Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (16-xat) Kitob O'zbek tilida
Ғаламиснинг хати (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 
O‘N OLTINCHI XAT
Mening qadrli Razilginam!
O‘tgan xatingda sen qo‘l ostingdagi kishi hali ham o‘sha jamoat (cherkov)ga qatnayotgani va bu jamoat (cherkov)dan juda ham rozi ekanligini eslatib o‘tibsan. Qanday savol qo‘yilishi mumkin, nima deb o‘ylaysan? Nega haligacha uning muqimligi sabablari haqida xabar kelmayapti? Agar u befarlikka shunchalik yopishib olgan bo‘lsa, bizning ishlarimiz yomon, buni tushunayapsanmi yoki yo‘qmi?
Albatta, agar odamni jamoat (cherkov)ga qatnashdan davolashning iloji bo‘lmasa, eng yaxshisi – uni o‘ziga “ma’qul bo‘ladigan” jamoat (cherkov)ni uzoqdan izlashga jo‘natish ekanligi senga malum. To jamoat (cherkov)larni qadrlovchi va yaxshi biluvchiga aylangunicha daydib yuraversin.
Bizning bunday faoliyatimiznng sabablari ayon. Birinchidan, qavmning uyushmasiga hujum qilish darkor, chunki ular o‘xshashligiga ko‘ra emas, balki yashash joylariga ko‘ra birlashishadi. Bu esa turli toifa va ruhiyatdagi odamlarni Dushman istagan birdamlikka olib keladi. Kongregatsiya qoidasi esa har bir jamoat (cherkov)ni bemalol qandaydir klubga, bordi–yu hammasi muvaffaqiyatli chiqsa — biror to‘garak yoki fraksiyaga aylantirishi mumkin. Ikkinchidan, ma’qul keladigan jamoat (cherkov)ni izlashlar odamni Dushman O‘z shogirdi deb ko‘rishni istagan joyni tanqid qilishga moyil etadi. Dushman jamoat (cherkov)dagi dunyoviy kishi haqiqatan ham tanqidga moyil bo‘lishini, ya’ni yolg‘on va foydasiz narsani qabul qilmasligini va bunda mutlaqo tanqidchi bo‘lmasligini – unga jamoat (cherkov) berayotgan hayotbaxsh ibtidoni qoralamasligi va savdolashmasligini, balki unga jamoat (cherkov) berayotgan (ko‘rayapsanmi, u qanchalik xor darajada ruhsiz va umid qilib bo‘lmas darajada dag‘al?) ibtidoni qabul qilishga donolik qilmay, itoatkorona bo‘ysunishini istaydi. Bu oddiy so‘zlar odamga va uning ruhiga juda ko‘p narsalarni aytib berishi mumkinligiga olib keladi (bu bizning siyosatimizga butunlay teskari). Odam bunday nuqtai nazarda turib qabul qilinadigan har qanday va’z yoki kitob biz uchun juda xavfli. Shunday ekan, g‘ayrat bilan ishga kirish va bu ahmoqni iloji boricha tezroq yaqin atrofdagi jamoat (cherkov)larga jo‘nat. Sening oxirgi xabaringni hech ham qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Bizning xizmat kartotekamizdan foydalanib, men unga atab ikkita qo‘shni jamoat (cherkov)ni ko‘z ostimga olib qo‘ydim. Har birining o‘z xususiyati bor. Ulardan birida ruhoniy skeptik va hushyor fikrlaydigan qavm uchun imonni ancha tushunarli qilish maqsadida, imonga shunchalik uzoq vaqt va sa’y–harakat bilan ko‘pirtirdiki, endi qavmdagilar emas, balki u qavmni imonsizlik bilan tang qoldirmoqda. U ko‘plarning qalbidagi imonga putur yetkazishga ulgurib bo‘ldi. Uning xizmat qilish uslubi ham hayratomuz. Qavmdagilarni “qiyinchiliklar”dan qutqarish uchun u ko‘p narsani o‘chirib tashladi va endi o‘zi buni anglamagan holda, hamma o‘zlarining o‘n beshta sevimli diniy qasidasi va yigirmata matn o‘qishlari atrofida aylangani–aylangan, biz esa shu choqqacha unga va qavmiga ma’lum bo‘lmagan qandaydir haqiqat ularga Bitiklar orqali yetib borishidan qo‘rqmasak ham bo‘laveradi. Lekin sening mijozing bu jamoat (cherkov) uchun unchalik ham ahmoq bo‘lmasligi yoki hozircha unchalik ahmoq bo‘lmasligi ehtimoli ham bor.
jamoat (cherkov)da Tikanak ota xizmat qiladi. Odamlar uning qarashlari kengligini tushunishi qiyin: bir kun u deyarli kommunist, boshqa kuni – biror teokratik fashizmdan unchalik ham uzoq emas: bir kun u sxolastikaga moyil bo‘lsa, boshqa kuni umuman inson ongini inkor qilishga tayyor; bir kun siyosat bilan shug‘ullanadi — bu dunyoning barcha davlatlari “qoralanib bo‘lgan”ligini bayon qiladi. Biz, albatta, bularning hammasini bog‘lovchi ipni ko‘rib turibmiz: bu nafratdir. Bu odam faqat uning yaqinlarini va do‘stlarini gangitib qo‘yuvchi, dilini og‘rituvchi, tashvishga soluvchi yoki xo‘rlovchi narsalarni va’z qilishi mumkin, xolos. Ular qabul qilishi mumkin bo‘lgan va’z uning uchun ovoz chiqarib o‘qish mumkin bo‘lgan siyqasi chiqqan poema bo‘lishi mumkin bo‘lardi. Bundan tashqari, unda ko‘p narsani va’da qiluvchi jihat – noinsoflik bor. Aslida u: “Men yaqinda buni Maritenning asarida... yoki boshqa kimdandir o‘qiganligimga deyarli ishonchim komil” deb aytishni nazarda tutgan bir paytda: “Jamoat (cherkov)... shunga o‘rgatadi” deb aytishga undaymiz. Lekin seni uning bir mutlaqo azaliy nuqsonidan ogohlantirishim shart: u imonli. Bu esa hammasini buzib yuborishi mumkin. Lekin bu ikkala jamoat (cherkov)da ham bitta yaxshi qirra bor – ular guruhbozlikka moyillik bildiradi. Menimcha, agar vasiyligingdagi qishini jamoat (cherkov)dan tashqarida tutib turishning iloji bo‘lmasa, uni faol ravishda jamoat (cherkov) atrofidagi guruhlardan biriga jalb qilish zarurligi haqida seni ogohlantirgandim, shekilli. Men hozir diniy ta’limotdagi farqlarni nazarda tutayotganim yo‘q — bu borada u qanchalik mo‘ta’dil bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Yovuzlikni yaratar ekanmiz, biz umuman ularning aqidalariga tayanmoqchi emasmiz. Tomonlardan hech biri Xuker va Foma Akvinat ta’limotlari o‘rtasidagi farqni aniqlashga qodir bo‘lmaganligi ehtimoli mavjud bo‘lganda, tushuntirishlari hech bo‘lmaganda, besh daqiqalik tanqidga chidab bermaganda, “Messa” deyayotganlar va “xizmat qilish” deyayotganlar o‘rtasida nafrat uyg‘otish nasib qilganda, haqiqiy xushchaqchaqlik paydo bo‘ladi. Barcha muhim bo‘lmagan tafsilotlar — shamlar, ibodatxona xorini kiyintirish va boshqalar — bunday faoliyat uchun ajoyib zamindir. Biz o‘sha o‘ta yomon ko‘radigan Pavlus taom va boshqa arzimas narsalar haqida fikr yurita turib, nimaga o‘rgatganini, ya’ni injiq bo‘lmagan odam injiq odamga yon bosishi kerakligini allaqachon onglardan o‘chirib yuborganmiz. Seningcha, odamlar qanday qilib buni hayotda qo‘llashni tushunishlari mumkin? Biri o‘z akasini xijolat qilmaslik uchun tizzasini bukadigan va cho‘qinadigandek, boshqasi esa akasini bu butparastlikka undamaslik uchun o‘sha taqvodorlik alomatlaridan o‘zini tiyadigandek tuyuladi. Agar bizning tinimsiz mehnatimiz bo‘lmaganida, shunday bo‘lardi ham. Busiz ingliz jamoat (cherkov)lari odatlaridagi farq ehtimol, shafqat va itoatkorlikning sababi va yetishtiruvchisi bo‘lib qolgan bo‘lardi.
Seni yaxshi ko‘ruvchi amaking G‘alamis.
Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз Льюис)
«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.
«Письма Балам ута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.




































































































































