Klayv Styeyplz Lyuis G‘alamisning xati- (Audiokitob) Kitob O'zbek tilida
Ғаламиснинг хати (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб 
KIRISH
Hozir men jamoatchilik e’tiboriga havola qilayotgan bu yozishma qanday qilib qo‘limga tushib qolganini tushuntirib o‘tirmoqchi emasman.
Jinlarga nisbatan bir xil va qarama–qarshi bo‘lgan ikkita yanglish fikr bor. Birovlar jinlarga ishonmaydi, boshqalar ishonadi va ularga keraksiz hamda nosog‘lom qiziqish bildiradi. Jinlarning o‘zi ikkala xatodan ham xursand va materialistni ham, jodugarlik ishqibozini ham bir xil shavq bilan qutlashadi.
O‘quvchilarimga shuni maslahat beraman: iblis — yolg‘onning otasi. Garchi G‘alamis o‘z nuqtai nazarida aytayotgan gaplarini haqiqat deb hisoblasada, hammasiga ham ishonavermaslik kerak.
Men xatlarda tilga olinganlarning shaxslarini aniqlamadim. Biroq, masalan, Tikanak ota yoki vasiylikdagi kishining onasi aniq tasvirlangan deb o‘ylayman. Xuddi Yerdagi kabi do‘zaxda ham fikrlarni o‘z niyatlariga moslab bo‘yashni eplashadi.
Xulosa sifatida men xatlarning ketma–ketligini aniqlashga urinmaganimni qo‘shimcha qilmoqchiman. Menimcha, sanalashtirishning iblischa qoidasi ko‘pincha Yerdagi vaqt bilan hech qanday bog‘lanmagan, shuning uchun ham men uni qayta tiklab o‘tirmadim. Ikkinchi jahon urushi tarixi G‘alamisni faqat uni qiziqtirayotgan odamning ruhiy olamiga qanday ta’sir etgani darajasidagina qiziqtira olgan bo‘lishi mumkin.
K. S. Lyuis, Modlin Kollej, 1941
Книга на Узбекском языке: «Письма Баламута» (Клайв Стейплз Льюис)
«Письма Баламута» Клайва Льюиса — уникальное произведение. Это и повесть в лучших традициях эпистолярного жанра, и философская притча, и аллегорическое религиозное наставление.
«Письма Баламута» — рассказ Клайва Льюиса 1942 года, написанный в традициях эпистолярного жанра в котором за внешне забавной историей скрываются серьезные духовные проблемы.




































































































































