G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 28 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (28-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


YIGIRMA SAKKIZINCHI XAT

Mening qadrli Razilginam!

Sendan xatlaringni urush haqidagi har xil be’maniliklar bilan to‘ldirib tashlamasligingni iltimos qilganimda, odamlarning o‘limi va shaharlarning vayron bo‘lishi haqidagi bachkana va ahmoqona yozishmalar olishga tashna emasligimni nazarda tutgandim. Ammo urush mijozingning ruhiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani darajasida, tabiiyki, urushning borishiga qiziqaman va bu boradagi batafsil xabarlarni kutaman. Xuddi shu borada sen hayratlanarli darajada dumbulsan, shekilli. Xususan, sening qo‘l ostingdagi nusxa yashayotgan shaharga og‘ir zarbalar berilishi mumkinligini quvonib yozibsan. Bu men oldinroq shikoyat qilgan narsa – inson kulfati borasida bir lahzalik quvonch onlarida asosiy ishni esdan chiqarib qo‘yish qobiliyatingning chidab bo‘lmas misolidir. Bombalar o‘ldirishi senga ma’lum emasmi, axir? Vasiyligingdagi kishining hozirgi vaqtda o‘lishi – aynan biz bundan qochishimiz kerak bo‘lgan narsa ekanligini, nahotki tushunmasang? U sen uchrashtirib qo‘yishga uringan dunyoviy do‘stlardan xalos bo‘ldi, chuqur imonli qizni sevib qoldi va o‘zining beg‘uborligiga sen qilayotgan hujumlarni qabul qilmay  qo‘ydi, biz uning ruhiy hayotini buzishga uringan har xil usullar hozircha natijasiz qolayapti. Hozir, urush bor kuchi bilan yaqinlashib kelayotgan va dunyoviy umidlar uning ongida tobora kam o‘rin egallayotganda, uning o‘y–xayollari mudofaa  ishlari hamda qiz bilan band bo‘lganda, u Dushmanga avvalgiga qaraganda ko‘proq diqqatini berishga majbur  va bunga odamlar “o‘zini unutib”, deb aytadigan darajada ko‘proq berilgan. Har kuni Dushmanga ongli qaramlikda ekanligiga ishonch hosil qilarkan, hoynahoy, biz undan ajrab qolamiz, bordi–yu, bugun tunda uni o‘ldirishsa. Bu shunchalik ayon narsaki, hatto bu haqda yozishim ham uyat. Ba’zan meni xavotir qamrab oladi: biz sen kabi g‘o‘rni vasvasaga solish ishida o‘ta uzoq saqlab turmayapmizmikin, sizlar orasida harakat qilayotgan odamlarning kayfiyatlari va qarashlarini yuqtirib olmaysizlarmi, mabodo? Ular, albatta, o‘limni buyuk yovuzlik, hayotni saqlab qolishni esa – buyuk marhamat deb hisoblashga moyil. Lekin buni ularga biz o‘rgatganmiz, axir. Ehtiyot bo‘l, bizning o‘z targ‘ibotimiz qarmog‘iga ilinib qolma, tag‘in. Tushunaman, sening asosiy maqsading aynan hozir vasiyligingdagi kshining sevgilisi va onasi ibodat qilayotgan narsa – uning jismoniy xavfsizligi bo‘lishi shartligi senga g‘alati tuyuladi. Lekin haqiqatan ham shunday. Sen uni ko‘z qorachig‘idek asrashing shart. Agar u hozir o‘lsa, sen uni qo‘ldan chiqargan bo‘lasan. Agar u urushda tirik qolsa, bizda hamisha umid bor. Dushman vasvasalarning dastlabki katta to‘lqini paytida uni sendan himoya qildi. Biroq u tirik qolsa, vaqtning o‘zi sening ittifoqchingga aylanadi. Omad va omadsizliklarning uzoq, zerikarli, bir maromdagi yillari — sen uchun ajoyib mehnat sharoitidir. Ko‘rayapsanmi, muqim bo‘lish bu mavjudotlar uchun qiyin narsa. Uzluksiz barbod bo‘lishlar: sevgi va o‘smirlik umidlarining asta–sekin so‘nishi; bizning vasvasalarimizni qachonlardir yengishga urinishga bo‘lgan xotirjam va deyarli og‘riqsiz umidsizliklari; biz ularning hayotini to‘ldiradigan bir xillik, nihoyat, biz ularni javob qaytarishga o‘rgatadigan, bularning hammasiga javob sifaida aytilmagan dilsiyohlik, — bularning hammasi ajoyib imkoniyat beradi. Agar, aksincha, o‘rta yoshda ravnaq topish davri to‘g‘ri kelsa, bizning ahvolimiz yanada kuchliroq bo‘ladi. Ravnaq topish odamni dunyoga bog‘lab qo‘yadi. Aslida bu dunyo odamda o‘z o‘rnini topgan bir paytda, u “dunyoda o‘z o‘rnimni topdim” deb his qiladi. Obro‘si yaxshilanadi, tanishlari davrasi kengayadi, o‘z ahamiyatini anglashi o‘sadi, yoqimli va uni qamrab oladigan ishining yuki ortadi va bularning hammasi u Yerda, o‘z uyida ekanligi hissini yaratadi — biz esa, aynan shuni xohlaymiz. Sen, hoynahoy, yosh odamlar o‘rta yoshdagilar va keksalarga qaraganda ko‘proq bajonudil o‘lishlarini payqagandirsan.

Gap shundaki, g‘alati tarzda bu hayvonlarning qismatiga abadiy hayotni yozarkan, Dushman ularga o‘zlarini yana biror joyda o‘z uyidagidek his qilishni bermagan. Mana shuning uchun ham, biz vasiyligimizdagilarga uzoq umr tilashimiz kerak. Yetmish yil faqat bizning boshqa vazifamiz – odamlarning ruhini Osmondan chalg‘itib olib, Yerga mahkam bog‘lab qo‘yishga zo‘rg‘a–zo‘rg‘a yetadi. Toki ular o‘zlarini yosh his qilarkan, ular hamisha bulutlarda yastanib oladi. Hatto biz ayyorlik bilan ularni imonni bilmaslikda tutib tursakda, xayolot va musiqa, rasmlar va nazmning son–sanoqsiz shamollari, chiroyli qizning yuzi, qushning sayrashi yoki osmonning ko‘m–ko‘kligi biz tuzishga urinayotgan hamma narsani chilparchin qiladi. Ular o‘zlarini dunyoning muvaffaqiyatlariga, oqilona aloqalarga va ehtiyotkorlik odatiga bog‘lab qo‘yshni istashmaydi. Ularning Jannatga intilishi shunchalik kuchliki, bu bosqichda ularni Yerga bog‘lab qo‘yishning eng yaxshi usuli — ularni siyosat, yevgenika (odamlar naslining irsiy sog‘lomligi va uni yaxshilash yo‘llari haqidagi ta’limot), fan, psixologiya yoki yana boshqa biror narsa vositasida  qachonlardir Yerni jannatga aylantirish mumkinligiga ishontirishdir.

Dunyoga haqiqiy bog‘lanib qolish faqat vaqtlar o‘tib qo‘lga kiritiladi va albatta, kibr bilan birga bo‘ladi, chunki biz ularni bildirmay yaqinlashib kelayotgan o‘limni sog‘lom fikr, yetuklik yoki tajriba deb nomlashga o‘rgatayapmiz. Biz ularga tajribalilik so‘ziga alohida ma’no berishni o‘rgatayapmiz. O‘zining mana shu alohida ma’nosida tajribalilik juda foydali tushuncha bo‘lib chiqdi. Odamlarning buyuk bir faylasufi odam uchun “tajribalilik – xom xayolning onasidir” deb aytib, bizning sirimizni ochib qo‘yishiga sal qoldi. Ammo urf va albatta, Tarixiy Nuqtai Nazar tufayli, ushbu muallifni asosiy narsalarda zararsizlantirishga erisha oldik.

Vaqt biz uchun qanchlik qimmatli ekanligini Dushman bizga vaqtni shunchalik kam berishiga qarab, tushunib olish mumkin. Ko‘p odamlar bolaligida o‘lib ketadi, tirik qolganlardan ko‘pchiligi yoshligida o‘ladi. Shunisi ayonki, Dushman uchun odamning tug‘ilishi, avvalambor, o‘limni kvalifikatsiya qilish sifatida kerak, o‘lim esa, boshqa hayotga kirish sifatida muhimdir. Bizga tanlangan kamchilik bilan ishlash qoladi, xolos. Chunki odamlar “me’yordagidek uzoq umr” deb aytadigan narsa, — istisnodir. Ko‘rinishidan, U osmonni to‘ldiradigan ushbu odam–hayvonlarning ba’zilari (lekin ko‘pchilik emas), bizga qarshilik ko‘rsatishning alohida qat’iy tajribasiga ega bo‘lishini istaydi. Xuddi shu yerda biz imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarmasligimiz shart. Umr qanchalik qisqa bo‘lsa, biz undan shunchalik foydalanishimiz shart. Nimaiki qilsang ham, vasiyligingdagi kishini ilojing boricha, xavfsizlikda saqla.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак