G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) 18 bob

Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (18-xat) Kitob O'zbek tilida

Ғаламиснинг хати  (Клайв Стейплз  Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб Klayv Styeyplz Lyuis. G‘alamisning xati. Audiokitob O'zbek tilida


O‘N SAKKIZINCHI XAT

Mening qadrli Razilginam!

Hatto Yaramas davrida ham sen jinsiy aloqa vasvasalari texnikasini o‘rganishing zarur edi va biz ruhlar uchun bu dahshatli zerikish bo‘lgani bois (garchi mutlaqo majburiy bo‘lsada), men ularni bu yerda gapirmay o‘taman. Jins bilan bog‘liq bo‘lgan chuqurroq boshqa muammolarga kelganda esa, sen o‘rganishing mumkin bo‘lgan narsalar ko‘p deb o‘ylayman. Dushmanning irodasiga ko‘ra, odamlar bahs qarshisida turadi: yo butunlay o‘zni tiyish lozim yoki talabchanlikni bo‘shashtirmay, yakka nikohli bo‘lish zarur. Lekin otamizning dastlabki buyuk g‘alabasi davridan buyon biz o‘zni tiyishni ular uchun mutlaqo qiyin qilib qo‘yganmiz. Yakka nikohlikni esa biz so‘nggi asrlarda najot yo‘lidan nari olib ketishga harakat qildik. Odamlarni ular “sevishganlik” deb ataydigan alohida va qisqa muddatli kechinma – nikohning yagona munosib asosi ekanligiga, nikoh bu kechinmani doimiy qilishi mumkin va zarur ekanligiga va nihoyat, bunday kutishlarni oqlamaydigan nikoh o‘z ma’nosini yo‘qotishiga ishontirib, biz yakka nikohlikni najot yo‘lidan nari olib ketishni shoirlar va yozuvchilar yordamida amalga oshirdik. Bu g‘oya Dushmanning g‘oyasiga parodiya bo‘ldi. Do‘zaxning butun falsafasi yo unisi yoki bunisi degan aksiomada mujassamlashgan. Meniki menga tegishli, seniki –senga. Bir kishi qo‘lga kiritgan narsadan ikkinchisi mahrum bo‘ladi. Hatto moddiy ob’ekt o‘zi egallab turgan makondagi qolgan boshqa hamma ob’ektlarni istisno qiladi. Agar uning hajmi kattalashsa, u boshqa narsalarni chetga suradi yoki ularni yutib yuboradi. Har qanday o‘zlik xuddi shunday harakat qiladi. Hayvonlar yeb, yutib yuborishadi. Bizda kuchli kuchsizning irodasi va erkinligini yutib yuboradi. «Mavjud bo‘lish» — “musobaqalashish” demakdir.

Dushman bu ayon haqiqatni tinimsiz aylanib o‘tishga urinadi. Uning falsafasi qarama–qarshiliklarda mujassamlashgan. Dunyo ko‘p qiyofali va ayni paytda birdam bo‘lishi kerak. Bir kishining yutug‘i boshqaning ham yutug‘i bo‘lishi zarur. Mana shu be’manilikni U sevgi deb ataydi. Buni U yaratadigan hamma narsada va hatto U namoyon bo‘ladigan (yoki namoyon bo‘ladi deb ta’kidlaydigan) har bir narsada ko‘rish mumkin. Shunday qilib, oddiy arifmetik birlik bo‘lish Unga kamlik qiladi. Ko‘ryapsizmi, U ayni paytda Uch Birlik va Yagonadir. Sevgi haqidagi bu tuturiqsizlik Uning O‘z tabiatida asos topishi uchun U shuni aytadi. Boshqa tomondan esa, U organizmdek vijdonsiz kashfiyotni kiritadi, bu organizmda hamma qismlar o‘zining tabiiy vazifasi – musobaqalashishdan jirkanadi – va murosaga keltirilgan.

U jinsiy farqni ko‘payish usuli sifatida qo‘llaganining asl sababi mutlaqo tushunarli. Qara, U bundan qanday foyda olgan. Jinsiy farq, bizning nazarimizda, butunlay beayb bo‘lishi mumkin edi. Bu shunchaki kuchlining hisobiga kuchsiz azoblanishining turlaridan biri bo‘lishi mumkin, bu xuddi o‘rgimchaklarda jinsiy yaqinlik tugashi bilan kelin kuyovni yamlab yuborishiga o‘xshaydi. Lekin Dushmanning inoyati tufayli odamlarda jinsiy moyillik o‘zaro bog‘liqlik bilan mustahkamlangan. Bundan tashqari, U bolalarning ota–onalarga bog‘liqligini o‘rnatgan va ota–onalarni farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishga undagan, shu tariqa faqat yomonroq bo‘lgan organizmni eslatuvchi oilani yaratgan, chunki bu yerda a’zolar yanada mustaqilroq bo‘lib, ularning bir–biriga bog‘liqligi ancha ongli va mas’uliyatliroqdir. Oxir–oqibatda bu – odamlarni sevgiga jalb qiluvchi yana bir kashfiyotdir.

Endi esa eng kulgilisi. Dushman er–xotinlarni “yagona vujud” deb atagan. U “baxtli er–xotin juftligi” yoki “sevgiga ko‘ra turmush qurgan juftlik” demagan. Sen esa shunday qilishing mumkinki, toki odamlar buni tushuna olmasin. Bundan tashqari, shunday qilki, xuddi o‘sha Pavlus buni nikohdan o‘tmagan juftliklarga ham qo‘llaganini ular esdan chiqarib yuborsin. Uning so‘zlariga qaraganda, xususan, qovushish odamlarni “yagona vujudga aylantiradi”. Odamlar aslida – shunchaki jinsiy maylni “sevishganlik” shavqi deb hisoblashiga erishish zarur. Haqiqatan ham, erkak qachon ayolga qo‘shilmasin, o‘zi shuni xohlaydimi–yo‘qmi, ular o‘rtasida qandaydir avjga chiqqan munosabat o‘rnatilib, bu munosabat bir umrga ularni qiynaydi yoki shodlik keltiradi. Bu munosabat bog‘liqlik va oila yaratishga qaratilganidan kelib chiqib (agar bu munosabatga butunlay sho‘ng‘ib ketilsa, shunday bo‘ladi ham), odamlarga faqat o‘zlari “sevishganlik” deb  ataydigan muqaddaslik yoki nikoh baxtini yaratadi degan qo‘rquv va mayl aralashmasiga soxta ishonchni uqtirish mumkin bo‘ladi. Bu xatoni sodir etish oson, chunki G‘arbiy Yevropada “sevishganlik” Dushmanning irodasiga muvofiq tuziladigan nikohlardan oldin ro‘y beradi, ya’ni sodiqlik, bir–biriga nisbatan iltifot va serpushtlik nazarda tutilganidan ilgari sodir bo‘ladi. Mana senga o‘xshashlik: diniy sertuyg‘ulik ham ba’zan imonga kirishga ko‘maklashadi. Qo‘yaver, odamlar nikohning asosini Dushman faqat uning natijasi sifatida va’da qilgan varianti, deb hisoblayversin. Bundan shu zahotiyoq ikkita yaxshi imkoniyat kelib chiqadi. Birinchidan, o‘zini tiyish iste’dodiga ega bo‘lmagan odamlarni nikohdan tiyib turish mumkin, chunki ular “sevib qolmagan” – biz tufayli “sevgiga ko‘ra bo‘lmagan” nikoh haqidagi fikr ularga past va hayosiz bo‘lib tuyuladi. Ha, ha, ular aynan shunday o‘ylashadi. Ular o‘zaro yordam, bokiralikni saqlash va naslni davom ettirish uchun nikohdan o‘tish hissiyotlarning tasodifiy bo‘roniga qaraganda pastroq turadi deb hisoblashadi (imkoniyatni qo‘ldan chiqarma, o‘z mijozingni nikoh ahdi marosimini ancha nomukammal deb hisoblashga majbur qil). Ikkinchidan, nikohga intilgan har qanday jinsiy mayl “sevgi” deb ataladi, bu turdagi sevgi esa har qanday gunohni kechiradi va mutlaqo dunyoviy, ahmoq yoki buzuqi ayolga uylanishni bemalol keltirib chiqarishi mumkin. Ammo bu haqda keyingi xatda batafsilroq gap boradi.

Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.


Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз  Льюис)

«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.

«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак