Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 2 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (2-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

• Xudo bu darajada iltifotli emas, agar iltifotli bo‘lganida ...

• Xudo meni yaxshi ko‘rmaydi

• Xudo xuddi mening otam singari

• Baxtli bo‘lish uchun Xudoning O‘zi yetarli emas

• Xudo mening erkinligimni chegaralashni istaydi

• Xudo mening muammolarimga barham berishi kerak

• Yolg‘onni haqiqat bilan qarshi oling

• Amalda qo‘llash

Xotira daftarim,

Chalkashib ketdim. Kechagina tongda ertangi kunga ishonch bilan qarardim, bugun esa kimga yoki nimaga ishonishni bilmayman. Xudo hali hech qachon menga Uning sevgisidan ikkilanishga asos bermagan edi. Uning iltifotli ekanligiga ishonishim uchun menda minglab sabablar bo‘lgan. Men hech qachon U haqiqatni aytmasligi mumkinmi deb o‘zimga savol bermaganman. Men Unga ishonar edim. Uning so‘zlariga ishonar edim.

Endi bu xuddi biz bilan har tong Bog‘da sayr qilgan, suhbatlashgan, qo‘shiq aytgan Xudo emas, balki boshqa, men yaxshi bilmagan Xudodek bo‘lib qoldi. Agar U shunchalik iltifotli bo‘lganida, nima uchun Ilon bilan gaplashganimda bizni to‘xtatmadi yoki daraxtning mevasidan yeyishimga yo‘l qo‘yib berdi? Nima uchun daraxtni bu qadar chiroyli, undagi mevani yeyishli qilib yaratdi? Qolaversa, bu daraxtni Boqqa o‘tkazmasa bo‘lmasmidi? Daraxtning mevasidan yemasligimiz nimaga Xudo uchun bu qadar muhim bo‘lgan?

Xudo bizdan juda uzoqda bo‘lib qolgandek tuyuladi. Undan qo‘rqyapman. U “yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o‘lasan” degandi. Jazo o‘ta beshavqatdek nazarimda, adolatsizdek. Axir bu bizning birinchi marta ayb ish qilishimiz. Bugun U bizni Adan bog‘idan chiqarib yubordi. Nima uchun U bizga yana bir imkon bera olmadi? Uni kelajagimiz qiziqtiradimi?

Bular shu darajada dahshatli, shunchalik chalkashki... Nahot Xudo hech narsa qilolmasa?

Avvaldanoq ogohlantirib qo‘yishim kerak, biz ayollar ishongan yolg‘on turlarining hammasini muhokama qila olmaymiz. Shayton – yolg‘on ishlatishda mohir va u ishlatadigan nayranglarning oxiri yo‘q. Maqsadim – yolg‘onning masihiy ayollar o‘rtasida keng tarqalgan ayrim turlarini muhokama qilish. Ishonchim komil, bugungi masihiy ayollar boshdan kechirgan ko‘pdan-ko‘p muammolarning negizida aynan mana shu yolg‘on yotadi.

Albatta, hamma ayollar ham to‘g‘ri kelgan yolg‘onga ishonib ketavermaydi. Siz, ehtimol, o‘zingiz ham ma’lum bir yolg‘onga ishonishga moyil ekanligingizni ko‘rarsiz. Yovuz shayton sizning ojiz tomonlaringizni biladi va alangali o‘qlarini o‘sha yerga yo‘naltiradi.

Siz avvaliga: “Yo‘q, bu yolg‘onga ishonmayman” – deyishingiz mumkin. Shayton ishlatadigan usullardan biri – ko‘zimizni ko‘r qilish, yolg‘onga ishontirish, yolg‘onni haqiqatdan ajratib olishimizga halaqit berish. Ko‘p marotaba haqiqatga ishonishiga amin bo‘lgan ayollar bilan gaplashganman. Biroq ularning hayoti – bosgan qadamlari, ustunliklari, og‘riqqa javoban bildirgan munosabati, aslida ular haqiqatga ishonmasligini isbotlaydi. Bizning nimaga ishonishimizni so‘zlarimiz emas, tutgan yo‘limiz, qilgan ishlarimiz ko‘rsatib beradi. Demak, yolg‘onning turli ko‘rinishlarini muhokama qilganimizda, o‘zimizdan: “Men bunga ishonamanmi?” deb so‘rashning o‘zi yetarli emas. Har birimiz o‘zimizga savol berishimiz kerak: “Mana shu yolg‘onga ishongandek hayot kechiryapmanmi?”

Yolg‘onning ayrim turlari ayniqsa xavfli, shu sababdanki, ular ochiqdan-ochiq namoyon bo‘lmaydi, ko‘proq yarmi chin ko‘rinishda keladi. Bu o‘z-o‘zidan ularning mash’um ta’sirini, xavfini yanada oshiradi. Gap shundaki, o‘taketgan yolg‘on qanday bo‘lsa, yarmi chin yolg‘on ham odamni xuddi shunday qul qiladi.

Biz har bir yolg‘onni batafsil o‘rganib o‘tirmaymiz. Ular haqida boshqa kitoblarda yozilgan. Maqsadim, har bir turga batafsil izoh berish emas, asosan juda ko‘p masihiy ayollarning hayotini va oilasini bulg‘agan fikrlashning umumiy fe’l-atvorini ko‘rsatishdan iborat.

Kitobning oxirida kitobda yoritilgan asosiy mavzular bo‘yicha adabiyot ro‘yxati beriladi. Sizni qiziqtirgan, aniq mavzular borasida, ayniqsa qiyin vaziyatni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, mazkur bo‘limga murojaat qilishingizni xohlardim.

Ayrim mavzularni chindan ham mushkul deyish mumkin. Ular juda ko‘p bahs-munozaralarni tug‘diradi, hatto masihiylar orasida ham. Ayrim holatlarda men bildirgan fikrga qo‘shilmaysiz: “Yo‘q, nazarimda bu yolg‘on emas!” deysiz.

Muayyan bir savollar borasida fikrlarimiz boshqa-boshqa bo‘lishi sizning bu kitobni o‘qib davom ettirishingizga to‘siqlik qilmasligi kerak. Men shunchaki, nazarimda Muqaddas Kitob o‘rgatgan narsalar haqida yozyapman. Qolaversa, mutlaq haqiqat manbasi bo‘lishga da’vogarlik qilolmayman. Mukammal haqiqat – bu Iso Masih va Uning Kalomi. Maqsadim sizni o‘z fikrlarimga sherik qilish emas, balki Xudoning Kalomi orqali ochiladigan haqiqatni izlashga, haqiqat asosida hayotingizning har bir sohasini sinab tekshirishga undab, yo‘naltirishdir.

Avvaliga Xudo haqida bir nechta soxta fikrlarni tanladim, shu sababdanki, bizning U haqda tasavvurlarimiz juda muhim ahamiyatga ega. Xanna Uaytoll Smit “Xudoning O‘zini fido qilishi” nomli avtobiografiyasida Xudo yo‘lida kechirgan hayoti haqida shunday yozadi:

Bizning ruhiy hayotimiz qanday Xudoga sajda qilishimizga bog‘liq. Negaki odamning qanday Xudoga sajda qilishi, hech qachon fe’l-atvoriga, fe’l-atvoriga ta’sir o‘tkazmay qo‘ymaydi. Agar Xudo shavqatsiz, zolim bo‘lsa, Unga sajda qiluvchilar ham xuddi shunday bo‘ladi; agarda bu mehribon, yumshoq, fosiqni kechiradigan, O‘zini fido qiladigan Xudo bo‘lsa, Unga sajda qiluvchilar ham qadamba-qadam Unga o‘xshash bo‘lib, o‘zgarib boradi1.

Xudoning fe’l-atvori haqida ongimizdagi tasavvurlar e’tiqodimizning asosini tashkil qiladi. Agar Xudo haqida tasavvurimiz noto‘g‘ri bo‘lsa, hamma narsa haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lamiz. Xudo haqida tushunchamiz hayotimiz tarzini belgilab beradi. Agar Xudo haqida yolg‘on tushunchaga ega bo‘lsak, o‘sha yolg‘on asosida ish tutamiz va oxir-oqibat qulga aylanamiz.

Xudo iltifotli emas…

Bu yolg‘onga o‘zi bilib anglagan holda ishonganlar kam uchraydi. Oramizda aksariyat odamlar hech qachon: “Xudo bu darajada iltifotli emas” demaydi. Biz haqiqatni bilamiz. Nazariy jihatdan aql bilan qaralsa agar, biz Xudoning iltifotli ekanligini bilamiz. Ammo yuragimizning tubida, Xudo ehtimol bu darajada iltifotli emasdir, qanday bo‘lgan taqdirda ham, U menga iltifot ko‘rsatmadi degan shubha bo‘ladi.

Ishonaman, juda ko‘p odamlarning Xudo haqida tasavvurlari mana shu yolg‘on asosida qurilgan. Aslida shayton ham, xotinni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lganda, aynan shu fikrni singdirishga harakat qildi. Xudo erkak va ayolga marhamat qilib, jannat bog‘ini ularning rohat-farog‘atda yashashi uchun yaratdi. Xudo ularga bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan yeyishga ruxsat berdi, birgina daraxtning mevasidan tashqari.

Agar sizda ham Xudoning iltifotliligiga oid qandaydir shubhalar bo‘lsa, Ibtido kitobining dastlabki ikkita bobini qaytadan o‘qing. Bu yerda siz inoyatli va iltifotli Xudoni ko‘rasiz. U yaratgan hamma narsa juda ajoyib bo‘lgan, shu sababdanki, nimaiki bo‘lsa bu Uning iltifotini aks ettirgan.

Shayton xotinni Xudoga qarshi isyon qilishga undab, ongiga Xudoning iltifotliligiga oid shubha urug‘ini soldi: “Haqiqatan ham, Xudo bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb so‘radi.” (Ibt. 3:1) Ma’nosi shunday: “Xudo ko‘p iltifotli emas ko‘rinadi. Iltifotli bo‘lganida, ko‘nglingiz istaganini berar edi”.

Hayotimiz alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib, umidsizlikka tushsak yoki kulfatlar kelsa, yaqinlarimizni yo‘qotsak, hammasi biz xohlamagandek, o‘ylamagandek ketyaptimi, demak shayton bizni vasvasaga solyapti: “Xudo chindan ham iltifotlimi? Agar iltifotli bo‘lganida bu kunlarni boshingga solarmidi?” yoki “Nima uchun U meni ko‘nglimdagi orzuimga yetkazmayapti?” degan fikrlar haqida o‘ylab ko‘rishni taklif etyapti. Halokatlar va ocharchilik ko‘paygan, gunoh girdobiga botgan bu dunyoda to‘xtovsiz kurash olib borilmoqda – yovuz shayton insonlar ongiga Xudo haqida yomon tasavvurlarni singdirishga harakat qiladi: “Chindan ham iltifotli bo‘lganda agar, Xudo yahudiylarning nemis fashistlari tomonidan qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘ygan bo‘larmidi? Habashistondagi ocharchilikka-chi? Kolumbiyada shuncha odamning halok bo‘lishiga-chi?”

Xudoning muruvvatiga nisbatan shubhalana boshlaganimiz zahoti, Uning irodasini rad etishga osonlik bilan bahona topamiz, nima yaxshi, nima yomon ekanligini o‘zimiz tanlay boshlaymiz.

Biroq Xudo chindan ham iltifotli. Uning qarorlari bizga qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, U baribir iltifotlidir. Buni his qilamizmi, yo‘qmi, U iltifotli bo‘lib qolaveradi. Hayotiy vaziyatlar buni tasdiqlaydimi, yo‘qmi, Xudo baribir iltifotli.

Men mana shu haqiqatni tushunib, yuragimga ilk bor tinchlik topgan kunni hech qachon esdan chiqarmayman. Dam olish kunlarini uyda, ota-onam va olti nafar uka va singillarim bilan birga o‘tkazardim. O‘sha vaqtda endigina 21 yoshga to‘lgandim. Shanba kuni kechqurun ota-onam meni aeroportga kuzatib qo‘yishdi – Virjiniyaga borishim kerak edi. U yerda bir jamoatda ishlar edim.

Samolyot manzilga yetib borgach, onam qo‘ng‘iroq qildi va otamda yurak xuruji tutib qolgani, u vafot etganini aytdi. Hech qanday ogohlantirishsiz. Hech qanday hayrlashuvsiz. Qirq yoshli onam yetti nafar, sakkizdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan bolalari bilan qoldi.

Qora kunlar boshlandi – bir necha hafta, oy ko‘z yoshlarga to‘lib o‘tdi. Har birimizning otamiz bilan munosabatimiz juda yaxshi edi. U onamga ajoyib er, biz – farzandlariga ajoyib ota bo‘lishga ulgurgan edi. Art Demossni shaxsan tanib bilganlarning hammasi uchun bu katta yo‘qotish bo‘ldi.

Biroq o‘sha onda, otamning qazo qilganini eshitganim zahoti, Xudo menga o‘zgacha bir inoyat berdi – U menga haqiqatni eslatdi. Eng birinchi fikrlar paydo bo‘lishi, ko‘z yosh to‘ka boshlashimdan avval, Xudo menga bir necha kun avval o‘qigan oyatni yuragimga soldi. Bu Zabur kitobi 118:68-oyat edi: “Naqadar yaxshisan, Sening qilgan hamma ishlaring ezgulikdir”.

Otam umrim davomida menga mana shu haqiqatni o‘rgatib kelgan. Endi, mana shunday muhim pallada bu haqiqat yuragimda mustahkam qal’aga aylandi. Otamni juda sog‘inar edim – mana yigirma yil o‘tibdiki, hozirgacha sog‘inaman. U bilan yetarlicha gaplasha olmadim. Hali bir-birimizga aytmagan, bo‘lishmagan so‘zlarimiz ko‘p edi. Biroq o‘sha vaqtda bilganman, hozir ham shuni bilamanki, Xudo – iltifotli va Uning hamma ishlari – ezgulikdir. Xanna Uaytoll Smit bu haqda ayniqsa yaxshi fikr bildiradi:

Ko‘pincha Xudoning ishlari iltifotli bo‘lib ko‘rinmaydi. Ammo ishonch borki, u mana shu sir oldida bosh egadi va deydi: “Yaxshidir Xudo, bu demakki, biz qanday qabul qilishimizdan qat’iy nazar, Uning qilgan hamma ishlari iltifotli bo‘lishi lozim. Men Uning nima uchun bunday qilganini tushuntirishini kutib yashayman”.

Xudo meni yaxshi ko‘rmaydi

Bu yolg‘on ko‘pincha yuqorida aytilgan yolg‘onga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yana bir marta shuni aytish kerakki, kamdan-kam odamlar bunga ishonishini tan oladi, negaki butun ong-tafakkurimiz bizga, Xudo bizni sevishiga ishonishimiz kerakligini o‘rgatadi. Ammo juda ko‘p ayollarning ong-tafakkurini egallagan bilimi va yuragidagi kechinmalari o‘rtasida yer bilan osmonchalik farq-tafovut bo‘ladi. Muammolarimizning biri ham aynan shundan iborat: biz his-kechinmalarimizga ishonamiz, haqiqat deb qabul qilganlarimizga emas.

Munosabatlarimizni ko‘z oldimizga keltiramiz – nikohda sevgi, muhabbat topolmadik, turmush o‘rtog‘imiz tashlab ketdi – biz ajrashdik, bolalarimiz o‘sdi, ulg‘aydi – qo‘ng‘iroq qilmaydi, hol-ahvol ham so‘ramaydi; yoshimiz bir yoqqa borib qolganini tushunamiz – turmush qurishning imkoni bo‘larmikan bu yoshda? Shunda yurak noliydi, dod soladi: “Hech kim meni yaxshi ko‘rmaydi – hatto Xudo ham. Balki dunyoni yaxshi ko‘rar yoki boshqa bir odamni sevar, lekin meni emas. Yo‘q, U meni sevmaydi. Sevganda agar, o‘zimni bu darajada yolg‘iz, mehrdan, sevgidan bebahra his qilmasdim”. Buni hech qachon boshqalarga aytmaymiz, lekin bunga ishonamiz, chunki buni his qilamiz. Shu yo‘l bilan ongimiz, tafakkurimizga yolg‘on urug‘lari ekiladi. Bu haqda ko‘p o‘ylaymiz, to ishona boshlamagunimizcha, mulohaza qilamiz. Ertami, kechmi bu yolg‘on asosida hayot kechira boshlaymiz, natijada u bizni o‘ziga qul qiladi.

Ehtimol, Viktoriya boshdan o‘tkazgan narsalar sizga ham tanish bo‘lib ko‘rinar:

Oilamizda bir-birimizga juda sovuq munosabatda bo‘lganmiz. Sevgi har doim biz uchun shartli tushuncha bo‘lib kelgan. Shu tariqa, Xudo meni shartsiz sevishiga ishonishim juda qiyin bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, xato qilganimda yoki gunohga qo‘l urganimda o‘zimni qattiq qoralashimga, aybdorlik hissiga to‘lishimga sabab bo‘lar edi. Xudo meni kechirishiga, ochig‘i ishonmas edim.

Xudoning meni sevmasligi haqidagi yolg‘on – bu shunchaki beg‘araz narsa emas. U hayotimizning har bir sohasida va munosabatlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biz ongimizga ekilishiga yo‘l qo‘ygan kichik urug‘lar o‘sib ko‘karadi, ko‘p-ko‘p hosil beradi.

Haqiqat shundaki, o‘tmishimiz qanday bo‘lganidan qat’iy nazar, Xudo bizni cheksiz muhabbati bilan yaxshi ko‘radi.

Xudoning meni sevishiga, men Uni to‘rt yoshimdan boshlab sevganim, Unga ma’qul ishlarni qilishni xohlaganim, konferensiyalarda qatnashib kelganim yoki kitoblar yozganim sabab emas. Xudo – bu Sevgidir, shuning uchun ham meni yaxshi ko‘radi. Uning menga bo‘lgan muhabbati men qilgan ishlarga asoslanmaydi, mening chekkan azoblarimga ham asoslanmaydi. Men Uning sevgisiga loyiq emasman, hech qachon loyiq bo‘lolmayman ham.

Kalom aytadiki, men hali Xudoning dushmani bo‘lgan paytimdanoq U meni sevar edi. Aytarsiz: “Qachon unga dushman bo‘libsan, beshikda yotganingdami?” Muqaddas Kitob o‘rgatadiki, men tug‘ilganimdanoq gunohkor bo‘lganman, Xudoga dushman bo‘lgan holda, Uning qahr-g‘azabiga loyiq edim. (Rim. 5:6–10) Xudoga begona bo‘lganimga qaramay, U meni mangu sevgisi bilan sevdi va men uchun O‘zining O‘g‘lini o‘limga topshirdi. U o‘tmishdanoq meni mangu sevgisi bilan sevgan, kelajakda ham mangu sevgisi bilan sevadi. Hech qaysi ishim bilan men Uning sevgisini kamaytirolmayman, hech qaysi ishim bilan sevgisini kuchaytirolmayman ham.

Melana Monro, mening dugonam, ko‘krak o‘simtasi dardiga yo‘liqib, uzoq yillar bu dard bilan kurashdi. Yaqinda undan maktub oldim. U ikkala ko‘kragidan ayrilgani va erining buni qanday qabul qilgani tufayli, Xudoning hayratda qoldiradigan sevgisini yaxshiroq tushuna boshlagani haqida yozdi.

Operatsiyadan keyin erim bilan birinchi marta bog‘ichlarni yechayotib, ikkimiz titrab-titrab yig‘ladik. Shunday xunuk edimki – ko‘krak o‘rnini chandiqlar egallab turar, boshimda bir tola soch ham qolmagan edi. Erim uchun endi hech qachon to‘laqonli xotin bo‘lolmasligimdan qattiq og‘rindim. Stiv meni mahkam quchog‘iga bosdi-da, ko‘zi yoshga to‘lib: “Melana, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, seni Masih sevgandek, sevaman” – dedi.

Erimning qiyofasida Masihni ko‘rdim. Biz hammamiz Uning tanlangan Kelinimiz. Hammamiz bir dardga chalinganmiz – gunoh dardiga. Xunuk chandiqlar dastidan tanamizda bironta sog‘ joy yo‘q. Shunga qaramay Xudo bizni sevadi, chunki sevgi Uning tabiati hamda mohiyatidir. Masihni bizga jalb qilgan, aslo bizdagi chiroy, tarovat emas, Uning mohiyati - sevgi bo‘lgani boisgina U bizni sevadi.

Xudo mening otamga o‘xshaydi

Biz ayollarda Xudo haqida tasavurlar aksariyatda o‘zimiz tanib bilgan erkaklarning, ayniqsa otamizning ta’siri zaminida shakllanadi. Otamiz bizning Xudo haqida tasavvurlarimizga yo salbiy, yo ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayotda katta marhamat olganim, ya’ni meni yaxshi ko‘rgan, sadoqatli, men haqimda qiziqqan otam borligi uchun Xudoga rahmat deyman. Shu tufayli mening Samoviy Otamizga ishonishim va Uning sevgisini qabul qilishim juda oson kechgan.

Biroq juda ko‘p ayollarning tajribasi bundan mutlaqo farq qiladi. Ehtimol, otangiz sovuq, serjahl, shavqatsiz yoki sevgi ko‘rsatishga noqobil bo‘lgandir. Agar shunday bo‘lsa, Xudoning – Ota ekanligi haqidagi fikr sizga yoqmasligi tayin. Balki sizda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir:

O‘gay otaning qo‘lida o‘sdim. U juda serg‘azab edi, butun jahlini mendan olardi. Shu tariqa Xudoning otamga o‘xshamasligini qabul qilish men uchun juda qiyin bo‘lgan.

Otam masihiy edi, hamda yaxshi odam bo‘lgan, lekin undan hech qachon dalda so‘zini eshitmaganman. Misol uchun, unga devorlarni bo‘yashga yordam berganimda: “Yaxshi chiqyaptimi?” deb so‘rardim. Albatta, bu bilan: “Qoyil, juda yaxshi!” deyishini kutardim. Lekin buning o‘rniga u: “Ehtiyotkorroq bo‘lishga harakat qil” – derdi. Shuning uchunmi, bilmayman, har doim nazarimda Xudo mendan qandaydir kamchilik izlayvergandek, shartsiz sevgi bilan sevmaydigan, meni qabul qilmagandek tuyulardi.

O‘tmishda otangiz yoki siz ishongan boshqa erkak sizni og‘rintirsa, buning oqibatida Xudoga ishonishingiz qiyinroq bo‘ladi. Xudodan qo‘rqishingiz, Unga nisbatan dilingizda alam paydo bo‘lishi ham mumkin. Menga ishoning, Xudo siz bilgan erkakka mutlaqo o‘xshamaydi. Yer yuzidagi hatto eng dono, eng yaxshi ota ham Samoviy Otamizning bor yo‘g‘i xira surati bo‘la oladi, xolos. Muqaddas Kitobda aytilgan Xudo yer yuzidagi eng munosib otadan benihoya yaxshiroq va tozaroqdir, Uning bizga bo‘lgan sevgisi ham ming karra ko‘proqdir. Xudo haqida tasavvurlarimiz boshqa odamlarning ta’sirida shakllanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerakligi shu sababdan ham bu qadar muhim sanaladi, chunki ular, hatto eng yaxshi tomonidan olib qaralganda ham, Xudo suratining buzilgan bir shaklini ko‘rsata oladi, xolos.

Xudoning aslida qanday ekanligini bilishni istasangiz, bu uchun Uni yorqin ranglar bilan ifoda etgan Muqaddas Kitobga murojaat qilishimiz, “Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig‘ining aniq surati” (Ibr. 1:3) bo‘lgan Iso Masihni tanib bilishimiz lozim.

Muqaddas Kitobda Xudo – rahmdil, mehribon va shafqatli Ota sifatida ko‘rsatilgan. Bu bilan biz nimaiki istasak, Xudo hammasini beradi demoqchi emasman. Hech qaysi ota, agar donishmand bo‘lsa, o‘z bolalariga ular istagan hamma narsani beravermaydi. Bu bilan, biz har doim Uning fikr-qarorini tushunamiz demoqchi ham emasman. Xudo aql bovar qilmaydigan darajada buyuk. Bu bilan Xudo bizning og‘riq, iztirob chekishimizga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi ham demoqchi emasman – gohida Uning O‘zi hayotimizga qiyinchiliklarni, kulfatlarni yuboradi. Nima uchun? Bizni yaxshi ko‘rgani, bizga befarq bo‘lmagani, bizga bo‘lgan sadoqati bois.

Ibroniylarga maktubda aytilganki, Xudo bizning manfaatimizni ko‘zlaydi. Biz U kabi muqaddas bo‘lishimiz uchun Xudo bizni tarbiyalaydi. (Ibr. 12:10)

Bizning nima his qilishimiz, qanday qabul qilishimizdan qat’iy nazar, haqiqat o‘z kuchini yo‘qotmaydi – haqiqatligicha qolaveradi: U bolalarini juda yaxshi ko‘radigan iltifotli Ota, hayotimizni ishonib topshirishimizga arziydigan Ota.

Baxtli bo‘lish uchun Xudoning O‘zi yetarli emas

“... Faqat Seni qo‘msaydi qalbim. Faqat Sensan menga keragim” Imonlilar jamoatida mana shu ajoyib qo‘shiq bilan Xudoni madh etish boshqa, jamoat eshigidan chiqib, chigal, murakkab dunyoga qadam bosish – bu boshqa. Shunday vaqtlarda biz qo‘msaganimiz, izlaganimiz faqat Xudo ekanligiga chindan ham ishonamizmi? Yuqorida tilga olingan uchta yolg‘on bilan bog‘liq holatlardagidek, bu yerda ham biz dilimizdagini birovga aytolmaymiz: bu yolg‘onga ongli ravishda ishonganlar kam. Biroq hayotimiz bizning aynan shu narsaga ishonishimizni ko‘rsatadi.

Real muammolarga duch kelganimizda Xudoning Kalomi yetarli ekanligiga ishonmaymiz. Yo‘q albatta, u boshqa odamlarga yordam berishi mumkin, biroq men boshdan kechirayotgan qiyinchilikda, mening muhtojliklarimda, mening munosabatlarimda, mening vaziyatimda U yordam bermaydi. Menga Xudoning Kalomidan tashqari, masihiylar do‘konidagi o‘sha sakkizta kitob, Kalomga qo‘shimcha audio eshittirishlar, konferensiyalar, qalb vasiyligi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kerak.

Albatta, Xudoga muhtojman. Biroq Xudo bilan birga yana yaqin do‘stlarim, mustahkam sog‘lik, ajoyib turmush o‘rtoq, farzandlar, yuqori maoshli ish, hashamatli uy, avtomashina, garaji bilan birga bo‘lsa deyman...

Hayotingizda Xudoning O‘zi sizga yetarli ekanligiga chindan ham ishonasizmi? Yoki ko‘proq quyidagicha fikrlaydigan ayollarga o‘xshaysizmi:

“Baxtli bo‘lish uchun Xudoning O‘zi yetarli emas” – moddiy buyumlarga va odamlarga qanchalik suyanib qolganimni tushunib olishimdan avval, bu yolg‘on meni o‘lja qilib olganini bilmasdim. O‘zimcha, Xudoga to‘liq ishonib yashayman, deb o‘ylardim, erimga faqat Xudoga suyanib yashashimiz kerakligini ayta turib, o‘zim oilamiz, turmushimizga oid yoki pul bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun dugonalarim oldiga shoshilardim. Oilamizda muammolar yuzaga kelgan vaqtlarda o‘zimni mazali ovqatlar bilan tinchlantirishni odat qildim. Qirq yil turmushda hayot kechirib, 20 kilogrammga semirdim.

Iso Masih bilan bo‘ladigan munosabat ehtiyojlarimni qanoatlantirishga qodirligini rad etib kelganman. Mening hayot tarzim atrofdagilarga baxtli bo‘lish uchun menga buyum, moddiy boyliklar kerakligini ko‘rsatib turardi. Hammani tanqid qilardim, g‘azablanib yurardim, har doim nolirdim. Mana shu yolg‘onga ishonib yashardim.

Yuragimizdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun bizga Xudoning O‘zi chindan ham yetarli ekanligiga ishonamizmi yoki bu maqsadda boshqa bir narsalarni yoki odamlarni – ovqat, qimmatbaho buyumlar, do‘stlar, qandaydir qiziqishlar, sayohatlar, ish, oila va hokazolarni izlaymizmi?

Xudo mening erkinligimni chegaralashni istaydi

Muqaddas Kitob qayta-qayta Xudoning qonunlari bizni himoya qilish, bizga foyda keltirish uchun berilganini o‘rgatadi va itoat qilsak biz ozod bo‘lamiz. Biroq shayton ongimizga Xudoning qonunlari og‘ir, bemantiq, adolatsiz ekanligini va Unga itoat qilishimiz bizni bebaxt qilishini singdirmoqqa intiladi. Adan bog‘ida u Momo Havoning e’tiborini Xudo o‘rnatgan birgina cheklovga qaratdi. Yolg‘onchining shiori – “O‘zing bilgandek ish tut: hech kim senga nima qilish mumkin, nima mumkin emasligini o‘rgatishga haqli emas”.

Sara ismli ayol quyidagicha deydi:

“Cheklovlar meni hayot zavqidan va quvonchlardan mahrum qilayotgandek edi. Ko‘nglim nima istasa yerdim, qachon istasa, qancha istasa avqatlanardim, chunki “yo‘q” desam o‘zimni jazoga mubtalo qilgandek his etardim”.

Nima uchun ko‘p ayollarda ovqatlanish bilan muammolar bo‘lishi meni ko‘pincha hayron qoldirardi. Bu holat Ibtido kitobining 3-bobi bilan bog‘liq ekanligiga ishonchim komil. Qolaversa, eng birinchi gunoh qanday bo‘lgan? Bu gunoh yegulik bilan bog‘liq edi. Yegulikka oid yagona taqiq Momo Havo uchun toqat qilib bo‘lmaydigan to‘siqqa aylandi.

Biz cheklovlarni chetga suramiz, o‘jarlik qilamiz, o‘zimiz bilgandek ish tutamiz. Momo Havo ham Xudo taqiqlagan mevani yeyish erkinligiga ega bo‘lgani kabi, biz ham erkin tanlash huquqiga egamiz. Biroq, tanlovimiz oqibatini tanlashda biz erkin bo‘lolmaymiz.

Yuqorida aytib o‘tgan edik, agar yolg‘onga ishonsak va uning asosida harakat qilsak, bu oxir-oqibat bizni qullikka olib keladi. Sara bilan keyin nima bo‘lgani haqida o‘qiylik:

U o‘zi istagan ovqatini xohlagan vaqtda va xohlagancha yeyishga qaror qilgan edi. Bir qarashda, bu ozodlikdek tuyulardi, shunday emasmi? U ozod bo‘laman, deb o‘yladi, lekin umidi chippakka chiqdi. Ozodlik o‘rniga u “ovqatning quliga” aylandi, 20 kilogrammga semirdi va tushkunlikka tushdi.

“Xudo bo‘ysunish orqali haqiqiy ozodlikka ega bo‘lishni” tushungan bu ayol haqiqatda yashay boshladi. Endi u chindan ham ozod bo‘lgan edi.

Xudo mening muammolarimga barham berishi kerak

Bunday tasavvur ikki taraflama yolg‘onga olib keladi. Birinchidan, bu Xudoni sehrli chiroqdagi jinga o‘xshatib, bizga xizmat qilish, ko‘nglimizni oladigan, biz chaqirgan zahoti “labbay” deb turadigan xizmatkor o‘rniga qo‘yadi. Bu yolg‘on oxir-oqibat Xudodan hafsalamiz pir bo‘lishiga olib keladi: muammolarimiz yechim topmayotgan bo‘lsa, demak Xudo bizga yordam berishga shoshilmayapti.

Ikkinchidan, bu yolg‘on: hayotdan maqsad – muammolardan, barcha qiyinchiliklardan va yoqimsiz narsalardan yiroq bo‘lishni nazarda tutadi. Biz yashayotgan jamiyat muammolar bilan hayot kechirib bo‘lmasligi, har qanday muammoga barham berilishi lozim degan tushuncha bilan yashashga o‘rgangan.

• Bosh og‘ridimi? Og‘riq qoldiruvchi dori iching.

• Rahbaringiz yoqmayaptimi? Ish joyingizni o‘zgartiring.

• Jamoat cho‘ponining va’zi yoqmayaptimi? Boshqa jamoatga boring.

• Yangi mashina sotib olishga imkoningiz yo‘qmi? Ijaraga oling.

• Erkaklar qaramayaptimi? Ishva qiling, yengilroq liboslar kiyib e’tiborini torting.

• Eringiz sizga e’tibor bermay qo‘ydimi, sportga berilib ketdimi, avvalgi ishqini yo‘qotdimi? Ish joyingizdan (jamoatdan) siz haqingizda g‘amxo‘rlik qiladigan, sizni tinglab eshitadigan boshqa bir erkakni toping.

Ko‘p odamlar uchun masihiylik – bu o‘z muammolarini yechishning navbatdagi bir yo‘li bo‘lib qoldi. Shunchaki ibodat qilib, Xudoga ishonsak bas, shunda puling ham ko‘p bo‘ladi, do‘sting kasallikdan shifo topadi, hech qachon yolg‘iz bo‘lmaysan, turmushingni ham qutqarasan, quloq solmaydigan bolalaring Xudoga keladi, har doim gunohni yengib yashaysan, yomon odatlar bilan boshqa kurashmaysan, sog‘-salomat, baxtli hayot kechirasan.

Bu yolg‘on Xolli ismli ayolga ovqatlanish bilan bog‘liq muammoni yengishga halaqit berardi:

Ortiqcha vazndan, ko‘p ovqatlanishdan qiynalardim. Har doim Xudodan meni ozod qilishi haqida ibodat qilardim. Biroq ibodatlarim, niyatlarim ortida xudbinlik yotardi. Tashqi ko‘rinishim chiroyli bo‘lishini istardim.

Qisqa vaqtda natijalar bo‘lishini xohlardim, buning evaziga biron narsadan kechishni, o‘zim ustimdan ishlashni xohlamasdim. Shunday ibodat qilardim: “Xudoyim, men qiynalyapman. Irodam mustahkam bo‘lishini xohlayman, lekin urinishlarim behuda ketyapti. Yolvoraman, yordam ber. Bu muammoni yechishim uchun menga kuch ber”. Biroq ibodatlarim ijobat bo‘lmasdi.

Bu kabi noto‘g‘ri fikrlashlar ko‘p masihiylarning g‘azab va alam bilan yashagani, nima uchun hayotdan hafsalasi pir bo‘layotganining sababini ko‘rsatadi. Ular o‘ylaydiki, agar Masihni qabul qilsa, imonlilar jamoatiga muntazam borib tursa va “masihiylarga xos” yashasa, muammolar va qiyinchiliklar ularni hech qachon bezovta qilmaydi. Itoat qilib yashash – bu Xudosiz yashashning, Xudo o‘rgatganiga zid hayot kechirishning oqibatida keladigan ko‘p muammolarning oldini olish demakdir. Lekin bu Masihning izdoshlari o‘z-o‘zidan barcha muammo va qiyinchiliklardan ozod bo‘lishini aslo anglatmaydi.

Haqiqat shundan iboratki, hayot aslida murakkab narsa. Axir biz gunoh girdobiga botgan dunyoda yashayapmiz. Masihning qurbonligi evaziga gunohdan qutqarilganlar ham ojiz badanda yashaydilar va shu bois gunoh ularni tinch qo‘ymasligi muqarrar. Ular vasvasalarga, dardu kasalliklarga, yo‘qotishlarga, og‘riq va o‘limga yo‘liqishadi. Masihiy bo‘lishimiz bizni bu illatlardan himoya qiladi, solihligimiz zarba yetmaydigan devor misoli bizni o‘rab oladi desangiz, adashasiz. Hatto yetuk, taqvodor bo‘lgan taqdirimizda ham buning aslo imkoni va iloji yo‘q. Ya’ni, to Egamiz yangi osmon va yangi yerni barpo etmaguncha, biz gunohning ta’siridan to‘liq ozod bo‘la olmaymiz. O‘sha kunga qadar ko‘z yosh ham, kulfatlar ham, qiyinchiliklar ham, muammolar ham bizning izimizdan quvib yuradi.

Yaxshiyamki, Xudo bizni tashlab qo‘ymaydi, muammolarimizdan yuz o‘girmaydi. U yuqoridan kuzatib turadigan, “qani, bandam bardosh beradimi”, deb tamosha qiladigan Zot emas. Aslo bunday qilmaydi. Muqaddas Kitob Xudo bizning panohimiz, kuchu-qudratimiz ekanligini o‘rgatadi. (Zab. 45:2) Biroq,  bu ta’limot o‘z navbatida, bizni tashvishga solgan muammolarni biz zumda yo‘q qilmaydi. Chunki, Xudo qiyinchiliklar va muammolar orqali bizga ishlov beradi, fe’l-atvorimizni shakllantiradi, hayotimizni o‘zgartiradi, Uning O‘g‘li Iso Masih singari bo‘lib o‘zgarishimizga yordam beradi. Ibroniylar maktubi 5-bob 8-oyatida shunday yozilgan: “Garchi U Xudoning O‘g‘li bo‘lsa ham, azob–uqubat chekib, itoatkorlikning asl ma’nosini angladi”.

Xudo bizni tashvishga soladigan barcha muammolarimizga yechim berishini xohlaymiz. Lekin U shunday deydi: “Men muammolar orqali seni o‘zgartirishni, inoyatim va qudratimni butun olamga namoyon qilishni xohlayman”. Bu haqiqat va haqiqat bizni ozod qiladi.


Amalda qo‘llash.

Yoqubning maktubida yozilishicha (1:21–25), haqiqatni eshitishning o‘zi yetarli emas. Biz haqiqatga bo‘ysunishimiz, uni hayotimizning, fikr-zikrimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim. Agar haqiqatni bila turib, uning o‘rgatgani bo‘yicha yashamasak, bu bilan o‘zini aldagan nodon odam kabi bo‘lamiz. Agar haqiqatga bo‘ysunsak, Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lamiz.

“Amalda qo‘llash” sarlavhasi ostida berilgan bo‘limlar ushbu kitobning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Siz ularni har bir bobning oxiridan topasiz (2 – 9 boblar). Navbatdagi bobga o‘tishdan avval yuqorida aytilgan haqiqatni qabul qilish uchun o‘zingizga vaqt bering. 

1. Xudoning aytganlarini QABUL QILING.

Siz Xudo haqida qanday yolg‘onga ishonib kelgansiz?

2. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga OLING.

Bu yolg‘onga ishonishingiz hayot tarzingizga qanday ta’sir qildi (munosabatlaringizga va hatti-harakatlaringizga)?

3. Haqiqatni E’LON QILING.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni birma-bir ovoz chiqarib o‘qing. Ular ichida qaysi biri hozirgi kunda siz uchun ayniqsa muhim?

Xudoning Kalomi bilan fikr-zikringizni yangilang. Kalom oyatlarni ovoz chiqarib o‘qing. Zabur 99:5 oyat, Zabur 22, Zabur 120, Rimliklarga maktub 8:28–39 oyatlar.

Bu oyatlar Xudoning fe’l-atvori va Uning farzandlariga nisbatan niyatlari haqida nima deydi?

4. Haqiqat asosida HARAKAT QILING.

Haqiqat asosida hayot kechirish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishingiz kerak?

5. Xudodan haqiqat so‘qmoqlaridan yurishda sizga yordam berishini SO‘RANG.

Ota, Sening iltifotli ekanligingni, barcha ishlaring – yaxshilikka xizmat qilishini tan olaman. Zinhor xato qilmasliging, Senga hamma narsani, butun hayotimni ishonib topshirishim mumkinligi uchun rahmat. Ishonaman, Sen mening foydamni o‘ylaysan, har doim O‘z maqsad muddaolaringni amalga oshirishga intilasan. Donoligu muruvvatingdan, sevgingdan shubha qilganlarim uchun meni kechir. Sen haqingda juda kam bilimga ega ekanligimni va ko‘pincha Sening niyatlaringni noto‘g‘ri tushunishimni tan olaman. Seni tanib bilishni, Seni sevishni, Senga ishonishni menga o‘rgat! Iso Masihning nomi bilan. Omin.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак