Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 11 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (11-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

Ushbu kitob ustidan ishlar ekanman, o‘zimning ham ayrim turdagi yolg‘onlarga ishonishimni aniqladim: “Kerakli hamma ishlarni bajarish uchun vaqtim yo‘q!”, “Bugun Xudoga kamroq vaqt ajratsam ham bo‘ladi”, “O‘z emotsiyalarimni boshqara olmayman”, “O‘zimni bunday tutishimga qattiq charchaganim sabab... meni har doim ishimdan bo‘lib qo‘yishadi... chunki juda ko‘p narsaga ulgurishim kerak” ... “Boshqa chidolmayman!”

Shoshilgan vaqtimizda, umidsizlik va azoblar qiynaganda, Xudo yuragimga haqiqat urug‘larini ekishda davom etdi. Haqiqatni eshitganimda, u haqda mulohaza qilganimda, unga ishonib, itoat qilganimda Xudoning Ruhi meni ozod qiladi – emotsiyalarim tinchlanadi va men vaziyatga Xudoning nazari bilan qarashga qodir bo‘laman. Xudoga yaqin yashaganim sayin, haqiqatning nimaga qodirligi meni g‘oyat qoyil qoldiradi!

Biz shayton tomonidan ongimizga singdiriladigan yolg‘onning turli xillarini muhokama qilib o‘tdik va bu yolg‘onga qarshi turadigan haqiqatni o‘rgandik. Ushbu yakuniy bobda men nazarimda bugungi kunda ayollarimiz qabul qilishi juda muhim bo‘lgan yigirma ikkita haqiqatni alohida ko‘rsatib o‘tmoqchiman. O‘zimning ham muntazam ravishda bu haqiqatlarga qaytgan vaqtlarim bo‘ladi. Ular ongimni, xohish-irodamni va emotsiyalarimni mustahkam ximoya qiladi. Bu haqikat meni ozod qiladi, sizni ham ozod qilishi muqarrar.

Sizda ushbu bobni shunchaki varaqlab o‘tish ishtiyoqi paydo bo‘lishining ehtimoli yuqori. Men sizni buning o‘rniga sizni ozod qila oladigan, hayotingizni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan har bir haqiqat ustidan chuqur o‘ylab ko‘rishga chaqirmoqchiman. Ularning har birini ovoz chiqarib o‘qing, fikr-zikringiz Xudoning Kalomiga munosib bo‘lib o‘zgarmaguncha, bu haqiqatlarni qayta va qayta o‘qishda davom eting. Ehtimol, ushbu ro‘yxatni va shuningdek Kalomdan har bir haqiqatni tasdiqlovchi oyatlarni yod olish ham maqsadga muvofiq bo‘lar.

Keyinchalik navbatdagi yolg‘onga ishonganingizni his qilsangiz, shu zahotiyoq mana shu ro‘yxatga murojaat qilib, unda yozilgan haqiqatlarni o‘qing, fikr-zikringizni yangilab boring, yuragingizga haqiqat bilan to‘yintiring.

1. Xudo yaxshidir! (Zab. 118:68; 135:1). Quyosh yorug‘ini bergan kunlarda, bank hisobingizda pulingiz bo‘lgan, taningiz sog‘, atrofdagilar sizni ajoyib inson deb bilgan vaqtlarda Xudoning inoyatli, iltifotli ekanligiga ishonish juda oson. Biroq ishingizni yo‘qotganingizda, siz yaxshi ko‘rgan odam bedavo kasalikka yo‘liqqanda, imolilar jamoatida bo‘linishlar, nizolar yuzaga kelgan yoki turmush o‘rtog‘ingiz siz bilan yashashni xohlamasligini aytgan vaqtda sahnada dushman paydo bo‘ladi va sizni Xudoning iltifotli ekanligiga ikkilanishga majbur qiladi.

Biroq vaziyatlarning, emotsiyalarimiz va fikr-zikrimizning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Xudo yaxshidir, Uning qilgan barcha ishlari ham yaxshilikka xizmat qiladi.

2. Xudo meni sevadi va menga faqat yaxshilik istaydi (Rim. 8:32; 38–39). Xudo bizni sevadi va bu bizning yaxshi, munosib odamlar bo‘lganimiz emas, balki Uning O‘zi – Sevgi bo‘lganidandir. Biz o‘z kuchimiz bilan Uning sevgisini qozona olmaymiz. Uning shartsiz sevgisini tushunishga aqlimiz ojizlik qiladi, biroq agar bu haqiqatga ishonsak, uni qabul qilsak, u hayotimizni yangilab, o‘zgartiradi.

Xudo yaxshidir va bizni sevadi, bu demakki, U biz uchun rejalashtirib bergan hayotda bizning zavq olib yashashimizni xohlaydi. U biladiki, biz faqat U bilan birga bo‘lsakgina haqiqiy va abadiy quvonchga erishamiz. U shu darajada sevadiki, bizni Uning oldiga kelishga undaydi, chunki faqat shu orqaligina biz chindan ham qanoatlanib yashay olamiz.

3. Masih meni to‘liq qabul qiladi (Ef. 1:4–6). Ehtimol sizni ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz,  do‘stingiz yoki farzandingiz rad etgandir. Biroq agar Masihga ishonsangiz, bilingki U sizni qabul qilgan. Uning qabul qilishi uchun sizdan mashaqqat talab etilmaydi. Buning uchun imon yo‘lida yuksak cho‘qqilarni zabt etish shart emas. O‘zimizga qo‘yib berilsa agar, hech qanday yo‘l bilan Muqaddas Xudonining iltifotiga sazovor bo‘lolmaymiz. Biroq shunisi borki, biz – halok bo‘lgan, o‘limga hukm etilgan, nomunosib gunohkorlar Xudoning oldida pok va aybsiz bo‘lib tura olamiz, U bizni qabul qilib bo‘lgan. Nima uchun, deysizmi? Chunki Egamiz pok va begunoh bo‘lgan Iso Masihni qabul qiladi, biz Masihda pinhonmiz.

4. Birgina Xudodan boshqa hech kim meni baxtli qilolmaydi (Zab. 22:1). “Egam mening cho‘ponimdir. Muhtojlik ko‘rmasman aslo”. Ehtimol bu oyatni bolaligingizdan buyon bilarsiz. Biroq, oyatdagi haqiqatga o‘zingiz ishonasizmi? Haqiqatdan ham Xudo sizning Cho‘poningiz ekanligiga ishonasizmi? Xudoda orom topishimiz va baxtli bo‘lishimiz uchun barcha shart-sharoitlar bor.

5. Xudoga ishongan odam umidsiz bo‘lmaydi (Ish. 28:16). Xudo O‘z so‘ziga sodiq qoladi. U bizni hech qachon tashlab ketmaslikni, bizni tark etmaslikni va’da qilgan. (Ibr.13:5) U ishonchimizni oqlashni va’da qilgan. Vaqti-vaqti bilan o‘zimga: “Xudo ishonchimni oqlamagan hali bironta holat bo‘lmagan, demak bu safar ham U ishonchimni oqlaydi” deb eslatib turishga to‘g‘ri keladi. Uzoq yillar kurashib, qiynalgandan keyin Kolli ismli ayol bu haqiqatda o‘ziga tasalli topdi:

Birinchi marta menda Xudoga to‘liq ishonish mumkinligiga ishonch hosil bo‘ldi. Men erkinman, endilikda bu dunyoda o‘z o‘rnimni izlashim shart emas.

Men osoyishta yashay olaman, shuni bilamanki, bu dunyoning Sohibi bo‘lgan Egam meni yetaklaydi, o‘rgatadi, himoya qiladi, tasalli berib, quvonch ato etadi.

6. Xudo hech qachon xato qilmaydi. (Ish. 46:10) Odamlar jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishi va oqibatda hayotimizni to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biroq Xudo har doim O‘zining abadiy maqsadlariga erishadi va bunga insonlar qiladigan hech qanday xato halaqit berolmaydi. Masihda bo‘lsak agar, Uning qo‘li ostida osoyishta yashaymiz. Hayotimizda faqat Uning O‘zi yo‘l qo‘ygan narsalargina joy olishi mumkin.

Hatto Ayub yovuz shaytonning alangali o‘qlaridan til bilan ifodalab bo‘lmadigan azoblarni boshdan kechirgan vaqtda ham, Xudo vaziyatni to‘liq nazorat qilib kelgan. Xudoning aziziga qo‘l tegizishdan avval, shaytonga Xudoning O‘zidan ruhsat olishga to‘g‘ri keldi. Egamiz bizni hayotda qarshi oladigan azoblarning shiddatini ham, davomiyligini ham O‘zi belgilaydi. U O‘z farzandlarining hayotida xato qilmadi. Kimdir shunday degan: “Xudoning irodasi – bu biz ham agar Xudo bilgan narsalardan voqif bo‘lganimizda muqarrar tanlaydigan narsa”. Abadiyatda bu dunyodagi hayotimizga qarab, unda imon bilan qabul qilgan narsalarimizni borligicha ko‘ramiz va Xudo hammasini to‘g‘ri qilganiga amin bo‘lamiz.

7. Xudoning inoyati doim menga yetarli bo‘ladi (2 Kor. 12:9). Men Xudoning farzandiman, shuning uchun Xudoning inoyati kifoya qilmaydigan vaziyatlarga hech qachon tushmayman. Qayerda gunoh ko‘p bo‘lsa, Xudoning inoyati yanada ko‘proq namoyon bo‘ladi. Men kuchsiz bo‘lgan vaqtda, Xudo qudratli bo‘ladi. Men toliqqanda, Uning kuchi, kamoli namoyon bo‘ladi. Mening kuchim qolmasligi mumkin, Uning kuchi esa tamom bo‘lmaydi.

Qanday sharoitda bo‘lmang, Uning inoyati sizga doim yetarli bo‘ladi. Ertaga, bir yildan yoki ellik yildan keyin hayotingizda nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Uning inoyati sizga yetarli bo‘ladi.

Og‘ir xotiralar, og‘ir yoki xo‘rlangan o‘tmishingizdagi jarohat va muvaffaqiyatsizliklarni yengish uchun Uning inoyati yetarli bo‘ladi. Uning inoyati bir umr yolg‘iz o‘tishga ham, ellik yil yomon odam bilan turmushda yashash uchun ham yetarli bo‘ladi. Uning inoyati to‘rtta bolani o‘stirayotgan yolg‘iz onaga ham yetarli. Uning inoyati maktab yoshiga yetmagan uchta bolaning yoki uchta o‘smirning onasiga ham yetarlidir. Uning inoyati keksa ota-onasiga qaragan ayolga ham, bolalari o‘sib o‘lg‘aygach, uyini tashlab ketgan onaga ham, hayotda jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan ayolga ham, davlat beradigan nafaqaga qarab yashaydigan tul xotinga ham, qariyalar uyidagi nogironga ham yetarlidir.

O‘zimizga haqiqatni qayta-qayta uqtirishimiz, bir-birimizga uni takrorlab turishimiz zarur. Hayotning har qanday pallasida, vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Uning inoyati bizga yetarli bo‘ladi. Bu sizga ham, menga ham yetarlidir.

8. Masihning qoni har qanday gunohni yuvadi. (1 Yuh. 1:7) O‘tmishimda ham, kelajagimda ham bironta gunoh yo‘qki, Isoning qoni haqi kechirilmasa, inoyati uni yuvolmasa. Bu haqiqat bizning gunohga yengil qarashimizga sabab bo‘lmasligi, balki aksincha, gunoh Rabbimiz Isoning qoni to‘kilishini talab qilishini tushunganimiz bois, bu ruhimiz ezilishini, yuragimiz tavba qilishini, ichimizda jo bo‘lgan Muqaddas Ruhning kuchiga suyangan holda, itoat yo‘lidan yurishga undamog‘i lozim.

Hofiz gunohi og‘ir ekanligini tushunar va shu vaqtning o‘zida Xudoning tavba qilganlarga bo‘lgan iltifoti har qanday gunohdan katta ekanligini ham bilar edi: “Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar, Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?! Ammo Sen kechirimlisan, Shu bois Sendan qo‘rqamiz”. (Zab. 129:3–4)

9. Masihning xochi gunohga moyil bo‘lgan tabiatimni yengishga qodir. (Rim. 6:6–7) Iso Masihning o‘limi va U bilan birlashganim tufayli men endi gunohga qul emasman. Gunoh mening ustimdan hukmronlik qilolmaydi. Gunoh qilsam agar, bu mening gunohga qarshi tura olmaganim uchun emas, balki ongli ravishda oldingi yashash tarzimizga qaytganimdandir. Haqiqat shundan iboratki, men gunoh qilmay yashay olmayman. (Rim. 6:14)

10. O‘tmishim menga azob bermasligi kerak. (1 Kor. 6:9–11) Pavlus bu haqida o‘tmishi ayanchli bo‘lgan imonlilarga gapirgan parcha menga juda yoqadi. Pavlus ularga gunoh chindan ham bizni Xudodan ayrishini eslatadi, so‘ng Iso Masihning hatto eng ashaddiy gunohkorni ham poklay olishini, yangi ijod qilib tiklashga qodir ekanligini tushuntiradi.

Nahotki bilmasangizlar?! Nohaqlik qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand bo‘lmaydilar–ku! Adashmanglar, jinsiy tomondan axloqsiz bo‘lganlar, butparastlar, zinokorlar, bachchabozlaru bachchalar, o‘g‘rilar, tamagirlar, mayxo‘rlar, g‘iybatchilar va tovlamachilar Xudoning Shohligidan bahramand bo‘lmaydilar. Ba’zilaringiz oldin shunday edingiz. Endi esa sizlar Rabbimiz Iso Masihning nomi bilan va Xudoning Ruhi orqali poklandingiz, Xudoga bag‘ishlandingiz, oqlandingiz.

1 Kor. 6:9 – 11

Ehtimol o‘tmishda eringizga xiyonat qilgandirsiz, qotillikka qo‘l urgan, ichkilikka yoki jinsiy beahloqliklarga berilgandirsiz. Balki abort qildirgandirsiz yoki fahshga berilgan, ehtirosga, g‘azabga, ochko‘zlikka yoki mag‘rurlikka qul bo‘lgandirsiz. Shuni bilingki, Iso Masihda siz yangi ijodsiz, mutlaqo boshqa odamsiz. Siz Masihning qoni bilan poklandingiz, Uning muqaddasligini namoyon etish, topshirig‘ini bajarish uchun, Xudoning oldida oqlangansiz.

Xudoning Kalomidagi haqiqatga bag‘ishlangan konferensiyada qatnashgan Liza haqiqat uni o‘tmishdan qiynab kelgan xotiralardan qanday ozod qilgani haqida shunday yozdi:

Xudbinligim bois, abort qildirganman. Endi o‘zimni qanday oqlay olaman? Aybsiz bolaning qotili bo‘ldim. O‘zimni qanday kechira olaman? Endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Xudo meni jazolashi, bepusht qilib qo‘yishi mumkin edi, lekin buni qilmadi. Menga kasal yoki nogiron farzandlarni berishi mumkin edi, lekin buni ham qilmadi. Yigirma yetti yil men to jazo olmagunimcha, gunohim kechirilmaydi degan hayol bilan yashadim. Mana shu konferensiyada men hayotimni Xudoga topshirdim va endi Uning kechirimini qabul qilyapman. Endi aybdorliq hissi yo‘qoldi, uning o‘rnini Xudo yaxshilikka ishlatadigan xafagarchilik to‘ldirdi. O‘sha vaqt, ko‘p yillar avval men yuragimni xuddi muhrlab qo‘ygandek edim. Boshqa hech qachon, hech kimni yaxshi ko‘rmaslikka qasam ichgandim. Endi Xudo bu muhrni buzdi. Men yana ozod bo‘ldim, odamlarni yaxshi ko‘rishga qodir bo‘ldim, ularga meni sevishlariga ham yo‘l qo‘ya olaman. Bu g‘alaba!

O‘tmishimiz – bolalik, bizga yetkazilgan azoblar, bizning boshqalarga yetkazgan azoblarimiz – bularning hech biri muvaffaqiyat sari yo‘limizda to‘siq bo‘lmasligi kerak. Xudoning iltifoti bilan bular hatto g‘alaba va farovon hayot sari bosiladigan navbatdagi qadam bo‘lishi mumkin.

11. Xudoning Kalomi meni boshqarishga, o‘rgatishga, menga shifo berishga qodir. (Zab. 18:8; 106:20; 118:105) Ko‘p imonlilar bugungi kunda Xudoning Kalomida kuch borligiga, uning inson hayotini tubdan o‘zgartirishga, butkul yangilay olishiga, odamlarni qullikdan ozod qilishga va Xudoning irodasini namoyon etishga qodirligiga ishonmay qo‘yishdi. Kalom shundoq ham ko‘p bo‘lgan haqiqat manbalarining biri yoki odamda boshqa hech qanday chora qolmagan vaqtdagina qo‘llaniladigan vosita sifatida ko‘rilmoqda.

Aslida esa Xudoning Kalomi jonli va ta’sirlidir, u yaralangan qalblarni qayta jonlantiradi va holdan toygan jonimizga tinchlik, orom beradi. U yo‘limizga berilgan chiroqdir. Ehtiyojimiz qanday bo‘lmasin, vaziyatlar qanday tus olmasin, Xudoning Kalomi har qanday ehtiyojimizni qondira oladi. Shuningdek u bizning biz yaxshi ko‘rgan odamlarga ham, yaqinlarimizga yordam berishga qodir.

Qiynalayotgan odamlarga bizning fikrimiz va takliflarimiz kerak emas. Ular Xudoning nima deyishini bilishi, Xudoning amrlari va va’dalaridan, Uning ko‘rsatgan yo‘lidan voqif bo‘lishi lozim. Agar chindan ham odamlarga yordam berishni istasak, ularga haqiqatni ko‘rsatishimiz, so‘ng esa ibodatda, sevgi bilan bu haqiqatlarni alohida vaziyatda qanday qo‘llash kerakligini o‘rgatmog‘imiz zarur.

12. Muqaddas Ruh menga Xudo buyurgan hamma ishlarni bajarishga yordam beradi. (1 Sal. 5:24; Flp. 2:13) Egamiz hech qachon bizni Uning inoyati bo‘lmagan ishni bajarishga undamaydi, shunday ekan, biz Ungi ishonishimiz lozim. Bu demakki,

• dunyoda biz kechira olmaydigan odam yo‘q (Mk. 11:25);

• dunyoda biz yaxshi ko‘ra olmaydigan odam yo‘q (Mt. 5:44);

• biz hamma narsa uchun Unga shukr qilishimiz lozim (1 Sal. 5:18);

• har qanday sharoitdan qanoatlanishimiz lozim (Ibr. 13:5).

Muammo Xudoga itoat qilolmasligimizda, bizni qattiq yaralagan ota-onamizni kechira olmasligimiz, hamkasbimizni yaxshi ko‘ra olmaganimiz, qiyin vaqtlarda Xudoga shukr qilolmaganimiz yoki bir xonali uyda yashab, bundan qanoatlana olmaganimizda emas.

Muammoning negizi bizning Xudoga itoat qilishimiz yoki qilmasligimizda ham emas. Ko‘pincha biz kechirishni, yaxshi ko‘rishni istamaymiz, Xudoga shukr qilishni va Uning bergani bilan qanoatlanishdan bosh tortamiz. Itoat qilish – bu aslida tanlov bo‘lib, biz Xudoning inson aqliga sig‘maydigan kuchiga suyanganimizda buni tanlaymiz. Muqaddas Ruhning kuchi bilan biz kechirishga qaror qilamiz, Unga biz orqali atrofdagilarni yaxshi ko‘rishiga yo‘l qo‘yib bera olamiz, har qanday sharoitda Xudoga shukr qilishga va Uning bergani bilan qanoatlanishga qaror qila olamiz.

13. Hayotdagi qiyinchiliklarga bo‘lgan munosabatim, qabul qilgan qarorlarim va hatti-harakatlarim uchun Xudo oldida javobgarman. (Hiz. 18:19–22) O‘smirligimdayoq men shuni bilib olganmanki, Xudo mendan boshqalarning hatti-harakati uchun javob talab qilmaydi, lekin boshqalarning hatti-harakatiga qanday javob berganim uchun Xudoga hisobot beraman.

Ehtimol, hayotimizdagi hodisalarni biz boshqara olmasmiz ham. Biz qanday oilada tug‘ilish, qanday ko‘rinishga ega bo‘lish, qanday tarbiya olishni tanlash huquqiga ega emasmiz. Xuddi shu tarzda, hayotimizning shakllanishiga hissa qo‘shadigan juda ko‘p omillarga biz hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaymiz. Biroq Xudoning iltifoti bois biz sharoitlarning qurboniga aylanib qolmasligimiz kerak – biz Xudoning irodasi bilan hayotimizdan joy olgan qiyinchiliklarga bo‘lgan munosabatimizni nazorat qilishimiz mumkin.

Odamlarni va sharoitlarni ayblashni bas qilsak, o‘z hatti-harakatimiz uchun boshqalarni ayblashdan voz kechsak, o‘z tanlovimiz uchun o‘zimiz javob berishni o‘rgansakgina biz o‘zimizni notavon o‘ljadek tutishdan, ojizlik hissidan ozod bo‘lamiz. Sharoitlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biz Xudoga itoat qilish erkinligiga ega bo‘lamiz.

14. O‘zim ekkanimni o‘rib olaman. (Gal. 6:7–8) Yoshim kattargani sayin o‘z hayotimda “Nima eksang, shuni o‘rib olasan” qonunining kuchini sezib boraman. Mening butun hayotim – uzoq yillar davomida qabul qilgan qarorlarimning natijasi desam xato bo‘lmaydi. Bolalagimda va yoshligimda eng oddiy qarorlar, misol uchun misol uchun kitob o‘qish, kim bilan aloqa qilish, hokimiyatga qanday munosabatda bo‘lish, bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazish, qanday o‘qish hayotimda bu qadar muhim rol o‘ynashini hayolimga keltirmasdim. Bugungi kunga kelib men o‘sha vaqtdagi va boshqa qarorlarimning mevasini o‘rib olyapman.

Xuddi shu tarzda, bugun qilgan har bir qarorimiz ham natijasiz qolmaydi, nafaqat biz, balki bizdan keyingi bir nechta avlod buning samarasini ko‘radi. Mening bugun xudbinlikka, gunohga yoki bashariiy tabiatga asoslanib qilgan har bir qarorim – bu ekilgan urug‘ va bu urug‘ albatta o‘sib unadi, bir emas, ko‘p meva beradi. Itoat qilishim ham – urug‘ bo‘lib, u ham hayotimga va nafaqat mening, balki yaqinlarimning hayotiga ham yaxshi mevalarni, marhamatlarni olib keladi. Hosil bir onda paydo bo‘lmaydi, lekin albatta ko‘rinish beradi.

15. Haqiqiy quvonchning siri – hayotimiz ustidan barcha huquqlarni Xudoga topshirishdadir. (Mt. 16:25; Lq. 1:38; 1 But. 5:7) Yuqorida ko‘rganimizdek, ilk gunoh kirib kelgach, ayol zoti o‘z hayotini o‘zi boshqarishga intila boshladi. Biz atrofdagilarning va o‘zimizning hayotimiz ustidan hukmronlik qilmoqchi bo‘lamiz, ammo bu borada ishimiz doim ham o‘ngidan kelavermaydi. Shunisi borki, biz qancha harakat qilmaylik, bizga bu huquq Xudodan berilmagan. Biz o‘zimiz bunga intilamiz, odamlarni boshqaramiz, o‘z ra’yimizga bo‘ysundiramiz, xo‘jayinlik qilamiz, lekin hammasi behuda bo‘ladi.

Haqiqiy erkinlikka va tinchlikka erishishning birdan-bir yo‘li – bu jilovni qo‘yib yuborish, boshqaruvni Xudoga topshirish, negaki Unga ishonish mumkin va U muammolarimizni yechishga qodir. O‘tgan hafta hamkasblarimning biridan xafa bo‘ldim va buni yengishga harakat qildim. Biz ayollarga xos bo‘lganidek, men voqeani qayta-qayta ko‘z oldimdan o‘tkadim. Keyin tushundimki, mening maqsadim aslida shunchaki yengilmaslik bo‘lgan va shu asnoda yaqin dugonamga qo‘ng‘iroq qilib men uchun ibodat qilishni so‘rashga qaror qildim. Xayrlashayotganimizda u to‘satdan menga: “Nensi, qanday aytishni bilmay turibman, lekin esingda tut... sen Xudo emassan” – dedi. Chindan ham.

Nima uchun Xudoga Xudo bo‘lishiga yo‘l qo‘yish bu qadar qiyin? Nima uchun Unga Koinotni boshqarishiga yo‘l qo‘yish bu qadar qiyin? Axir Uning O‘zigina borliq Koinotni boshqarishga qodir emasmi? U bizni yaxshi ko‘radi va hech narsani nazardan chetda qoldirmaydi. Hayotimiz ustidan haq-huquqlarni Uning qo‘liga topshirishdan bosh tortish bilan biz Uning ishini o‘zimiz bajarishga harakat qilamiz. Ozodlikka qachonki hayotimiz, oilamiz va sharoitlarni boshqarishni bas qilsakgina erishamiz. Shundagina biz faqat Xudo qodir bo‘lgan mo‘‘jizalarga guvoh bo‘lamiz.

16. Eng katta ozodlik Xudo tomonidan ustimdan qo‘yilgan hokimiyatga bo‘ysunishdan iborat. (Yef. 5:21) Hokimiyatga qarshilik qilsak, buning oqibatida zaiflashamiz. Momo Havo eriga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan vaqtda, undan holi ish tutishga qaror qilgandan keyin gunohga qo‘l urganini esda tuting. Boshqa tomondan, biz Xudo tomonidan o‘rnatilgan hokimiyatga bo‘ysunib, o‘z ixtiyorimiz bilan o‘rnimizni egallab kelsak, bu holda Xudoning himoyasiga erishamiz. Bu bilan biz Unga ustimizdan qo‘yilgan odamlarning hayotida O‘zining qudrati kamolini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yib beramiz, dunyoga Xudo o‘rnatgan tartibning go‘zalligini namoyon qilamiz, Uning Koinotni boshqarish huquqini e’lon qilamiz. Shayton Xudoni taxtdan ag‘darib tashlolmaydi, biz esa Xudo bilan hamkorlikda ish tutib, Unga yer yuzida Shohligini o‘rnatishiga yordam beramiz.

17. Ayol bo‘lish, ona bo‘lishdan yuksak va muqaddas vazifa yo‘q. (Tit 2:4–5) Haqiqiy qanoatga va quvonchga qachonki odam Xudodan belgilab berilgan vazifani tushunib yetish orqaligina erishiladi. Xudo ayol zotini u eriga sherik, hayotning davomchisi bo‘lishi, hayotni ardoqlashi uchun yaratdi. Aksariyat ayollar uchun Xudo nikohni va onalik vazifasini belgilab bergan.

Turmushdagi ayollar uchun Xudoning belgilab bergan vazifasi asosan ularning uy-ro‘zg‘ordagi o‘rni bilan bog‘liq. Pavlus Titusga nasihat solib, jamoatidagi yoshi katta ayollarga o‘rgatilishi lozimligini aytadi:

... kelinlarga pand–nasihat qilsinlar, ularga o‘z erlari va farzandlarini sevishni, vazmin, iffatli, ro‘zg‘orga jonkuyar, mehribon, erlariga bo‘ysunadigan bo‘lishni o‘rgatsinlar. Shunda hech kim Xudoning kalomini yomonlamaydi.

Tit. 2:4–5

Erli xotin va ona uchun jamiyatdagi mavqe ham, shaxsiy qiziqishlar ham, odamlar bilan munosabatlar ham, umuman hech narsa oilasdan va bolalaridan muhimroq bo‘lolmaydi. Ish sizga qoniqish berishi, moddiy tomondan boyitishi, boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmaydigan qulayliklarni yaratishi mumkin. Shunday bo‘lsada, ayol uchun o‘z xonadoni va oilasi haqida g‘amho‘rlik qilish, erkak bilan yonma-turib bu dunyoda Xudoni ulug‘lashdan, bolalari va nevaralarini boqib o‘stirishdan, keyingi avlodlarga nasihat solish, inson o‘zidan voz kechishi, o‘zini odamlarga bag‘ishlashi kerakligini o‘rgatishdan yuksak, martabali vazifa yo‘q. Ayol zotiga berilgan eng yuksak vazifa mana shu bo‘ladi.

18. Bizning muqaddasligimiz o‘tkinchi baxtdan ko‘ra muhimroq. (Ef. 5:26–27) Bu dunyoning falsafasiga qarshi ravishda, o‘tkinchi baxt-saodat doim ham eng katta ne’mat bo‘lavermaydi, bizning bunga hatto haqimiz ham yo‘q.

Xudo bizni bu dunyoda, hozir baxtga erishtirish uchun qutqarmadi. U bizni barcha illatlarimizdan xalos qilish uchun O‘z jonini fido qildi. U bizni poklab, O‘ziga tegishli bo‘lgan, yaxshilik qilishga bag‘ishlangan aziz bir xalq qildi. (Tit. 2:14) Rabbimiz Iso samodagi dargohini tashlab, yer yuziga keldi va O‘z hayotini fido qildi, bu bizning o‘z foydamiz, o‘zimiz uchun yashashimiz maqsadida qilingan narsa emas, bu bilan bizni ozod qilish, Xudo uchun yashashimizga yo‘l ochish ko‘zda tutilgan, negaki biz Xudoni mamnun etish uchun yaratilganmiz.

Itoat qilib yashash oson emas. Gohida bu ma’lum bir yo‘qotishlarni talab qiladi: bizga qulayliklardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Biroq har qanday yo‘qotish vaqtinchalik bo‘lib, bu bizning abadiyatda erishadigan niyatlarimiz, rohatimiz oldida hech narsa emas. Muqaddaslikka intilish orqaligina biz haqiqiy baxtga muyassar bo‘lamiz.

19. Xudoning xohish-irodasi ko‘proq mening hayotimdagi muammolarni yechish emas, balki meni o‘zgartirishga, men orqali ulug‘lanishdir. (Rim. 8:29) Yo‘limizda qiyinchiliklar paydo bo‘lganda, mantiqan ularni shu zahotiyoq bartaraf etishga harakat qilish to‘g‘ridek. Agar Xudoning rejasi nimadan iboratligini ko‘rmasak, Uning xohish-irodasini qabul qilmasak, butun diqqat-e’tiborimizni qiyin vaziyatdan chiqishning yo‘llariga qaratamiz. Biz Xudoning ovozini eshitishga noqobil bo‘lib qolamiz, Undan g‘azablana boshlaymiz, bizga yordam bermaganlikda Uni ayblaymiz.

Biroq Xudoning maqsadi shunchaki men qarshi olgan muamolarga yechim berish bilan chegaralanmaydi. O‘ylamanki, Xudoning mendagi his-tuyg‘ular bilan ishi yo‘q deb, aslo bunday emas. Biroq hayotiy ustunliklarni nazarda tutgan holda biz Xudo uchun muhimroq bo‘lgan narsalarni hisobga olmog‘imiz lozim. Xudo uchun esa muhimi har bir odam Uning ulug‘vorligini namoyon qilishidir. U bizni O‘z siymosiga yaqinlashtirish uchun, barcha yo‘llarni ishga solishni istaydi.

Ko‘nglimizni ayniqsa ko‘proq xira qilgan muammolarning ayrimlari aslida bizga yordam beradi, Xudoning maqsadi sari yaqinlashishimizga xizmat qiladi. Agar bu muammolarning yechilishini talab qilsak, badjahl rahbardan, iqtisodiy qiyinchiliklardan, sog‘ligimiz yoki nikohdagi hayotimiz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga harakat qilsak, Xudo tomonidan biz uchun hozirlangan ne’matlardan bebahra qolishimiz mumkin. Tangri Taolo bizni O‘z O‘g‘li singari bo‘lishimiz uchun hayotimizga yuborgan muammolarni yomon ko‘rish – bu naqadar ahmoqlik, naqadar kaltabinlik!

20. Azob chekmasdan turib barkamol, muqaddas bo‘lolmaysiz. (1 But. 5:10) Azoblar Xudo tomonidan bizni o‘zgartirish, Isoning qiyofasiga solish uchun qo‘llaniladigan muhim vosita ekanligini tushunsak agar, buni umuman boshqacha qabul qilamiz. Poklanish jarayoni qachonki biz azoblarni rad etmasdan, qabul qilganimizda ro‘y beradi.

Yeremiyo payg‘ambar kitobida biz azoblar qabul qilinmasligining oqibati haqida juda yaxshi izoh berilganini ko‘ramiz:

Mo‘ab yoshligidan bexatar o‘sgan, Tindirilgan sharob kabi tinch yashagan. Go‘yo bir idishdan boshqasiga quyilmagan, Hech qachon o‘z yurtidan surgun bo‘lmagan. Shu bois uning ta’mi o‘zgarmagan, Muattar hidi saqlanib qolgan.

Yerem. 48:11

Yeremiyo yashagan vaqtda sharob qilishardi: uzum sharbati mahsus meshlarga solingach, to achchiq ta’mi cho‘kmagunicha, bir necha haftaga shu holda saqlanar edi. So‘ng, yangi cho‘kindi paydo bo‘lishi uchun sharob boshqa idishga quyilardi. Bu jarayon qayta-qayta takrorlanar, to sharob to‘liq tozalanib, tiniqlashib, shirin ta’m hosil bo‘lmaguncha davom ettirilardi.

Mo‘ab xalqi nisbatan tinch hayot kechirgan, ular tozalanish jarayonidan o‘tmagan, “bir idishdan boshqasiga quyilmagan”, azoblarni boshdan o‘tkazmagan. Natijada mo‘abliklarda gunohdan iborat “qo‘yuqlik” qolar edi, ularning “ta’mi” o‘zgarmagan. Azoblar – bizda to xudbinlik va gunoh cho‘qmaguncha, Xudo Ruhining sharobi tiniq ko‘rinish olib, shira ta’m hosil bo‘lmaguncha, bir idishdan boshqasiga qo‘yilishimiz demakdir.

21. Azoblarim oxir-poyonsiz emas. (2 Kor. 4:17–18) Nazarimizda, bizni xuddiki alangadan chiqarmayotgan, bir idishdan boshqasiga “quyib” kelgandek tuyulgan vaqtda, emotsiyalarimiz bu holatning oxiri bo‘lmasligini aytadi. Bunday paytlarda biz o‘zimizga mazkur jarayonning oxir-poyonsiz emasligini eslatishimiz lozim. Bu abadiy davom etmaydi.

Har qanday azobdan alohida bir maqsad, muddao ko‘zlanadi. Xudoning ham alohida maqsadi bor va shu maqsadiga erishish uchun U hayotimizga ma’lum bir qiyinchiliklarni yuboradi. Mana shu maqsadlariga erishish uchun azoblarning qay darajada kuchli bo‘lishi va qancha vaqt davom etishi lozimligini U juda yaxshi biladi. Azoblarimiz Uning irodasi bajo bo‘lishi uchun yetarli vaqtdan uzoq cho‘zilishiga yoki keragidan ko‘ra og‘irroq bo‘lishiga U yo‘l qo‘ymaydi.

Xudo va’da qilgan, bir kun kelib: “o‘lim mavjud bo‘lmaydi, Hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi” (Vahiy 21:4). Shunday ekan, siz – Xudoning aziz farzandiga aytmoqchimanki, qo‘zlaringiz yoshga to‘lgan, umidingiz so‘ngan vaqtda bardam bo‘ling. Boshingizni ko‘taring, Egamizga rahmat ayting va shuni bilingki, ko‘p o‘tmay imoningiz taqdirlanadi va siz oxirigacha siz bilan birga bo‘lishni va’da qilgan Egamizni ko‘rasiz.

22. Bosh qahramon men emas, balki U! (Kol. 1:16–18; Vahiy 4:11) Muntazam ravishda o‘zimga, bu dunyo mening atrofimda aylanish uchun yaratilmaganini eslatib turishga to‘g‘ri kelmoqda. Butun Koinot, shu jumladan siz ham, men ham, yuksak, yuqori bo‘lgan, Koinotni boshqarib kelgan Egamiz uchun yaratilgan.

Xudoning rejasi, Uning maqsadlari biz ko‘rgan va o‘ylagan narsalardan anchayin muhim. Mening bankdagi hisobim, tashvishu alamlarim, kamsitilgan nafsoniyatim, ehtiyojlarim va xohish-istaklarim – bosh aslida men emas, Xudo ekanligini eslaganimda, bularning hammasi ikkinchi darajali bo‘lib qoladi.

Hayotimdagi vaziyatlarga to‘g‘ri yondashish uchun biz avvalo o‘zimizga savol berishimiz lozim: hayotimdan maqad nima? Maqsadim – baxtli hayot kechirish, birov uchun kerakli yoki suyukli inson bo‘lib yetishish bo‘lsa, bu holda men barcha to‘siqlarni qo‘yilgan maqsadga erishishda menga halaqit beradigan dushmanning hujumi sifatida qabul qilaman.

Boshqa tomondan, biz Xudoning haqiqatini qabul qilib, Uni mamnun etish, nomini yuksaltirish uchun yashayotganimizni tan olgan zahotiyoq, har qanday hodisani biz uchun tuzilgan rejaning bir qismi sifatida qabul qilishga qodir bo‘lamiz. Bu holda xafa bo‘lmaymiz, qarshilik ham ko‘rsatmaymiz, “qiyinchiliklardan” ham qochmaymiz, ularni Egamiz tomonidan Iso singari bo‘lib o‘zgartirishimiz va shuning vositasida Uni ulug‘lashimiz uchun yuborilgan do‘st o‘rnida ko‘rib qabul qilamiz. Uning yuziga tikilib: “Bosh qahramon men emas. Bosh qahramon – Sensan. Senga ma’qul bo‘lgan narsa, menga ham to‘g‘ri keladi, Noming ulug‘lansa bo‘lgani” – deya olamiz.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак