1Men, Iso Masih uchun bandi bo‘lgan Pavlus hamda ukamiz Timo‘tiydan sevikli hamkorimiz Filimo‘nga salom! 2Singlimiz Affiya bilan safdoshimiz Arxippga, shuningdek, xonadoningda yig‘ilib turadigan imonlilarning hammasiga salom yo‘llaymiz. 3Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin.
4Men duolarimda har doim seni eslab, Xudoyimga shukur qilaman. 5Chunki Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoning va barcha ahli mo‘minga bo‘lgan muhabbating haqida eshitib turaman. 6Sening imon yo‘lida qilayotgan faoliyating ta’sirchan bo‘lgay, Masihdan bizga nasib bo‘ladigan butun xayr-barakani bilib olgaysan. 7Sening mehr-muhabbating menga katta sevinch va tasalli berdi. Birodarim, sen tufayli ahli mo‘minning ko‘ngli tinch.
8Mayli, shunday bo‘lsa ham, Masih nomidan senga buyruq berishga to‘la vakolatim borligini aytsam bo‘ladi. 9Buning o‘rniga men, mo‘ysafid Pavlus, endi Iso Masih uchun bandi, mehribonlik bilan sendan iltimos qilaman. 10Men mahbusligimda ko‘rgan o‘g‘lim O‘nisim[1] haqida sendan iltimos qilmoqchiman. 11O‘nisim bir vaqtlar senga foydasiz edi, endi esa senga ham, menga ham foydalidir. Men uni senga qaytarib yuboryapman. 12Uni, ya’ni o‘zimning jon-dilimni, yaxshi qabul qil!
13Men Injil uchun qamoqda yotibman, shuning uchun O‘nisimni o‘z oldimda olib qolib, sening o‘rningda menga xizmat qilishini istar edim. 14Ammo sening roziligingsiz hech bir ish qilishni xohlamadim. Chunki sening qiladigan iltifoting majburiyat yuzasidan bo‘lmay, balki ixtiyoriy bo‘lishini istadim. 15Nahotki sen umrbod qabul qilishing uchun O‘nisim sendan vaqtinchalik ayrilgan bo‘lsa? 16Sen uni endi qul kabi emas, balki quldan yuqori, sevikli uka sifatida qabul qil. Men uni juda yaxshi ko‘raman. Sen esa uni ham odam bolasi sifatida, ham Rabbimizning bolasi sifatida yana ko‘proq sevishing shubhasiz.
17Agar sen meni safdoshing bilsang, O‘nisimni meni qabul qilganday qabul qil. 18Agarda u seni biror narsada xafa qilgan bo‘lsa yoki sendan qarzdor bo‘lgan bo‘lsa, buni mening zimmamga yukla. 19Men, Pavlus, buni o‘z qo‘lim bilan yozyapman: men to‘layman. Axir, senga o‘z hayoting bilan mendan qarzdor ekanligingni aytayotganim yo‘q! 20Ha, birodarim, Rabbimiz haqi sendan bir foydalanay! Masih haqi ko‘nglimni tinchitgin! 21Sen mening so‘zlarimga quloq solib, aytganlarimni qilasan, ha, bundan ham ko‘proq qilasan, deb ishonib, bularni yozdim.
22Bundan tashqari, menga bir turar joy ham tayyorla. Chunki Xudo ibodatlaringizni eshitib, meni yana sizlarning oldingizga qaytarishiga umid qilaman.
23-24Men bilan birga Iso Masih uchun mahbus bo‘lgan Epafras, hamkorlarim Mark, Aristarx, Dimas, Luqo senga salom yo‘llayaptilar.
25Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarning ruhingizga yor bo‘lsin. Omin.
[1] 1:10 - O‘NISIM: xo‘jayini Filimo‘ndan qochib, Rimda Pavlus bilan birga qamab qo‘yilgan qulning ismi; tarjimasi “foydali” demakdir. Pavlus O‘nisimni qamoqda yotganda imonga kiritgani uchun uni “mahbusligimda ko‘rgan o‘g‘lim” deydi; yana qarang: Kolosaliklar 4:9.
Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Kitoblar - Kutubxona | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 | VIDEO | UzLatin.com | Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
![]() (skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
![]() (skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
KitoBook.com