1Chin ko‘ngildan sevadigan aziz do‘stim Gayga men – mo‘ysafiddan salom! 2Mahbubim, sening joning huzur topgandek, yana har jihatdan huzur topib, sog‘-salomat bo‘lishingni tilayman.
3Birodarlarimizdan bir nechtasi kelib, sening haqiqatga sodiq qolganing to‘g‘risida guvohlik berishdi, bunga men haddan tashqari sevindim. Chindan ham sen haqiqat yo‘lidan borayotirsan. 4Men uchun farzandlarimning haqiqat yo‘lidan borayotganlarini eshitishdan ulug‘roq bir sevinch yo‘q.
5Mahbubim, sen begona birodarlarimizga sidqidildan xizmat qilib yuribsan. 6Ular imonlilar jamoati oldida sening mehribonchiligingni ko‘kka ko‘tarishdi. Sen ularni Xudoga munosib tarzda yo‘lga otlantirsang, yaxshi ish qilgan bo‘lasan. 7Chunki ular majusiylardan hech yordam qabul qilmasdan, Iso Masih nomi uchun yo‘lga tushgan edilar. 8Binobarin, haqiqat yo‘lida xizmat qiluvchilarning mehnatida qatnashish, bunday odamlarni qo‘llab-qo‘ltiqlash bizning burchimizdir.
9Men imonlilar jamoatiga ba’zi narsalarni yozgan edim. Ammo ularning oralarida o‘zini katta tutayotgan Diotref bizlarni qabul qilmayotir. 10Agar kelsam, uning qilmishlarini fosh etaman. U biz haqimizda yomon gap tarqatib, nomimizga isnod keltirib yuribdi-ku. Bu bilan ham kifoyalanmay, boshqa birodarlarni o‘zi qabul qilmayapti, qabul qilmoqchi bo‘lganlarga esa to‘sqinlik qilyapti va hatto ularni jamoatdan quvib chiqaryapti.
11Ey mahbubim, sen yomonlikni tanqid qil, yaxshilikka taqlid qil. Yaxshilik qiluvchi Xudoning farzandidir. Yomonlik qiluvchi Xudoni ko‘rgan emas.
12Dimitriyning qadr-qimmatiga hamma guvoh, haqiqatning o‘zi ham guvohdir. Biz bunga o‘z guvohligimizni qo‘shamiz, bizning guvohligimiz to‘g‘ri ekanini o‘zing bilasan.
13Senga yozadigan ko‘p gaplarim bor edi-yu, ammo siyohu qalam bilan yozishni xohlamadim.
14Yaqinda seni ko‘rish umididaman, o‘sha vaqtda yuzma-yuz gaplashamiz.
15Tinch-omon bo‘lgil. Do‘stlar senga salom yo‘llayaptilar. U yerdagi do‘stlarimga nomma-nom salom aytib qo‘y.
Omin.
Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Kitoblar - Kutubxona | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 | VIDEO | UzLatin.com | Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
![]() (skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
![]() (skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
KitoBook.com