lar edi" deyishi mumkin. Ko‘rib turganingdek, ibodatda ibodatning bajarilishi va bajarilmasligi bir xil tarzda ibodatlarning samarasiz ekanligini isbotlaydi. Sen — ruh ekanliging uchun, u bunday murakkabliklarga qanday tushib qolishini anglashing oson emas. Esingda tutishing shart, mijozing uchun vaqt — shubhasiz, voqelikdir. U bizning Dushmanimiz, shuningdek, mijozingning o‘zi ham, hozirgi vaqtda bir narsani qabul qiladi, o‘tmishda boshqa narsani eslaydi, kelajakda esa uchinchi bir narsani oldindan ko‘radi. Balki u Dushman dunyoni umuman bunday qabul qilmasligiga ishonar, ammo qalbining tubida u baribir buni tushunmaydi. Agar sen odamning bugungi ibodati – Dushman tomonidan ertangi turmushni yaratishda ishlatiladigan son–sanoqsiz tarkibiy qismlardan biri ekanligini unga tushuntirishga urinib ko‘rsang, u holda, vasiyligingdagi kishi Dushman odamlar qanday ibodat qilishini har doim bilib turadi, boshqacha qilib aytganda, odamlar o‘z xohish–irodasiga ko‘ra emas, balki qismatga binoan ibodat qilishadi deb javob bergan bo‘lardi. Yana bugungi kundan teskari yo‘l bilan borib, kunlarning barcha zanjiri orqali o‘ib, materiyaning o‘zi yaratilgan kungacha yetish mumkinligini qo‘shimcha qilgan bo‘lardi. Shunday ekan, odamda ham, tabiatda ham, hammasi “Azaldan bor bo‘lgan Kalom” tomonidan vujudga kelgan. U nima deyishi lozim ekanligi, bizga mutlaqo ayon: muayyan dalil va ma’lum bir ibodatning o‘zaro nisbatiy muammosi – faqat insonning ruhiy dunyosi va moddiy olamning o‘zaro nisbatiy umumiy muammosining hozirgi paytda namoyon bo‘lishida (vaqtni idrok etishga muvofiq,  ikki xil jihatda). Yaratish, o‘zining butunlay yaxlitligida, makon va zamonning har bir nuqtasida amal qiladi yoki to‘g‘rirog‘i, ongning insoniy tipi o‘zini muvofiqlashtiruvchi  harakatning yaxlit tabiatini ketma–ket voqealar qatori sifatida qabul qiladi. Nima uchun bu ijodiy harakat odamlarning xohish–irodasiga – bu muammolar muammosi, Dushmanning "sevgi"haqidagi barcha bema’niliklari ortida yashiringan sir ekanligiga joy qoldiradi? Biroq, biz bu qanday amalga oshirilishini bilamiz: Dushman odamlar kelajakka qanday qilib erkin hissa qo‘shishini oldindan ko‘ra bilmaydi, balki ularning bepoyon hozirgi vaqtida qanday harakat qilishlarini ko‘radi.

Odamning harakatlarini kuzatish – umuman bu harakatlarga majbur qilishning o‘zginasi emasligi aniqdek tuyuladi. Hamma joyga burnini tiqaveradigan ba’zi yozuvchilar, xususan, Boetsiy bu sir borasida allaqachon gapirib bo‘lgan deyishlari mumkin. Lekin biz butun G‘arbiy Yevropada yaratishga erisha olgan muhitda bu seni bezovta qilmasligi shart. Eski kitoblarni faqat mutaxassislar o‘qiydi, biz esa endilikda mutaxassslarni shunday tarbiyalab qo‘ydikki, ular kitoblardan hammadan ko‘ra kamroq donolik olishga layoqatlidirlar. Ularga Tarixiy Nuqtai Nazarni singdirib, biz bunga erisha oldik, qisqa qilib aytganda, bu quyidagilarni anglatadi: mutaxassis qadimgi muallifning fikrlari bilan tanishayotganida, u yozilgan narsalar haqiqatmi–yo‘qmi deb mulohaza qilib ko‘rmaydi. Mutaxassis uchun bu qadimiy muallifga kim ta’sir qilgani, muallifning qarashlari u boshqa kitoblarda yozganlariga mos kelish–kelmasligi, uning rivojlanishidagi qaysi bosqich yoki umumiy tarixdagi qaysi fikrlar shu orqali namunali misollar bilan yaqqol ko‘rsatilgani, bularning hammasi keyiroq ijod qilgan yozuvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, buni qanday tushunishganlari (ayniqsa, ushbu muallifning hamkasblari), oxirgi o‘n yillikda olimlar nima degani va “hozirgi vaqtda masalaning holati” qandayligi muhim. Muallifda bilimlar manbaini ko‘rish, o‘qib chiqilgan narsalar fikrlarni yoki xulq–atvorni o‘zgartirishini nazarda tutish hech kimning xayoliga ham kelmaydi, chunki bu “haqiqiy soddalik”dir. Biz hamma zamonlarda butun insoniyatni alday olmasligimiz sababli, har bir avlodni o‘zidan oldingisidan va keyingisidan ajratib qo‘yish juda muhim. Chunki bilim avlodlarning bemalol muloqot qilishiga olib keladigan joyda, har doim mazkur avlodga xos bo‘lgan xatolar boshqa avlodga xos bo‘lgan haqiqatlar bilan to‘g‘rilab qo‘yilishi xavfi bor. Ammo bizning otamiz va Tarixiy Nuqtai Nazar tufayli, xuddi “qadimda faqat bema’niliklar bo‘lgan, xolos” deb hisoblovchi hunarmand singari, buyuk olimlar ham hozir o‘tmishdan juda kam ma’naviy oziq oladilar.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак