Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 5 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (5-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


5 BOB. Ustunliklar haqida

   • Zarur bo‘lgan ishlarning hammasiga vaqtim yetmaydi

    • Muntazam ibodat qilmasdan ham, Kalom o‘qimasdan ham osoyishta yashay olaman.

   • Kasb sohasida martabaga erishish xotinlik va onalik vazifasidan ko‘ra ko‘proq qoniqish beradi.

   • Yolg‘onga haqiqatni qarshi qo‘ying

   • Amalda qo‘llash

Xotira daftarim,

Hodisalar shijoat bilan hayotimga yopirildi! Fikr-mulohazalarimni yozmay qo‘yganimga bir necha oy bo‘ldi. Oxirgi kunlarda bunga hatto vaqt ham topolmayapman. O‘g‘illarimiz juda sho‘h bo‘lib o‘syapti. Ortlaridan yugurib, ular tashlagan narsalarni yig‘ib yurishdan boshqasiga ulgurmayapman chog‘i. Ularning bir zumda uyni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishini ko‘rib qoyil qolasan kishi! O‘g‘illarimiz shu qadar tez usyaptiki, ha demay katta bo‘lib, bizni tashlab ketadigan vaqti kelib qolsa, ajab emas. Hali bola ekan, imkon bo‘ldi deguncha, ular bilan o‘ynashga, birga ekanligimizdan quvonib qoniqishga, ularga hayotdagi eng muhim narsani o‘rgatishga harakat qilaman.

Hosil yig‘ib olinadigan vaqt keldi – Odam uchun bu yilning eng qiyin pallasi. Biz bir-birimizni juda kam ko‘ramiz. U bilan birga o‘tirishni, o‘zimiz haqimizda, bolalarimiz va kelajagimiz haqida gaplashishni juda xohlardim.

Oxirgi paytlarda behuda ishlarga berilib keidim, sayr qilishga, Xudo bilan gaplashishga vaqt topolmayapman. Bolalarimiz tug‘ilishidan avval hammasi juda oson edi. Endi esa vaqt avvalgidan ko‘ra tezroq o‘tayotgandek, go‘yo. Kechqurun holdan toyib qulayman, ertasi kuni o‘rnimdan turaman va hammasi boshidan takrorlanadi. Har kuni shunday ...

Biz nazarimda asosiy bo‘lgan uchta vasvasa sohalarini muhokama qildik: Xudo haqida, o‘zimiz va gunoh haqida tasavvurlarimiz. Bular bizning qolgan narsalar haqidagi qarashlarimizni belgilab beradi. Agar mazkur sohalarda aldansak, qolgan narsalarda ham aldanishimiz ehtimoli keskin oshadi.

Keyingi boblarda biz ko‘p masihiy ayollar noto‘g‘ri tasavvur qilgan bir nechta amaliy nuqtai nazarni muhokama qilamiz. Buni o‘zimiz uchun ustun bulgan narsalardan boshlaymiz. Men bir necha yil avval ayollar kiyimi sotiladigan “butik”da ko‘rgan plakat mana shu yolg‘onning ayrim natijalarini ko‘rsatib beradi:

Men ayolman.
Men yengilmas ayolman.
Men charchadim.

Xelen Reddining (20-asr, 70-yillarning boshida Gremmi mukofotiga sazovor bo‘lgan) qo‘shig‘idan olingan bu so‘zlar tabassum uyg‘otishi tabiiy. Lekin shu bilan birga ular bizning oldimizga har bir ayolni qiynagan savolni ham qo‘yadi: qiyinchiliklarni qanday yengish, hayot har kuni bizni ro‘para qilgan masalalarga qanday yechim topish mumkin?

Men tanigan ayollarning aksariyati o‘zini yengilmas deb hisoblamaydi. Aksincha, ko‘pchilik ayollar doimo norasolik hissidan, o‘ziga bo‘lgan ishonchi sustligidan qiynaladi. Aksariyat ayollar o‘zini horg‘in his qiladi. Ular ko‘pincha tashqdan berilgan son-sanoqsiz rollarga va vazifalarga bardosh berolmaganini his etishadi.

Shuningdek, bunday his kechinmalar turli xildagi yolg‘onlarni ig‘vo qiladi – bu dushman zamonaviy jamiyatga ekib kelgan yovuzlik urug‘laridir. Misol uchun...

Zarur bo‘lgan ishlarning hammasiga vaqtim yetmaydi

So‘rovnoma natijasida biz buning eng keng tarqalgan yolg‘on ekanligini aniqladik. Ayollarning yetmish foizi bu yolg‘onga ishonishini aytdi. Natija bunday bo‘lishidan ajablanmadim.

Qolaversa, bugungi kunda istalgan ayoldan hol ahvol so‘rasangiz, uning chuqur xursinib yoki nolib, shunday javob berishi ehtimoli yuqori:

• Hech narsaga vaqtim yetmayapti!

• Oilamda aql bovar qilmaydigan narsalar ro‘y beryapti!

• Zarur bo‘lgan ishlarning hammasiga vaqtim yetmaydi!

• Charchadim, holim qolmadi!

Juda ko‘p holatlarda ayollar (masihiy ayollar ham) o‘z ishlarini qilolmayotganini, hech narsaga vaqti yetmayotganini sezishadi. Oqibatda ular tinim bilmay yugurib-elib yurishadi, na dam olishni, na tinchlikni, na oromni bilishadi.

Ko‘p yillar avval men zamonaviy ayolning ixtiyorida aslida ellikka yaqin xizmatchi, ya’ni zamonaviy maishiy texnikalar bo‘lishi, ular ayollarimizning vaqtini tejash uchun xizmat qilishi haqida o‘qigandim. Bu raqam noaniq bo‘lishi mumkin, lekin shak-shubhasiz shuni aytish mumkinki, biz o‘tgan avlod ayollari ega bo‘lmagan juda ko‘p qulayliklarga erishdik. Ancha avval, hali idish yuvish mashinalari, mikrovolnovkalar, fen, avtomashinalar bo‘lmagan vaqtlarda, yoki qadimgi davrlarda: odamlar hali elektr toki, uyda hojatxona, vannaxona bo‘lishi haqida eshitmagan zamonlarda yashashingizni tasavvur qiling!

Esimda, bolalagimda jahon ilmining yutuqlari ko‘rgazmasiga borgandim. U yerda tashkilotchilar “kelajak hayotini” ko‘rsatishga harakat qilganlarining guvohi bo‘lganman. Yangi texnika va elektr uskunalar uy bekalari hayotini ancha yengillashtirishi, ularga dam olish yoki o‘z vaqtini “muhimroq” narsalarga ajratish imkonini beri haqida aytilardi. Mana kelajakni ham qarshiladik. Bizning ixtiyorimizda shunday uskunalar, shunday texnika vositalari borki, bolalik davrimizda ular haqida hatto eng xayolchan olimlar ham orzu qilmagan. Biroq nima uchun hayotimiz avvalgidan ko‘ra behalovat bo‘lib boryapti? Nima uchun bizni bu qadar og‘ir yuk bosgan?

Bunga bir nechta omilni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Vaholanki, sabablardan biri shundan iborat: biz chalg‘idik va zarur bo‘lgan hamma ishlarga vaqtimiz yetmaydi degan yolg‘onga ishondik. Biroq bizga ham xuddi o‘tgan asr avlodlariga bo‘lgani kabi, o‘sha-o‘sha vaqt beriladi, oz ham emas, ko‘p ham emas. Hech bir odamga, u qanday mavqega ega bo‘lishi yoki qayerda ishlashidan qat’iy nazar, hech qachon bir kunda 24, haftada esa 168 soatdan, yilda 52 haftadan ko‘p vaqt berilmagan. Hatto Isoga ham Xudoning rejasini bajo qilish, insonlarni gunoh bo‘yinturug‘idan sotib olish uchun bor yo‘g‘i bir necha yillik muddat berildi.

Mana buni chindan ham, “o‘z navbatini kutgan ishlarning” uzun ro‘yxati deyish mumkin! Biroq umri oxirida Iso Otasiga: “Sen Menga topshirgan ishni tugatib, yer yuzida Seni ulug‘ladim” deya oldi. (Yuh. 17:4;)

Qoyil. Shaxsan menda kun oxiriga kelib, rejadagi barcha ishlarni qildim, deya olgan holatlar juda kam bo‘lgan. Ko‘pincha buning aksi bo‘ladi: men to‘shakka qulayman va o‘zim istagan, lekin qilolmagan ishlarning uzun ro‘yxati haqida o‘ylayman. Iso butun hayotidan ko‘zlangan ishni bunchalik qisqa davr ichida qanday bajara oldi?

Javobini Isoning so‘zlaridan topamiz. Bu shunday kuchli haqiqatki, bizni shoshma-shosharlik va umidsizlik qulligidan ozod qiladi. Iso yer yuzida 33 yillik hayoti davomida qanday  ish bilan mashg‘ul bo‘lganiga e’tibor bering: “Sen Menga topshirgan ishni tugatdim” deydi U. Hamma gap shunda. Iso shogirdlari istagan narsalarning hammasini emas (ularning ayrimlari hatto Iso Rim hukumatini ag‘darishiga umid qilgan) Uning ortidan ergashgan to‘da-to‘da odamlarning xohish-istagini ham emas (kasallar va o‘limga mubtalo bo‘lganlarning soni juda ko‘p edi) balki Xudo Unga topshirgan ishni tugal yakuniga yetkazdi.

Atrofdagilar mendan xohlagan narsalarning hammasini bajarish uchun 24 soat vaqt menga hech qachon yetmaydi. O‘zim istagan narsalarni to‘liq, oxirigacha bajara olishimga ham vaqtim yetishi dargumon. Mening barcha hoxlovchilar bilan uchrashishga, gaplashishni istagan har bir odamga qo‘ng‘iroq qilishga, barcha muhtojlarga yordam berishga, do‘stlarimning nazarida men uddalay oladigan barcha loyihalarni amalga oshirishga, qiziqarli kitoblarni bitta ham qoldirmay o‘qib chiqishga, do‘stlarim bilan  o‘zim istagancha vaqt o‘tkazishga, shu vaqtning o‘zida istalgan vaqtda kelib qolishi mumkin bo‘lgan mehmonlar uchun xonalarimda doimo tartib saqlab kelishga imkonim yo‘q. Bu bajarib bo‘lmaydigan narsa.

Bularning hammasini bajarishga majbur emasligimni tushunib, o‘zimni juda yengil tortaman. Aslida faqat Xudoning topshiriqlarini bajarishim kerak. Xudoning men uchun bu kunga, bu haftaga va butun hayotimga oid rejasini amalga oshirish uchun vaqtim borligini tushunganimda, chindan ham ozod ekanligimni his etdim!

Xudo menga topshirmagan narsalar uchun javob berishga harakat qilganimda bundan faqat o‘zim qiynalaman. Xudo mendan nima xohlayotganini tushunish o‘rniga o‘z ishlarim ro‘yxatini o‘zim belgilasam yoki boshqalarga men uchun ustun bo‘lgan narsalarni belgilashga yo‘l qo‘ysam, oxir-oqibat tugatilmagan yoki sifatsiz bajarilgan, yo bo‘lmasa hali boshlanmagan talay ishlarga ko‘milib qolaman. Meni aybdorlik hissi ta’qib qiladi, doim shoshilaman, depressiya holatiga tushaman va Xudo taklif etadigan tinch, tartibli hayotdan bahramand bo‘la olmayman.

Xudoning biz uchun belgilagan “ishlar ro‘yxati” boshqa odam uchun belgilangan ishlar ro‘yxatidan farq qilishini doimo esda tutishimiz zarur. Iso: “Sen Menga topshirgan ishni tugatdim” – dedi, aslo Butrusga, Yuhannoga yoki onasiga topshirilgan ishni emas. Xudo tomonidan men uchun belgilangan ish, Uning sizga, mening hamkasblarimga va do‘stlarimga belgilagan topshiriqdan faqr qiladi. Parvardigor Xudo uchta jajji bolani katta qilayotgan onaga va uning eriga yoki turmushga chiqamagan yosh qizga, yo bo‘lmasa bolalari kattargan, uyli-joyli bo‘lgan ayolga bir xil topshiriq bermaydi.

Bundan tashqari, hayotimiz bir nechta davrdan iborat. Qirq yoshimda Xudo menga topshirgan ishlar yigitlik chog‘imda qilgan ishlarimdan mutlaqo farq qiladi, keksayganimda esa U menga yana boshqa topshiriqlarni beradi.

Aytmoqchimanki, bugungi kunda ayollarimiz tez ishonadigan xuddi shunday yana bitta yolg‘on bor. Bu yolg‘onning asosida “men hammasiga ulguraman”, “ideal xotin, ideal ona bo‘lishim, uyda tozalikni va tartibni saqlashim, shirin, mazali va foydali taomlar tayyorlashim, bolalarimning maktabdagi hayotidan, imonlilar jamoati va jamiyatdagi barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishim, batartib ko‘rinishda, chiroyli bo‘lishim va ertadan kechgacha ishlab, pul topishim kerak” degan tushuncha yotadi.

O‘zlari anglamagan holda bularning hammasini eplashi kerakligiga ishongan ayollarning charchab holdan toyishi, ko‘ngli sovushi muqarrar. Hech qanday ayol bu vazifalarni bir yo‘la olib borolmaydi. Ertami, kechmi nimadir (yoki kimdir) albatta aziyat chekib qoladi.

Xudo buyurmagan narsani qilish oxir-oqibat ko‘ngil sovushiga, ixlosimiz qaytishiga olib keladi. Erkinlik, shodlik va muvaffaqiyat qachonki hayotimizning ayni pallasida Xudoning nazdida qadrli bo‘lgan narsalarni aniqlashga intilganimizda va ularni Muqaddas Ruhning kuchi bilan hayotga tatbiq qilish uchun jon kuydirganimizda keladi. Shu vaqtning o‘zida biz shuni tushunishimiz kerakki, Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga nimaiki zarur bo‘lsa, hammasini bergan – vaqtni ham, bilim qobiliyatlarni ham, toki Xudo bergan topshiriqni oxirigacha bajaraylik.

Quyidagi guvohliklar shaytonning ustunliklar hamda vaqtni taqsimlash haqida yolg‘oni qanday qilib bizni qulga aylantirishi va haqiqat orqali qanday ozod bo‘lishimiz haqida:

“Xudojo‘y, masihiy ayolning” vazifasini to‘liq bajara olmaganim uchun doimo o‘zimni koyib kelardim. Hech qachon biron bir ishni ko‘ngildagidek uddalaganimni his qilmaganman. Xudo meni da’vat etgan ishlarning hammasini bajarish uchun menda vaqt yetarli ekanligini tushungach, o‘zimni juda yengil tortdim. Qattiq hayajon bosgan vaqtlarda men bu haqiqatni qayta-qayta takrorlayman. Takrorlashning o‘zi meni tinchlantiradi. Endilikda vaqt avvalgidek tez o‘tmayotgandek go‘yo va men chindan ham “bugungi kun” bilan yashay olyapman.

Men hech narsaga vaqtim yetmaydi deb o‘ylardim va bu yolg‘onga ishonardim. O‘z vazifalarimni ko‘ngildagidek bajarmasdim, uyimda har doim tartibsizlik bo‘lgani, bolalarim o‘zlarini yomon tutgani bois tushkunlik va umidsizlik hissi meni doimo ta’qib qilib kelgan.

Xudoning barcha topshiriqlarini bajarish uchun menda vaqt yetarli ekanligini tushunganimda, avval ko‘p hollarda Xudo aytmagan narsalarni bajarishga harakat qilganimni tan olishga majbur bo‘ldim. Hayotimda ortiqcha narsalardan ozod bo‘lishni boshladim – qilishim kerak bo‘lmagan, boshqalarning zimmasiga yuklash mumkin bo‘lgan narsalarni aniqlay boshladim. Shuningdek, o‘zim hamda turmush o‘rtog‘im uchun muhim bo‘lgan narsalarni bilib olish maqsadida men bularni turmush o‘rtog‘im bilan birga muhokama qilishni o‘rganyapman. Bu oson ish emas, lekin ma’lum bir narsalarni soddalashtirib bo‘ldim. Umid qilaman, bu hayotimni tartibga solish va erkin bo‘lish uchun menga ko‘p quvvat beradi. Shunda men Xudoning barcha topshiriqlarini bajarishga qodir bo‘laman. Bu faqat Muqaddas Ruhning yetaklovi va Xudoning iltifoti bilangina bo‘ladigan narsa.

Jamoat menga ehtiyoj sezsa agar, o‘zimni xizmat qilishga majbur deb bilardim. Nima kerak bo‘lsa, hammasini qilardim. Natijada deyarli har kuni jamoatda xizmat qilib, buni chin ko‘ngildan emas, balki majburiyat hissi bilan qilganman. Bironta yordamchi topolmasdim, chunki hech kim menchalik zo‘r g‘ayrat bilan ishlay olmasdi. O‘zimni “yagona” va tengi yo‘q deb bilar edim.

Adoyi tamom bo‘lganimdan keyin jamoatimiz cho‘poni menga hamma uchun ishlashga majbur emasligimni, Otamiz bergan topshiriqlarni bajarishimning o‘zi kifoya ekanligini tushuntirdi. Endilikda Xudodan menga topshirilgan bir nechta xizmatnigina olib boryapman. Ma’lum bir ishning meniki emasligiga ko‘zim yetgan joyda “yo‘q” deyishni o‘rgandim.

Yaxshi ishlarga qo‘l urardim, biroq Xudo menga bularni aytmagan edi. Oqilona va to‘g‘ri xizmat qilishim uchun Xudo meni behuda mehnat bo‘yinturug‘idan ozod qildi. Endi men xizmat qilish imkonini izlashga emas, Xudoning irodasini tushunishga harakat qilaman. Xudoning har qanday topshirig‘ini bajarishga tayyorman.

Muntazam ibodat qilmasdan ham, Kalom o‘qimasdan ham osoyishta yashay olaman.

Biz yuqorida muhokama qilgan yolg‘ondan farqli ravishda, navbatdagi yolg‘onni kamdan-kam masihiylargina ochiqchasiga tan oladi. Vaholanki, so‘rovnomada qatnashgan ayollarning 48% i bu yolg‘onga ishonishini e’tirof etdi. “Ko‘rsatgichi bo‘yicha keng tarqalganligi” ga qarab tuzilgan ro‘yxatimizda bu yolg‘on to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Shayton bizni ishontirib, Xudodan holi yashashga qodir ekanligimizni ongimizga singdirishga harakat qiladi. Dushman bizni Muqaddas Ruhning kuchiga emas, o‘z kuchimizga ishonib yashashga majbur qila olsa agar, bu holda bizning Xudoga ishonishimiz, qanday ta’limotga amal qilishimiz, “jamoat xizmatida” va hokazo ishlarda qatnashishimiz haqida u hech qancha tashvishlanmasa ham bo‘ladi. U bizning shunchaki “masihiycha” yashash bilan kifoyalanishimizni va Rabbimiz Iso bilan munosabatlarimiz kengayishi haqida jon kuydirmasligimizni ta’minlay olsa agar, ruhan zaif bo‘lib yengilishimiz muqarar bo‘ladi. Shayton bizning Xudo uchun “buyuk ishlarni” qila turib, shu vaqtning o‘zida ongli ravishda Xudoning irodasini Kalom va ibodat orqali izlamasligimizga erishsa agar, buning oqoibatida biz o‘ta dindor, ammo iblisga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmaydigan odamga aylanamiz. U bizni Xudoning donoligini izlamaslikka, o‘z fikr-idrokimiz bilan yashashga og‘dira olsa agar, oxir-oqibat dunyo bizni ezib tashlaydi.

Men Ivetta ismli ayol o‘z hayotida bu yolg‘on qanday oqibatlarga olib kelgani haqida hikoya qiladi:

Kalom o‘qishga va ibodatga vaqt ajratgan kunlarimda hayotim sokin kechadi, uch nafar maktabgacha yoshdagi bolalarim bo‘lsada, meni jiddiy muammolar bezovta qilmaydi. Lekin ma’lum bir muddat o‘tgach men kibrlanib ketaman va o‘zim uchun afzal ko‘rgan narsalarimning o‘rni o‘zgaradi. Ko‘z yumib ochishga ulgurmasimdanoq hayotim alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketadi. Bolalarimga baqiraman, g‘azablanaman, ularni urgudek bo‘laman – bu ahvolga qanday tushganimni tushunmay qolaman. Nima qilay? Afsuski, kuchim yetmasligini, Xudoga muhtoj ekanligimni darrov payqab ololmayman. Shayton bizni shunday hiyla bilan, bildirmasdan chalg‘itadiki, agar Kalom o‘qimasam yolg‘onning o‘ljasi bo‘lishim muqarrar.

Shayton biladiki, agar bizni Xudoning Kalomidan ayirsa, biz yanada ojiz bo‘lib qolamiz. Eski Ahdda Dovud haqida yetti marta “Dovud Egamizdan ... so‘radi” degan iborani uchratamiz. (1 Shoh. 23:2, 4; 30:8, 2 Shoh. 2:1; 5:19, 23; 2 Shoh. 21:1) U Xudosiz hech kim emasligini, hech narsaga qodir ham bo‘lmasligini yaxshi bilar edi. Har kuni tongda, kundalik ishlarini boshlashdan avval u ibodatda yuragini Xudoga qaratib, derdi:

Ey Egam! Tong chog‘i ovozimni eshitasan,

Subhidamda Senga yolvoraman,

Sendan javob kutaman.
Kun chiqmasdan Sendan madad so‘rab faryod
qilaman,.

Zab. 5:4; 118:147

Har kuni Kalom o‘qib, ibodat qilib, Xudo bilan yolg‘iz vaqt o‘tkazishning qanchalik muhim va kerakli ekanligini bilaman. Bu haqda hatto kitob ham yozganman. Shunga qaramay, ko‘pincha “Egamizdan so‘ramasdan” kun tashvishlariga, mayda-chuyda narsalarga butun diqqat-e’tiborimni qarataman.

Bu bilan men (garchi ochiqchasiga tan olmasamda) bugungi kunni Xudosiz, Uning donoligi va inoyatidan holi, mustaqil o‘tkazishga qodir ekanligimni ko‘rsataman. O‘zim ishlay olishimni, uyim haqida g‘amho‘rlik qila olishimni, odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishim, barcha muammolarni Xudoning aralashuvisiz, o‘zim yecha olishimni bildiraman. Bu aslida yakkaboshchilik, o‘zboshimchalik ruhi, mag‘rurlikning yaqqol namoyonidir. Kalom o‘rgatadiki: “Xudo mag‘rurlarga qarshi chiqadi”. (Yoqub 4:6) Mag‘rurlikka berilib yashasam agar, Xudo zo‘r berib tirishishlarimga qarshi chiqishiga tayyor bo‘lishim kerak.

Gohida xuddiki Xudo menga: “Bugungi kuningni o‘zing bilgandek o‘tkazmoqchimisan? Yaxshi, urinib ko‘rchi” – degandek bo‘ladi. Natijada nima bo‘ladi? Juda bo‘lsa kunim behuda, befoyda o‘tadi, faqat o‘zimni o‘ylayman. Yomonlikka olsa – juda qiyin holatlarga tushaman va bunga o‘zim sababchi bo‘laman.

Boshqa tomondan, Xudo “kamtarlarga inoyat ko‘rsatadi”. Kunni kamtarlik ruhida boshlab, Xudoga o‘zim hech narsa qilolmasligimni aytib, Unga muhtoj ekanligimni tan olganimda, Uning ilohiy madadiga umid qilishim mumkin.

Haqiqat shundan iboratki, Xudo bilan “aloqani uzsam”, U bilan ongli ravishda, doimiy birlikda bo‘lmasam, Unga itoat qilib yashamasam agar, ruhiy yoki abadiy qadriyatga ega bo‘lgan hech qanday ishni qilishga qodir bo‘lmayman. Albatta ko‘p ishlarga qo‘l urishim, qarorlar qabul qilishim mumkin, lekin bu holda oxir-oqibat hayotimda chindan ham qadrli, maqtovga loyiq hech narsa topolmayman.

Har kuni Kalom va ibodat orqali Xudo bilan munosabatlarni o‘stirish uchun vaqt ajratmasangiz agar, xudojo‘y ayol bo‘lolmaysiz.

Kasb sohasida martabaga erishish xotinlik va onalik vazifasidan ko‘ra ko‘proq qoniqish beradi

Yarim asr avval bir nechta mard ayollar falsafiy va madaniy inqilobga asos solgan. Erkaklar yakkahokimligi kishanidan qutulishning fursati yetganiga ishongan bu ayollar kitoblar yozib, maqolalar chop etadi, universitet va kollejlarda ta’lim beradi, noroziliklar namoyish etadi, Kongressga da’vo qilish va hokazo yo‘llar bilan millionlab xotin-qizlarning ko‘nglini oladi, ishonchini qozonadi.

Ular “ayol” tushunchasini yangichasiga ta’riflab, ayollarning asosiy roli va hayotda bajarishi lozim bo‘lgan vazifasiga oid an’anaviy qarashlarni rad etishadi. Saxovat, iffat, donolik, uy-ro‘zg‘or uchun jon kuydirish, itoatkorlik va kamtarlik kabi fazilatlar lug‘atdan olib tashlandi, ularning o‘rnini tanlov, ajrashish, xiyonat va “tenghuquqli hayot kechirish” qabilidagi tushunchalari egalladi. (Erkak va ayolning hayotdagi barcha sohalarda teng huquqlarga ega bo‘lishi)

Hozirgi avlod boshqacha fikrlashga umuman qodir emas.

“Ayollik nazokati” tushunchasiga oid “yangi” qarashlarning halokatga yetaklagan maqsadlar (yoki oqibatlar)dan biri nikohning va onalikning ahamiyati sustlashishi, ayollarning ham jismonan, ham emotsional jihatdan o‘z uyi va oilasidan olib zavod va ofislarga joylashishi bo‘ldi.

Doktor Doroti Patterson bunga shunday izoh beradi:

Ayollar mana necha-necha asrlar davomida ularga huzur bahsh etib kelgan erkinlikdan “ozod bo‘ldi” – xonadon sohibasi bo‘lish, bolalarini tarbiyalash, ijod bilan shug‘ullanish erki edi bu. Ularni aldashdi – ayol agar nufuzli, yuqori maoshli ishda ishlamasa umidsiz, zerikarli kun kechirishi, o‘z uyida ham xuddi qafasdagi qushdek yashashi muqarrar degan tushunchaga ishonishga majbur qilishdi.1

Statistikaga ko‘ra ishga joylashish, ish haqi to‘lash va ta’lim olish imkoniyatlari masalalarida jins bilan bog‘liq haq-huquqlarning cheklanishi endilikda bu qadar ochiq ko‘zga tashlanmaydi – feminizm tarafdorlari uzoq vaqt, zo‘r berib erishishga intilgan narsa aynan shu bo‘lgan. Biroq yangi “erkinlik”ning salbiy tomonlari nimadan iborat? Quyidagi oqibatlarni kim ham hayoliga keltiribdi deysiz:

• Uydagi ayollar ish joyi bor dugonalari tomonidan qattiq bosimga olinadi. Dugonalari ularni shunchaki ona va xotin bo‘lib o‘tirib qolmaslikka undaydi.

• Uy bekasi bugungi kunda ko‘pchilik tomonidan haq-huquqsiz odam sifatida ko‘riladi.

• Millionlab chaqaloqlar va jajji bolalar tong otiboq yasliga olib boriladi va qorong‘u tushay deganda uyga olib kelinadi.

• Millionlab bolalar maktabdan bo‘m-bo‘sh uyga keladi yoki “prodlyonkada” qolishga majbur.

• Onalar kuchining katta qismini bolalariga emas, eriga ham emas, boshqa narsalarga berishadi, bu ularning doimiy toliqib, serjahl bo‘lib yurishiga sabab bo‘ladi.

• Oila a’zolari kam holatlardagina birga kechki dasturxon atrofida o‘tirishadi.

• Bolalar shoshib chala ovqatlanishga odatlanadi, vitaminsiz ovqat yeydi.

• Turmushga chiqqan ayollar o‘z eri bilan emas, ish joyidagi erkaklar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazgani bois, ularning emotsional jihatdan va jisman eriga xiyonat qilish ehtimoli oshadi.

• Ayollar yetarli darajada moliyaviy erkinlikka erishishdi va bu o‘z navbatida ularga agar istasa, ko‘rqmasdan erini tashlab ketish imkonini beradi.

• Ayollar har kuni ish joyida beadab, qo‘pol so‘zlarni eshitadi, ularga bemaza shama qiluvchilar bo‘ladi.

• Ayollarda o‘z bolalari bilan yaqin munosabat tuzishga na vaqt, na kuch bo‘ladi va oxir-oqibat ular o‘zining ulg‘ayib o‘sgan bolasiga begonadek bo‘lib qoladi.

• Bolalar aksariyat vaqtini televizor qarshisida o‘tkazadi, videofilmlar ko‘rib, kompyuter uyinlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.

• Kattalarning e’tiboridan chetda qolgan bolalar pornografiyaga, spirtli ichimliklarga, giyohvand, jinsiy beahloqlik va zo‘ravonlikka uchraydi.

• Keksaygan ota-onalar, qizlari va kelinlari ertadan kechgacha ishlagani va ularga qaray olmagani bois, qariyalar uyiga olib boriladi.

Masihiylar uchun ustun bo‘lgan qadriyatlarni belgilashda biz avvalo o‘zimizga savol berishimiz kerak: Xudo ayolni qanday maqsad bilan yaratdi? Uning ayolga nisbatan rejasi qanday bo‘lgan? Xudoning Kalomi ayolga, uning qanday millat va qanday avlod vakili bo‘lishidan qat’iy nazar, nima uchun yaratilgani, asosiy vazifasi nimadan iboratligi, unga qanday maqsad muddaolar belgilab berilganini ko‘rsatadi. Mana shu haqiqatni tan olib, hayotimizdagi qadriyatlarni, jadvalimizni unga muvofiqlashtirsakkina haqiqiy erkinlikka ega bo‘lamiz.

Ibtido kitobida (2:18) biz ayolning qanday maqsadda yaratilgani haqida birinchi va eng yorqin izohni topamiz:

So‘ngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolg‘iz bo‘lishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi.

Ko‘ryapsizmi? Xudo ayolni u eriga munosib sherik bo‘lishi uchun yaratdi, toki ayol eri bilan bir tan bo‘lsin, uning ehtiyojlarini qanoatlantirsin. Ayolning hayoti eri atrofida kechishi lozim, aslo buning aksi bo‘lib qolmasligi kerak. Ayol erning qovurg‘asidan yaratildi, eri uchun, unga Xudodan in’om sifatida berildi. Uning eri bilan munosabati Xudo yo‘lidagi xizmatining birinchi va eng asosiy sohasi etib belgilangan. Erkak kishiga ishlash va oilasini boqish mas’uliyati yuklatilgan. Ayolga esa erga munosib sherik, do‘st bo‘lish, xuddi eri singari Xudoning suratini aks ettirish, yerda hukmronlik qilish, ham ma’nan, ham jisman sog‘lom avlodni ko‘paytirish vazifasi berilgan.

Ular birgalikda yer yuzini yangi-yangi avlodlar, Xudoni sevadigan, Uning amrlarini bajarishga intiladigan odamlar bilan to‘ldirishi kerak edi. Ayol mutlaq noyob qilib yaratildi, Parvardigor Xudo O‘ziga xos saxiylik bilan uni ham jisman, ham emotsional jihatdan yetuk, ham aqliy, ham ruhiy fazilatlarga boy qildi, toki ayol orqali yer yuzida hayot davom etsin. Xudo ayolga oilasiga go‘zallik bahsh etish, farovon hayot berish, inoyat va quvonch olib kelish qobiliyatini ato etdi. Oilasining nuri, mustahkam ustuniga aylangan ayoldanda katta muvaffaqiyat qozongan odam bo‘lmaydi.

1 Timo‘tiyga maktubda havoriy Pavlus imonlilar jamoati qanday bevalarga yordam berishi kerakligiga aniqlik kiritadi. Ro‘yxatda ayolning hayotidagi har qaysi davrga oid asosiy vazifalarga izoh berilganini ko‘ramiz. Pavlus yoshi ulug‘, hayoti o‘z xonadoni va oilasi atrofida o‘tgan, o‘zini boshqa odamlarning ehtiyojlariga bag‘ishlagan ayollarni chuqur e’zozlaydi. Pavlus qo‘ygan talablar har qanday masihiy ayolning ustunliklari ro‘yxatidan joy olishi lozim:

Tullar ro‘yxatiga faqatgina oltmish yoshdan oshgan, marhum eriga vafodor bo‘lgan* beva ayollarni  kirit. Bu ayollar qilgan ezgu ishlari bilan tanilgan, ya’ni bolalariga yaxshi tarbiya bergan, musofirlarga mehmondo‘st bo‘lgan, Xudo azizlarining oyoqlarini yuvgan, qiynalganlarga yordam bergan, o‘zlarini turli xil xayrli ishlarga bag‘ishlagan bo‘lishlari lozim.

1 Tim. 5:9–10

Pavlusning so‘zlaridan u o‘tmishda turmush qurgan ayollar haqida gapirayotgani ko‘rinib turibdi va bu o‘z navbatida Muqaddas Kitobning nikoh Xudo tomonidan aksariyat ayollar uchun belgilab berilgani haqidagi ta’limotini tasdiqlaydi. Ammo 1 Korinfliklarga maktubga asosan (1 Kor. 7:32–35), erga tegmagan ayollar ham jamoat xizmatida bo‘lishga da’vat etilgan, biroq boshqa ma’noda. Bundaylar o‘zlarini imon binosining qurilishiga bag‘ishlashi, fidokorona hayot kechirishi, hamma narsadan ustun qilib o‘z qiziqish va istaklarini emas, balki Masihni va Uning Shohligini qo‘yishlari lozim.

Kalom juda aniq qilib o‘rgatadiki, erga tekkan ayolning hayoti o‘z uyi va oilasi atrofida o‘tishi kerak. Bu ona va xotin uydan tashqarida ishlamasligi kerak degani emas. Ishlashi mumkin, shu sharti bilanki, ishi unga asosiy vazifasini, ya’ni uyidagi xizmatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bundan tashqari ayol nima uchun ishlashni istayotganining asl sabablarini baholashi, buning ortida qandaydir yolg‘on yo‘qmi degan savolga javob berishi lozim.

Misol uchun, bugungi kunda oila bir kishining oylik maoshiga yaxshi yashay olmaydi deb hisoblanadi. Chindan ham, feministlar harakati oqibatida iqtisodiyotimiz ikki kishi, ya’ni er va xotin ishlagan oilalarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Biroq bu bilan oila bir kishining oylik maoshiga yashay olmaydi demoqchi emasman.

Xudo butun oilani boqish mas’uliyatini erkakning zimmasiga yukladi. Dushman esa bu tartibga bo‘ysunib yashashni o‘ta qiyin masalaga aylantirdi. Haqiqatda esa sharoit qanday bo‘lmasin, yashash mumkin, bunga istak, xohish bo‘lsa bas.

Bir qator yaqin dugonalarim oltita, yettita, sakkizta va hatto to‘qqizta farzandni katta qilyapti, ular o‘zining butun vaqtini oilasiga va bolalariga bag‘ishlashga qaror qilgan. Bu oson emas albatta. Ularning uyida bugungi kunda zarur hisoblangan ko‘p narsalar yo‘q. Chindan ham, qandaydir ma’noda bu ayollar ko‘p qulayliklardan mosuvo bo‘lib qolmoqda, biroq buning evaziga olingan marhamatlar oldida ularning yo‘qotganlari hech narsa emas. Deyarli har bir holatda ...

• Bu baxtli, shod oilalar.

• Ko‘pincha ularning haqiqiy qadriyatlar haqida tushunchasi, er va xotin ishlagan oilalardagi tushunchadan ko‘ra ancha sog‘lom va to‘g‘ri.

• Ular ibodat qilishni, hamma narsada, ya’ni “kundalik rizqidan” boshlab oliy ma’lumot uchun shartnoma to‘lovi masalasigacha Xudoga umid bog‘lashni o‘rganishadi.

• Ota-ona har doim bolasi qayerda ekanligidan boxabar bo‘ladi, bolalarini nazorat qila oladi, o‘yin va mashg‘ulotlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.

• Ota-ona va bolalari o‘rtasida haqiqiy do‘stlik vujudga keladi.

• Ular imonlilar jamoati xizmatida faol ishtirok etadi. Bilsangiz, er va xotin kun davomida ishlagan oilalarning aksariyati bunga vaqt ham, kuch ham topa olmaydi.

Endi o‘zingiz xulosa qiling: kim ko‘proq yo‘qotadi?

Hatto ko‘p dunyoviy ayollar ham ayol jamiyatdagi mavqei, martabasini oila bilan bir qatorga qo‘yganda qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishini tushunishadi. Aktrisa Ketrin Xepbern o‘z intervyusida shunday degan:

Ayol kishi bir vaqtning o‘zida ham mavke orttira olishi, ham ona bo‘la olishiga ishonmayman. Zamonamiz ayollarining muammosi shundaki, ular bir vaqtda hammasiga erishishni xohlaydi. Biroq hech bir ayol ikkisini ham bir vaqtda eplay olmaydi.

Boshqa aktrisa Joann Vudvord bunga qo‘shimcha qiladi:

Mavqeimga futur yetkazgan aslida bolalarim bo‘ladi, bolalarim esa mavqeim tufayli aziyat chekishdi. …Bir oyog‘im u yerda, bir oyog‘im bu yerda bo‘lib, na u sohada, na boshqasida muvafaqiyat qozona oldim. Barchasida muvaffaqiyat qozona olgan bironta odamni ko‘rmadim, shu vaqtning o‘zida ishlayotgan juda ko‘p onalarni bilaman.

Gunoh bilan bulg‘angan bu dunyoda “ideal”ga erishib bo‘lmaydigan vaziyatlar uchraydi. Ajralish holatlarining ko‘pligi, yolg‘iz onalar sonining katta katta raqamlar bilan o‘lchanishi bizni ikki karra g‘ayrat bilan o‘z idealimizni mahkam ushlashga turtki bo‘lishi lozim. Bu holat bizni Xudoning mukammal irodasini bajarishga undamog‘i kerak. Bizdan o‘z madaniyatimiz ta’siriga qarshilik ko‘rsatish talab etiladi. Borini aytadigan bo‘lsak agar, ajralish holatlari, yolg‘iz onalarning, oilaga xiyonat qilganlarning, davlatmand, o‘zini o‘zi ta’minlaydigan ayollarning soni oshishiga, o‘smirlar orasida jinoyatchilikning keskin o‘sishiga, holdan toygan, horg‘in, bebaxt ayollarning ko‘payishiga ko‘p jihatdan aynan “ishlaydigan onalar” falsafasi sababchi.

Doroti Patterson barchamizga shunday eslatma beradi:

Albatta, bolalarni o‘stirib borishda “o‘z ishimizni topishning” ko‘p imkonlarini yo‘qotishimiz mumkin. Biroq bitta vazifa borki, uning bajarilishini keyinga qoldirib bo‘lmaydi – bu o‘z bolalarimizni tarbiyalab katta qilishimizdir. Vaholanki, bugungi kunda sog‘lom muhitda o‘sish imkoniga ega bo‘lgan bolalarning soni tobora kamayib bormoqda.

Sovutgich yuzida muhrlangan donolik

Uydagi sovutgich yuzida do‘stlarimning suratlari yopishtirilgan. Magnitli, akril ramkalarga solingan bu suratlar sovutgichning yuz qismini deyarli to‘liq egallaydi. Bu yerda sal kam to‘qsonta oilaning surati bor, bu oilalarda jami uch yuzga yaqin bolalar o‘sib kelmoqda (o‘nlab nabiralarni hisobga olmasak agar).

Yaqinda men ikki soat vaqtimni har yili qiladigan ishimga ajratdim – eski suratlarni olib, ularning o‘rniga menga Rojdestvo bayramiga yuborilgan yangilarini qo‘ydim.

Yangi suratlar joy-joyiga tushgandan keyin orqaga bir qadam tashlab umumiy manzarani ko‘zdan kechirdim. Bu oilalar yil davomida nimalarni boshdan o‘tkazganini esladim. Sakkizta oilani Xudo yana bittadan farzand bilan marhamatladi. Kamida yettita oilada bittadan nabira tug‘ildi. Qiz chiqargan yoki o‘g‘il uylantirgan oilalar yettitani tashkil qilardi. O‘n beshta oila yashash joyini o‘zgartirdi. Oltita oila nima qilarini bilmay turardi. Suratlarda odamlarning tabassumi ko‘rinardi. Biroq ayrim, ideal portretlar ortida odamlar ko‘rsatishni xohlaganidan ancha ko‘proq narsalar yashirinar edi. Bir nechtasi yaqinlarining biri jiddiy, jismoniy yoki ruhiy xastalikka yo‘liqqani haqida men bilan bo‘lishgandi. Uchta oila yaqinini yo‘qotdi. Bir juftlik ajralish yoqasiga kelib qolgan edi.

Oila siri haqida chuqur o‘yladim – “kasalligida ham, sog‘ligida ham, qayg‘uda ham, xursandchilikda ham...”. Oila har birimiz uchun chindan ham ahamiyatli bo‘lgan narsalarning markazidir. Agar oilada nosozliklar bo‘lsa, bu inson hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi. Kurk tovuq jo‘jalariga qaragani kabi, bir etak bolalari haqida g‘amho‘rlik qilgan o‘nlab ayollarga qarar ekanman, ular ichida o‘zini yangi, endigina paydo bo‘lgan hayotni saqlashga bag‘ishlaganlarini ko‘rib, yuragim minnatdorlikka to‘ladi.

Suratlar o‘rtasiga bir yozuv kiritdim. Siz bu yozuvni ehtimol ko‘p yillar avval ko‘rgandirsiz: “Hayot – naqadar ajoyib tanlov!”. Bu o‘z farzandlariga hayot berishni tanlagan ayollar ular har kuni hayotni tanlaydilar va buni:

• har kuni tayyorlagan tushlik ovqati;

• yuvib tozalagan uyum-uyum kir ustiboshlar;

• bolalari bilan oziq-ovqat do‘koniga, maktabga, tish do‘xtiri qabuliga, musiqa maktabiga, sport to‘garagiga yoki poyafzal do‘koniga borish;

• bolasining tizzasi lat yeganda, yaraga dori qo‘yib bog‘lash

• aytgan har bir yaxshi so‘zi;

• betob bo‘lgan yoki qo‘rqqan bolasining to‘shagi ustida o‘tkazilgan har bir soat;

• yechimini topgan har bir bahsli holat;

• boshqotirma o‘yini, rasm bo‘yash, matematikadan mashqlar yechish, Muqaddas Kitobdan hikoyalar o‘qish, eri yoki bolasining o‘tgan kun haqida taasurotlarini eshitish bilan o‘tkazilgan har bir daqiqa;

• oilasining ruhiy o‘sishi va Xudoning ximoyasi ostida bo‘lishi uchun jon kuydirib o‘tkazgan har bir daqiqa bilan namoyon etadilar.

Kun sayin bu ayollar o‘z uyi, xonadonini mustahkam qilib boradi, hayot ulashadi, poydevor quradi va shunday bir ramziy yodgorlik bino etadiki, u avlodlar oshib ham barqaror turadi. Bunday ayollar Yaratguvchi Xudoni hamma narsadan ustun qo‘yadilar.

Amalda qo‘llash

1. Xudoning aytganlirini QABUL QILING.

Siz hayotingizdagi ustunliklar haqida qanday yolg‘onga ishonib kelgansiz?

2. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga OLING.

Bu yolg‘onga ishonish sizning hayot tarzingizga qanday ta’sir qildi (munosabatlaringizga va hatti-harakatlaringizga)?

3. Haqiqatni E’LON QILING.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni birma-bir ovoz chiqarib o‘qing. Ular ichida qaysi biri hozirgi kunda siz uchun ayniqsa muhim?

Xudoning Kalomi bilan fikr-zikringizni yangilang. Quydagi parchalarni ovoz chiqarib o‘qing. Zab. 89:10–12, Mt. 6:25–34, Lq. 10:38–42, 1 Tim. 5:9–10, Tit. 2:4–5 (eri bor ayollar uchun), 1 Kor. 7:29–35 (ersiz ayollar uchun).

Mazkur oyatlarda Xudo tomonidan hayotingiz uchun belgilangan ustuvor qadriyatlar haqida nima deyilgan?

4. Haqiqat asosida HARAKAT QILING.

Haqiqat asosida hayot kechirish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishingiz kerak?

5. Xudodan haqiqat so‘qmoqlaridan yurishda sizga yordam berishini SO‘RANG

Ota, hayotda ko‘pincha bu dunyoning o‘tkinchi ne’matlariga oshiqib yashaganim uchun Sening oldingda tavba qilaman. Senga ma’qul hayot kechirishni istayman. Sen uchun muhim bo‘lgan narsalar men uchun ham muhim bo‘lsin. Sening Kaloming menga fikr idrokingni ochadigan nur bo‘lsin. Ruhingni his etishimga, har bir kunimda nima qilishni bilib yashashimga yordam ber. Yolvoraman, menga ayollik, mahsus vazifamni qanday bajo etishni ko‘rsat. Behuda ishlarga berilmasligim uchun menga donishmandlik va jur’at ato et. Abadiy hayotni o‘ylab yashashimga yordam ber, toki umrim oxirlagach, men ham xuddi Iso singari: “Sen Menga topshirgan ishni tugatib, yer yuzida Seni ulug‘ladim” deya olayin. (Yuhanno 17:4) Iso Masihning nomi bilan so‘rayman. Omin.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак