Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 9 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (9-боб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

   • Hayotiy qiyinchiliklar bo‘lmaganida agar, men hozir boshqa odam bo‘lar edim.

   • Men qiynalmasligim kerak

   • Hayotim hech qachon o‘zgarmaydi, bu azoblar oxir-poyonsiz davom.

   • Boshqa chiday olmayman!

   • Eng muhimi – bu o‘zim

   • Yolg‘onga haqiqatni qarshi qo‘ying

   • Amalda qo‘llash

Xotira daftarim,

Yilning bunday kelishini kutmagan edim! Qobilning nevaralaridan biri otasi bilan qurilishda ishlayotib, baland joydan qulab tushdi. Og‘ir jarohat olgan ko‘rinadi. Ko‘p surishtirolmadik, chunki Qobil bilan va uning oilasi bilan deyarli bordi-keldi qilmaymiz. Munosabatlarimiz haligacha tiklangani yo‘q – o‘tmishni eslasam yuragim eziladi.

Bu yil juda og‘ir keldi, hosilsiz yil bo‘ldi. Odamga bizni boqish uchun juda og‘ir mehnat qilishga to‘g‘ri keldi. Uyga shu darajada charchab keladiki, na gaplashishga va menga uy ishlarida yordam berishga hol topa oladi.

Unga shuncha vaqt haqiqiy yordamchi bo‘lganimni aytgim keladi, biroq o‘zimning muammolarim bor edi. Endilikda hammasiga kuchim yetmaydi, qolaversa to‘rt nafar bolamiz hali hanuz biz bilan yashamoqda. Hayotimiz alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Qanday qilib bir vaqtning o‘zida ham erga qarash, ham bolalarga, nevaralarga g‘amho‘rlik qilish, ham uy yumushlarini bajarish va o‘zingga vaqt ajratish mumkin?!

Gohida shunday charchayman: hamma bilan aytishaman. Qilgan ishimdan uyalaman, lekin bor alamimni bolalarimdan, Odamdan olaman. Haddan tashqari charchaganman.

Odam bilan anchadan beri birga dam olmadik. Qaniydi, bir yoqlarga ketsam-u, biroz bo‘lsa ham dam olsam. Balki bu hammamiz uchun foydali bo‘lar. Vaqti keldi, bir narsani o‘zgartirish kerak.

Bu “eng og‘ir kunlardan biri” bo‘ldi. Hech ishingiz o‘nmagan kunlar sizda ham bo‘lgani shubhasiz. Ehtimol Judit Vorstning «Alexander and the Horrible, No Good, Very Bad Day» (“Aleksandr va dahshatga to‘la, bema’ni, juda og‘ir kun”) nomli kitobida bu haqda o‘qigandirsiz. Bechora Aleksandr nima qilmasin, qayerga bormasin omadsizliklar uni ta’qib qiladi:

Og‘zimda saqich bilan uhlab qolibman, uyg‘onim qarasam, sochimga yopishib qolibdi. Ertalab karavotdan turib, skeytbordni bosib olibman, keyin esa sviterimni rakovinaga tushurib qo‘ydim – krandan suv oqayotgandi. …Shunda tushundimki, meni oldinda dahshatga to‘la, bema’ni, juda og‘ir kun kutyapti1.

U haq edi. Aleksandr maktabda juda og‘ir kun o‘tkazdi, bekorga tish do‘xtirning oldiga va poyabzal do‘koniga bordi. Bu hali hammasi emasdi.

Tushlikka loviya uzatildi, men esa loviyani yomon ko‘raman.
Televizorda o‘pishganlarni ko‘rsatishdi, men esa o‘pishganlarni yomon ko‘raman.
Vannadagi suvga sal qolsa kuyib qolardim, ko‘zimga sovun tegdi, pijamamni kiyishimga to‘g‘ri keldi. Uni yoqtirmayman.
To‘shakka yotganimda, Nik qachonlardir o‘zi sovg‘a qilgan yostiqni mendan tortib oldi, buning ustiga Mikki Mausning tavsiri solingan tungi yoritgich kuyib qoldi. Eng alamlisi – tilimni tishlab olganim bo‘ldi.

Mushugimiz men bilan emas, Entoni bilan uhlashni afzal ko‘rdi.
Bu dahshatga to‘la, bema’ni, juda og‘ir kun bo‘ldi.

Kayfiyati buzilgan bolakayni, kechgi vaqtda xo‘rsinib, o‘ziga-o‘zi: “Katta bo‘lishim bilan Avstraliyaga ko‘chib ketaman!” deb qaror qilgani uchun kim ayblay oladi”.

Aleksandr – bunday vaziyatni boshdan kechirgan yagona inson emas. “Qaniydi kaptar kabi, qanotim bo‘lsa, uzoq-uzoqlarga uchib ketsam!” deb hayol qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Zabur sanosi muallifi ham aynan shu haqida ibodat qilganini ko‘ramiz. Nazarida atrofda hamma unga qarshidek tuyular edi. U chindan ham juda og‘ir ahvolda bo‘lgan:

Qaniydi kaptar kabi, qanotim bo‘lsa”, dedim, “Uchib ketib, orom olgan bo‘lardim. Quturgan shamolu bo‘rondan qochib, O‘zimga boshpana topgani shoshilgan bo‘lardim.

Zab. 54:7, 9

Parvardigor Xudo yerni yaratdi va buning ajoyib ekanini ko‘rdi. Butun Koinot, eng mayda molekulalardan tortib, ulkan galaktikalargacha ideal tartibda edi. Olamda mutlaq uyg‘unlik hukmronlik qilgan. Na sarosima, na azob, na mojaro, na umidsizlik bo‘lgan.

Odam Ato va Momo Havoning bunuqson dunyoda, rohat-farog‘atda hayot kechirganini bilamiz. Ularning dastlab yashagan uyiga hatto Marta Styuart ham xavas qilgan bo‘lardi. (Marta Styuart — AQSh da teleshou olib boradigan taniqli boshlovchi; yashash joylar dizayni, remont, bog‘dorchilik, uy o‘simliklari va yashash uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mutaxassis).

Hammasi ajoyib edi. Hech narsa qayta ta’mirlashni talab qilmasdi. Hech kim hech qayerga kechirmagan, qiynalish, toliqish, g‘azablanish kabi holatlar ularga begona bo‘lgan. Hech kim qarzga botmasdi, azoblanmas edi, kasal ham bo‘lmasdi, “o‘lim” degan tushunchaning o‘zi yo‘q edi. Hech kim xafa bo‘lmagan, xafa qilmagan ham, hech kim tortishmas, qozi oldiga adolat izlab bormas edi. Vrachlarga, huquq himoyachilariga, ruhshunos va seksopatologlarga ehtiyoj bo‘lmagan.

Biroq bu holat Momo Havo shaytonning yolg‘oniga quloq solib, uning fikriga sherik bo‘lguniga qadar davom etdi, keyin hammasi o‘zgardi. Qachonlardir hech bir zahmatsiz mo‘l hosil bergan yer endilikda, oz bo‘lsada meva berishi uchun ko‘p mehnat mashaqqat talab qiladi: uni yovvoyi o‘tlardan, tikanlardan tozalash, qora terga botib unga ishlov berish lozim. Xudoning rejasiga ko‘ra bola tug‘ish faqatgina quvonch olib kelishi, ayolning hayotidagi eng tabiiy jarayon bo‘lishi kerak edi. Endilikda esa ayol tulg‘oq azobidan qiynaladigan, azobda bola tug‘adigan bo‘ldi.

Yovvoyi o‘tlar va tulg‘oq azoblaridan tashqari insonlar hayotiga boshqa illatlar ham kirib keldi:

Qo‘rquv, uyat, aybdorlik hissi;

umidsizlik;

nizolar va tortishuvlar;

ko‘z yosh va asab buzilishlar;

buzg‘unchi shamollar, suv toshqinlar, zilzilalar;

zo‘ravonlik va jinoyatlar;

qashshoqlik, qurg‘oqchilik, ocharchilik, irqchilik va urushlar;

kasalliklar: artrit, saraton.

Yolg‘on olamga kirib kelgach, mash’um ta’sirini ko‘rsatdi. Piyoladagi toza suvga solingan bir tomchi bo‘yoq suvning tusini o‘zgartirib yuborgani kabi, gunoh ham insonlar hayotini va ular yashagan yerni “bulg‘ab yubordi”.

Aksariyat odamlar umidsiz kun kechiradi, g‘azabda va tushkunlikda yashaydi. Bunga sabab ularning gunohga bulg‘angan olamda tabiiy holga aylangan hayotiy sharoitlarga va azob haqida yolg‘onga ishonganlaridir.

Hayotiy qiyinchiliklar bo‘lmaganida agar, men hozir boshqa odam bo‘lar edim.

Esimda, ko‘p yillar avval yosh bir ayol, ikki yoshli bolaning va egizaklarning onasi: “Mana shu egizaklar tug‘ilgunga qadar juda bardoshli edim” – deb menga nola qildi. Bu ayol ham aksariyat odamlar qatorida, biz insonlarni hayotiy sharoitlar shakllantirishiga astoyidil ishonar edi.

Hamma gap qiyin sharoitlarda, aynan shu omil bizning fe’l-atvorimiz buzilishiga sabab bo‘ladi deyish aslida xato. Ehtimol sizda ham, xuddi mendagidek: “Meni bu kuyga solgan aslida mana shu ayol!” degan vaqtlar bo‘lgandir. Bu bilan siz: “Men aslida juda yaxshi, mehribon, Xudoning Ruhiga to‘lgan, bosiq ayolman. Lekin ... uning qilgan ishini aytsam, ishonmaysiz!” demoqchi bo‘lasiz.

Biz: “Agar bolam fenni suvga botirib olmaganida, sariyog‘ni olib mehmonxonadagi butun mebelga surtib tashlamaganida, mening jahlim chiqmasdi”, yoki: “Agar ota-onam meni bolaligimda urushavermaganida, meni “odam bo‘lmaysan” deb kamsitmaganlarida, baxtli hayot kechirgan bo‘lardim!” yoki: “Agar erim boshqa ayol bilan ketib qolmaganida, men bunday baxtsiz bo‘lmasdim” – deymiz.

Biz: “Mening bu holga kelishimga odamlar va sharoitlar sabab” demoqchi bo‘lamiz. Nazarimizda, agar hayotiy sharoitlarimiz boshqacha bo‘lganida (tarbiya, atrofdagi odamlar) biz mutlaqo boshqa odam bo‘lardik: sabr-toqatli, mehr-oqibatli, shod, mamnun bo‘lib, biz bilan yashash ancha oson bo‘lar edi.

Hammasiga shart-sharoitlar sabab bo‘lsa, demak biz o‘lja bo‘libmiz – dushman ongimizga aynan shu narsani singdirishga harakat qiladi. O‘lja bo‘lganimiz, qilgan ishlarimizga javob bermaymiz deganidir – Axir o‘zimizni o‘zgartira olmaymiz-ku. Biroq Xudo bizning javobgar ekanligimizni aytadi – boshqalarning gunohlari uchun emas, ularga javoban ko‘rsatgan munosabatimiz va kechirgan hayotimiz uchun.

Aslida sharoitlar bizni o‘zgartirmaydi. Ular bizning aslida qanday odam ekanligimizni ko‘rsatib beradi. Umidini yo‘qotgan o‘sha ona, sabrsizlik uning doimiy sifati bo‘lib kelganini tushunmasdi. Xudo bu ayolning haqiqiy tabiatini ko‘rsatib beradigan shart-sharoitlarni yaratib bermagunga qadar, ayol o‘zining qanday ekanligidan mulaqo bexabar bo‘lib kelgan. Natijada u o‘zgardi.

Dushman bizni chalg‘itadi, ongimizga hayotiy sharoitlar o‘zgarsagina biz o‘zgarishimiz mumkin bo‘lishi haqida soxta fikrlarni singdiradi. Natijada biz “Agarda biz...” degan o‘y bilan yashay boshlaymiz:

Agarda biz ko‘chib ketmaganimizda edi...
Agarda biz ota-onamizga yaqinroq joyda yashaganimizda edi ...
Agarda bizning o‘yimiz kattaroq (shkaflar, ko‘proq joy) bo‘lganida edi...
Agarda bizda ko‘proq pul bo‘lganida edi...
Agarda erim kamroq ishlaganida edi ...
Agarda turmushga chiqqanimda edi ...
Agarda turmushga chiqmaganimda edi ...
Agarda boshqaga turmushga chiqqanimda edi ...
Agarda bolalarim bo‘lganida edi ...
Agarda bolalarim bu qadar ko‘p bo‘lmaganida edi ...
Agarda bolamni yo‘qotmaganimda edi ...
Agarda erim muomalali bo‘lganda edi ...
Agarda erim imonlilarga ruhiy yetakchi bo‘lganda edi ...

Biz o‘zimizni aldaymiz, sharoitlar boshqacha bo‘lganida edi, baxtliroq hayot kechirardik deymiz. Biroq, agar hozirgi sharoitimizda baxtli bo‘la olmadikmi, demak boshqa sharoitlarda ham baxtli bo‘lishimiz dargumon.

XIX- asrda yashab o‘tgan yozuvchi Elizabet Prentiss ellik yoshida turmush o‘rtog‘ining yangi ishga taklif etilgani, endilikda ular Nyu-Yorkdan Chikagoga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelishidan xabar topadi. Boshqa joyga ko‘chib o‘tish – bu barcha yaqinlari bilan xayrlashish, shundoq ham og‘irlashgan sog‘ligining xavf ostiga qo‘yilishi degani edi. Dugonasiga maktubda u shunday yozgan:

Biz birgina narsani, ya’ni Xudoning irodasini bilishni xohlaymiz ... O‘tgan  qishdagi hodisalar menga odamning baxtli bo‘lishi yashash joyiga, mavqeiga bog‘liq emasligini o‘rgatdi. Biz hatto oltinga burkangan saroyda yashab ham baxtiqaro bo‘lishimiz va lekin yertulada ham rohat-farog‘atda hayot kechirishimiz mumkin... Ehtimol bu og‘riqlar bizga bu dunyoda musofir ekanligimizni esdan chiqarmaslik uchun kerakdir balkim4.

Jorj Vashingtonning rafiqasi Marta, dugonasi Mersi Uorrenga maktubida ham xuddi shu fikrni bildirgan:

Baribir, har qanday sharoitda ham, quvnoq va baxtli bo‘lishga harakat qilaman, chunki bir narsani tushundim: bizning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishimiz ko‘proq shart-sharoitlarga emas, balki kayfiyatimiz, hafsalamizga bog‘liq. Qalbimiz tubida ikkisining ham urug‘i bor5.

Havoriy Pavlus quvonchi va farovon hayot kechirishi faqat va faqat Xudoning tuganmas sevgisiga va sadoqatiga, hamda Xudo bilan munosablariga bog‘liq bo‘lgani bois, har qanday sharoitda quvonib, mamnun bo‘lib yashashga, samarali mehnat qila olishiga qodir ekanligini tushunib yetgan. Shu sababdan ham u hech ikkilanmay shunday deya olgan

... men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l–ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l–ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman.

Flp. 4:11–12

Pavlus bizning har doim ham hayotiy vaziyatlarni boshqara olmasligimizni tushungan, lekin aytib o‘tish kerakki, hayotiy vaziyatlar ham bizga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi lozim.

Biz hayotimizdagi har qanday qiyinchilikni to‘g‘rilay oladigan, sevgi va donolikda tengsiz, qodir Egamizga umid bog‘lay olamiz. Quvonch, osoyishtalik va barqarorlik – bular aslida mustahkam ishonchimizning mevasi, har qanday hodisa qachonki bunga mehr-muhabbati cheksiz Otamizning xohish-irodasi bo‘lsagina, hayotimizdan joy olishi, bu Uning abadiy rejasidagi narsa ekanligiga e’tiqod qilishning samarasidir.

Men qiynalmasligim kerak

Hozirgi kunda ko‘p voizlar gunohga botgan odamlarga ular Isoga kelishi bilanoq osoyishtalikka, quvonch va rohatga erishishlari va buning tugamasligini, bu dunyoda farovon hayot kechirishlari, samoda abadiy maskan topishlarini va’da qilishadi. O‘z xochini olib, Masihning ortidan yurishga dav’at etmaydigan bunday ta’limot hayot va mamot kurashida qatnashishni istamaydigan, bo‘sh, irodasi sust “shogirdlardan” iborat bo‘lgan butun boshli avlodning shakllanishiga olib keldi. Hayot yo‘lida muqarrar qarshi olinadigan sinov va mashaqqatlar kelganda bunday odamlar nolib, dod solishadi, tumtaraqay bo‘lib qochadilar.

Mashaqqatlarning shart bo‘lmagani, bizning bunga loyiq emasligimizni ongimizga singdirgan holda, dushman yuragimizda Xudoga nisbatan norozilik hissini o‘yg‘otadi, bizni Uning mutlaq komil irodasiga va niyatiga qarshi chiqishga undaydi.

Biroq Rabbimiz Iso va Unga ergashgan havoriylar bizni o‘z xochimizni olishga dav’at etadi. Bu samoviy olamdagi yovuz ruhlarga qarshi kurashishga, Xudo yo‘lida mashaqqatlarni boshdan kechirishga dav’at bo‘lgan.

Havoriy Pavlus o‘rgatadiki, mashaqqat – bu har qanday imonlining hayotidan joy olishi muqarar bo‘lgan to‘siqdir: “Biz Xudoning Shohligiga kirishimiz uchun ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirishimiz kerak”, deydi u. (Hav. 14:22)

Xitoyda kommunistlar huqumatni egallaganlarida, Artur Metyuz u yerda Xushxabar voizi bo‘lib xizmat qilar edi (1938-1949 yillar). Bu kishi o‘sha davr Xitoyda Xushxabarni va’z qilgan eng so‘nggi xizmatchilardan biri bo‘lgan. 1953-yil u to‘rt yillik uy qamog‘idan keyin, rafiqasi va qizi bilan Xitoyni tark etadi. Uning yozgan kitoblarida odamning hatto eng og‘ir azoblarda ham o‘zidan kechib, Xudoga ergashishga tayyor bo‘lishi, mustahkam qat’iyyati aks ettirilgan:

Bizda shunday bir moyillik bor, ya’ni hayotiy vaziyatlarni baholar ekanmiz, ular bizning rejalarimizga va osoyishtalimizga qanday ta’sir qilishiga qaraymiz va shuning asosida qaror qabul qilamiz. Muammo yuzaga kelganda Xudoning oldiga shoshilamiz, biroq Uning bu haqda fikri qarorini bilish uchun emas, balki bizni qiyinchiliklardan ozod qilishini so‘rash uchun. Osoyishta hayotni biz Xudoning rejasidan ko‘ra afzal ko‘ramiz, Uning rejasi esa oilamizga kelgan qiyinchilik evazigagina amalga oshadi...

Real voqelikdan o‘zini olib qochadigan odamlarning hisoblashicha, xavf-xatardan holi hayot kechirish, farovonlik va moddiy boyliklar Xudoning marhamati yog‘ilganiga dalil, isbot bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa hayotimizda azob va mashaqqatlar kirib kelganda, biz Xudoning dilimzga ochganlarini tushunmaymiz, fikr qarorlarini noto‘g‘ri qabul qilamiz.

Xudoga ishonmasak, Uning ezgu niyatlari qabul qilmasak, mashaqqatlarga qarshilik ko‘rsatishimiz muqarrar bo‘ladi. Biroq XVII-asrda yashab o‘tgan puritan yozuvchisi Uilyam Lou ishontirib aytadiki, biz azob va mashaqqatlarni quvonch bilan qabul qilishimiz, buni poklanish va Xudoga yanada yaqin bo‘lishning yo‘li deb bilishimiz lozim:

Har qanday kulfatni, umidsizlikni, og‘riq va noqulaylikni, vasvasa va zulmatni, yolg‘izlik damlarini quvonch bilan qarshi ol, bularni o‘zingdagi bashariy tabiatni o‘ldirish, O‘zini rad etgan va azoblangan Qutqaruvchimizga yaqinlashishning zo‘r imkoni deb qabul qil.

Xudo bizning bir lahzali rohatimiz, o‘tkinchi baxtimiz haqida emas, balki muqaddas bo‘lib shakklanishimiz uchun ko‘proq jon kuydiradi. Shuni biladiki, to muqaddaslikka burkanib olmagunimizcha, hech qachon chindan ham baxtli bo‘la olmaymiz.

Mashaqqat chekmasdan muqaddas bo‘la olmaysiz. Hatto Isoning O‘zi ham Tangri Taolo irodasiga ko‘ra, yer yuzida “azob–uqubatlar orqali barkamol Sardor qilib tayyorlandi” (Ibr. 2:10), “garchi U Xudoning O‘g‘li bo‘lsa ham, azob–uqubat chekib, itoatkorlikning asl ma’nosini angladi”. (Ibr. 5:8) Biz Masih singari muqaddas bo‘lishni xohlaymiz deymizu, lekin bunga erishish ning birdan bir yo‘lini rad etamiz.

Yangi Ahd kitobida bironta muallif yo‘qki, hayotda muqaddaslikka va gunohdan forig‘ bo‘lishga mashaqqatsiz erishib bo‘lmasligini e’tirof etmagan bo‘lsa. Butrus hatto bizning azob chekishimiz Xudodan belgilab berilganini ta’kidlaydi, buning nafaqat tanlanganlar yoki imon yo‘lida azob chekadigan jafokashlar uchun, balki Xudoga farzand bo‘lgan barchaga teng taaluqli ekanligini aytib shunday deydi: “Hatto azob chekkaningizda ham Xudo sizlarni yaxshilik qilishga da’vat etgan. Masih sizlar uchun azob chekib, namuna bo‘ldi. Unga taqlid qilinglar”. (1 But. 2:21)

Haqiqiy quvonch – bu og‘riq, azoblardan holi bo‘lish degani emas, balki Rabbimiz Isoning azob chekkan vaqtimizda biz bilan birga bo‘lishi, bizga dalda berishi, bizni muqaddas qilib borishidir. Bu jarayon bir necha kun, hafta, oylab yoki yillab davom etishi mumkin, biroq bizda Xudoning ulug‘ va’dalari bor:

Garchi sizlar bu qisqa hayotda azob chekib yashasangizlar ham, Xudoning O‘zi sizlarga madad berib, barchangizni barkamol, sabotli, kuch–qudratli va mustahkam qiladi. Axir, inoyatga boy Xudo Iso Masih orqali sizlarni O‘zining abadiy ulug‘vorligiga sherik qilish uchun da’vat etgan.

1 But. 5:10

Hayotim hech qachon o‘zgarmaydi, bu azoblar oxir poyonsiz davom etadi.

Bu yolg‘on ko‘p ayollarni umidsizlik va chorasizlik tuzog‘iga ilintiradi. Biroq siz og‘rintirgan narsa, bu jismoniy azoblanish, jabrlanganingiz haqida xotiralar, muvaffaqiyatsiz nikoh yoki bolangizning tarbiyasi buzilganidan og‘rinishingiz bo‘ladimi, garchi uzoq cho‘zilishi mumkin bo‘lsada, shunisi aniqki abadiy davom etmaydi. Bu sizni yer yuzida umringiz oxirigacha qiynashi mumkin. Biroq butun umr degani, abadiyat degani emas. Rabbimizni ko‘rgan zahotiyoq biz qayg‘uli narsalarning hammasini unutamiz.

Bir necha kun avval menga bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘radi: u nikohda jiddiy muammolarni qarshi olgan edi. Oilasi qachon tinch bo‘lganini eslolmasdi, ijobiy o‘zgarishga bo‘lgan umidi ham so‘ngan edi. Bu ajoyib ayolning so‘zlari menga juda ta’sir qildi: “Bu umrimning oxirigacha davom etgan taqdirda ham, qo‘rqmayman. Inson umri qisqa ekanligini bilaman, abadiyatning esa chegarasi yo‘q. Bir kun kelib, bu hayotimiz ekrandagi kichik bir nuqtadek bo‘lib qoladi”. Bu ayol taqdiriga tan bergan odam ohangida gapirmasdi. U hammasi o‘zgarishini juda xohlasada, vaziyatga abadiy hayot nazari bilan qarar edi, bu unga hatto olovli sinovlar kelganda ham sadoqatini yo‘qotmaslikka yordam berardi.

Boshqa bir ayol ko‘p yillar avval, konferensiyadan keyin oldimga keldi va: “Turmush o‘rtog‘imizga shartsiz ravishda sadoqat ko‘rsatishimiz kerakligi haqida gapirganingiz uchun rahmat aytmoqchiman” – dedi. So‘ng o‘zining hayoti haqida bo‘lishdi. Turmush qurganiga qirq yil bo‘libdi. Eri juda yomon odam ekan. U shunday dedi: “Yillar davomida ko‘p odamlar, bu qatorda masihiylar ham menga ajrashishni maslahat berdi. Biroq Xudo nikoh qurgan kuni qasam ichganimni yodimga qayta-qayta solaverdi, shu tariqa erimni tashlab ketolmayman degan qarorga keldim”. So‘ng suhbatdoshim biroz gapirmay turdi va davom ettirib dedi: “Bilasizmi, sabr qilganimdan shunday quvonaman. Gap shundaki, bir yil avval erim nihoyat Xudoga imon ketirdi va Xudo uni shunday o‘zgartirib kelyaptiki, ta’riflashga til ojiz. Bu hali hammasi emas, – dedi u ko‘ziga yosh olib, – chekkan azoblarim meni qanday o‘zgartirganini aytsam, ishonmaysiz”.

Muammo shundaki, biz bu dunyoga juda qattiq bog‘lanib qolganmiz, shu sababdan oramizdagi aksariyat uchun qirq yillik muddat xuddiki abadiyatdek bo‘lib tuyuladi! Biz bunchalik uzoq muddat qanday qilib qiynalib yashash mumkinligini hatto tasavvur ham qilolmaymiz. Oh, agar qirq yil va hatto bundan ham uzoq muddatning abadiyat oldida hech narsa emasligini ko‘ra olganimizda edi!

Mashaqqatlarimiz qancha davom etishidan qat’iy nazar, Xudoning Kalomi ishontirib aytadiki, biz ko‘rgan kunlar oxir poyonsiz emas.

Shuning uchun ham umidimizni yo‘qotmaymiz. Bizning o‘tkinchi, yengil azob–uqubatlarimiz bizga haddan tashqari ajoyib va abadiy ulug‘vorlik keltiradi. Axir, biz ko‘rinadigan narsalarga emas, balki ko‘rinmaydigan narsalarga ko‘z tikkanmiz. Ko‘rinadigan narsalar o‘tib ketadi, ko‘rinmaydiganlari esa mangudir!

2 Kor. 4:16–18

Ishonchim komilki, hozirgi azob–uqubatlarimiz bizga zohir qilinadigan ulug‘vorlik oldida hech narsa emas.

Rim. 8:18

… qayg‘u–alam tun bo‘yi davom etsa ham, Tong bilan birga shodlik ham kirib keladi

Zab. 29:6

Qayg‘u –alam oylab va hatto yillab davom etishi mumkin, biroq agar Xudoning farzandi bo‘lsangiz, bu abadiy davom etmaydi. Xudo azoblaringiz qachon tugashini aniq belgilab qo‘ygan va ular Xudoning kerakli deb belgilagan vaqtidan bir daqiqa ham uzoq cho‘zilmaydi. Azoblaringiz qachonki Xudo O‘zining muqaddas, abadiy maqsadlariga erishgandagina yakun topadi.

Bu hayotda yengillik kelmagan holatlarda, Xudoning Kalomi bizga yuzlab va’dalarni beradi va ularda bir kun kelib hamma azoblarga barham berilishi, imonimiz kamoliga yetishi, zulmat yorug‘likka aylanishi, sadoqatimiz tuganmas shodlik bilan taqdirlanishini aytadi. U va’da qilib, deydi:...

Cho‘lu biyobon shod bo‘ladi, Sahro quvonib, atirgulday gullaydi. <…>

Egamiz qutqarganlar qaytib keladi, Ular qo‘shiq aytib, Quddusga kiradi. Boshlarida abadiy shodlik toji bo‘ladi, Shod–xurramlik ularni qamrab oladi, Qayg‘u, g‘amlar yo‘q bo‘lib ketadi.

Ish. 35:1, 10

Yovuz kuchlar qancha urinmasin, olamning taqdiri belgilangan – g‘alaba Egamizniki! Kelajakka bo‘lgan ishonchimiz bizga umid beradi, hayotni davom ettirishimiz uchun kuch, matonat ulashadi.

Boshqa chiday olmayman!

Shayton bizni ishontirishga harakat qilib, bor kuchini ishga solgan yana bitta yolg‘on bor. U biladiki, agar maqsadiga erishsa, biz umidimizni yo‘qotamiz va oqibatda hech qachon g‘olib bo‘lolmaymiz. Bir ayol shunday yozadi:

Bir yoshli egizak o‘g‘illarim bor, ular mana ikki oydan beri surunkali otit (quloqning shamollashi) bilan kasalangan. To‘xtamay yig‘laydi. O‘zimga ham, erimga ham, va umuman, meni tinglay oladigan har qanday odamga boshqa chidolmasligimni aytganman. Bu yolg‘on bashoratga aylandi. O‘zimni yanada yomon his qildim. Oxir-oqibat: “Men bunga bardosh bera olaman, o‘z vazifamni bajarishda davom etaman” deganimdan keyin, tanglik va tushkunlik deyarli yo‘qoldi.

Hammamizda shunday vaqtlar keladiki, bunday yashab bo‘lmaydigandek tuyuladi. Shayton qo‘llaydigan har qanday yolg‘onda bo‘lgani kabi, bu yerda ham g‘alabaga erishishning birdan bir yo‘li – bu yolg‘onga qarshi chiqa oladigan haqiqatdir. Emotsiyalarimiz yoki qiyinchiliklarimizga qaramay, Xudoning Kalomi: “Mening inoyatim doim senga yetarli bo‘ladi” deydi. (2 Kor. 12:9) Oramizdagi aksariyat bu oyatni bilsada, sinovlar kelganda, hayotimiz qiyinlashganda, kamdan-kam odamlargina bunga ishonadi. Bizning boshqa bardosh bera olmasligimizga ishonishimiz osonroq.

• Tun bo‘yi uhlamay, kasal bolaga qarashga boshqa bir kun ham sabrim chidamaydi.

• Erim bilan boshqa yashay olmayman.

• Qaynonam yana bir marta meni haqorat qilsa, buni ko‘tarolmayman.

• Uchta o‘smirin bolaga va kasal onaga qarash qo‘limdan kelmaydi.

Biroq ishonishni xohlaymanmi, yo‘qmi, Xudoning farzandi bo‘lsam agar, bu holda “Uning inoyati doim menga yetarli bo‘ladi”. (Shu sharti bilanki, o‘z bo‘ynimga bir talay ortiqcha majbriyatlarni yuklab olmagan bo‘lishim kerak. Agarda ular menga Xudodan berilgan bo‘lsa, bu holda Uning iltifoti bilan barcha vazifalarni bajarishga qodir bo‘laman) Hayotimdagi har lahza, har bir qiyinchilik, har bir ehtiyoj va muvaffaqiyatsizlik uchun Uning inoyati yetarlidir.

Toliqqanimda, ishlarimni oxirigacha bajara olishimga ko‘zim yetmagan vaqtda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Yaqinim yoki hamkasbim meni ranjitgan vaqtda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Bor g‘azabimni atrofdagilarga sochish vasvasasi meni yengayotganini his qilganimdada, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Navbatdagi marotaba meyyordan ortiqcha shirinlik yeyish vasvasasiga yengilayotgan paytimda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

O‘z oilamni buzganimda, qo‘pol va hatto zolimlarcha muomala qilganimda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Qanday ish tutishni yoki qanday qaror qabul qilishni bilmaganimda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Dahshatli yo‘qotish yoki og‘ir kulfat yurak-dilimni ezganda, yaqinimni qora tuproqqa ko‘mganimda, Uning inoyati menga yetarli bo‘ladi.

Xudoning inoyati nima uchun kerak? O‘g‘il yoki qizingiz Xudodan qaytib ketdimi? Jiddiy kasallik sizni qiynayaptimi? Eringiz sizni yaxshi ko‘rmaydimi? Oilada yetishmovchilik sezilyaptimi? Otasiz uchta bolani katta qilyapsizmi? Keyingi oyga kvartira haqi uchun qayerdan pul olishni bilmayapsizmi? Ishsiz qoldingizmi? Endigina boshqa shaharga ko‘chib borib, bu yerda bironta tanishingiz bo‘lmaganidan qiynalyapsizmi? Siz qatnaydigan jamoatda bo‘linishlar yuzaga kelyaptimi? Yolg‘iz bo‘lib qoldingizmi? Aybdorlik hissidan qiynalyapsizmi? Doriga bog‘lanib qodingizmi? Garmonlar qo‘zishidan behalovat bo‘lyapsizmi?

O‘zingiz bilgan holatni qo‘shing. Qanday vaziyatda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, Uning inoyati sizga yetarli. Uning imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir, ehtiyojingiz qanday bo‘lmasin, bu imkoniyatlar siz uchun xizmat qilishi mumkin. Bu chin, haqiqat bo‘lib, u sizni ozod qiladi.

Xudoning aziz farzandi, Samoviy Otangiz inoyati sizda dalda bo‘lolmaydigan yo‘lga sizni hech qachon yetaklamaydi. U hech qachon inoyati siz bilan birga ko‘tara olmaydigan yukni yelkangizga ortmaydi. Yo‘l haddan ortiq uzoqdek tuyulsa, bardam bo‘ling. Samoga yuz tuting. Barcha azoblarga barham beriladigan kun kelishini esga oling. Shuni bilingki, siz Tangri Taolo huzurida turadigan kun kelganda, hamma ko‘z yoshlaringiz, bu hayotda chekkan barcha qayg‘ularingiz, Undan taralgan ulug‘vorlik nuri oldida so‘nib qoladi. Shunda shod urib: “Uning ajoyib inoyati meni manzilimga olib keldi!” – deysiz.

Eng muhimi – bu o‘zim

Stolimda ikkita reklama e’loni yotibdi: biri – idora buyumlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaga tegishli, boshqasi – savdo do‘konlari tarmog‘iga. Ushbu e’lonlarda shunday so‘zlar bor: Eng muhimi – bu siz!

Bu aslida qadimdan qolgan falsafa. Ilon ham aslida Momo Havoga aynan shuni aytdi: “Eng muhimi – bu sen” – dedi. O‘sha vaqtdan boshlab reklama kompaniyalarida mazkur g‘oya muvaffaqiyat bilan ishga solinmoqda.

Bir yozuvchi bu borada shunday fikr bildirib o‘tgan: “Aksariyat odamlar o‘zini dunyoda eng buyuk inson sifatida ko‘radi. Ularning hayoti “men” mavzusidagi bitmas-tuganmas variatsiyalardan iborat”8.

Haqiqatdan ham shunday. O‘zimizni past baholashimiz haqida qancha gapirmaylik, hayotimiz o‘z-o‘zidan atrofimizda aylanishda davom etadi. Bu menga qanday ta’sir qiladi? Baxtli bo‘lamanmi? Nima uchun men bilan shunday bo‘ldi? Uning men haqimda fikri qanday? Hozir mening navbatim. Mening ulushim qani? Mening o‘ylaganlarim hech kimni qiziqtirmaydi. U mening his-tuyg‘ularimni oyoq osti qildi. O‘zimga qarab, e’tibor beradigan vaqt keldi. Meni tinch qo‘yishsin. Uni mening ehtiyojlarim zarracha qiziqtirmaydi.

O‘z dunyomizning markazi bo‘lish bilan biz qanoatlanmaymiz. Boshqalar uchun ham, hatto Xudo uchun ham dunyoning markazi bo‘lishni istaymiz. Boshqalar oldimizda tiz cho‘kmasa, baxtimiz uchun, ehtiyojlarimiz qanoatlanishi uchun o‘z jonini bag‘ishlamasa, xafa bo‘lamiz va xudbin istaklarimizni qanoatlantirishning boshqa yo‘llarini izlaymiz.

Imonlilar jamoati – hamma narsa inson atrofida emas, balki Xudo atrofida aylanadigan yagona joy deb o‘ylagimiz keladi. Biroq doim ham bunday bo‘lavermaydi. Doktor Larri Krabb “Xudoni topib” («Finding God») nomli kitobida imonlilar jamoatining nima sababdan bu vasvasaga aldanganini chuqur tahlil qiladi:

Imonlilar jamoatining asosiy vazifasi – odamlarga ular Xudoning suyuklilari, Xudoga kerak ekanligini his qilishga yordam berishdan iborat. Biz Xudoga sajda qilishni, o‘zimizdan kechishni, Unga xizmat qilish yo‘lida ko‘p narsalardan voz kechishni o‘rganmaymiz. Biz o‘zimizdan voz kechishni emas,

o‘zimizni ko‘rsatishni, og‘ir xotiralardan xalos bo‘lishni, nosog‘lom odatlarni yengishni, depressiyadan qutulishni, o‘zimizni yuqori baholashni, odamlar bilan muomala qilishda chegara o‘rnatishni, o‘zimizni yaxshi ko‘rishni o‘rganamiz. Ayblarimizdan uyalish o‘rniga, o‘zimizga dalda berishni, o‘zligimizni qabul qilishni o‘rganamiz.

Odamlarni dard-alamdan ozod qilish imonlilar jamoati uchun tobora muhim ish bo‘lib bormoqda. Bu xavotirli tendensiya...

Dard orqali Xudoning tabiatini va niyatini chuqurroq tushunib yetish o‘rniga, biz muammolar tufayli keladigan dardni yengillashtirishga harakat qilamiz. Xudoni izlashdan ko‘ra o‘zimizni yaxshi his qilishimiz biz uchun muhimroq bo‘lib qoldi. Natijada Muqaddas Kitobdan bizga Xudoning suyuklilari ekanligimizni his qilishga yordam beradigan fikrlarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz va shu vaqtning o‘zida Kalomda yozilgan va bizni qadamba-qadam ulg‘ayish sari yetaklaydigan oyatlarni chetlab o‘tamiz.

O‘zimizni haddan ortiq yuksak bilib, hurmatlaymiz va buni Xudoning O‘z sevgisi ila insonlarni gunohdan sotib olgani hamda Masihda ega bo‘lgan martabamiz haqida ajoyib haqiqatlar bilan oqlaymiz. Haqiqatni ko‘rmaymiz, Xudo haqida hayratga soluvchi vahiylarni fahmlay olmaymiz, U esa shu qadar iltifotli, inoyatliki, biz – Uni yomon ko‘rgan insonlarni abadiy sevgi bilan sevdi. Biz hamma narsadan ko‘ra ko‘proq yuksalishga loyiq bo‘lgan Xudo haqida haqiqatni ko‘rmaymiz.

...Biz haqiqatning joyini almashtirib qo‘ydik, natijada Xudo bizni hurmatlagani uchungina tahsinga, hurmatga loyiq bo‘lmoqda. Xudoning hayratda qoldiradigan inoyati uchun emas, balki bizga eng qimmatlisini: o‘zimizdan mamnun bo‘lish imkonini bergani uchun:“Qo‘zi hamdlarga loyiqdir!” deb, Uni tarannum etamiz. Endilikda Xudodan ham ahamiyatliroq bo‘lib qoldik9.

Havoriy Pavlus Xudo biz uchun emas, biz Xudo uchun borligimizni yaxshi tushungan:

Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan. Yeru ko‘kdagi bor mavjudot, Ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan har bir narsa, G‘ayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar, Bularning hammasi Masih orqali, Uning O‘zi uchun yaratilgandir. Masih butun borliqdan oldin mavjud edi, Butun borliq U tufayli mustahkam turibdi. Masih jamoatning boshidir, Jamoat Masihning tanasidir. Hamma narsaning ibtidosi Masihdir, U hammadan ustun bo‘lishi uchun Birinchi bo‘lib o‘likdan tiriltirilgan

Kol. 1:16–18

Pavlus nima uchun rimliklar tomonidan zindonband etilganda ham Xudoga sano ayta oldi? Qanday qilib u toshbo‘ron bo‘lib ham, kemada halokatga uchrab, qondoshlari hamda g‘ayriyahudiylar tufayli to‘xmat va tahlika ostida qolib ham “hamisha xursand” bo‘la oldi? Ochlikda, toliqqan holda u qanday qilib “hamisha xursand” bo‘la oldi? Buning siri shunda ediki, u o‘zi oldiga aniq maqsad qo‘ygan. Pavlus o‘zining rohatini o‘ylamadi, o‘zini xursand qilish uchun yashamadi. Damashqqa ketayotib yo‘lda Xudoga yuz burgan vaqtdan boshlab uning yuragida faqat bitta istak bo‘lgan – Xudoni mamnun etish, Uning nomini yuksaltirish uchun yashash. Pavlus uchun faqat bitta narsa muhim bo‘lgan – Masihni tanib bilish va U haqda atrofdagilarga shohidlik qilish.

... hayotim o‘zim uchun hech narsaga arzimaydi, deb hisoblayman. Men faqat vazifamni oxiriga yetkazishni va Rabbimiz Iso menga yuklagan ishni tugatishni istayman. Bu ish Xudoning inoyati to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilishdir.

Hav. 20:24

Pavlusning shiori bo‘lgan: “Men uchun hayot Masihdir”. Bu qarorga kelingach, qolgan hamma narsa ikkinchi darajali bo‘lib qolgan edi.

CORAM DEO

Coram Deo — lotin tilidan bu ibora “Xudoning oldida” deb tarjima qilinadi. Ko‘p yillar avval bir ayol menga sovg‘a sifatida matn solingan rasm yubordi. Bu qisqa, biroq Yaratguvchimizning irodasi bo‘yicha yashash nima ekanligi haqida ma’noli eslatma edi:

“CORAM DEO - Xudoning oldida, Uning boshqaruvi ostida vaUning ulug‘lanishi uchun yashash”.

Ushbu bobni “Coram Deo” shiori bilan yashagan uchta ayolning hayoti haqida hikoyalar bilan yakunlamoqchiman.

Sindi uzun maktubida hayoti haqida hikoya qiladi. O‘n sakkiz yoshida turmushga chiqqan, yigirma bir yoshga yetgunga qadar uning uch nafar farzandi bo‘lgan. Garchi bolaligidayoq suvga cho‘mdirilgan bo‘lsada, Sindi Iso Masih bilan shaxsiy munosabat tuzish nima ekanini bilmas edi. Yoshi o‘ttizdan o‘tgach, onasi kasalxonada rak kasalligi bois hayot bilan vidolashayotgan paytda Sindi gedeonlar nashridan chiqqan Muqaddas Kitobni topadi va Xudoga yordam so‘rab yolvoradi. O‘zi haqida yozar ekan u o‘sha vaqtdan boshlab birgina istagi – Xudoni tanib bilish bo‘lganini aytadi.

Keyingi yillar uning oilaviy hayoti, turmushi tobora qiyinlashib bordi. Bir tomondan uni zo‘ravonlik, boshqa tomonda esa behayolik qiynab kelardi. Uning o‘n to‘rt yoshli qizi uydan chiqib ketadi, ikkala o‘g‘lida esa qachon qaramang, yo politsiya bilan, yo maktab bilan bog‘liq muammolari chiqaverardi. Bir kuni Sindi ikki haftaga erini tashlab ketadi, uning maqsadi keyinchalik eri bilan ajrashish bo‘lgan. Biroq Xudo uni eriga nisbatan rahmdil bo‘lishni o‘rgatdi, shu tariqa u yana uyiga qaytib keladi.

Oilaviy muammolar davom etdi, Sindi esa imonlilar jamoatiga qatnay boshladi. Jamoat unga yaqin joyda joylashgan edi va u yerda Sindi Xudoning sevgisi, Isoning gunohkorlarni qutqarish uchun o‘lgani haqida Xushxabarni eshitdi. U o‘zini Xudoga bag‘ishladi, Masihga imon keltirdi.

Uyida vaziyat tobora yomonlashib borar, bolalari boshqarib bo‘lmaydigan ahvolga kelgandi. Qizi oxir-oqibat ko‘chada qoldi, bir yil shunday yashashga majbur bo‘ldi, chunki bir kun uyga kelgan vaqtda otasi uni kiritmadi. Keyin u turmushga chiqdi va beshta bola tug‘di. Endi, mana yigirma besh yillik turmushidan keyin u ajrashyapti. Otasi shundan beri qizi bilan gaplashishga jur’at topolmadi. Haligacha u nevarasini ham, evarasini ham biron marta ko‘rmagan.

O‘g‘illaridan biri harbiy xizmatdan sharmandalarcha chetlatilgach, to‘rt yil umrini qamoqda o‘tkazdi; otasi undan ham voz kechdi, ular ko‘p yillardan beri bir birini ko‘rmadi.

Boshqa o‘g‘li giyohvandlikka berilib ketdi, u ham harbiy xizmatdan sharmandalarcha chetlatildi. Buning ustiga u qotillik ham qildi va yigirma ikki yil qamoqda o‘tirib chiqdi. Garchi qamoqda tavba qilgan bo‘lsada, hozir Xudo haqida mutlaqo qiziqmaydi.

Maktubini yakunlar ekan, Sindi yaqinlarining ruhiy ehtiyojlari va o‘zining oilada roli haqida mulohaza qiladi:

Uyimizda na Mavlud, na Hosil bayrami nishonlanadi. Oilam qachon bo‘lsa ham ruhan va emotsional sog‘lom bo‘ladimi? Buni faqat Xudo biladi. Biroq U hayotimning Sardori va men ishonamanki, meni oilamga yorug‘lik olib keladigan nur, tirik guvoh sifatida ishga solishni xohlaydi. Ularga Xudoning hayratga soladigan inoyatini men ko‘rsatmasam, buni qim qiladi? Hozir tinchlik, hotirjamlik hukmron bo‘lgan, kimsasiz joyga qochib ketishdan osoni bo‘lmasa kerak. Biroq Xudoning irodasiga ko‘ra men shu yerda bo‘lishim, Xudoga ishonmaydigan erimga va farzandlarimga guvohlik berib xizmat qilishi kerak.

Erimga bir kun kelib mag‘rurligi foydasiz bo‘lib qolishi va unga Masih bilan yuzma-yuz uchrashishga to‘g‘ri kelishini tushunishiga qanday yordam bersam bo‘ladi? Qizimga Xudoning shartsiz sevgisi haqida haqiqatni qanday ko‘rsatsam bo‘ladi? Qamoqdan chiqqqandan keyin Xudodan qaytib ketgan to‘ng‘ich o‘g‘limga qanday yordam bera olaman? Erimga qizi bilan va ikkinchi o‘g‘li bilan yarashishiga qanday yordam bersam bo‘ladi? Bunday mo‘‘jizaga faqat Xudoning qudrati, donoligi va sevgisigina qodir! Shunday ekan, butun vujudim bilan: “Ha, Egam, nimani to‘g‘ri deb bilsam, o‘shani qil!” deyman.

Jenni Tompson — yosh ayol, eri leykemiya bilan ikki yil kurashib, yaqinda hayotdan ko‘z yumdi. Qo‘lida to‘rtta bola bilan qoldi, hammasi maktabgacha bo‘lgan yoshda. Erining o‘limidan keyin uch oy o‘tib yozilgan maktubda bu ayolning Xudoni tushunishi, Uning tabiati va niyatini chuqur bilishi ko‘zga tashlanadi:

Bu vaqt, boshdan oxirigacha Xudo O‘z sadoqatini ko‘rsatib, bizni qo‘llab keldi. O‘zim uchun yoki bolalarim uchun bu yo‘lni hech qachon tanlamagan bo‘lardim, biroq mana shu sharoitlar orqali shunday narsalarni o‘rgandikki, agar hammasi boshqacha bo‘lganida, bulardan birontasini bilib ololmas edik. Xudo shunday yuksaldiki, boshqa hech qanday sharoit Uning nomi bu qadar yuksalishiga imkon berolmasdi, shu tariqa men Uni ulug‘lashim kerak.

Xudoning maqsadi meni “baxtli” qilish emas, balki Qodir Egamiz va Yaratguvchimiz sifatida loyiq bo‘lgan ulug‘vorlikka erishishi, shon-sharaf ila yuksalishidir. Bizning baxtimiz ikkinchi darajali. Muhimi – Xudoning xohish-irodasiga bo‘ysunishimiz, niyatini bajarishimizdir. Faqat shu tufayligina men eng qadrdon do‘stimning, bolalarimning dadasi – turmush o‘rtog‘imning qabri ustida yig‘lab ham, shu vaqtning o‘zida baxtiyor bo‘la olaman.

1998-yilning kuz faslida mening qadrdon dugonam, ibodatda uzoq vaqtdan beri menga sherik ham suyanchiq bo‘lgan Jenis Grisson qo‘l panjasining uvushib borayotganini seza boshladi. Keyinchalik uvushish uning ikkinchi qo‘liga ham o‘tdi. 1999-yilning boshida vrach unga Sharko (to‘qimalarning buzilishi) kasalligi rivojlanayotganini aytdi. Jenis shunda qirq ikki yoshda edi, uning to‘rt nafar farzandi bo‘lib: kenjasi – 4 yoshda, to‘ng‘ichi esa – 12 yoshda edi.

Keyingi o‘n oy davomida kasallik kuchaydi, zaiflashib borayotgan tananing avval bir qismiga, so‘ng boshqa qismlariga o‘tdi. Mana shu vaqt oralig‘ida, telefonda gaplashar ekanmiz, Jenis o‘zining ahvoli haqida gapirishni istamasdi. Ovozimni eshitganda u har safar: “Nensi, sen haqingda ko‘p o‘yladim! Qanday ehtiyojlaring haqida ibodat qilay?” – derdi.

O‘sha yil, oktyabr oyida men Jenis turmush o‘rtog‘i bilan yashagan Littl-Rokka bordim. Bu vaqtda u aravachadan turolmaydigan ahvolga kelib qolgandi – uning qo‘li ham, oyog‘i ham ishlamasdi, hatta zo‘rg‘a gapirar edi ham, chunki o‘pkasining yarmi ishdan chiqqan edi. Va yana meni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, bu oila shuncha qiyinchiliklarga qaramay butun diqqat-e’tiborini Xudoga qaratgan edi. Jenisning ikki so‘zning birida: “Xudo bizni juda marhamatladi!” deganlarini eslayman. Qorong‘i tushgach, biz Jenis o‘tirgan aravacha atrofida turib ibodat qildik, so‘ng u yaxshi ko‘rgan madhlardan birini aytdik:

Xudoning mukammal tinchligi daryo singari ...
Agar tomosha qilsak uni, yuragimiz quvonchga to‘ladi, —
O‘zi va’da qilganidek, biz Xudodan orom topamiz.

Keyingi hafta Jenisning ahvoli keskin og‘irlasha boshladi. U hatto ovqat yutolmay, suv ham icholmay qoldi va uni kasalxonaga yotqizishdi. Jenis shu bilan uyga qaytib kelmadi. O‘n uchinchi dekabr kuni kechqurun ahvoli haqida so‘rash uchun men uning eriga qo‘ng‘iroq qildim. Jenisning kuchi qolmagan, u faqat pichirlabgina gapira olardi. “Eng ajablanarlisi, – dedi Tim, – uning deyarli tinmay boshqalar uchun ibodat qilgani”. Bir necha soat o‘tib, Jenis so‘nggi bor nafas oldi va dunyoni tark etdi.

Jenis Grissom qanday hayot kechirgan bo‘lsa, shunday qazo qildi – butun vujudi bilan, berilib Xudoni va odamlarni sevib. U hech qachon o‘zining sog‘ligini, osoyishtaligi va kelajagini ustun qo‘ymagan. Uning uchun eng muhimi har doim Xudo bo‘lgan. U faqat bir narsa haqida o‘ylar, hayotining barcha sohalarida Xudoni yuksaltirish uchun jon kuydirardi. Uning birgina istagi xuddi havoriy Pavlusning istagiga o‘hshash bo‘lgan: “...o‘lsam ham, yashasam ham mening tanam orqali Masih ulug‘lanadi”. (Flp. 1:20)

Jamoat cho‘ponining xotini, taniqli yozuvchi Syuzan Xant shunday deydi:

Odamzot tarixi – bu gunohdan forig‘ bo‘lish haqida hikoya. Men gunohdan forig‘ bo‘lish haqidagi hikoyaning bosh qahramoni emasman. Aslo bosh emasman. Biroq Xudoning iltifoti tufayli men bu hikoyaning bir qismi bo‘ldim. Mening syujet chizig‘im hikoya tasmasiga qo‘shilib ketgan. Unda kichik rolni o‘ynashning o‘zi, o‘zimiz tuzgan ko‘rimsiz asarda yulduz bo‘lgandan ko‘ra ko‘p afzaldir. Bu olamshumul hikoya bo‘lib, uning boshlanishi abadiyatga borib taqaladi. Men uchun belgilgan rolni shukronalik bilan, quvonch bilan o‘ynaymanmi yoki o‘zimning kichik, arzimas va agar atroflicha qaralsa, mutlaq ma’nosiz bo‘lgan hikoyamni tanlaymanmi?

Haqiqat shundaki, siz hikoyaning bosh qahramoni emassiz. Men shunday. Bosh qahramon – Parvardigor Egamiz. Haqiqat balki bu dunyoda, hozirgi hayotingizdagi vaziyatni o‘zgartirmas, lekin uning sizni o‘zgartirishi shubhasiz. Haqiqat sizni ozod qiladi.

Amalda qo‘llash

1. Xudoning aytganlarini QABUL QILING.

Siz hayotiy vaziyatlar va mashaqqatlar haqida qanday yolg‘onga ishonib kelgansiz?

2. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga OLING.

Bu yolg‘onga ishonish sizning hayot tarzingizga qanday ta’sir qildi (munosabatlaringizga va hatti-harakatlaringizga)?

3. Haqiqatni E’LON QILING.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni birma-bir ovoz chiqarib o‘qing. Ular ichida qaysi biri hozirgi kunda siz uchun ayniqsa muhim?

Xudoning Kalomi bilan fikr-zikringizni yangilang. Quyidagi parchalarni ovoz chiqarib o‘qing. Flp. 4:11–13, Yoqub 1:2–5, 2 Kor. 4:16–18,         2 Kor. 12:7–10, Ibr. 12:2–11, Vahiy 21:4–6.

Bu oyatlar bizga qiyin, azobli sharoitlarni qanday qabul qilishni o‘rgatadi? Xudo bu muammoni qanday ko‘radi?

4. Haqiqat asosida HARAKAT QILING.

Haqiqat asosida hayot kechirish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishingiz kerak?

5. Xudodan haqiqat so‘qmoqlaridan yurishda sizga yordam berishini SO‘RANG.

Mening buyuk Cho‘ponim, nima bo‘lishidan qat’iy nazar Sen mening Xudoyim bo‘lib kelganing uchun rahmat, Sen avval hamisha taxtda o‘tirib, menga iltifot ko‘rsatib kelasan. Meni sinovlar va qiyinchiliklar orqali Senga umid bog‘lashga o‘rgatganing, O‘z qiyofangga solib o‘zgartirib kelganing, ishonchimni mustaqkam qilib, bu dunyoda Seni ulug‘lashga qodir qilayotganing uchun rahmat. Iltimos, meni kechir: xochimni olib ortingdan ergashish o‘rniga men Sendan xafa bo‘lganman, xohish-irodangga qarshilik qilganman, qiyinchiliklardan qochishga intilganman. Meni hech qachon tashlab ketmasliging, huzuringdan uloqtirib yubormasliging uchun rahmat. Hayotimda har bir hodisa Sening ezgulikka xizmat qiladigan xohish-irodang bilan berilishi uchun rahmat. Kelajagimni Senga ishonib topshirishimga yordam ber. O‘zim bilan haddan ortiq band bo‘lib qolishdan, qiyinchiliklarimga bog‘lanib qolishdan meni ozod qil. Muammolarga bo‘lgan munosabatim dunyoga inoyating salobatini namoyon qilsin. Vaqti kelib barcha qayg‘u va azoblarga barham berilishi haqida va’dang uchun rahmat. O‘sha baxtli kun kelgunga qadar Seni sevib, ulug‘lashimga, Senga ishonib yashashimga yordam ber. Iso Masihning nomi bilan. Omin.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак