Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 8 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (8-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

   • Bir nimani his qilsam, shu narsa to‘g‘ri bo‘lib chiqadi

   • O‘z hislarimni nazorat qilolmayman

   • Garmonlarim qo‘zigan vaqtda, ko‘zimga hech narsa ko‘rinmaydi

   • Depressiyani avvalo dori-darmonlar bilan davolash va/yoki psixiatrga murojaat etish lozim.

   • Yolg‘onga haqiqatni qarshi qo‘ying

   • Amalda qo‘llash

Xotira daftarim

Hobilni yo‘qotganimizga mana sal kam ikki yil bo‘ldi; har doim u haqda o‘ylayman, haligacha yuragim eziladi. Qobil haqida bir necha oydan beri hech narsa eshitmadik. Gohida uning bizga qilganlarini o‘ylab g‘azabim qaynaydi, gohida uni quchog‘imga bosib, xuddi bolaligida bo‘lgani kabi, erkalab suygim keladi.

Odam dilidagi kechinmalari haqida hech kim bilan bo‘lishmaydi. Ba’zan, unda his-kechinma bormi o‘zi, deb o‘ylab qolaman. Unga dilimni ochishga harakat qilganimda, jahli chiqadi.

Yuragimni bo‘shliq to‘ldirgan, yolg‘izlik hissidan hech qutulolmayapman. Gohida to‘shakdan zo‘rg‘a turaman. Hayolimda zulmat meni butunlay yutib yuboradigandek. Yana qancha bardosh bera olishimni bilmayman. Yuragim ezilmagan kunni eslay olmayman. Men qachon bo‘lsa ham baxtli bo‘la olamanmi?

Bir necha yil avval ayollar konferensiyasida qatnashganimda, har birimizga sovutgichga yopishtiriladigan magnit sovg‘a qilishdi. Unda inson boshdan kechiradigan har xil emotsiyalar ro‘yxati bor edi: xijolat tortish, zavqlanish, g‘azab, qayg‘u, hasrat, quvonch va h.k. Har bir so‘z ustidan unga mos keladigan, kulguli bashara tasviri solingandi. Bu ro‘yxatga qo‘shimcha qilib, uzun katak shaklida ramka berilgandi va unda: “Bugun men...” degan yozuv bor edi. Uni ro‘yxatdagi so‘zlarning biri ustidan qo‘yish lozim edi, bu bilan bugungi kechinmalaringizni ko‘rsatgan bo‘lasiz.

Agar oramizdagi ayrim ayollar, har safar emotsiyalari o‘zgargan zahoti o‘sha ko‘rsatgichni siljitib kelganda bormi, boshqa narsaga vaqt topa olmasdik. Va aynan biz ayollarning emotsiyalari oldida erkaklar taslim bo‘lishga va : “Yengildim. Seni sira ham tushunolmadim!” deyishga majburlar. Hech kim ularni bu uchun qoralay olmaydi.

Boshqarib bo‘lmaydigan emotsiyalarimiz bilan kurashganimizda eng osoni – bu emotsiyalar tabiatdan gunohga moyil bo‘lishini tushunish va ularni bosib, yengishdir. Biz Xudoning suratiday qilib yaratilganimiz va buni esda tutmog‘imiz lozim, bu o‘z navbatida bizning har xil tuyg‘ularni his eta olishimizni anglatadi. Parvardigor Xudo bir qator samimiy kechinmalarni ko‘rsatadi, ular ichida xursandchilik, g‘azab, rashq va alam bor. Va U bizni juda ko‘p, turli emotsiyalarni his etgan holda, Uning yuragini namoyon etishga, Uni ulug‘lashga qodir qilib yaratdi.

Bizda emotsiyalarning borligi, bu aslida mummo emas, negaki emotsiyalar – Xudodan berilgan in’om. Muammo shundaki, bizdagi emotsiyalar Xudoning his etgan emotsiyalaridan farqli ravishda, gunoh bilan bulg‘angan, zaharlangan. Biz Muqaddas Ruhga his-kechinmalarimizni poklashiga yo‘l qo‘yib bermog‘imiz lozim, shundagina ularni to‘g‘ri yo‘naltira olamiz.

Dushman tomonidan ishlatiladigan va bizni qul qilishga qodir bo‘lgan qurollar ichida o‘z emotsiyalarimizdan kudratlirog‘ini bilmayman. Dushman  bizni his-kechinmalarimiz haqida yolg‘onga ishonishga majbur qiladi.

Bir nimani his qilsam, shu narsa to‘g‘ri bo‘lib chiqadi

Dushmanning maqsadi bizni ishontirishdan ibodat: nazarimizda hech kim bizni yaxshi ko‘rmaydigandek tuyulgan vaqtda u ongimizga bizni chindan ham hech kim yaxshi ko‘rmaydi degan soxta fikrni singdiradi. Ma’lum bir muammoga yechim topa olmayapmizmi, demak – hech narsa qilolmaymiz, deb o‘ylashimiz unga juda qo‘l keladi. Xuddi shu tarzda: nazarimizda Xudo bizni tashlab ketgandek yoki bizga nisbatan adolatsizlik qilgandek tuyulsa, demak chindan ham shunday bo‘lgan – U bizning ishonchimizni oqlamadi. Vaziyat umidsizdek tuyulyaptimi, demak chindan ham hech qanday umidimiz yo‘q. O‘zimizni qutqarilgandek his etmayapmizmi, demak qutqarilganimiz chindan ham dargumon. Nazarimizda gunohlarimiz kechirilmagandek tuyulyaptimi, demak gunohimiz kechirilmagan.

Biroq aslida gunoh tufayli bizdagi his-tuyg‘ular ko‘pincha haqiqatdan ancha yiroq bo‘ladi. Ko‘p holatlarda his-tuyg‘ular haqiqatni yolg‘ondan ajratishda pand berib qo‘yadi. His-tuyg‘ularimiz Xudoning o‘zgarmaydigan tabiati va haqiqatlariga emas, balki doimo o‘zgarib turadigan vaziyatlarga asoslanganda, biz ruhiy osoyishtalikni yo‘qotamiz.

Ko‘tarinki ruh uchun ko‘p narsa kerak emas: ob-havoning yaxshi bo‘lishi, oylik maoshlarning oshirilishi, yaqinimizdan ikki og‘iz maqtov eshitish, katta loyihaning oxirigacha yetkazilishi, yo bo‘lmasa bir ikki kilogram ortiqcha vaznni yo‘qotishimizning o‘zi kifoya qiladi. Shu vaqtning o‘zida kayfiyatimizning buzilishiga ham turli omillar sabab bo‘lishi mumkin, misol uchun yomon ob-havo, og‘ir kun, ko‘ngilni xira qilgan qo‘ng‘iroq, ortiqcha vazn, organizmdagi o‘zgarishlar, uyqusiz o‘tkazilgan tun yoki shunchaki kechasi, juda kech tanovul qilingan pitssa.

Agar bu qatorga “jiddiyroq” holatlarni, misol uchun besh yilda to‘rtta bola tug‘ish, boshqa joyga ko‘chib o‘tish, ishsiz qolish, turmush o‘rtog‘imiz yoki farzand yo‘qotish, keksaygan va aqlini yo‘qotgan yoki o‘simta kasalligiga yo‘liqqan ota-onaga qarashni qo‘shsak bormi, – emotsiyalarimizni boshqara olmasligimiz hech gap emas.

Asabimiz buzilmasligi uchun muntazam ravishda yuragimizni ham, fikr-zikrimizni ham haqiqatga qaytarib turishimiz lozim. Haqiqat esa shundan iboratki, men buni his qilamanki, yo‘qmi, Xudo –iltifotlidir. Men his qilamanmi, yo‘qmi, lekin haqiqat shundaki, Xudo meni sevadi. Kechirilganimni his qilamanmi, yo‘qmi, lekin Iso Masihning men uchun to‘kilgan qoni tufayli kechirim topganman. Xudo hech qachon meni tashlab ketmaydi, U har doim menga hamroh, ayniqsa o‘zimni yolg‘iz, hammadan ajralgandek his qilgan vaqtlarimda.

Agar haqiqat so‘qmoqlaridan yurishni istasak, emotsiyalarimiz ko‘pincha ishonchimizni oqlay olmasligini tushunishimiz va haqiqatga mos bo‘lmagan har qanday his-tuyg‘uni rad etmog‘imiz lozim.

Bir ayol (uni Konni deb ataylik) uning fikr-tasavvurlari haqiqatga emas, ko‘proq his-tuyg‘ulariga asoslanib kelganini tan oldi. Haqiqatga undagi his-tuyg‘ularni boshqarishga yo‘l qo‘yib bergandan keyin, uning fikr-zikrlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganiga e’tibor qiling:

Garchi Xudoning farzandi bo‘lsamda, ayrim haqiqatlar hammaga taaluqli bo‘lsa ham, menga taaluqli emasligiga ishonar edim ... Xudo ularga iltifot qiladi, menga esa yo‘q. Xudo ularni sevadi, meni sevmaydi. Boshqalar Xudo uchun qimmatli, lekin men emas. Ongim bilan shuni bilardimki – Xudo iltifotli, U meni yaxshi ko‘radi, Uning uchun qimmatliman. Biroq his-tuyg‘ularim mutlaqo boshqa narsani o‘rgatardi. Agar Xudo meni sevganida, Uning uchun qimmatli bo‘lganimda, sevgisini, Uning uchun kerakli ekanligimni his etgan bo‘lardim.

“Ayollar ishongan yolg‘on” nomli seminaringiz orqali Xudo menga, buni his qilishim yoki qilmasligimdan qat’iy nazar, Uning haqiqati haqiqatligicha qolishini ko‘rsatdi. Xudoni yoki Uning Kalomida yozilgan haqiqatni, Uning tabiatini hech kim o‘zgartira olmaydi. Uning menga bo‘lgan iltifoti cheksiz. U meni sevadi. Menga tanlov berilgan: haqiqatni mahkam ushlash yoki shaytonning yolg‘oniga ishonish. Biroq Xudoning haqiqati o‘zgarmas, Uni inkor etib bo‘lmaydi.

Filippiliklarga maktubning oxirgi bobida havoriy Pavlus ruhiy osoyishtalik va emotsional barqarorlikka erishish haqida o‘rgatadi:

Har doim Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! … <…> Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda bo‘lib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar. … … olqishga loyiq, a’lo narsalar haqida fikr yuritinglar.

Natija deysizmi?

… Shunda Xudo beradigan, inson xayoliga sig‘maydigan tinchlik Iso Masih orqali sizlarning yuraklaringizni va o‘y–xayollaringizni qo‘riqlaydi. <…> … Shunda tinchlik beradigan Xudo sizlar bilan birga bo‘ladi.

Flp. 4:4, 6–9

O‘z hislarimni nazorat qilolmayman

Dushman bu yolg‘onni ishlatish bilan bizni to‘liq o‘z emotsiyalarimizga qaram qilib qo‘yishni maqsad qiladi. Chindan ham, his-tuyg‘ularimizni o‘zgartirolmaydigan vaqtlar bo‘ladi, biroq biz ularga hayotimizni boshqarishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Ehtimol tibbiy ko‘rikdan avval hayajonni yengolmassiz, biroq bunday holatda xavotirni chetga surib, natija haqida qayg‘urmasligingiz mumkin. Ehtimol oyning ma’lum bir pallasida serjahl bo‘lib qolarsiz, biroq bu paytda uchratgan odamlaringizga qo‘pol muomalada bo‘lishni bas qilishingiz mumkin. Yolg‘izlik ayniqsa qattiq qiynagan paytda sizga oilali erkak qiziqish bildirganda, ehtimol ojiz va zaif ekanligingizni his etib, bundan qutulishning chorasini topolmassiz, lekin ehtiroslaringizni tiyishingiz, uni sevib qolishdan saqlanishingiz mumkin!

Emotsiyalarimiz qancha jo‘shqin qaynamasin, biz Xudoning iltifoti bilan qaror qabul qilishga, Unga ishonib, itoat qilishga, inoyatiga ko‘z tikib yashashga qodirmiz. Bular bizga, har qancha qiyinchiliklar kelmasin, Xudoga sodiq bo‘lib yashashga yordam beradi.

Men yaxshi ko‘rgan yozuvchi Xanna Uaytoll Smitning hayotda boshdan kechirganlari har qanday odamni asabiy toliqtirib qo‘yishi hech gap emas. Bu ayol bir voiz bilan turmush quradi va uning eri ruhan va emotsional jihatdan o‘ta yengil tabiatli bo‘lib chiqadi. U xotiniga bir necha marta xiyonat qilgan. Beshta bolasidan ikki nafari qizilcha kasalligidan bevaqt olamdan ko‘z yumadi. Bir qizi rassomni yaxshi ko‘rib qolib, erini tashlab ketadi; boshqasi dahriyligi bilan tanilgan bir odamga turmushga chiqadi. Xannaning o‘zi artrit kasalligidan qiynalib yashagan. Shunga qaramay, u o‘z hayotini his-tuyg‘ularga asoslamaslikka qaror qiladi. Uning yozgan kitoblari qat’iyylik bilan Xudoga ergashish, his-tuyg‘ular qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Unga itoat qilishga bo‘lgan o‘zgarmas irodani aks ettiradi.

Bizning Xudo bilan munosabatlarimiz emotsiyalarga asoslanmasligi kerak. His-tuyg‘ular xohish-irodamizga xizmat qilishi lozimligini tushunishimiz kerak...

Ongli ravishda, qadamba-qadam tegishli qaror qabul qilib borsakgina, irodamiz his-tuyg‘ularimizni jilovlashga qodir bo‘ladi. His-tuyg‘ularim voqelikka mos kelmagan juda ko‘p holatlarda men haqiqatni ustun qo‘yaman...

Dengizda kuchli shamol vaqtida kemaga langar kerak bo‘lgani kabi, to‘lqinlangan emotsiyalarni ham jilovlash, to‘xtatish lozim. Irodamiz kuchi bilan emotsiyalarimizni Qodir Xudoga bo‘ysundirsak, oxir-oqibat ular tinchlanadi1.

Kalomda Xudoning juda ko‘p va’dalari va amrlari yozilgan bo‘lib, ular bizga, shamol qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, emotsiyalarimizni boshqarishga yordam beradi:

• Xudoning Kalomi va’da qiladi: “Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman”. (Mt. 28:20) Bundan kelib chiqadiki, biz dilimizni qamraydigan yolg‘izlik hissiga bo‘ysunishga majbur emasmiz.
• Xudoning Kalomi va’da qiladi: “U hamisha sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi”. (1 But. 5:7) Bundan kelib chiqadiki, biz ertangi kun haqida qayg‘urmasligimiz, tinch, osoyishta yotishimiz mumkin.
• Xudoning Kalomi va’da qiladi: “Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alsa ham, Tepaliklar tebransa ham, Mening sodiq sevgim sendan ketmaydi...”(Ish. 54:10). Bundan kelib chiqadiki, biz qo‘rqmasligimiz kerak.
• Xudoning Kalomi aytadiki: “Yuragingiz siqilmasin, qo‘rqmanglar”. ( Yuhanno 14:27) Bu bilan vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biz qurqmasdan yashashimiz mumkinligi anglashiladi.
• Xudoning Kalomi aytadiki: “Hech narsadan tashvish qilmanglar ...”. (Flp. 4:6) Bu bilan har qanday xavotirlardan qat’iy nazar, biz osoyishta yashashimiz mumkinligi anglashiladi.
• Xudoning Kalomi aytadiki: “Har qanday sharoitda ham Xudoga shukur qilinglar...”. (1 Sal. 5:18) Bu bilan biz atrofimizda hamma narsa qulab bitayotgan bo‘lsa ham, Xudoga shukur qilishimiz mumkinligi anglashiladi.
• Xudoning Kalomi aytadiki: “...dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar”. (Mt. 5:44) Bu bilan bizni qanchalik xafa qilishmasin, biz Muqaddas Ruhning kuchi bilan odamlarni yaxshi ko‘rishga qodir ekanligimiz anglashiladi.
• Xudoning Kalomi aytadiki: “...birovda ginangiz bo‘lsa, uni kechirib yuboring”. (Mk. 11:25) Bu bilan biz har qanday odamni, uning bizni qanchalik qattiq xafa qilishi yoki bizga qarshi qanday katta gunoh qilishidan qat’iy nazar, kechirishga qodir ekanligimiz anglashiladi.

Masihga ko‘z tikib, fikr-zikrlarimizni to‘liq haqiqatga bo‘ysundirganimizda, Muqaddas Ruh bizning emotsiyalarimizni poklaydi va inson hayoliga sig‘maydigan inoyat, taskin va tinchlik ato etadi:

Sizlar Masih bilan birga tirilgan ekansiz, samoviy narsalarning payida bo‘ling, axir, Masih ham samoda Xudoning o‘ng tomonida o‘tiribdi. Fikringiz yer yuzidagi emas, samodagi narsalar bilan band bo‘lsin.

Kol. 3:1 – 2

Har qanday o‘y–xayolni Masihga bo‘ysundirib, asir qilamiz.

2 Kor. 10:5

Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga O‘zing komil tinchlik ato qilasan.

Ish. 26:3

Menda garmonlar qo‘zigan vaqtda, ko‘zimga hech narsa ko‘rinmaydi

Bu yolg‘onni qabul qiladigan bo‘lsak agar, tez orada biz go‘yo zaiflashganimizda yoki asabimiz buzilgan vaqtda hatti-harakatlarimizni boshqara olmasligimiz haqida yolg‘onga ham ishonamiz. Bizda nafaqat his-tuyg‘ularimizga ishonish, balki ularga bo‘ysunishga ham moyillik bor.

Misol uchun, tungi soat o‘nda shokoladli muzqaymoqni tusab qolsak, shu zahoti muzlatgich oldiga boramiz. Uyqumiz kelmasa yarim tungacha kino ko‘ramiz. Ertasi kuni turishni xohlamasak, ko‘rpani boshimizga tortib, o‘zimizni kasalga solamiz. Kechki ovqatni tayyorlashga erinsak, pitssaga buyurma beramiz. Uyni yig‘ishtirishni xohlamasak, tartibsizlik bizni depressiya holatiga olib kelishigacha kutamiz.

Muammo shundaki, emotsiyalarimiz izmida bo‘lsak, ularga hayotimizni boshqarishiga yo‘l qo‘ysak agar, qiyinchiliklar kelgan paytda bizning emotsiyalarga qarab ish tutishimiz oson bo‘lib qoladi.

Oxirgi yillarda ayollar hayotining bir nechta davrdan iborat bo‘lishi haqida ko‘p aytilmoqda. Ayrim tadqiqotlar chindan ham bizga “qanday ajoyib qilib yaratilganligimizni” tushunishga yordam beradi. Biroq ko‘p ayollar endilikda faqat o‘zlari bilan band bo‘lib qolgan va ular o‘zining odamlarga nisbatan kechirib bo‘lmaydigan munosabatini olimlar tomonidan olingan ma’lumotlar bilan oqlaydi.

Ayrim ayollar asablashishiga va o‘zini yomon tutishiga oy ko‘rish vaqtini sabab qilib ko‘rsatishadi (ko‘pincha o‘zimda ham buni bahona qilish xohishi tug‘iladi). Bu xatolik sal qolsa Maryamning turmushi buzilishiga sabab bo‘lar edi:

Yoshim ellik ikkida va men o‘sha siz ko‘rsatgan yolg‘on butun umrim davomida yuragimni boshqarib kelganiga amin bo‘ldim. Erim aybimni fosh qilishga, menga haiqatni ochishga harakat qildi, biroq shunday aldanganim, PMS himoyachilarining dalillariga shu qadar ishonganim bois, erimning so‘zlariga quloq solishni ham xohlamasdim. Erim meni tashlab ketishga qaror qilgandagina ko‘zim ochildi.

Ayrim ayollar kayfiyatining muntazam o‘zgarib turishi, asabi buzilsa o‘zini boshqara olmasligini homiladorlik vaqtining qiyin kechgani bilan “tushuntirishadi” (o‘zini oqlaydi, deb o‘qing). Klimaks boshlanadigan davrga mo‘ljallab, avvaldan asabi buzilishini rejalashtirgan ayollarni ham uchratganman.

Shak-shubhasiz, organizmimizda bo‘lib o‘tgan jarayonlar emotsiyalarimizga, fikr-zikrimiz va hatto ruhiy holatimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Biz shaxsimizdagi ayrim jihatlarning ta’sirini to‘xtatolmaymiz – ularning hammasi ajratib bo‘lmaydigan darajada bir-biriga bog‘liq. Biroq jismoniy holatimizni yoki garmonan o‘zgarishlarga asoslanib, basharga xos, gunohli harakatlarimizni oqlaydigan bo‘lsak, dushmanning tuzog‘iga tushamiz.

Esimda, o‘n ikki yoshimda chamasi bir yil sababsiz yig‘laydigan odatni tashlay olmaganman. Hozir, ortga qarar ekanman, o‘sha vaqtda organizmimda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganini – bu mening ayol bo‘lib shakllanayotgan davrim bo‘lganini tushunaman. Biroq shu vaqtning o‘zida shuni tushunamanki, o‘sha yil serjahllik va jizzakilik qilganlarimni bu bilan oqlab bo‘lmaydi.

Ko‘p yillar avval chikishlarim grafigi o‘ta tig‘iz bo‘lgani bois, men jismonan va emotsional jihatdan juda toliqib qolgandim. Odamlarga nihoyata qo‘pol munosabat ko‘rsatadigan, qachon qaramang, hammani tanqid qiladigan bo‘lib qoldim, atrofdagilarga men bilan munosabat qurish qiyin bo‘lib qoldi. Beixtiyor ravishda men bunga kayfiyatim buzilishini sabab deb bilardim. Shunda do‘stlarimdan biri menga: “Toliqqaning senga basharga xos ish tutishingga huquq bermaydi” dedi. Tavba qilib aytaman, lekin o‘sha vaqtda do‘stimni, meni bu tarzda fosh etgani uchun yomon ko‘rdim, lekin menga aynan shu so‘zlar kerak edi – bu achchiq haqiqat, juda og‘riqli va shu vaqtning o‘zida kerakli ogohlantirish edi.

Xudo inson organizmini shunday yaratganki, unda o‘ziga xos “fasllar”, davrli jarayonlar bo‘ladi. Albatta, hayotning har bir pallasida o‘ziga yarasha qiychiliklar uchraydi. Gunohning kirib kelishi oqibatlaridan biri – bu ayol zotining azob, mashaqqat bilan bola ko‘rishidir. Biroq bu yerda shunchaki bola tug‘ish jarayonining o‘zi haqida so‘z bormaydi. Misol uchun, ayrim ayollarning oy ko‘rish vaqtida azob chakishi ham bizga gunoh haqida eslatadi. Shu vaqtning o‘zida oy ko‘rishimiz boshqa narsaga, ya’ni Xudo bizni ayol qilib yaratgani va biz bola ko‘tarishga, bolaga hayot berishga qodir ekanligimizga ham ishora qiladi. Garchi o‘zim turmushga chiqmagan bo‘lsamda, buning men uchun ajoyib ko‘rsatma ekanligini bilaman, bu mening kimligimni, Xudo meni nima uchun yaratgani, Uni bu dunyoda qanday qilib yaxshiroq ulug‘lay olishimni menga eslatib turadi.

Et va suyaklarimizni yaratgan Xudo emasmi? Nahot U tanamizning tuzilishini tushunmasa? Nahotki siz bizdagi garmonlar, oy ko‘rishimiz, homiladorligimiz va klimaksni boshdan kechirishimiz Xudoni chorasiz qilib qo‘yadi, bunday vaqtlarda U biz haqimizda qanday g‘amho‘rlik qilishni bilmaydi deb o‘ylasangiz?

Zabur kitobida hofiz Xudoning g‘amho‘rligini tarannum etadi, ichki a’zolarimizni ajoyib qilib yaratgani uchun Uni ulug‘laydi:

Ichki a’zolarimni Sen yaratgansan, Onamning qornida menga shakl bergansan. Senga shukrona aytaman. Axir, qanday ajoyib qilib yaratilganman! <…>
… Men pinhon yaratilganimda, Yerning tubida* mahorat ila to‘qilganimda, Suyaklarim Sendan yashirin emas edi. Ko‘zlaring ko‘rgandi homila ekanimni. Menga ajratilgan kunlar kelmasdan, Hammasi kitobingga yozilgandi..

Zab. 138:13–16

Naqadar ajoyib so‘zlar! Hali tug‘ilmasimizdan avval tanamizning har bir molekulasi, ona qornida paydo bo‘lishimizdan boshlab, to dunyoni tark etgunimizga qadar, hayotimizning har bir kunini Parvardigor Xudo puxta o‘ylab, rejalashtirib qo‘ygan.

Birinchi marta oy ko‘radigan kuningizni, qachon va necha marta bola ko‘tara olishingizni, sizda bola tug‘ish davri qachon tugashini Uning O‘zi belgilagan. Tanangizda har daqiqa nima bo‘layotganini U bilib turadi.

Nahotki, sizni mangu sevgi bilan sevgan, donolikda tengsiz Yaratguvchi sizdagi garmonlar bilan nima bo‘layotganini bilmaydi yoki hayotingizning har qaysi davrida siz haqingizda g‘amho‘rlik qilishga Uning qo‘li qisqalik qiladi deb o‘ylasangiz? U sizga yengil hayot taklif etmasada, har qanday ehtiyojingizni qanoatlantirishni, har bir bosqichda qiyinchiliklarni yenga olishingiz uchun yetarli bo‘ladigan inoyat ato etishni va’da qiladi.

Oy ko‘rishning to‘xtash davri yoki estrogen haqida kioblar yozilganidan ancha avval, Fransisk de Sale (1567–1622) har qanday yoshdagi ayollarga taaluqli dono so‘zlarni aytgan:

Hayotiy o‘zgarishlardan qo‘rqmang. Yaxshisi, kelajakka umid bilang boqing, qiyinchiliklar kelganda Egangiz Xudo sizni ulardan qutqarishiga ishoning. U sizni shu kunga qadar asrab keldi, shunday ekan, Xudoni qo‘llaridan mahkam ushlang va U sizni hayot so‘qmoqlaridan yetaklaydi. Holingiz qolmaganda esa U sizni ko‘tarib, O‘z huzuriga olib keladi. ...Siz haqingizda bugun g‘amho‘rlik qilgan Abadiy Otamiz, ertaga ham, keyin ham g‘amho‘rlik qiladi. U sizni azobdan asraydi, yo bo‘lmasa azobni yengishingiz uchun sizga kuch, matonat beradi. Buni esda tutgan holda, xotirjam bo‘ling, har qanday yomon fikrni, vahima solayotgan tashvishlaringizni chetga surib qo‘ying2.

1 Salonikaliklarga maktubda yozilgan Pavlusning ibodati I-asrda yashagan imonlilargagina taaluqli emas. Shuningdek, ushbu ibodat erkaklargagina taaluqli ham emas. Bu ibodat ayollar hayotining har qanday davriga taaluqli ekanligiga ishonaman. Xudo ibodatimizga albatta javob beradi, bizdan esa Unga ishonish, so‘raganlarimizni bajo qilishiga yo‘l qo‘yib berish talab etiladi:

Tinchlik manbai bo‘lgan Xudoning O‘zi sizlarni butunlay poklasin. Rabbimiz Iso Masih kelguncha, butun ruhingiz, joningiz va tanangiz (shu qatorda emotsiyalaringiz ham! – Muallifning qo‘shimchasi) benuqson saqlansin. Sizlarni da’vat qilgan Xudo sadoqatlidir, U har doim O‘z aytganini bajaradi.

1 Sal. 5:23–24

Depressiyani avvalo dori-darmonlar bilan davolash va/yoki psixiatrga murojaat etish lozim.

Ushbu bob ustidan ishlayotgan vaqtimda menga bir jamoat cho‘ponining xotini qo‘ng‘iroq qildi. Bu ayol menga eri uzoq yillardan beri depressiyadan chiqolmayotgani haqida aytib, bo‘lishdi. Bu narsa ularning hayotiga va turmushiga qattiq ta’sir ko‘rsatib kelar edi.

Suhbatimiz davomida u bunday ahvolga tushgan ko‘p odamlarni qiziqtiradigan savollarni berdi: balki bu avloddan-avlodga o‘tadigan kasallikdir? (Erining avlodida o‘z joniga suyiqasd qilganlar bor edi). Balki hammasiga sog‘ligining yomonligi yoki ichgan dorilari sababdir? Bunda shaytonning qo‘li yo‘qmi? Balki erim ma’lum bir ruhiy haqiqatni tushunmayotgani bois, sarosimaga tushib qolgandir?

Depressiya – hozirgi kunda ayollarda ko‘p uchraydigan muammo bo‘lib, biz bu muammoga erkaklardan ko‘ra ikki karra ko‘proq yo‘liqamiz. Avval hech qachon, hech qayerda ayollarning depressiya holatiga tushishi bugungi kunda g‘arb mamlakatlarida bo‘lgani kabi ko‘p uchramagan. Nevropatologlar kasallikni ilk davridayoq aniqlab, uni dori-darmonlar va psixoterapiya yo‘llari bilan davolab kelayotganiga qaramay, bemorlarning soni faqat o‘sib boryapti, undan tuzalganlar juda kamchilikni tashkil qiladi.

Kalom depressiya va umidsizlik haqida ko‘p narsa o‘rgatadi va shuni tushuntiradiki, ayrim holatlarda biz depressiya deb atagan og‘riqlar – bu shunchaki gunohdan talofat ko‘rgan dunyoda yashashimizning qutulib bo‘lmaydigan oqibati. Rimliklarga 8-bobda Pavlus butun mavjudot go‘yo tulg‘oq azobida, “oh-nola qilayotgani”, o‘ladigan badanining chirib–bitishdan ozod bo‘lishini intizorlik bilan kutayotganini yozadi.

Depressiya, irsiy beriluvchanlik va boshqa fiziologik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun bir qator ilmiy va tibbiy tadqiqotlar o‘tkazilgani ma’lum. Hozirgi kunga qadar ko‘p narsalar noma’lumligicha qolmoqda, turli xildagi muolajalarning natijalari haqida ham yetarlicha bilimga ega emasmiz. Biroq shuni aniq bilamizki, ko‘p holatlarda depressiyaning fiziologik alomatlari noshukrlik, murosa qilinmagan nizolar, mas’uliyatsizlik, aybdorlik hissi, alam, gina saqlash, ishonmaslik, huquqlarni ortiq darajada talab qilish, g‘azab va xudbinlik kabi yurakda kechiladigan, ruhiy xastaliklarning oqibati bo‘ladi.

Ushbu xastalikka zamin yaratib beradigan asosiy omillar bilan kurashmasak agar, bu bizning ham ruhiy, ham jismoniy holatimizga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayrim holatlarda dori-darmonlar depressiya simptomlarini sal bo‘shashtirishi mumkin. Biroq depressiyaning asosiy sababi jismoniy kasallik bo‘lmasa, dori ma’lum bir vaqtgagina ta’sir ko‘rsata oladi. Dori-darmonlarning to‘g‘ri qabul qilinishi, depressiyaning og‘ir turini boshdan o‘tkazayotgan odamga o‘ziga kelishi, xastalikning sababini topishi uchun, tiniq fikr yurita boshlashga yordam berishi mumkin. Biroq hech qanday dori, malham yo‘qki ezilgan ruhga “shifo” bera olsa. Afsuski, juda ko‘p odamlar muammoning yechimini dori-darmonlardan izlaydilar. Biroq odam to o‘zidagi ichki muammolarni hal etmaguncha, chindan ozod bo‘lishiga umid qilmasa ham bo‘ladi.

Muqaddas Kitobda juda ko‘p odamlar depressiyadan qiynalgan desam, ehtimol ajablanarsiz. Ularning hayoti bizga ushbu kasallikka sabab bo‘ladigan ayrim omillarni oydinlashtirib olishishga yordam beradi.

Misol uchun, shoh Axab haqida voqeani olaylik. Uning sayroyi yonida shu yerlik bir odamning uzumzori bo‘lgan. Axab mana shu uzumzorga ega bo‘lishni juda orzu qilgach, qo‘shnisiga uzumzorni sotishni so‘raydi, biroq rad javobini eshitadi. Bu gapdan Axab g‘azablanadi, xafahol uyiga keladi. Non ham yemay o‘ringa kirib, teskari qarab yotib oladi. (3 Shoh. 21:4) Axabning xotini Izabel undagi og‘ir o‘ylarni tarqatishga harakat qilib, uzumzorni olishga yordam berishni va’da qiladi. “Turing o‘rningizdan, non–pon yeb oling. Ko‘nglingizni chog‘ qilavering. Yizrillik Navo‘tning uzumzorini sizga men olib beraman” – deydi. (3 Shoh. 21:7)

Tan olib aytaman, o‘zimning hayotimda emotsional tushkunliklarga ko‘pincha ma’lum bir muvaffaqiyatsizliklar sabab bo‘ladi. Yuragim tubida g‘azab uyg‘onganini his qilaman, lekin unga erk bermayman, emotsiyalarimni jilovlayman, birov buni sezib qolishi va xuddi Izabel Axabga yordam berganidek, menga yordam berishiga umid qilaman.

Yunusning hayotidagi voqea depressiya va o‘z joniga qasd qilish haqida fikrlar Xudoga nisbatan g‘azablanish oqibatida paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yunusning nazarida Nineviyaliklar o‘limga loyiq edi, lekin Xudo bu xalqni yo‘q qilmadi. “Bu voqeadan Yunus qattiq xafa bo‘lib g‘azablandi. U Egamizga ibodat qilib dedi: “...iltijo qilaman, Egam, jonimni olib qo‘ya qol. Yashaganimdan ko‘ra, o‘lganim yaxshiroq.” (Yunus 4:1–3) Egamiz esa: “Nahotki shundan sen xafa bo‘lding?!” dedi. (4:4)

Keyinchalik, unga soya bergan, so‘ng esa qurib qolgan o‘simlik tufayli Yunus yanada qattiq g‘azablandi va xuddi shu suhbat yana takrorlandi. Egamiz bu yerda payg‘ambar depressiya holatiga sabab atrofdagi vaziyat emas, balki uning Xudo tuzgan rejaga bo‘lgan munosabatida ekanligini tushunishini xohlardi.

Xanna xudojo‘y ayol bo‘lgan, biroq kundoshi bilan o‘rtadagi sovuq munosabatlari va orzu istagi ancha vaqtdan beri ro‘yobga chiqmagani tufayli u depressiya holatiga tushgan. Eri ham xudojo‘y odam bo‘lgan va Xannani juda yaxshi ko‘rgan. Biroq bizga noma’lum sabablarga ko‘ra Egamiz Xannani befarzand qilib qo‘ygan edi. Befarzand bo‘lganidan u ko‘p ich-ichidan ezilardi, boz ustiga kundoshi Paninna ko‘p bolali edi. U kundoshi Xannaga qattiq ozor berib xafa qilardi:

Xannani Egamiz befarzand qilib qo‘ygani uchun, kundoshi Paninna Xannaga qattiq ozor berib xafa qilardi. Har yili Xanna Egamizning uyiga borganda ham shu voqea yuz berardi: Xannani kundoshi xafa qilar, u esa yig‘lab hech narsa yemasdi.

1 Shoh. 1:6–7

Atrofdagi sharoitlarning shunday tus olishida Xudoning qo‘li borligini sezmasak yoki Xudoga qarshilik qilsak, buning oqibatida biz ham emotsional jihatdan, ham ruhiy jihatdan zaiflashamiz.

Dovudning hayoti shuni ko‘rsatadiki, gohida depressiya holatiga tushishimizga qilgan gunohimiz sabab bo‘ladi, ba’zan esa bunga bizning gunohga botgan dunyoda yashaganimiz bois, oldini olishning imkoni bo‘lmagan ma’lum bir dard sabab bo‘ladi.

Zabur 31-sano Dovudning Botsheva bilan gunoh qilib, so‘ng Uriyoning o‘limiga sababchi bo‘lganidan keyin jisman va ruhan qanday iztirob chekkanini ko‘rsatadi:

Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay, rad qilganimda, Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi, Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim. Kechayu kunduz tarbiya berishdan to‘xtamading, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi.

Zab. 31:3–4

Biroq Dovudning depressiya holatiga tushishiga har doim uning qilgan gunohi sabab bo‘lgan desak ham, noto‘g‘ri bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan u hayotda og‘ir davrlarni boshdan kechirgan va bunga qilgan gunohlarining hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Juda ko‘p sanolarda biz uning tushkunlikka tushgani haqida yozganlarini ko‘rishimiz mumkin:

… Dushmanlarim dag‘dag‘asi, fosiqlarning siquvi Boshimga g‘am–kulfat keltiradi … <…> Yuragim hasratga to‘ladir, O‘lim vahimasi meni bosib keladir. Qo‘rquv, titroq menga kelmoqda, Dahshat meni ezib bormoqda. Tuz totmay kechayu kunduz ko‘z yosh to‘kaman …

Zab. 54:3, 5–6; 41:4

Dovud hayot uni qiynagan paytlarda Xudoni yordamga chaqirishni o‘rganib olgan. U shuni tushunib yetdiki, odam haqiqatni qayta-qayta takrorlamog‘i, o‘ziga qiyin savollarni berib, Xudoning fe’l-atvorini tushunmog‘i va bundan tasalli topmog‘i lozim:

Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim? Nega behalovat bo‘lasan ichimda? Xudoga umid bog‘la! Shukur etaman Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga. Tushkunlikka tushganman. … <…> Kunduzi Egam sodiq sevgisini ko‘rsatadi, Tunlari U menga qo‘shiq beradi,..

Zab. 41:6–7, 9

Doktor Martin Lloyd-Jons o‘zining “Ruhiy depressiya” nomli kitobida ruhan siqilganlarga murojaat qilib, mazkur oyatlarni tilga oladi va shunday deydi:

Siz joningizga: “Nega behalovat bo‘lasan ichimda? Nimadan xijolat bo‘lyapsan, nima uchun besaramjonsan?” deb murojaat qilishingiz kerak. Aslo nolimasdan, zorlanmasdan: “Xudoga umid bog‘la!” deb o‘zingizga tasalli berishingiz, Xudo haqida, Uning tabiati, Siz uchun qilganlari, sizga taaluqli va’dalari haqida o‘zingizga muntazam eslatib turishingiz lozim3.

Yoqubning maktubi, oxirgi bobida bir parcha keltiriladi va unda depressiyadan qiynalayotgan odamlarga amaliy maslahat beriladi:

Orangizda azob–uqubat chekayotgan bironta odam bormi? Agar bo‘lsa, ibodat qilsin. Xursand bo‘lgani bormi? Xudoga hamdu sanolar kuylasin. Orangizda kasal bo‘lgan bormi? Jamoat oqsoqollarini chaqirtirsin. Ular ibodat qilib, Rabbimiz Iso nomi bilan bemorning boshiga zaytun moyini surtsinlar. Imon bilan qilingan ibodat bemorni sog‘aytiradi, Rabbimizning O‘zi unga shifo beradi. Agar bemor gunoh qilgan bo‘lsa, Rabbimiz uni kechiradi. Shuning uchun qilgan gunohlaringizni bir–biringiz oldida tan olinglar, bir–biringiz uchun ibodat qilinglar, shifo topasizlar. Solih odamning iltijosi kuchli ta’sirga egadir!

Yoqub. 5:13–16

Eng avvalo bu yerda shu haqida aytilganki, bizdagi tuyg‘ular yoki sharoitimiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biz birinchi navbatda Xudodan yordam so‘ramog‘imiz lozim. Ishimiz yurishganda ham, qiyinalganimizda ham, sog‘-salomat yurganimizda ham, kasal bo‘lganimizda ham bosadigan birinchi qadamimiz har doim Xudoning hozirligini tushunishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Xudodan qiyin paytlarda biz bilan birga bo‘lishi, qiyinchilikni yengishimiz uchun bizga barcha kerakli narsalarni berishi haqida so‘rashimiz lozim.

Shunisi borki, ko‘proq holatlarda biz uzoq vaqt Xudoni esga olmaymiz. Qiynalsak, darrov moddiy manbalardan tasalli topishga harakat qilamiz. Qolaversa, Muqaddas Kitobni olib, tiz cho‘kib, “zulmat qoplagan yuragimizga” Xudoning nima deyishini kutishdan ko‘ra, bizni oxirigacha tinglaydigan, holimizga achinadigan dugonamizga qo‘ng‘iroq qilishimiz anchayin osonda. Basharga xos ishlarni qat’iyylik bilan rad etish va Ruh yetaklovida yashashdan ko‘ra, dil azobini mechkaylik va uyqu ortiga yashirish anchayin oson. Bo‘ysunishdan, badjahllik uchun Xudodan va odamlardan kechirim so‘rashdan ko‘ra dildagi tuyg‘ularni televizor shovqini bilan bostirish negadir biz insonlar uchun afzal bo‘lib qolmoqda. Muammoning asl sabablari haqida Xudodan so‘rash: balki noshukrlik qilganimiz, talabchanligimiz yoki qattiq xafagarchilik buni keltirib chiqqandir, deb savol berishdan ko‘ra, ko‘pchilik odamlar ichadigan, depressiyaga qarshi yana bir quti dori-darmonlarni sotib olish osonroq. Dunyo taklif etgan vositalar ma’lum bir vaqtgagina yengillik berishi mumkin, lekin ular yetarli bo‘la olmasligining ehtimoli yuqori va ular tez orada ta’sir kuchini yo‘qotadi. Bunday paytlarda bizning dilimiz tubidagi ehtiyojlarimizni “har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo” dan boshqa hech kim qondira olmaydi.

Bu bilan qolgan barcha vositalarni qo‘llovchilar gunoh qiladi demoqchi emasman. Ikki nafar maktab yoshiga yetmagan farzandni o‘stirayotgan va bundan tashqari emizikli bolasi ham bo‘lgan ona uchun ehtimol to‘yib uhlab olish ayni muddaosi bo‘lar. Gohida oziq-ovqatimizni o‘zgartirishimiz ham kayfiyatimizning yaxshilanishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu o‘z navbatida ham emotsional, ham ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etadi. Depressiyaning ayrim alomatlarini jismoniy mashqlar bilan kuchsizlantirish mumkin. Bizga do‘stlarimiz tasalli berishi mumkin, ayniqsa agar bizga haqiqatni eslatishsa. Depressiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikni vrach ham aniqlab, davolay oladi. Biroq jonimizning qiynalishiga, ruhiy siqilishlarga barham berish uchun mutaxassislarga va dori-darmonlarga murojaat qilishga bo‘lgan moyilligimiz millionlab ayollarning hafsalasi pir bo‘lishiga, pulsiz qolishiga, keraksiz dorilarni ichishi va avvalgi holatidanda yomonrog‘iga tushishiga olib kelmoqda.

Yoqub davom ettiradi va ezilgan yurakning shifo topishida Masihning Tanasi – imonlilar jamoatining muhim rol o‘ynashini aytadi.

Mana bir necha yildirki, turli xildagi emotsional va ruhiy xastaliklarga yo‘liqqan odamlarga faqat “mutaxassislargina” yordam bera oladi deb hisoblanmoqda. Gohida hatto jamoat cho‘ponlari ham bunday odamlarga yordam berishga o‘zini iqtidorsiz deb hisoblab, bunday odamlarni mutaxassis ruhshunoslar, psixiatr yoki psixoterapevtlarning oldiga yuborishadi.

Bu bilan puxta tayyorlangan mutaxassislar foyda berolmaydi demoqchi emasman, agar ularning maslahati Xudoning Kalomiga va Uning amrlariga asoslansa, buning foyda berishi shubhasiz. Biroq keling bir narsani esdan chiqarmaylik: Xudo Masihning Tanasini shunday maqsad bilan yaratganki, U umidsiz, muhtoj odamlarga xizmat qilmog‘i lozim. Biz Xudoning Kalomi vositasida azob chekayotgan odamlarga “shifo berish”ni o‘rganib olishimiz kerak.

Demak, Yoqub aytadiki, agar azob–uqubat chekayotgan bo‘lsangiz, joningiz behalovat bo‘lsa, Masihning Tanasiga inoyat ila sizga, Iso nomi bilan xizmat qilishiga yo‘l qo‘yib bering. Ibodat qilganingizdan keyin, tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling va ehtiyojingiz haqida do‘stlaringiz bilan bo‘lishing, ruhiy yetakchilaringizga bu haqida aytsangiz yanada yaxshi bo‘ladi. Ulardan siz haqingizga ibodat qilishini so‘rang. Emotsional jihatdan zaiflashishingizga yoki jisman kasal bo‘lishingizga sabab bo‘la oladigan gunohingiz uchun tavba qiling va Masihning Tanasi oldida mas’uliyatni o‘z bo‘yningizga oling.

Emotsiyalarimiz haqida so‘z borganda, shuni esda tutishimiz kerakki, doimiy xursandchilik, yaxshi kayfiyat masihiylar hayotining tugal maqsadi emas. Xudo Unga ergashganlar barcha “salbiy” emotsiyalardan mutlaqo holi bo‘lishini va’da qilmaydi. Bashariy tanada qancha uzoq yashaganimiz sayin, yo‘limizda azob va qiyinchiliklar ham shuncha ko‘p uchraydi.

Keyingi bobda biz hayotda hammasi “yaxshi” bo‘lishiga emas, balki Xudoni ulug‘lashga, Uning odamzotni qutqarishga oid rejasi bajo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaslikka intilishimiz lozimligini ko‘ramiz. Qolgan hammasi o‘tkinchidir. Haqiqiy quvonch mana shu maqsadga sodiq qolishdadir.

Amalda qo‘llash

1. Xudoning aytganlarini QABUL QILING.

Siz his-tuyg‘ular haqida qanday yolg‘onga ishonib kelgansiz?

2. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga OLING.

Bu yolg‘onga ishonish sizning hayot tarzingizga qanday ta’sir qildi (munosabatlaringizga va hatti-harakatlaringizga)?

3. Haqiqatni E’LON QILING.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni birma-bir ovoz chiqarib o‘qing. Ular ichida qaysi biri hozirgi kunda siz uchun ayniqsa muhim?

Xudoning Kalomi bilan fikr-zikringizni yangilang. Quyidagi parchalarni ovoz chiqarib o‘qing. Flp. 4:4–8, Kol. 3:1–4, Ish. 26:3–4, Ish. 50:10.

Bu oyatlar emotsiyalaringizni boshqarish borasida sizga qanday tavsiyalar beradi?

4. Haqiqat asosida HARAKAT QILING.

Haqiqat asosida hayot kechirish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishingiz kerak?

5. Xudodan haqiqat so‘qmoqlaridan yurishda sizga yordam berishini SO‘RANG.

Emotsiyalarni in’om etganing uchun rahmat Senga, Ota. Huzur-halovat olish, ne’matlaringdan xursand bo‘lish va hatto og‘riq his qilish imkonini berganing uchun rahmat. Gunohga botgan dunyoda og‘riqsiz, azobsiz yashab bo‘lmasligini tushunaman. Ko‘pincha haqiqatga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligiga qaramasdan, his-tuyg‘ularimga ishonib qadam bosganim uchun tavba qilaman. Juda ko‘p holatlarda Sening Kaloming va Ruhimngga emas, his-tuyg‘ularimga va tashqi sharoitlarga qarab ish tutaman. Emotsiyalarimdan qat’iy nazar, haqiqating mutlaq benuqson va o‘zgarmas bo‘lib qolayotgani uchun minnatdorman. Hatto azob va ko‘z yoshlar, sarosima va yo‘qotishlar ichida ham Senga umid bog‘lab yashashimga yordam ber! Kechinmalarim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar Senga itoat qilishimga yordam ber. Har qanday vaziyatda agar butun diqqat-e’tiborimni Senga qaratsam, inson hayoliga sig‘maydigan tinchlik berishni va’da qilganing uchun rahmat. Iso Masihning nomi bilan ibodat qildim. Omin.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак