Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (30-xat) Kitob O'zbek tilida
Ғаламиснинг хати (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 
O‘TTIZINCHI XAT
Mening qadrli Razilginam!
Ba’zan o‘zingni dunyoga rohat–farog‘at uchun yuborilgan deb o‘ylaysan degan gumonga boraman. Birinchi hujum paytida mijoz o‘zini haddan tashqari yomon tutganini bilib oldim, lekin bularni sening qoniqarsiz xabarlaringdan emas, balki do‘zax politsiyasining hisobotidan bilib oldim. U har doim juda qo‘rqoq bo‘lib chiqishidan qattiq tashvishlanardi va shuning uchun hech qanday mag‘rurlik his qilmasdi. Biroq, mijozing o‘z burchi undan talab qilgan hamma narsani va ehtimol undan ham ko‘proq narsani qildi. Sening hisobingda esa faqatgina oyoq ostidan chiqqan itga qarshi g‘azab, bir necha juft sigaret va birgina ibodatsiz oqshom bor. Qiyinchiliklar haqida nolishdan nima foyda? Agar sen Dushmanning «adolat» g‘oyasini baham ko‘rsang va qobiliyating va niyatlaring hisobga olinishi kerak deb hisoblasang, seni bid’atchilikda ayblashlari mumkin.
Qanday bo‘lmasin, sen tez orada do‘zaxiy adolat haqiqatga yaqin ekanligini va faqat natijalarni qadrlashini tushunib yetasan. Yemish olib kelasan yoki o‘zing yemishga aylanasan.
Maktubingdagi yagona konstruktiv qism, bu – sen hali ham vasiyligingdagi kishining charchog‘idan yaxshi natija kutayotgan qismidir. Chakki emas. Lekin uning o‘zi sening qo‘lingga lop etib tushmaydi. Charchoq haddan tashqari yuvoshlik, xotirjamlik, ba’zan esa sharpalarga ham olib kelishi mumkin. Sen charchagan odamlarning g‘azabga, jahlga yoki sabrsizlikka berilishlarini ko‘p ko‘rgansan, chunki ular odatda juda baquvvat bo‘ladilar. Aql bovar qilmas joyi shundaki, kam charchash to‘liq tinkasi qurigandan ko‘ra g‘azablanishga ko‘proq imkon beradi. Bu qisman jismoniy sabablarga ko‘ra, qisman esa – boshqa sabablarga bog‘liq. Ular nafaqat charchoqdan, balki charchagan odamga qo‘yilgan kutilmagan talablardan g‘azablanishadi. Odamlar nimani xohlasa, o‘zini doimo bunga haqli deb o‘ylashadi. Bizning epchilligimizdagi umidsizlikni esa har doim adolatsizlik tuyg‘usiga aylantirish mumkin. Kamtarin va yuvosh charchoq xavfli, odam muqarrar o‘limga taslim bo‘lganda, dam olish umidini yo‘qotganda va hatto yarim soat oldin o‘ylashni to‘xtatganda ham paydo bo‘ladi. Agar vasiyligingdagi kishini yolg‘on umidlar bilan boqsang, uning charchog‘idan juda yaxshi natijalarga erishasan. Hujum boshqa takrorlanmasligini uning miyasiga quy va keyingi kecha u qanchalik miriqib uxlashini o‘ylab, o‘zingga taskin ber. Tez orada hammasi tugashini aytib, uning charchog‘ini oshir. Axir, odamlar odatda zo‘riqishga bir daqiqadan ko‘proq chiday olmasliklariga ishonishadi. Bu yerda ham, huddi qo‘rqoqlik holatida bo‘lgani kabi, asosiy narsa o‘z xohish–irodasini butunlay rad etishdan qochishdir. U nima deyishidan qat’iy nazar, sodir bo‘layotgan hamma narsa uchun emas, balki «uning qo‘lidan keladigan» hamma narsa uchun jasoratga to‘la bo‘lishi kerak va bu kuch sinovda talab qilinadiganidan kamroq bo‘lishi kerak. Mayli, u sabr–toqat, iffat va jasoratga qarshi hujumlarga qarshi kurashsin. Eng qizig‘i esa – (agar ular bilsalar edi!) bizni deyarli mag‘lub etganida, uni mag‘lub qilish. U juda charchaganida sevgilisi bilan uchrasha oladimi, yo‘qmi, bilmadim? Agar shunday bo‘lsa, charchoq ayollarni gapirishga, erkaklarni esa – sukut saqlashga majburlashidan foydalanishga harakat qilishing kerak. Bu narsa ular bir–birlarini qanchalik «sevishmasin», yashirin xafagarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ehtimol, u ko‘radigan sahnalar senga uning ongiga hujum qilish uchun material bermas – sening oldingi muvaffaqiyatsizliklaring esa endi senga bog‘liq emas. Ammo his–tuyg‘ularga hujum qilishning bir usuli bor, sen hali ham sinab ko‘rishing mumkin. Ilgari inson bo‘lgan mahluqning qoldiqlarini birinchi bor ko‘rganida, u «dunyo aslida shundayli»gini va barcha xudojo‘ylik xom xayoldan iborat ekanligini his etsin. Sen, albatta, biz «aslida» degan so‘zning ma’nosini butunlay chalkashtirib yuborganimizni payqading. Qandaydir ruhiy kechinma haqidagi hikoyaga javoban, ular shunday deyishadi: «Aslida esa sen yaxshi yoritilgan xonada musiqa eshitgansan». Bu yerdagi ushbu so‘zlar faqat kechinmaning qolgan elementlaridan ajratilgan jismoniy dalillarnigina anglatadi. Boshqa tomondan esa, ular shunday deyishlari mumkin: «Kursida o‘tirganingda bunday impulslar haqida gapirishing oson, lekin kutib tur, bu narsa sen bilan ham sodir bo‘ladi!» Bu yerda so‘zlar teskari ma’noda qo‘llaniladi va jismoniy dalillarni (ular allaqachon biladigan) emas, balki inson ongiga hissiy ta’sirlarni anglatadi. Ikkala ma’noda ham qo‘llanilishi mumkin, ammo biz ularni shunday chalkashtirib yuborishimiz kerakki, toki bu so‘zlar bir safar bir ma’noda, keyingi safar boshqa ma’noda ishlatilsin, ya’ni bizga qanday qulayroq bo‘lsa, shu ma’noda. Biz ular orasida allaqachon o‘rnatgan umumiy qoida quyidagicha: ularni baxtliroq yoki mehrliroq qiladigan barcha kechinmalarda faqat jismoniy dalillar «aslida», ruhiy dalillar esa – «sub’ektiv», ularni xafa qiladigan yoki buzishi mumkin bo‘lgan hamma narsada esa ma’naviy – bu haqiqatning o‘zidir va unga e’tibor bermasdan, biz «ishning o‘zidan» qochamiz. Shunday qilib, bola tug‘ilayotganda qon va og‘riq «aslida» ham mavjud, quvonch esa – sub’ektivdir. O‘limda esa bizning dahshatga tushishimiz «aslida» o‘lim nima ekanligini aniqlab beradi. Nafratlangan odam «aslida» jirkanchdir – odam nafratlanganda, uni qanday bo‘lsa, shunday ko‘rasan, nafratlanganda barcha xom xayollar parchalanadi; sevgan yorning jozibasi esa – shunchaki shahvat yoki shaxsiy manfaatlarni yashiradigan sub’ektiv tumandir. Urushlar va qashshoqlik dahshatli, tinchlik va quvonch – sub’ektiv ruhiy holatdir. Bu mahluqlar har doim bir–birlarini tortni butun qoladigan qilib iste’mol qilishni istaganlikda ayblashadi. Biroq, bizning sa’y–harakatlarimiz tufayli, ular tort uchun pul to‘laydilar, lekin uni yeya olmaydilar. Agar mijozni yaxshi boshqarsang, u tez orada insonning ichki a’zolarini ko‘rgandagi his–tuyg‘ularini «haqiqat» deb ifodalaydi, baxtli bolalar yoki yaxshi ob–havoni ko‘rgandagi his–tuyg‘ularini esa – shunchaki hissiyot deb o‘ylaydi.
Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.
Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз Льюис)
«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.
«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.




































































































































