Ayollar ishongan yolg‘on va ozod qiladigan haqiqat (Nensi Demoss) 0 bob

Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

Ayollar ishongan yоlg‘on va ozod qiladigan xaqiqat (Nensi Demoss) O‘zbek tilida audiokitob Ненси демосс. Аёллар ишонган ёлғон ва озод қиладиган ҳақиқат - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида

 

 

MUNDARIJA

MUQADDIMA

XOTIRA DAFTARIM

1-QISM. KIRISH SO‘ZI

2-QISM. AYOLLAR ISHONGAN YOLG‘ON

2 BOB. Xudo haqida

3 BOB. O‘zim haqimda

4 BOB. Gunoh haqida

5 BOB. Ustunliklar haqida

6 BOB. Nikoh haqida

7 BOB. Bolalar haqida

8 BOB. His-tuyg‘ular haqida

9 BOB. Hayotiy vaziyatlar haqida

III QISM. HAQIQAT SO‘QMOQLARIDAN YURISH

10 BOB. Haqiqat yolg‘onga qarshi

11 BOB. Bizni ozod qiladigan haqiqat

XOTIMA


MUQADDIMA

Egnida hayvon terisidan yasalgan kiyimda, g‘azabi qaynagan eri bilan birga Adan bog‘idan quvilgan, kelajakda bir o‘g‘li ilk qotillikning qurboni bo‘ladigan, yana biri o‘sha o‘g‘lining qotili bo‘ladigan Momo Havo o‘zini juda baxtsiz his qilgani shubhasiz. U:

Yolg‘iz. Yengilgan. Omadsiz edi.

Odam Ato bilan birga Adan bog‘idan sharqqa, jon saqlashning o‘zi katta matonat talab qiladigan olamga yo‘l olish juda mushkul bo‘lgan bo‘lsa kerak. Jannatda yashab, so‘ng uni tarq etish naqadar og‘ir!

Momo Havo o‘sha paytda ko‘proq nimani xohlagan?

Siz nimani xohlagan bo‘lardingiz?

O‘ylaymanki, Momo Havoning yuragini to‘ldirgan birdan-bir istak o‘sha, yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining shoxlariga endigina qo‘l uzatgan, Xudo ta’qiqlagan mevani yeyishga hali ulgurmagan, oxiri yaxshilik bilan tugashi mumkin bo‘lgan lahzani orqaga qaytarish edi.

Hammasini orqaga qaytarish, fikri-qarorini o‘zgartirish, to‘g‘ri yo‘l tutish istagi uni ich-ichidan qiynar edi.

Biz Momo Havoga o‘xshaymiz.

Hammamiz yengilish nima, muvaffaqiyatsizlik nima, alam va og‘riq nima ekanini bilamiz.

Xudbin istaklarni, tez achchiqlanish, g‘azab, hasad va alamni hammamiz boshdan kechirganmiz.

Xatolarimizning ayrimlari balki bu darajada dahshatli bo‘lmagandir. Ular butun odamzotning hayotiga ta’sir o‘tkazadigan fojiaga olib kelmagan. Ehtimol bu “mayda” hatolardir. Shunday bo‘lsada, ular bizga yuragimiz mukammallikdan qancha yiroq ekanligini ko‘rsatib beradi. Va biz hammasini boshidan boshlash, uyg‘unlikda, osoyishta hayot kechirish ishtiyoqiga to‘lamiz.

Konferensiyalarda men har safar ayollardan muhtojliklar varaqasini to‘ldirishni so‘rayman. Bu keyingi hafta davomida mahsus guruh ular haqida ibodat qilishi uchun kerak. Konferensiyadan keyin men bu varaqalarni uyga olib ketaman va har birini qaytadan o‘qib chiqaman. Ko‘pincha maktublarni o‘qib yig‘lardim, hayoti barbod bo‘lgan opa-singillarimizning taqdiri meni ich-ichimdan ezib yuborardi. Bu:

Oilasi buzilay deb turgan ayollar...

Bolalari uchun dili ezilib yurgan ayollar...

O‘tmishda boshdan kechirgan kulfat va og‘riqlarni esdan chiqara olmayotgan ayollar...
O‘zligi bilan jiddiy kurashib kelgan ayollar...

Ruhiy hayotida ikkilangan ayollar edi.

Bunday ayollar bizning yon-atrofimizda. Ularning taqdiri – bizning taqdirimiz. Ularning ko‘pchiligi butun umri davomida imonlilar jamoatiga boradi. Ayrimlarini o‘z jamoatingizdan topishingiz mumkin. Biri o‘g‘il yoki qizingizga jamoat qoshidagi maktabda ta’lim berayotgan o‘qituvchi bo‘lishi mumkin. Boshqalari haftada bir marta o‘tkaziladigan, Muqaddas Kitobni o‘rganish mashg‘ulotlarida qatnashadi, hatto bu mashg‘ulotlarni olib boradi ham. Aksariyat hollarda siz ularning hayotda nima bilan kurashib kelganini hayolingizga ham keltirmaysiz. Hol-ahvol so‘raganingizda, ular jilmayibgina: “Yaxshi” - deyishadi.

Mana shunday ayollarning boshdan kechirganlari mazkur kitobning dunyoni ko‘rishiga turtki bo‘ldi. Bu yerda yozilganlar kamdan-kam uchraydigan guvohliklar emasligini tushunishingizni so‘ragan bo‘lardim. Men boshqalarga o‘xshamagan “zaif” ayollar haqida hikoya qilmoqchi emasman. Bunday hikoyalarni ko‘p o‘qiganman, ko‘p eshitganman ham va aminmanki, ular haqida alohida bir kitob yozish mumkin.

Jamiyatimiz “ruhiy xastaliklar” epidemiyasini boshdan kechirmoqda, bu dard nafaqat imonsiz ayollarni, balki biz – imonlilarni ham o‘z domiga tortib kelmoqda.

Agar menga oxirgi yillar davomida o‘zim uchratgan masihiy ayollarning aksariyatiga izoh berish talabi qo‘yilganida edi, quyidagi so‘zlardan birini yoki bir nechtasini ishlatgan bo‘lardim: ozib-to‘zgan; horg‘in; madori qurigan; yo‘lidan adashgan; darg‘azab; noiloj ahvolda; umidini yo‘qotgan; yengilgan; g‘amg‘in; aybdorlik hissiga berilgan; emotsional jihatdan o‘zgaruvchan;  tang ahvolda; ishonchini yo‘qotgan; yolg‘iz; o‘z joniga suiqasd qilishni o‘ylab yuradi.

Har qanday jamoatda o‘z joniga suiqasd qilish haqida o‘ylagan ayollar soni qanchani tashkil qilishini bilganingizda agar, bu sizni lol qoldirishi mumkin.  Vaholanki, ularning ayrimlari ko‘pdan buyon bu haqda o‘ylab yurgan. Ehtimol bu sizga ham taalluqlidir. Balki sizga hayotni davom ettirishga hojat yo‘qdek tuyulayotgandir. Singlim, sizga shuni aytmoqchimanki: “Umid bor!” Mazkur kitobni o‘qiganingiz bilan muammolaringiz yo‘qolib qolmaydi. Lekin ishonchim komil: bu kitob hozirgi holatingizda sizga yordam bera oladigan Zotni ko‘rsatadi. O‘qishni davom ettirishingizni so‘ragan bo‘lardim.

Qullik — bu men hozirgi masihiy ayollar haqida o‘ylaganimda, hayolimga keladigan yana bitta so‘z. Ayollarning aksariyati qullikda kun kechiradi – ular ozod emaslar. Ko‘pincha bu holga o‘zlarining xohishi tufayli tushishadi. Misol uchun ko‘p ayollar aybdorlik hissi bilan, o‘zini o‘zi hukm qilib yashaydi. Ular Xudoning inoyatidan va sevgisidan zavqlanib, erkin yashay olishga qodir emaslar.

Ko‘pchilik o‘z o‘tmishiga qul bo‘lib qolgan. Ularning xatolari yoki boshqa odamlarning xatolari qanday oqibatlarga olib kelganidan qat’iy nazar, o‘tmish ularning yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib osilgan va ular bu yukni bir umr o‘zlarida saqlab keladi.

Boshqalarni qiynagan narsa, Muqaddas Kitobda “odamlardan qo‘rqish” deyilgan. Bundaylar jamiyat ularni rad qilishidan, odamlar ular haqida yomon o‘ylashidan qo‘rqib, mana shu qo‘rquvga, hurmatga sazovor bo‘lish istagiga qul bo‘lib yashaydilar. O‘z his-tuyg‘ularining quliga aylangan ayollar ham uchraydi, ular tashvishlardan qiynalib, qo‘rquvda, g‘azabda, ruhiy tushkunlikda, o‘ziga-o‘zi rahmi kelib yashaydilar.

Ayollar - qul bo‘lgan sohalar ichida eng keng tarqalgani ovqatlanish bilan bog‘liq. Birlari o‘zini yeyishdan to‘xtatolmaydi, boshqalari yeyishga o‘zini majbur qilolmaydi. Birinchilar ham, ikkinchilar ham buning quli bo‘lib qolgan.

Bu bilan barcha ayollarning mana shunday ojiz tomoni bo‘ladi, demoqchi emasman. Shuni nazarda tutib aytamanki, umuman olganda, masihiy ayollar katta inqirozni boshdan kechirmoqda va bu masalaga yuzaki xulosalar va javoblarning o‘zi bilan yechim topib bo‘lmaydi. Bu yerda boshqacha yondashuv talab etiladi.

Xudo bizni bunday hayot kechirishimiz uchun yaratmaganligini Muqaddas Kitob orqali ko‘ramiz. Yuhanno Xushxabaridan Isoning so‘zlarini o‘qib, Xudo biz uchun a’loroq reja tayyorlab qo‘yganini bilib olamiz:

“Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman”.

Yuhanno 10:10

Siz Iso berishni xohlagan farovon hayotga ega bo‘lganmisiz, yoki shunchaki jon saqlash, kun o‘tkazib yurish bilan ovoramisiz?

Muammolaringiz borligi yoki yo‘qligi haqida so‘raganim yo‘q. Men bilgan yorug‘ yuzli, hayotni sevadigan ayollarning ayrimlari nikohda juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirib, dardlarga to‘lib yashaydi, boshqalari yerga ko‘mgan o‘g‘li yoki qizining qabri ustida yig‘lab o‘tishga majbur; yana birlari o‘simta kasalligiga yo‘liqqan yoki keksa, to‘shakka mixlangan ota-onasiga qaraydi. Shunday bo‘lsada, ular mana shu muammolar va qiyinchiliklarga qaramay, o‘zlari uchun hayot chashmasini topib olgan va bu ularga zulmat vodiysidan ishonch bilan, qo‘rqmay yurishga yordam beradi.

Sizda-chi, hayotda sizni shunga o‘xshash, zanjirband etgan sohalar bormi?

Ayanch holda, baxtsiz va tang kun kechirish o‘rniga: ozod bo‘lib, quvonchga to‘lib, shod urib, sevib, chaqnab, yorug‘ yuz bilan, ishonch bilan, ezgulikka to‘lib, osoyishta, barqaror hayot kechira olasiz.  

Mana shunday ayol bo‘lishni istaysizmi?

Ehtimol hayotda Xudoning inoyatini va tinchligini his qila boshlagandirsiz. O‘ylaymanki, tanishlaringiz orasida Masihni bilgan, lekin shunga qaramay qullikda kun kechirib kelgan ayollarni siz ham bilasiz. Ularga ozod bo‘lishning yo‘lini qanday ko‘rsatish mumkinligini bilib olishni istaysizmi?

Men har qanday darddan forig‘ qiladigan malham haqida gapirganim yo‘q, yengil hayotga olib keladigan qisqa yo‘lni taklif etganim yo‘q, qiyinchiliklar va og‘riq bo‘lmasligini va’da qilmayman. Hayot – murakkab narsa va biz buni qabul qilishimiz lozim. Men hayotda uchraydigan hodisalar – rad etilish, yo‘qotishlar, umidsizlik, yaralanish va hatto o‘lim kabi holatlarni ozod ruhda, quvonch bilan qanday yengib o‘tish haqida gapiryapman.

“Aynan mana shunga intilaman! O‘zimga ham, boshqalarga ham shuni xohlayman. Nimadan boshlayin?” deysiz.

Ayollarning boshdan kechirayotgan muammolari va azoblari ustidan yillar davomida ko‘p og‘ir o‘ylarga botib, Xudoning Kalomidan javob izladim va kulfatlarimizning haqiqiy negizi nimada ekanligini aniqladim:

Siz ham, men ham yolg‘oning qurboni bo‘lganmiz!

Biz aldanib qolganmiz!

Sizlarga Odam Ato va Momo Havoning eng birinchi maskani, benuqson, mukammal muhit - Adan bog‘iga qaytishni taklif etaman. Kulfat va muammolarimiz shu yerda boshlangan. U yerda ro‘y bergan hodisa bugungi hayotimizga ham bevosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Birgina yolg‘on qanday qilib butun olamni kulfatu balolariga to‘lishiga sabab bo‘lganini ko‘rishingizni xohlayman. Momo Havo yolg‘onga quloq soldi, unga ishondi va uning asosida ish tuta boshladi. Har qanday muammo, mojaro, jarohat, buzilgan munosabat yoki og‘riqning negizi birgina narsada, ya’ni oddiy yolg‘ondadir.

Odatda birgina yolg‘on o‘zi bilan tumonat yolg‘onni olib keladi. Momo Havo yolg‘onga ishondi, biz ham Momo Havoning qizlari uning yo‘lidan yurdik. Bir yolg‘on ketidan boshqasini eshitamiz, unga quloq solamiz, ishonamiz va shunga yarasha ish tutamiz. Kitobdagi har bir bobni Momo Havoning “Xotira daftari” boshlab beradi. Daftarda yolg‘on haqida mulohazalar bo‘lib, Momo Havo o‘z hayoti davomida bu yolg‘onga ishongan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, xotira daftar qandaydir jihatlari bilan sizning xotira daftaringizga ham o‘xshar.

Turli davrlarda ayollar qarshi tura olgan yolg‘onning barcha turlarini sanab ko‘rsata olmaymiz. Biroq hozirgi masihiy ayollar yolg‘onning ayrim turlariga beriluvchan ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Maqsadim – ushbu kitobda yolg‘onni fosh qilish, uning haqiqiy mohiyatini ko‘rsatishdir. Yolg‘onning ayrim turlari shu darajada keng tarqalganki, ularni aniqlab olish juda qiyin. Biroq “eng yomon yolg‘on” – bu haqiqatga juda o‘xshaydigan yolg‘on.

Maqsadim masihiylar orasida tarqalgan yolg‘onning ayrim turlarini ochishgina emas, balki ularni ilk bor ishga solgan zotning asl yuzini ko‘rsatish hamdir. Shayton ham o‘zini nurli farishta qilib ko‘rsatadi. (2 Kor. 11:14) U bizga baxt berishni va’da qiladi va xuddi bizning foydamizga ish tutgandek o‘zini ko‘rsatadi. Lekin u yolg‘onchi va buzg‘unchidir; uning maqsadi – bizning yordamimiz bilan yuragimizdagi taxtdan Xudoni olib tashlash. Men shayton tomonidan sizni va yaqinlaringizni aldash va yo‘q qilish uchun ehtimol hayotingizda ishga solingan mash’um yolg‘onni ko‘rsatishni xohlayman.

Biroq yolg‘onchini va uning yolg‘onini fosh qilmoqning o‘zi yetarli emas. Sizlarga haqiqatning kuchini ko‘rsatmoqchiman; ishonch, haqiqatga asoslangan hayot qanday qilib ozodlikka olib kelishini, qulab yakson bo‘lgan, buziqilikka berilgan va azobda qolgan dunyoda arang hayot kechirishga, voqelikdan qochishga emas, balki haqiqiy, to‘laqonli ozodlikka erishtirishini ko‘rsatmoqchiman.

Haftaning boshida men ko‘chada sayr qilib, Kalomda yozilgan bir nechta oyat haqida mulohaza qilayotganimda, Xudo Yoqubning maktubidan oxirgi ikkita oyatni yuragimga soldi:

Ey birodarlarim, agar orangizdagi biror kishi haq yo‘ldan ozgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri yo‘lga soling. Esingizda bo‘lsin, gunohkorni nohaq yo‘ldan qaytargan odam o‘sha gunohkorning najot topishiga va behisob gunohlarining yuvilishiga sababchi bo‘ladi. Yoqub 5:19–20

Darhol tushundimki, ushbu oyat orqali Xudo menga mazkur kitob nima uchun yozilishi kerakligini va bundan ko‘zlangan maqsadni ko‘rsatmoqda. Millionlab masihiy ayollar yolg‘onning tuzog‘iga ilingan va to‘g‘ri yo‘ldan ozgan. Men Xudodan ushbu kitob orqali bunday ayollarning yuragiga shifo berishni, qullikdan ozod qilishi haqida so‘radim, toki ular Xudoning inoyati, kechirimi ostida yashasin va farovon hayotga ega bo‘lsin.

Men ishlatadigan ayrim so‘zlar sizga qo‘pol tuyulishi mumkin. Muloyim, yumshoq so‘zli bo‘lishga harakat qilmadim. Hamma qo‘llaydigan o‘tkir, dono fikrlarni yozishni o‘z oldimga maqsad qilmaganman. O‘ylashimcha, qachonki yomon novdalar kesib tashlansa, ya’ni fikr-zikrimiz tubdan o‘zgarsagina, biz yuragimizdagi achchiq ildizdan forig‘ bo‘lamiz va dardlarimizdan qutulamiz. Ko‘pincha haqiqat og‘ir botadi, u doim ham yoqimli bo‘lavermaydi. Biroq sizni ozod qiladigan haqiqat haqida gapirmaslik, bu avvalo rahmsizlik va men tomondan qilingan nohaqlik bo‘lar edi.

Quyida haqiqatning kuchi haqida guvohlik bergan ikkita hikoyani keltiraman:

Nihoyat ozod bo‘ldim! Uzoq yillar davom etgan qullikdan Xudo meni to‘liq ozod qilishiga umidimni ham yo‘qotgan edim.

Bu turmushga chiqqan yosh ayolning so‘zlari. U men bilan suhbatda Xudo uning hayotida nima qilayotgani haqida gapirib berdi. Bu ayol menga o‘n uch yoshidan beri yomon odatning quli bo‘lib kelganini aytdi.

Ko‘p marotaba bu odatni tashlashga harakat qilganman. Qo‘limdan nimaiki kelsa qilganman, jumladan Muqaddas Kitobni o‘rganib, ibodat qilib, dugonalarim bilan gaplashardim, lekin baribir, ko‘p o‘tmay yana yiqilardim. Yengilgach yana tavba qilardim, Xudodan kechirim so‘rardim, biroq yana yiqilishimni bilar edim. O‘zimni to‘xtatolmasdim.

Bu ayol ko‘p yillardan beri Masihga ishonadi. Turmush o‘rtog‘i bilan birga u imonlilar jamoatida faol xizmat olib boradi. Yuragi Xudoga ma’qul hayot kechirish istagiga to‘lgan, juda samimiy bo‘lgan bu ayol Masih haqida ko‘p guvohlik beradi va odamlarga xizmat qilar, biroq umidsizlikdan va juda og‘ir, aybdorlik hissidan hech ozod bo‘lolmasdi.

So‘ng u biroz jonlandi va izlab, orzu qilgan ozodlikka qanday erishgani haqida gapirib berdi:

Oxir-oqibat, imonda tajribasi bo‘lgan bir masihiy ayoldan yordam so‘rashga jur’at etdim. U meni Xudodan, shu vaqtga qadar qanday yolg‘onga ishonib kelganim haqida so‘rashga undadi. Biron bir yolg‘onga ishonaman deb umuman o‘ylamasdim, biroq ibodat qilganimda Xudo mening ko‘zimni ochdi va hayotimda men yolg‘onga yon bergan ikkita sohani ko‘rsatdi. Bu yolg‘on o‘n yildan uzoq vaqt meni asir qilib kelar edi! Haqiqatni ko‘rgach, men yolg‘onga ishonganimga tavba qildim va Xudodan hayotimda shayton egallashiga o‘zim yo‘l qo‘ygan sohalarni qaytarib olish haqida so‘radim.

Keyin nima bo‘lgani haqida guvohlik berar ekan, u xursandlikdan gul-gul yonar edi. “Shu vaqtdan beri, — deydi u, — men uzoq vaqt meni tutqun qilgan gunohdan ozod bo‘ldim. Bundan tashqari men ilgari vasvasaga tushgan hayotning boshqa sohalarida ham Xudo endilikda g‘olibona qadam bosishimga yordam beryapti. Qanday quvonchga va ozodlikka erishganimni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Haqiqat lol qoldiradigan darajada kuchli, qudratlidir!”

Haqiqatning qanday kuchga egaligiga boshqa bir holatda ham guvoh bo‘lganman. Biz bir ayol bilan gaplashdik, u o‘zi qatnagan jamoatning cho‘ponini sevib qolgan edi. Bu haqda bilganim zahoti o‘sha ayolning ishxonasiga qo‘ng‘iroq qildim, chunki erining bundan xabari borligiga ishonchim komil emasdi. U kotiba bo‘lib ishlagani bois, biz xizmat telefonini uzoq band qilib turolmasdik. O‘zimni tanishtirib, darhol masalaga o‘tdim. Men unga shunday misol bilan murojaat qildim:

“Agar yarim tunda derazadan qarab, qo‘shnimning uyi yonayotganini ko‘rsam, darhol yugurib chiqqan va ularni uyg‘otish, yonayotgan uyidan olib chiqish uchun qo‘limdan kelganini qilgan bo‘lardim. Kerak bo‘lsa bor ovozim bilan baqirar, eshigini urib, taqqilatar edim. Yarim tunda uyqusini buzganim uchun xafa bo‘lishlari haqida o‘ylab o‘tirmasdim. Dilini og‘ritib qo‘yganim yoki qo‘pol muomala qilganimdan og‘rinmasdim ham”.

Keyin davom ettirdim va shunday dedim: “Aytishim kerakki, siz o‘sha yonayotgan uyda o‘tiribsiz; xavf ostidasiz. Vaziyatning keskinligi bois, men haqimda nima deb o‘ylashingizga qarab o‘tirmayman, dilingizni og‘ritib qo‘yganimdan bezovta bo‘lmayman ham. Kech bo‘lmasidan, sizni ogohlantirib, yonib bitayotgan uydan qutqarish uchun qo‘limdan kelganini qilaman”.

Ko‘zda yosh bilan men bu ayoldan hayotida nima bo‘layotganini anglab olishni o‘tinib so‘radim. Men unga yalinib, uni o‘zi yo‘l qo‘ygan bu xavfli vaziyatdan chiqib ketish uchun keskin choralarni ko‘rishga undadim.

Suhbatimiz davomida Xudo bu ayolning yuragini ochdi. Keyingi kunlarda ro‘y bergan narsalar mening xizmatim tufayli bo‘ldi deb aytolmayman — “Zotan, Xudo O‘zini xushnud qiladigan ishlarni qilishingiz uchun sizlarga kuch va xohish beradi” (Flp. 2:13).

Xudo suygan bu ayolning to‘g‘ri yo‘lni tanlagani, o‘z hayoti, oilasi va odamlar bilan munosabatiga oid Xudoning irodasini ustun qo‘yganini ko‘rish chindan ham quvonarli edi. Barcha emotsiyalari, fikr-zikriga mahkam o‘rnashgan (soxta) ideallari, eski odatlariga qarshi juda qiyin qadamlarni birma-bir bosib kelar ekan, Xudoning inoyati unga, yo‘lni davom ettirish uchun kuch berar edi. U yana nur ostida yashay boshladi va bu orqali unga yangi, ozodlikda kechadigan, marhamatlarga to‘la farovon hayotga yo‘l ochildi.

Haqiqat mana shunga olib keladi va mening istagim, qadrli ayollar, opa-singillar, sizning hayotingizni ham haqiqatga to‘ldirish.

Biz qilmoqchi bo‘lgan safar yengil bo‘lmaydi. Ko‘p holatlarda qullik bo‘yintirug‘ini solgan yolg‘onning sohalarini aniqlash, uning ildizini topish siz uchun juda qiyin va hatto og‘riqli ham bo‘ladi. Biroq men “Yaxshi Cho‘ponni” bilaman, U sizni juda yaxshi ko‘radi – siz uchun O‘z hayotini fido qilgan va agar ijozat bersangiz, sizni sokin irmoqlar bo‘yiga yetaklaydi, yam-yashil yaylovlarda sizga orom beradi.

Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik bo‘yinturug‘ini taqmanglar.  (Gal. 5:1 )

Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir.”  (Mt. 11:28 – 30)

Xotira daftarim

Boshim og‘riyapti. Hikoyamni nimadan boshlashni ham bilmayman. Bu kun bizning Bog‘da o‘tkagan qolgan hamma kunlarimiz singari, juda ajoyib boshlangan edi. Odatdagidek, Odam Ato va men, Xudo bilan sayr qilish uchun erta tongda uyg‘ondik. Bizning Xudo hamrohligida sayr qilishimiz har doim kunning eng yaxshi, eng yorug‘ qismi bo‘lib kelgan.

O‘sha kun ertalab ma’lum bir vaqt hech birimiz gapirmadik. Birgalashib vaqt o‘tkazayotganimizdan ko‘nglimiz shod edi. So‘ng Xudo xirgoyi qildi. Bu sevgi, muhabbat qo‘shig‘i edi. Naqoratga yetganda biz ham ashulaga qo‘shildik – avval Odam Atoning jarang, kuchli ovozi eshitildi, so‘ng men ham kuyga qo‘shildim. Biz sevgi haqida, yulduzlar, quvonch va Xudo haqida  qo‘shiqlar aytdik. Nihoyat, biz Bog‘ o‘rtasida, atrofga soyasin sochib turgan yo‘g‘on daraxt ostiga kelib o‘tirdik. Bu yerda biz Xudoga, Uning ko‘rsatgan ezguligi uchun minnatdorliklarimizni izhor etib, birdan-bir istagimiz – Unga quvonch olib kelish, Unda quvonch topish ekanligini aytdik.

Shu qadar ajoyib damlar ediki, so‘z buni ta’riflashga ojiz. Uchalamiz yig‘ilganimizda har doim shunday bo‘lar edi.

Keyin nima ro‘y berganini qanday tushuntirishni bilmayman. Kutilmaganda, avval hech eshitmagan ovozni eshitdik. O‘girilib qarasam, qarshimda bir mavjudot turardi. Umrimda bunchalik chiroyli mavjudotni ko‘rmagan ekanman. U to‘g‘ri menga qarab turar va darhol so‘z ochdi. Shunday gapirar ediki, men o‘z o‘rnim, ahamiyatim borligini his qila boshladim. Ko‘nglimda qaniydi to‘xtamasa, so‘zlari tugamasa edi degan istak paydo bo‘ldi.

O‘sha paytda Xudoning qayerda bo‘lgani menga noma’lum. Nazarimda U bizni tashlab ketmagan edi. Uning men bilan birga ekanligini unutgan edim chog‘i. Ma’lum bir vaqtga hatto yonimda Odam Ato borligini ham unutgan edim. O‘zimni xuddi mana shu, chiroyda betakror, sirli mavjudot bilan yolg‘iz qolgandek his qildim.

Keyin bo‘lgan suhbatni hech qachon unutmayman. U menga, men bu vaqtga qadar hech qachon o‘ylab ko‘rmagan savollarni bera boshladi. So‘ng menga ilgari hech qachon ehtiyoj sezmagan narsani, ya’ni Xudodan va Odam Atodan mustaqil bo‘lishni taklif etdi. Bu boshqa martaba edi – men har doim Xudoga va Odam Atoga qarab yashaganman, endi esa ular menga qarab yashaydilar (va’da bo‘yicha). Bu bilim edi – men Xudodan boshqa hech kim bimaydigan sirlardan voqif bo‘laman. Bu ruhsat (vakolat) edi – Bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasidan yeyish.

Avvaliga shunchaki tinglab, qarab turdim. Men mulohaza qildim, o‘zimga savollar berdim, bahslashdim. Odam Ato menga Xudo bu daraxtning mevasidan yeyishni taqiqlaganini ko‘p marotaba eslatgan edi. Qarshimda turgan mavjudot esa ko‘zimga tik qarab turar va juda yumshoq so‘zlar bilan gapirishda davom etardi. Oxir-oqibat unga ishondim. Bir qaraganda bu to‘g‘ridek tuyulardi. Va men taslim bo‘ldim. Qo‘limni cho‘zdim – avval qo‘rquv sezdim, so‘ng qo‘rquv ham chekingandek bo‘ldi. Mevani uzdim. Undan yedim, so‘ng Odam Atoga ham berdim. Ikkovlashib yedik. Birgalikda, avval men, so‘ng esa u mevani yedik.

Keyin nima bo‘lganini ko‘p yaxshi eslay olmayman. Yuragim tubida avval hech his qilmagan tuyg‘ular paydo bo‘lganini sezdim. Bu yangi his-tuyg‘ular edi, o‘zimni bilish mumkin bo‘lmagan sirdan voqif bo‘lgandek seza boshladim. Katta zavq va dahshat hissi aralashib butun vujudimni qopladi. Ozodlik. Bo‘yinturuq. Ko‘tarilish. Qulash. Ishonch. Qo‘rquv. Uyat.  Men bulg‘andim. Yashirinyapman — Uning oldida bu ahvolda tura olmayman.

Yolg‘iz bo‘lib qoldim. Dahshatli yolg‘izlik. Xijolat tortyapman. Men aldandim.


Книга на Узбекском языке: - Ложь в которую верят  женщины  (Нэнси Демосс)

Автор этой книги исследует наиболее распространенные среди женщин заблуждения (о Боге, грехе, браке, детях и т.д.) и старается помочь обрести истину и стать по-настоящему свободными. Книга полезна всем (включая мужчин) и может быть использована для проведения семинаров по вопросам семьи и брака.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак