Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (12-боб) Китоб Ўзбек тилида
Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob 
MUNDARIJA
MUQADDIMA
XOTIRA DAFTARIM
1-QISM. KIRISH SO‘ZI
2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON
2 BOB. Xudo haqida
3 BOB. O‘zim haqimda
4 BOB. Gunoh haqida
5 BOB. Ustunliklar haqida
6 BOB. Nikoh haqida
7 BOB. Bolalar haqida
8 BOB. His-tuyg‘ular haqida
9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida
III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH
10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi
11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat
XOTIMA
XOTIMA. Xotira daftarim,
Bugun nevaramning o‘g‘illaridan biri Xenan xotini va ikkala qizi bilan biznikiga keldi. Ular o‘zlarining bog‘idan meva va sabzavotlar olib kelishdi. Nevaralarimiz va evaralarimiz bizga juda yaxshi qaraydi, ayniqsa hozir, qariganimizda, kuchdan qolib, sog‘ligimiz yomonlashib borayotgan paytda.
Ko‘zim xiralashib boryapti. Shunday bo‘lsada, ko‘p masalalar borasida endi-endi ko‘zim ochilmoqda. Ko‘p yillar avval, bu ko‘zlar hali yosh, nurga to‘lib turgan paytlarda aslida ko‘r bo‘lganman. Ilonga ishonish aqlsizlik ekanligini ko‘rmaganman. O‘sha birgina noto‘g‘ri tanlovimiz qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini ko‘rmaganman. Bolalarimiz qanday azoblarni boshdan kechirishini ko‘rmaganman. Garchi Xudo ilk gunoh va u orqali kirib kelgan lan’at uchun Odam Atoni javobgar deb hisoblashini bilsamda, Ilonning tuzog‘iga tushganim bois, dilimni aybdorlik hissi tirmalab keladi.
O‘sha paytda ko‘zimga faqat o‘sha, xohish-ishtiyoqimni uyg‘otgan meva ko‘rinar, unga erishsam bo‘ldi deb o‘ylardim. Istaganimga erishdim ham, lekin oqibati nima bo‘lishini tasavvur ham qilmagan ekanman. Bir lahzada itoatsizlik qilishim og‘riq va pushaymon olib keldi.
Endi-endi, oxiri bo‘lmagan yugurib-elishlardan va azob-uqubatlardan keyin, Xudo bizni qanchalik yaxshi ko‘rishini, har doim biz haqimizda g‘amxo‘rlik qilib kelganini tushunib yetdim. Endilikda men Uning yo‘llari to‘g‘ri ekanligini, Unga quloq solish, ortidan ergashish lozimligiga amin bo‘lyapman. Oh, qani endi yolg‘on bo‘lib chiqqan narsalar uchun yo‘qotilgan yillarni orqaga qaytarish mumkin bo‘lsaydi!
O‘tmishimga qarar ekanman, Xudoning iltifotini ko‘rib lol qolaman. O‘sha dahshatli kundan keyin U bizni abadul-abadga unutib yuborishi ham mumkin edi. Biroq U biz bilan munosabatni tiklashga intilishdan to‘xtamadi. Ikkala o‘g‘limizni yo‘qotganimizdan keyin, Xudo bizga o‘g‘il berdi. Odam unga Shis deb ism qo‘ydi. So‘ng biz yana to‘rtta o‘g‘il va qizlarni dunyoga keltirdik. Biroq biz uchun aynan Shis – Xudo ato etgan quvonch va qayta tiklanishning ifodasi bo‘lib qoldi.
Shuningdek, Egamiz bir kun kelib odamzotga boshqa bir O‘g‘il berilishini va’da qildi. Ilon Unga hamla qiladi, bizni yaralagani kabi, Uni yaralaydi. Biroq O‘g‘il Iloning boshini ezib tashlaydi.
Aynan men, erim bilan birga ko‘p yillar avval ilk gunohning kirib kelishiga sababchi bo‘lganman. O‘sha dahshatli hodisalarni hech qachon orqaga qaytara olmayman. Biroq qanday inoyat! – Egamiz o‘sha O‘g‘ilning ayol zotidan tug‘ilishini aytdi. O‘g‘il tufayli gunohning halokatli ta’siriga barham beriladi. Garchi men Xudoning irodasiga qarshilik qilgan bo‘lsamda, U meni rad etmadi, meni kechirishning imkonini topdi. U meni butunlay o‘zgartirishni, yangi ijod qilib yaratishni rejalashtirdi, toki yana ruhiy samara berishga qodir bo‘layin. Chindan ham U bizning Egamiz, gunoh bo‘yinturug‘idan bizni sotib olgan Xaloskorimizdir.
Uning va’dalari qachon va qanday bajo bo‘lishi menga noma’lum. Biroq shuni aniq bilamanki, Uning so‘ziga ishonaman. Bu dunyoda necha kunim qolganidan qat’iy nazar, bu vaqtni haqiqat bilan, Xudoga itoat qilib o‘tkazmoqchiman. Bu borada yaqinlarimga yordamlashishni istayman. Yolg‘onga ishonish oqibatida qachonlardir mening hamyotim va butun oilamning hayoti barbod bo‘lgan edi. Endi esa Xudoning haqiqati tufayli men yana ozod bo‘ldim!
Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят женщины (Нэнси Демосс)
Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.




































































































































