Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (26-xat) Kitob O'zbek tilida
Ғаламиснинг хати (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 
YIGIRMA OLTINCHI XAT
Mening qadrli Razilginam!
Ha, sevib qolganlik davri — o‘n yil o‘tgach, oilaviy nafratning mo‘l hosilini beradigan urug‘larni qadashning eng yaxshi vaqti. Sevib qolganlikning maftunkorligi odamlar bizning yordamimizda shafqat deb qabul qilishi mumkin bo‘lgan natijalarga olib keladi. “Sevgi” so‘zining ikki ma’noligidan foydalan. Mayli, u sevgi yordamida ortga surib kelgan yoki sevib qolganlik ta’siri ostida payqamagan muammolarni hal qildim deb o‘ylayversin. Hozircha sevib qolganlik davom etar ekan, muammolar tinchgina yetishishiga ko‘maklash va ularni muntazam qilib qo‘y.
Asosiy muammo — fidokorlikdir. Dushmanning “shafqat” degan ijobiy so‘zini “fidokorlik” degan salbiy so‘z bilan almashtirib qo‘ygan bizning tilshunoslik bo‘limimizning hayratomuz mehnatiga yana bir marta e’tibor qil. Shu tufayli biz odamni kimningdir farovonligi va foydasiga emas, balki hech qanday foyda ko‘zlamay, yaqinlari uchun “fidokorlik”ka o‘rgatib kelayapmiz. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi yana bir yaxshi ko‘magimiz shundan iboratki, biz ularni fidokorlikka turlicha qarashga o‘rgatdik. Ayollar boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish kerak deb hisoblaydi, erkaklar – boshqalarni tashvishga qo‘ymaslik kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun Dushmanning xizmatidagi ayol bizga erkakdan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi, otamiz allaqachon butunlay egallab olgan erkaklar bundan mustasno. Aksincha, oddiy ayol har kuni qilgani kabi, erkak o‘zicha odamlar uchun juda ko‘p ishlar qilishidan oldin, Dushman qarorgohida juda uzoq yashashi mumkin. Ayol qanday qilib yaxshi ish qilishni o‘ylab olgunicha, erkak esa qanday qilib hech kimga xalaqit qilmaslikni o‘ylab olgunicha, ikkala tomon ham bunga alohida sabab bo‘lmagan holda, boshqa tomonni ancha xudbin deb hisoblaydi.
Bu anglashilmovchiliklarga yana bir nechtasini qo‘shish mumkin. Misol uchun, sevib qolish bir–biriga xizmat qilishga olib keladi, bunda har bir tomon xuddi haqiqatan ham boshqa tomonning istagiga ko‘ra ish tutayotgandek harakat qiladi. Ular Dushman o‘zlaridan ayni shunday natijalarga olib keladigan shafqatlilikni talab qilayotganini bilishadi. Mayli, ular sevib qolganlik tufayli hozir tabiiy ro‘y berayotgan, lekin sevib qolish so‘nganda, ularda rahmdillik yetishmaydigan o‘sha fidokorlik talabini birgalikdagi hayot qonuni darajasiga ko‘taraverishsin. Ular tuzoqni sezishmaydi, chunki ikki tomonlama basirlikdan aziyat chekishadi: 1) sevib qolganlikni shafqat deb qabul qilishadi va 2) bu sevib qolishni mangu davom etadi deb o‘ylashadi.
Mana shunda, nihoyat, rasmiy, oshkora yoki soxta fidokorlik qoida tariqasida o‘rnatilganda, hissiy zahiralar tugab qolgani, ruhiy zahiralar to‘planmagani bois, uni bajarishning iloji qolmaganida, biz eng yoqimli natijalarni olamiz.
Har qanday birgalikdagi ishni muhokama qilarkan, “A” o‘zining zarariga bo‘lsada, “B”ning taxmin qilinayotgan manfaatlarini qo‘llab–quvvatlaydi, «B» esa aksincha ish tutadi. Bunda, ko‘pincha, tomonlardan har biri nimani istayotganini mutlaqo tushunib bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatga erishiladigan bo‘lsa, ular hech biri istamagan narsani qilishadi, bunda har biri o‘zidan qoniqishning yoqimli iliqligini his qiladi, o‘z fidokorligi uchun mukofotlarni kuta boshlaydi va o‘zining qurbonligini o‘ta oson qabul qilgan boshqa tomondan yashirin norozilikni boshdan kechiradi. Keyinroq esa “tantilik nizosi xomxayoli” deb nomlangan puch xayolga jur’at etishing mumkin bo‘ladi. Bu o‘yin, agar unda ikkitadan ortiq odam ishtirok etsa, juda yaxshi chiqadi, masalan, voyaga yetgan bolalari bor oilada. Aytaylik, mutlaqo odatiy biror narsa qilishni xohlb qolishdi, masalan, bog‘da choy ichishni. Oila a’zolaridan biri bu unga kerak emasligini shama qildi (yaxshisi – qisqacha), lekin u, albatta, fidokorlik tufayli rozi bo‘ladi. Boshqalar o‘z taklifini darhol qaytarib oladi, go‘yoki fidokorlik tufaylidek, aslida esa mayda altruizm ob’ekti bo‘lib qolishni istashmaydi. Lekin oilaning o‘sha birinchi a’zosi ham o‘z qurbonligidan zavqlanishni undan tortib olishlarini xohlamaydi. U “boshqalar nima qilayotgan bo‘lsa, shunday qilish”ga tayyorligiga ishontiradi. Qolganlar “u nima qilsa, shunga” tayyor ekanliklariga ishontiradi. Ehtiroslar alanga oladi. Shunda kimdir deydi: “Bo‘pti, yaxshi, unda men umuman choy ichishni istamayman. Hammani xafagarchilik va alamga olib keladigan haqiqiy janjal boshlanadi. Bu qanday qilinishi tushunarlimi? Agar tomonlardan har biri shunchaki o‘zlarining haqiqiy istaklariga amal qilganida, ular sog‘lom fikr va xushmuomalalik doirasida ish ko‘rgan bo‘lishardi, lekin aynan nizo ich–ichdan kelib chiqqan va har bir tomon boshqa tomonning huquqi uchun kurashayotgani bois, o‘ziga bino qo‘yishdan kelib chiqqan hamma dushmanlik, o‘jarlik va keyingi o‘n yilda to‘planib qolgan achchiqlanish, ulardan yashirin bo‘lgan yoki “fidokorlik” bilan yuvilib ketgan. Albatta, har bir tomon raqibning “fidokorligi” qanchalik pastligini va uni qanchalik rasmiy–soxta ahvolga solib qo‘ymoqchi bo‘lishayotganini tushunadi, lekin o‘zini beg‘ubor va begunoh qurbondek his qiladi hamda bunda hech qanday benomuslikni ko‘rmaydi.
Bir aqlli kishi shunday degandi: «Agar odamlar fidokorlik qanchalik yomon tuyg‘ularni keltirib chiqarishini bilganlarida edi, buni shunchalik qizg‘in targ‘ib qilmagan bo‘lishardi». Yana bir gap: «U boshqalar uchun yashaydigan ayoldir. Bu ko‘rinib turibdi, chunki boshqalarning sillasi qurigan». Buning hammasini sevib qolganlik davrida boshlash mumkin. Haqiqiy xudbinlikning zarralari qachonlardir yuqorida sanab o‘tilgan mevalarni beradigan, bu sun’iy va o‘zini yaxshi ko‘radigan qurbonlikning dastlabki namoyon bo‘lishlariga qaraganda, ancha kichikroq. Ikki tomonlama nosamimiylik, qiz yigitning qurbonligini har doim ham payqamayotganidan ozroq hayron qolishni mana endi qo‘shib yuborsa bo‘ladi.
Buning tashvishini qil, lekin asosiysi — ushbu yosh tentaklarga “sevgi” yetarli emasligi, shafqat zarurligi, ular esa bundan hali uzoqligi va hech qanday tashqi qoida buning o‘rnini bosa olmasligini tushunib yetishlariga yo‘l qo‘yma. Men bu yosh xonimning hazilkashlik hissi ustida Tilyog‘lamaning yana ishlashini istagan bo‘lardim.
Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.
Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз Льюис)
«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.
«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.




































































































































