1Xudo tanlab olgan aziz xonim[1] bilan uning bolalariga salom! Men – mo‘ysafid sizlarni chin yurakdan sevaman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi ham shunday sevadi. 2Zero haqiqat bizning dilimizga jo bo‘lgan va to abad bizlar bilan bo‘ladi. 3Otamiz Xudo va Otaning O‘g‘li – Rabbimiz Iso Masih bergan inoyat, marhamat va tinchlik sizlarga doim yor bo‘lgay, sizlarni haqiqat va muhabbat yo‘liga yo‘naltirgay.
4Ey xonim, Otamizning bizga buyurganiga ko‘ra, sening bolalaringdan bir nechtasi haqiqat yo‘lidan borayotganlarini ko‘rib, juda ham xursand bo‘ldim. 5Endi sendan iltimos qilaman, bir-birimizni sevaylik. Senga yangi amr yozayotganim yo‘q, bu azaldan bizlar qabul qilgan amr. 6Muhabbat – Xudoning amrlariga amal qilishimiz degani. Ilohiy amrning mohiyati esa, boshdan eshitganingizdek, muhabbatga amal qilishimizdan iborat.
7Vaholanki, inson vujudiga kirgan Iso Masihni tan olmovchi ko‘p aldamchilar jahonning har tarafiga yoyilib ketganlar. Eng katta aldamchi – dajjol ham bular qatorida turadi. 8Qilgan mehnatimizning mahsulini yo‘qotmaslik va hamma mukofotni olish uchun o‘zingizga ehtiyot bo‘lingiz. 9Haddidan oshgan, Masih ta’limotidan uzoqlashgan har qanday odamda Xudo yo‘q. Bu ta’limotga amal qilgan kishi esa Otaga ham, O‘g‘ilga ham ega bo‘ladi. 10Agar biror kishi oldingizga kelib bu ta’limotni o‘rgatmasa, uni uyingizga kiritmanglar, unga salom ham bermanglar. 11Chunki unga salom bergan kishi uning yomon ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi.
12Sizlarga yozadigan ko‘p gaplarim bor edi-yu, ammo qog‘ozu siyoh bilan yozishni istamadim. Sizlarning shodligingiz tugal bo‘lsin, deb men oldingizga borib yuzma-yuz gaplashish umididaman.
13Xudo tanlagan singlingning[2] bolalari senga salom yo‘llayaptilar.
Omin.
[1] 1:1 - XONIM: biror Masih jamoati va uning a’zolari ramzi bo‘lsa kerak.
[2] 1:13 - SINGLING: Havoriy Yuhanno pir bo‘lgan jamoatning ramzi bo‘lishi mumkin.
Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Kitoblar - Kutubxona | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 | VIDEO | UzLatin.com | Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
![]() (skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
![]() (skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
KitoBook.com