Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Josh Makdauell) 7 bob

Джош Макдауэлл. Никоҳдаги Бахтнинг 10 Рецепти - (7-боб) Узбек тилида

Nikohdagi Baxtning 10 Retsepti (Djosh Makdauell) Audiokitob Uzbek tilida.Книга на Узбекском языке

                         

MUNDARIJA

Kirish

1–BOB. SIZ SEVGI MUNOSABATLARIDAN NIMANI ISTAYSIZ?

2–BOB. BIRINCHI QAROR. Hayotda Xudoni birinchi o‘ringa qo‘yish

3–BOB. IKKINCHI QAROR. Men qanday bo‘lsam, o‘zimni shundayligimcha sevish va qabul qilish

4–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Birinchi qism

5–BOB. UCHINCHI QAROR. G‘aroyib darajada sevimli bo‘lish. Ikkinchi qism

6–BOB. TO‘RTINCHI QAROR. Ajoyib tinglovchi bo‘lish

7–BOB. BESHINCHI QAROR. Muloqot san’atini egallash

8–BOB. OLTINCHI QAROR. Qabul qiladigan, sadoqatli va doimiy sevgini namoyon etish

9–BOB. YETTINCHI QAROR. Kelishmovchiliklarni tezda hal etish

10–BOB. SAKKIZINCHI QAROR. Hamisha kechirish

11–BOB. TO‘QQIZINCHI QAROR. Oilaviy byudjetga jiddiy yondashuv

12–BOB. O‘NINCHI QAROR. O‘z tuyg‘ularining tozaligi va yorqinligini asrash


7–BOB. BESHINCHI QAROR. MULOQOT SAN’ATINI EGALLASH

– Eh, senga aytishni unutibman, – men nonushta qilib bo‘lganimiz zahoti Dottiga yuzlandim. – Tim va Temmi farzandli bo‘lishdi.

– Nimalar deyapsan! Qachon? – deb so‘radi Dotti.

– Aniq aytolmayman, – dedim men. – Ehtimol, kecha ...balki kechadan oldingi kuni tug‘ilgandir.

– Qizaloqmi yoki o‘g‘il bola?

– O‘g‘il bo‘lsa kerak, – ishonchsiz ohangda dedim. – Yo‘q, o‘ylashimcha, u baribir qizaloq bo‘lsa kerak. Ochig‘i, aniq bilmayman.

Ana shunda haqiqiy so‘roqqa tutish boshlandi: “CHaqaloqning vazni qancha ekan?” – “Bu haqda tushunchaga ega emasman”, – “Ismini nima qo‘yishibdi?” – “Bilmayman”. Men endi biroz betoqat bo‘la boshladim. “Temmi o‘zini qanday his qilyapti ?” – “Men qayoqdan bilay, Dotti?” – Javob o‘rnida faqat boshimni chayqadim. – Bu haqda gap ochganimdan endi afsuslanyapman!”

Men uchun tanishimiz farzand ko‘rganligini bilish kifoya edi. Ammo bu xabarni xotinimga lozim darajada yetkazishga noqobil ekanligim aniq bo‘lib qoldi. Menda bu haqdagi tafsilotlar yo‘q edi. Agar Dotti bilan bu haqda foydaliroq muloqot qilishni xohlasam, murojaat qilish uslubimga qandaydir o‘zgarishlar kiritishim kerak.

“Tafsilotlar haqida o‘yla” – bu mening shiorimga aylandi. Men o‘zim uchun “eslatmalar” yozadigan bo‘ldim: “Josh, Dotti bilan gaplashganingda, tafsilotlarini keltirishing kerak”. Tez orada yana bir tanish ayol farzand ko‘rganida, men bu haqda xotinimga aytish uchun zo‘rg‘a o‘zimni to‘xtatib turardim. “Qachon?” “O‘tgan seshanbada”. – “Vazni qancha ekan? – “Sakkiz funt”. – “O‘g‘il bolami yoki qizaloq ekanmi?” – “U qizaloq” – “Ismini nima qo‘yishibdi?” – “Karla”. Va shu kabi davomli gaplar. Men avval ahamiyat bermagan hamma narsani eslab qolish ustida ishlardim va bu oilamizdagi o‘zaro tushunchani mustahkamladi, negaki men endi Dottiga tafsilotlarni yetkazishga qobil edim, uning qiziquvchanligini qondirish esa o‘zaro aloqamizni his qiladigan muhim yo‘l edi. Xotinimga nimanidir tafsilotlari bilan so‘zlab berish hozir ham oson kechmaydi, ammo men bu borada o‘z mahoratimni oshirishni aslo to‘xtatmayman.

Men avvalgi bobda aytib o‘tganimdek, quloq solish sog‘lom munosabatdagi asosiy poydevor hisoblanadi, biroq sizning gapirish mahoratingiz ham alohida muhim ahamiyatga ega. O‘ylashimcha, aynan shu bois Dotti mendan tafsilotlarga qiziqmasligim uchun o‘pkalagan kunni hech unutolmayman. U menga yumshoq ohangda, ammo biror shama qilmay aytdi: “Azizim, sen noto‘g‘ri gapiryapsan”. Men javob tariqasida e’tiroz bildirdim: “Men bir umr shunday gapirganman!” – “Men uchun, – javob qaytardi u, – sen aytayotgan gaplar unchalik ham tushunarli emas”.

Dotti shundan so‘ng men gaplarimni tafsilotlari bilan keltirmasligimni qayd etdi. Men hamisha umumiy holatning “mohiyat”tiga qiziqadigan odamlar toifasiga mansub edim, shu bois, tafsilotlar unchalik muhim bo‘lib tuyulmagan. Biroq tafsilotlar xotinim uchun muhim edi, men o‘z bayon etish uslubimga zarur tuzatishlar kiritganimdan so‘ng xotinim bilan bir–birimizni chuqurroq darajada tushunadigan bo‘ldik. Mendagi holat xotinimning ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘proq tafsilotlar keltirish bilan bog‘liq edi. Bu masala sizga taalluqli bo‘lganida butunlay boshqacha aks etishi mumkin. Biroq nimani gapirishingiz va buni qanday gapirishingiz sevgan insoningiz bilan sog‘lom aloqalar qilishda o‘ta muhim. Bu borada o‘zaro fikr almashuv layoqatim yaxshilanishiga yordam bergan o‘nta qoidalarni siz bilan baham ko‘rmoqchiman. Biroq ularga o‘tishdan avval, ayniqsa er–xotin o‘rtasidagi munosabatga taalluqli keng tarqalgan anglashilmovchilikni tushunib yetishingizni istardim.

Men avval eslatib o‘tgandim: ilmiy tadqiqotlar ham, shunchaki to‘g‘ri fikrlar ham ko‘rsatadiki, sog‘lom muloqot – sog‘lom munosabatlarning ko‘rsatgichi. Bu to‘g‘ri, biroq yaxshi muloqot yaxshi munosabatlarga olib keladi degan gap turli ma’noga ega. Haqiqatda barchasi aksincha. Yaxshi munosabatlarda mustahkam hissiy aloqalarga ega bo‘lgan odamlar ajoyib tarzda bir–birlari bilan yaqinlikda bo‘ladilar. O‘z munosabatlarida bebaxt bo‘lgan odamlar bir–birlarini tushunishdagi muammolar bois o‘zaro salbiy yondashishga moyil bo‘lishadi. Odamlar qalban tarqoq bo‘lganlarida, ular o‘rtasidagi muloqot ko‘p hollarda qovushmaydi.

SHu bois sizlarga muloqot san’atiga mohirlik bilan qurilgan yo‘l kabi yondashishingizni taklif etaman, ya’ni, bu yo‘l siz sevgan insonni hissiy va shaxsiy darajadagi aloqalar bilan bog‘lasin. Bu esa nafaqat muloqotni yaxshilashga e’tibor qaratishni, balki munosabatlarni yaxshilash lozimligini ham anglatadi. Bunday vaziyatda sog‘lom muloqot maqsadga erishish vositasi hisoblanadi, aynan maqsad esa sevimli inson bilan sog‘lom munosabatlarni mustahkamlaydi. Sog‘lom muloqot boshqa odamga e’tiborni yo‘naltiradi, buning mohiyati esa aloqalarni mustahkamlash va munosabatlarni chuqurlashtirishdan iboratdir.

MOHIRONA MULOQOTNING O‘NTA QOIDALARI

Keling, bu o‘nta qoidalarni tartib bilan ko‘rib chiqaylik. Ular chuqur mazmunga ega va shu bilan birgalikda amaliy. Ularni muntazam ravishda o‘z munosabatlaringizda qo‘llang va ana shunda ular sevimli insoningiz bilan mustahkam aloqalarni saqlashda yordam berishini anglab olasiz.

  • Munosabatlarni yaxshilang.
  • Murosa qilishni o‘rganing.
  • Tushunishga intiling.
  • Turmush o‘rtog‘ingizning o‘ziga beradigan bahosini oshiring, uning qadr–qimmatini hurmat qiling.
  • Hamsuhbatingizni qo‘llab–quvvatlang va ijobiy yondashing.
  • O‘zgalarning sirini saqlashni o‘rganing.
  • Kerakli fursatni kuting.
  • Fikr va his–tuyg‘ularingizni baham ko‘rayotganingizda, ziyrak bo‘ling.
  • Hamsuhbatim fikrlarimni o‘qiy oladi, deb o‘ylamang.
  • Sofdil bo‘ling.

1. Munosabatlarni yaxshilang. Ehtimol, bizning madaniyatimiz asosida ulg‘aygan ko‘plab odamlar uchun tabiiy ravishda yuz beradigan ishlarnigina qilish shiorga aylangandir, ammo o‘zaro fikr almashadigan yaxshi insonga aylanish o‘z–o‘zidan bo‘lavermaydi. Biz o‘ziga ishonadigan va xudbinlikka yo‘liqqan odamlarmiz, shu bois boshqa odamga yo‘naltirilgan sevuvchilikka asoslangan tanlovimizda ongli harakatga tayanish kerak. Men Dottini eshitish va unga muhim bo‘lgan jabhalar chindan qiziqtirishini anglatish uchun zo‘r berib urindim. Ha, menda bu jihatlar tabiiy ravishda hosil bo‘lmaydi – men buning ustida ishlashim kerak.

Mendagi ko‘nikmalardan biri nonushta vaqti gazeta o‘qish edi. Biz Dotti bilan turmush qurgan dastlabki paytlarda ham men gazeta o‘qishni davom ettirdim. Lekin xotinim bir kuni e’tiborimni birgalikda nonushta qilish – gaplashib olish uchun ajoyib imkoniyat ekanligiga qaratdi va men bu odatimdan voz kechdim. SHundan buyon nonushta dasturxoni atrofida gazeta o‘qimayman. Men dasturxonga yaqinlasha turib, o‘zimga eslatishni o‘rgandim: “Xo‘sh, Josh, unutma: sen ertalab xotining bilan muloqot qilish uchun shu yerdasan”. Hozirda esa nonushta chog‘i iPhone yoki iPad bilan chalg‘imasligim uchun e’tiborli bo‘lishimga to‘g‘ri kelmoqda.

Avval, safarlarda bo‘lganimda, bu masalaga xuddi shaharlararo telefon qo‘ng‘iroqlari narxiga yondashgandek, nihoyatda diqqat bilan yondashardim. Bu hali limitsiz tariflardan foydalanish mumkin bo‘lgan paytlargacha shunday edi. O‘shanda Dotti ehtimol kun bo‘yi kutib nima haqdadir fikrlashmoqchi ekanligi, uyda nimalar bo‘lganini men bilan muhokama qilmoqchi ekanligi xayolimga urilardi. Biroq bunday suhbatimiz qimmatga tushishidan tashvishlanib, unga tez–tez eslatib turardim: “Bu axir shaharlararo aloqa. Uyga qaytganimdan keyin aytib berasan”.

Bunday javob uning men bilan muloqot qilish, o‘z fikrlari va his–tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashish sababini o‘ldirgan bo‘lardi, shu bois o‘zimga shunday deb uqtirishni o‘rganishga to‘g‘ri keldi: “Josh, Dotti sendan biror narsa haqida so‘raganida, sen unga qo‘ng‘iroq qilish narxi haqida boshqa eslatmaysan. Sen undan shunday deb so‘raysan: “Uyimizda ahvol qanday?” So‘ngra esa qulayroq joylashib olib, xotining bilan suhbatdan zavq olasan”. O‘sha paytlarda chet eldan qo‘ng‘iroq qilish qimmat turardi, ular hozir ham arzon emas, ammo ularga sarflangan pullarim butun er–xotinlik paytlarimda men tomondan oilaviy hayotimiz uchun kiritilgan eng yaxshi sarmoya bo‘lgan.

Muloqot san’atini o‘rganish – bu mehnat va u sizdan vaqt, kuch va ehtimol pul ham talab qiladi. Biroq muloqot siz sevgan inson bilan qalban yaqinlikka va mustahkam aloqalarga to‘g‘ri yo‘l ochadi, demak, unga qo‘yganlaringiz yuz marotabalab ortadi.

2. Murosa qilishni o‘rganing. Sog‘lom oilaviy munosabatlar – bu er–xotinlarda muloqot qilishning o‘ziga xos turlicha uslublari bo‘lganida o‘zaro yon berish mahoratidir. Har bir odam uchun boshqa insonning ehtiyojlariga moslashgan holda o‘z–o‘zi bilan qolish erkinligi zarur va muloqotning qandaydir biror uslubi boshqasidan afzal bo‘lishi shart emas. Gap shundaki, barcha odamlar turlicha, shuningdek, muloqot qilish uslubi ham turlicha. Muloqot ustalari hamsuhbatga qanday qilib va qachon moslashish kerakligini bilishadi.

Bizda Dotti bilan suhbat tafsilotlariga ehtiyojlarimiz turlicha. Bu barcha holdagi tushunmovchiliklarga tez–tez olib keladi. Ehtimol, siz ham shunday vaziyatlarga tushgandirsiz. Dotti bu haqda shunday deydi:

“Josh darhol ishga o‘tmoqchi bo‘ladi. Unga dalillarni bilish yoqadi. Unga shu zahotiyoq xulosa kerak. Menga esa chiroyli bayon etish qobiliyatim borligini ko‘p aytishgan. Fe’l–atvorim tuzilishi shunday: men qandaydir voqeani so‘zlab berish bu, san’at asarini yaratish, surat chizish bilan barobar deya hisoblayman. Axir sen surat chiziladigan matoga bo‘yoq moslamasini ko‘tarib yaqinlashmaysan – sen har bir holatni birin–ketin chizasan. SHu bois, biror voqeani so‘zlab berayotganingda, uning davomiyligini o‘ylab chiqishing, ohangni tanlashing va voqeaning muhitini yetkazib berishing talab etiladi.

Men Joshga endigina turmushga chiqqan paytlarimda, uning muloqot uslubi meni aqldan ozdiradigandek tuyulardi. Hattoki uning butun vujudi shunday deb qichqirgandek bo‘lardi: “Tezroq gap nima haqda ekanligini ayta qol!” Va oxir–oqibat shunday ham dedi: “Xo‘sh, gap o‘zi nimada?” Bunday vaziyatlarda javobim shu edi: “SHoshma, sabr qilib oxirigacha eshit. Buni men senga hikoya qilyapman. Uni oxirigacha o‘zim bilganimdek so‘zlab berishimga izn ber”. U vaqt o‘tgani sayin mening bayonimda tafsilotlar men uchun juda muhim ekanligini tushuna boshladi.

Men ham oilaviy hayotda murosa qilish markaziy nuqta ekanligini tushundim. Endilikda biz ikkalamiz ham muloqot chog‘ida bir–birimizning xususiyatlarimizni e’tiborga olishga harakat qilamiz. Josh suhbat oldidan ko‘proq tafsilotlarni eslab qolishga urinadi va muloqotimiz davomida unga turli voqealarni takroran hikoya qilib berayotganimda sabr qilib eshitadi. O‘z navbatida men ham uni ikkinchi darajali bu tafsilotlar qachon tugashini poylab qiynalishidan xalos etishga intilaman. Men ko‘plab tafsilotlarni qoldirib eng asosiysiga – har bir inson haqida gapirib o‘tirmasdan darhol voqeaning mohiyatiga o‘tishga urinaman.

Men uchinchi farzandimizga homilador bo‘lganimni unga qanday aytganligim bu borada yaxshi namunadir. Farzandlarimiz Kelli va SHon tug‘ilganlarida, biz ikkimiz ham yana bir bolamiz bo‘lishini istardik, biroq men Ketiga mo‘ljalimizdan avval homilador bo‘lib qoldim. Joshga bu haqda aytish uchun kichikroq bir she’r to‘qidim, bunda homiladorligim shama qilib o‘tilgandi. Bu she’rda boshidan oxirigacha ikkimiz haqimizda aytilgani va qanday xabarni o‘zida jo etganini tushunish uchun Josh she’rni oxirgi misrasigacha eshitishi nazarda tutilgandi.

Biz o‘sha vaqtda Texasda yashardik va Josh hali antiqiy buyumlar oldi–sotdisi bilan shug‘ullanardi. O‘shanda u Kaliforniyada safarda edi va men unga antiqiy buyumlar sotuvi boshlanishidan besh daqiqa avval qo‘ng‘iroq qildim. Men shunday dedim: “Sen bilan gaplashib olishim kerak”, u esa shunday javob berdi: “Ha–ha, yaxshi, ammo mening vaqtim kam. Eshiklarni ochmoqchi bo‘lishyapti, u yerda besh yuztacha odam yig‘ilgan. Hamma qachon ichkariga kiritishlarini kutyapti”. Men unga bir narsani o‘qib bermoqchi ekanligimni aytdim va u tez o‘qishim sharti bilan eshitishga rozi bo‘ldi.

Men she’rni o‘qiy boshladim, u esa she’rning yarmida shunday deb so‘rab qoldi: “Bir lahza shoshma, bu kimning she’ri?” Men undan biroz jim turishini va shunchaki diqqat bilan tinglashini so‘radim. U o‘qiyotganimda meni ikki marta to‘xtatib qo‘ydi: “SHoshma–shoshma, nima haqda gapiryapsan? Kimda farzand tug‘ilishi kerak?” Biroq men gapimda turib oldim: “Hech narsa dema. Sen she’rni boshidan oxirigacha eshitishing shart”.

Josh she’rning oxirida gap nimada ekanligini tushunib yetdi: men bizda farzand tug‘ilishini nazarda tutgandim. Ha, Josh bu xabarni so‘zlar bilan ma’lum qilishimni afzal ko‘rgan bo‘lardi: “Men homiladorman. Iyun oyida farzandimiz tug‘iladi”, biroq men uchun aylanma yo‘llar bilan borish, manzara chizish, muhit yaratish va hammasi hech bo‘lmaganda o‘zim uchun juda–juda jozibador ko‘rinish olishi muhim edi. Mana nimani men tushunishim kerak edi: ayrim holatlarda men nimanidir “dramaturgik” qobiliyatim bilan bayon etishda erimni yaxshi anglamayman. Men kelishuvga o‘tishim va bundan tashqari telefon orqali she’r o‘qimasligim lozim edi, ayniqsa, uning xayoli antiqiy buyumlarni sotish bilan band bo‘lib turganida. O‘sha kuni men muhim saboq oldim va hanuzgacha saboq olishda davom etyapman”.

Men ham, Dotti ham o‘zimizning muloqot qilishning o‘xshash bo‘lmagan uslublariga moslashishimizga to‘g‘ri keldi va haligacha murosa yo‘llarini izlaymiz. Agar siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan qizg‘in muloqot qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z muloqotingizga qandaydir o‘zgarishlar kiritishingiz kerak bo‘ladi. Sezgir bo‘ling hamda uning qanday qabul qilishini va ma’lumotni o‘zlashtirishini qayd eting, ana shundan so‘ng zarur tuzatishlar kiriting.

3. Tushunishga intiling. Ehtimol, odamlar turli peshtaxtalarga yozib, so‘ngra ish stollari ustiga qo‘yadigan ikkita jumlaga ko‘zingiz tushgandir: “Bilaman, mening so‘zlarim ma’nosi sizga tushunarlidek tuyulyapti. Biroq bundan xabardor ekaningizga ishonchim komil emas: eshitganlaringiz mutlaqo nazarda tutayotganlarim emas”. Sevgan odamingizning gaplarini eshitganingiz aynan u nazarda tutganlari emasdir, uning nimani nazarda tutib aytganlari sari ko‘prik solishingiz uchun sizdan hamsuhbatingizni tushunish istagi talab etiladi.

Siz eng avvalo nimaga intilyapsiz: sizni tushunishlari uchunmi yoki o‘zingiz boshqa birovni tushunishingiz uchunmi? O‘zingizda birovni oxirigacha eshitmay gapini qaytarib tashlashga moyillik borligini bilasizmi? Ba’zan sevimli insoningiz nimanidir nazarda tutib hali gapini tugatmaganida ham shoshilinch xulosalar qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu borada yolg‘iz emassiz. Men o‘zimni o‘zim istaganimdan ko‘ra ko‘proq ana shunday tutaman. Biz shunday yo‘l tutgan holda hamsuhbatimizni eshitishimiz mumkin, ammo u bizga nimani anglatmoqchi bo‘lganini tushuna olmaymiz.

Quloq solish va tushunishga intilish bizdan tinglashimizni, vaziyatni boshqa odamning nazari bilan, uning ko‘zi bilan ko‘rishni talab etadi. Bu esa Isoning yo‘riqlaridan foydalanishimiz zarurligidan dalolat: “Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar...” (Matto 7:12). O‘z navbatida bizni qanchalik eshitishlarini istasak, o‘zimiz ham shu darajada boshqalarni tinglashga urinishimiz va boshqalar bizni tushunishlarini qanchalik xohlasak, o‘zimiz ham ularni tushunishga shu qadar intilishimiz kerak.

4. Turmush o‘rtog‘ingizning o‘ziga beradigan bahosini oshiring, uning qadr–qimmatini hurmat qiling. Har bir odamda uni bilishlari va shaxs sifatida qadr–qimmatini e’tiborga olishlariga bo‘lgan chuqur ehtiyoj bor. Siz sevimli insoningizni eshitishga, uning tutgan yo‘lini, fikrlari va his–tuyg‘ulari yo‘nalishini tushunishga intilganingizda, shu tariqa uni qadrlashingiz va hurmat qilishingiz haqida tushuncha berasiz. Uning har bir jumlasiga qo‘shilishingiz, har bir masalada uni qo‘llab–quvvatlashingiz shart emas, ammo uning tutgan yo‘lini va qarashlarini hurmat qilishingizni yaqqol namoyon etishingizga to‘g‘ri keladi.

Men har biri o‘z fikrini o‘tkazishga urinadigan yoki hamsuhbatini doimo pastga uradigan ko‘plab er–xotinlarni ko‘rganman. Bunday juftliklarning hissiy aloqalar doirasida qiyinchiliklar kelib chiqadi va ularning muammolari muloqot chog‘ida bu holatni aks ettiradi. Siz turmush o‘rtog‘ingizning o‘ziga bergan bahosini hurmatga loyiq shaxs sifatida mustahkamlaganingizda, bu bilan go‘yo shunday demoqchi bo‘lasiz: “Seni eshitishlariga munosibsan. Sening fikrlaring men uchun muhim”. U bunday ko‘makni his etganida, muloqotda va o‘zaro tushunishda ochilish osonroq kechadi.

Dottining aytishi bo‘yicha, men u haqda yuqori fikrda ekanligimni sezadi, birinchi navbatda uni zehni o‘tkirligini maqtaganimda. “Josh hamisha mening tez tushunib olishimni va men – juda aqlli ekanligimni o‘zimga aytadi. Avvaliga men, u meni shunchaki xursand qilish uchun bu gaplarni aytyapti, deb o‘yladim. Biroq vaqt o‘tgani sayin Josh chindan ham mening maslahatlarimni va yo‘l–yo‘riqlarimni qadrlashiga meni ishontirdi. U kitoblarni, film yoki ma’ruzalarni tahrir qilayotganida, fikrlarim bilan qiziqadi. U hamisha men nimani qanday ko‘rayotganligim yoki nimanidir qanday qabul qilayotganligimga e’tibor beradi, mening nimagadir taalluqli ichki hislarimni tinglaydi. Bu kabi suhbatlar hamisha qiziqarli, men esa natijada u bilan umumiy jihatlarimiz ko‘pligini his etaman”.

Sizni ishontirib aytaman: bu ko‘nikma menda tabiiy emas va o‘z–o‘zidan hosil bo‘lmagan. Mana, men o‘zim uchun nimani o‘zlashtirdim: men Dottining nuqtai nazarini e’tiborga olishim zarur. U men eshita va ko‘ra olmaydigan nimalarnidir ko‘rishi va eshitishi mumkin. U men boshqa odamning ovozida farqlay olmaydigan o‘zgacha ma’noni farqlashi mumkin. U men to‘liq his etolmaydigan qalbning nozik tebranishlarini his etishi mumkin. Menga biz to‘qnash keladigan odamlarni tushunishda, shuningdek, bolalarimizni tarbiyalashdagi kechiktirib bo‘lmaydigan barcha masalalar va holatlarda uning ichki tushunchalari kerak. Menga uning turmushga oid donishmandligi, sezish darajasidagi ichki his–tuyg‘ulari kerak. Bilaman, bu gapim balandparvoz tuyuladi, biroq Dotti – mening yarim bo‘lagim. SHu bois, unga muntazam bu haqda gapiraman, bizning o‘zaro muloqot yo‘llarimiz ko‘proq darajada ochiq va musaffo bo‘lib qolaveradi.

Biroq takror aytaman: xotinimning qo‘llab–quvvatlashiga bir kun ichida erishgan emasman. Dotti oilaviy turmushimizda necha bora o‘zini eriga kerak emasdek sezayotganligini aytgan. Uning aytishicha, men hayotda hammasiga uningsiz ham erisha olgan bo‘lardim. Menga aslo bunday tuyulmagan, men hatto unda bu kabi fikrlar bo‘lishi mumkinligiga ishonmayman. Lekin aslida nima farqi bor, agar Dotti shunday deb hisoblayotgan bo‘lsa, uning tuyg‘ulari menga shuni bildirmoqda: men unga qanchalik muhtoj bo‘layotganimni aniq tushuntirib berolmayapman.

Siz turmush o‘rtog‘ingizga o‘zingiz tasavvur qilganingizdan ham ko‘proq muhtoj bo‘lishingiz mumkin. Agar o‘zingizda o‘ziga ishonchga moyillikni his qilsangiz, bunday moyillikka shiddat bilan qarshi turing. Sizga faqat turmush o‘rtog‘ingiz bera oladigan donolik va hissiyotlar, ichki sezgilar kerak. Bu Xudoning er va xotinni o‘zaro birlashtiradigan sabablaridan biridir. U har birimizga boshqaga ham zarur bo‘ladigan ziyraklik va layoqat bergan, xuddi U O‘z tanasida – jamoatda bu xususiyatlarni egallagani kabi, “Axir, tanamiz bir bo‘lsa–da, tanamiz a’zolari ko‘p... – deydi havoriy Pavlus, – SHunga o‘xshab, biz – Masihga tegishli bo‘lganlar bir tanani tashkil qilamiz” (Rimliklar 12:4–5).

Er, sen o‘z xotiningga qara, unga va uning betakror hayotiy qarashlariga tayangin. Uning ziyrakligi sen uchun qanchalik qadrli ekanini tushunib olishiga yordam ber. Xotin, sen o‘z eringga qara, unga va sening hayotiy tushunchalaringga nisbatan uning afzallik taraflariga tayangin. Sening hayotingga uning olib kirganlari qanchalik qadrli ekanini tushunib olishiga yordam ber. Va siz ikkalangiz ham bir–biringizni qadrlab hurmat qilar ekansiz, o‘zaro munosabat yo‘llaringiz ko‘proq darajada ochiqroq va musaffo bo‘lib qolaveradi.

5. Hamsuhbatingizni qo‘llab–quvvatlang va ijobiy yondashing. Ijobiy yondashuvga tayyor turish – muloqotdagi yana bir haqiqiy foydadir. U turmush o‘rtog‘i bilan ochiq munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi, ayni vaqtda o‘zini salbiy boshqarish sog‘lom munosabatni qiyinlashtiradi. Biroq biz tabiatimizga ko‘ra, salbiy yondashuvga moyildekmiz.

Tennessi shtati Universitetida o‘tkazilgan uch kunlik va’zlar jarayonida men universitet yotoqxonasida yoshlar yetakchilari bilan masihiylik uyushmasi boshqaruvi yig‘ilishida ishtirok etdim. Bir yoshgina qiz nihoyatda g‘amgin va tashvishli ko‘rinardi. U shunday e’tiroz bildirdi:

– Men endi hech qanday flayerlar tarqatmayman. Hamma bizning yig‘ilishlarimizga qarshi kayfiyatda. Bugun faqat salbiy fikrlarni eshityapman.

Men unga shu zahoti savol berdim:

– Bugun aynan qancha odam sizga tanbeh berdi? Yigirma beshtami?

– Yo‘q.

– O‘ntami?

– Yo‘q.

– Balki, beshtadir?

Qiz yana shu javobini qaytardi:

– Yo‘q.

Men faqat ikki kishigina qiz tarqatgan ikki yuz yoki uch yuzta flayerlarga salbiy munosabat bildirganlarini aniqladim. O‘sha yig‘ilishda kimki qatnashgan bo‘lsa barchaga qiz hamma narsani g‘amgin ranglarda ko‘rishi ayon bo‘ldi.

Biz turlicha munosabatlarda o‘zimizga bildirilgan salbiy so‘zlarni eslab qolish va qayd etishga moyilmiz. Agar o‘nta ijobiy jumla va bittagina salbiy so‘z bo‘lsa, biz harqalay salbiy so‘zga diqqatimizni qaratamiz. Suhbat 90% maqtovdan va 10% tanqiddan iborat bo‘lsa, bundagi o‘zaro muvofiqlikni bemalol o‘rinli deya hisoblash mumkin.

Siz o‘zingizni boshqalar bilan yaxshi kelishib ketadigan inson deya atarsiz? Agar sizning o‘zingizni tutishingiz ijobiy bo‘lsa, odamlarning sizga murojaat qilib, biror nimani baham ko‘rishlari oson kechadi. Havoriy Pavlus hayot tarzimizda va odamlarga munosabatda urg‘uni qanday to‘g‘ri qo‘yish haqida ajoyib maslahat beradi: “...ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, to‘g‘ri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda bo‘lsin” (Filip. 4:8).

Odamlarga dalda bering va muloqotingiz ijobiy bo‘lsin. Quyida aytilganlarni o‘zaro taqqoslang va ulardan qaysi biri sizni o‘ziga tortayotganini ayting:

  • “Sen negadir menga gullar sovg‘a qilmay qo‘yding”.
  • “Sovg‘a qilgan guldastang menga juda yoqdi”.

Agar umr yo‘ldoshingizni yaxshi gaplar bilan ruhlantirib tursangiz, bu deyarli hamisha uning tarafidan ijobiy tarzda javob kelishiga sabab bo‘ladi. Sevimli insonga samimiy minnatdorchilik va uning kayfiyatini ko‘tarishga urinish o‘rtalaringizdagi sog‘lom muloqotni qo‘llab–quvvatlashga ijobiy tarzda ta’sir qiladi.

6. O‘zgalarning sirini saqlashni o‘rganing. Sevgan insoningiz o‘zgalar sirini saqlashga qodir ekanligingizni bilsa, bu muloqot uchun juda katta ijobiy qo‘shimcha omil bo‘ladi. Unda beixtiyor siz bilan ochiqchasiga gaplashish xohishi tug‘iladi, negaki siz sir saqlashni bilasiz. Omma oldidagi chiqishlarimda men qaysidir holatlarni qayd etish uchun muntazam ravishda shaxsiy misollar keltiraman, ammo xotinim va bolalarim bilan munosabatlarimdagi nozikliklarni baham ko‘rayotganimda nihoyatda ehtiyot bo‘lishimga to‘g‘ri keladi. Agar men munosabatlarimizdagi o‘zimizga tegishli tafsilotlarni juda ochiqchasiga tarqata boshlasam, Dotti so‘zsiz ehtiyotkor bo‘ladi va o‘z qobig‘iga yashirinib oladi.

Bir kuni Joys ismli yoshgina ayol men bilan uchrashib, Uendel ismli yigit bilan munosabatlarida yuzaga kelgan vaziyatda qanday yo‘l tutishi haqida maslahat berishimni so‘radi. Yigit oralaridagi munosabat yanada jiddiyroq yo‘nalishda, ya’ni oila qurish borasida rivojlanishini istagan va Joysdan unga nisbatan tuyg‘ulari qanchalik jiddiy ekanligini ma’lum qilishini talab etgan. Joys esa o‘z xohishlarida bu qadar mustahkam emasdi. Uendel bilan uzoq suhbat qurib, Joys o‘z fikriga ko‘ra, hali “qayta ko‘rib chiqish”i kerak bo‘lgan ayrim voqealar bois kim bilandir yaqin kelajakda taqdirini bog‘lashga hozircha to‘liq ishonolmasligini bildirgan.

Qattiq ta’sirlangan Uendel bir qancha odamlardan maslahat so‘ragan. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish haqida nima deb maslahat berishlarini bilish maqsadida, u Joys bilan o‘rtalarida ochiqchasiga aytilgan so‘zlarni boshqalarga bildirgan. Bu haqdagi gap–so‘zlar Joysga yetib borganida, u o‘sha zahotiyoq Uendel uchun nihoyatda yopiq insonga aylandi. U o‘zining shaxsiy hayotiga suqilganlarini his qildi va tushunarli tarzda, Uendel bilan biror chuqur shaxsiy masalani umuman qachondir yana baham ko‘ra olishiga shubha qila boshladi.

Siz sir saqlashni bilasizmi? Yoki boshqalarga o‘z sevgi aloqalaringiz haqida “sir saqlash sharti” bilan so‘zlab berishga moyilmisiz? Siz o‘z shaxsiy sirlaringizni hammaga tarqatasizmi? Ammo bu munosabatlardagi ishonchni buzadi! Siz yoki sevimli insoningiz o‘zingizga pand berilgan deya his qilsalaringiz, keyingi safar siz yoki uning uchun ochiqroq bo‘lish qiyin kechadi.

7. Kerakli fursatni kuting. SHoh Sulaymon dono inson bo‘lgan. Binobarin, unga shunday jumlalar tegishli: “O‘z o‘rnida aytilgan so‘z tilla uzukka qo‘yilgan yoqut ko‘zdaydir” (Hik. 25:11) va “Odam yaxshi javobi tufayli quvonadi, o‘z vaqtida aytilgan so‘z qanchalik yaxshi” (Hik. 15:23). Agarda to‘g‘ri so‘zlar to‘g‘ri vaqtda aytilsa sog‘lom munosabatlar tezroq yuzaga keladi.

Umr yo‘ldoshimiz bilan, do‘stimiz yoxud boshqa birov bilan gaplashganimizda, biz nafaqat suhbatni qay tariqa olib borishga, balki so‘zimizning mazmuniga ham e’tibor qaratishimiz lozim. Ba’zan vaziyat taqozosiga ko‘ra, turmush o‘rtog‘imizga nimanidir ertalabgacha xabar qilmaslikni afzal ko‘ramiz, bu esa ularning e’tiroziga sabab bo‘lishi mumkin. Zero, umr yo‘ldoshimiz uchun kun og‘ir o‘tgan bo‘lsa, shunday yo‘l tutgan ma’qul. Dotti zarur vaziyatga bo‘lgan yondashuvini shunday tushuntiradi:

Men nihoyatda kirishimli insonman. Muloqot men uchun muhim. Men hamisha kim bilandir hamma narsa haqida gaplashib turadigan munosabatni istaganman, hozir ham shuni istayman. Biroq oilaviy hayotimizning boshidanoq tushundim: agar Joshga o‘ta muhim nimanidir aytmoqchi yoki og‘ir bir mavzuni ko‘tarmoqchi bo‘lsam, oldimda aslo yechib bo‘lmaydigan qandaydir muammo paydo bo‘lardi, ya’ni men unga bu haqda qanday aytish uchun, balki qachon aytish uchun ham ehtiyot bo‘lishim kerak edi.

U mutlaqo og‘ir xayollarga berilishni istamaydigan vaziyatlar bor – misol uchun, sahnaga chiqishidan o‘n daqiqa avval (yoki chiqish oldidan butun kun davomida). Mabodo farzandlarimizdan birortasi bilan muammo yuz bersa yoki menda qanaqadir noxushlik sodir bo‘lsa, men toki qulay fursat kelmagunicha unga bu haqda aytishga shoshilmayman. Josh katta auditoriya qarshisida chiqish qilishi oldidan, uni chalg‘itadigan va bu bilan uning chiqishidagi muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan nimanidir aytishim kerak emas. Hattoki hozir ham tunlari unga boqib qaysidir og‘ir holatni unga aytishdan o‘zimni tiyaman, negaki bu uning uyqusini buzishi mumkin. Men tong otishini kutaman.

Alohida yondashuvni talab etadigan yoki keskin hissiyotni qo‘zg‘aydigan qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun to‘g‘ri vaqtni, to‘g‘ri muhitni va to‘g‘ri vaziyatni tanlang. To‘g‘ri gaplarni to‘g‘ri vaqtda aytish – bu qoida munosabatlardagi tushkunlikdan asrashga yordam beradi.

8. Fikr va his–tuyg‘ularingizni baham ko‘rayotganingizda, ziyrak bo‘ling. Bizning tuyg‘ularimiz – shaxsiyatimizning bir qismi, ammo ayrim odamlar buni biz bilan baham ko‘rishlari qiyin kechadi. Bolalik yillaridagi hissiy og‘irlikka bog‘lanib qolgan holda ayrim odamlar umuman o‘z his–tuyg‘ularini anglashmaydi. Biroq biz odamlar bilan chuqur va yaqin aloqalarni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, o‘z tuyg‘ularimizni yashirmaslikka o‘rganishimiz kerak.

Sevimli insoningizga hissiyotlaringizni ochiq ifoda etish ayni vaqtda qalbingizda nimalar kechayotganini anglashga yordam beradi. Nimani his qilayotganingizni bilishi uchun unga imkon bering. Hissiyotlarni bo‘g‘ish siz va munosabatlaringiz uchun zararli bo‘lishi mumkin. Umidsizlik, xafagarchilik va nafratni bo‘g‘ib qo‘ysangiz ham ularni hayotingizdan uloqtirib yuborolmaysiz, ular qachondir yana nosog‘lom ahvolda hayotingizga qaytib keladi.

Sog‘lom munosabatlarga kalit – sevgan insoningizga nimani his qilayotganingizni, bu hattoki nafrat bo‘lsa ham, bilishiga ruxsat berishdir, ammo buni mohirlik bilan qilish kerak. Kalomda shunday deyilgan: “Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmanglar. Quyosh botguncha jahldan tushinglar” (Efes. 4:26). O‘z nafratini yashirish yoki boshqa odamning tuyg‘ulariga qaramasdan qizishib ketmoq – bu munosabatlaringiz ustidan nazoratga ega bo‘lishning yomon uslubi. Bunday “saqlagich”lardan biri – sevgan insoningizga nimani his qilayotganingizni ochiq aytish, ammo shu bilan birgalikda, bu bilan uni xafa qilishni istamasligingizni qo‘shib qo‘yish. Men ba’zan shunday deyman: “Dotti, bu menga yoqmaydi, lekin hozir nima desam ham, seni xafa qilmasligiga ishongim keladi”. Bu bosim o‘tkazmasdan suhbat olib borishim kerakligini tushunishimga yordam beradi, Dottini esa ehtiyot bo‘lishga va menga ham bosim o‘tkazmagan holda ko‘proq tushuncha bilan yondashishiga undaydi. SHuningdek, nima haqda qanday gapirishim borasida ehtiyotkor bo‘lishni o‘rganishimga ham to‘g‘ri kelgan. Nimalarni o‘ylayotganimni va nima meni bezovta qilayotganini Dottiga birdan to‘kib solmasdan, nozikroq tarafdan o‘zimni bildirishga urinaman va xotinim buni bilishiga imkon beraman: “Azizam, ayni damda mana nimani his qilyapman ...” (Biz kelishmovchiliklarni hal etish borasida o‘z tuyg‘ularimizni ifoda etishga chuqurroq kirishamiz.)

Siz o‘z tuyg‘ularingizni ochiq ifoda etganingizda yoki buni mahorat bilan qilganingizda, bu nafaqat sevimli insoningizga sizni bilishi uchun imkon beradi, balki unga sizning tuyg‘ularingiz ustida “ishlash”iga, ayni vaqtda yashirin hislaringizning qaytishi kabi muammodan va aloqalaringizni buzishga qodir oshkora etilmagan tuyg‘ulardan nari bo‘lishingizga imkon yaratadi.

9. Hamsuhbatim fikrlarimni o‘qiy oladi, deb o‘ylamang. Iltimos, o‘z–o‘zidan tabiiy ravishda boshqa odamga ishoralaringiz, ovozingiz ohangi yoki “butun vujud”ingiz tushunarli deb hisoblamang. Inson nima o‘ylayotgani va nimani his qilayotganini hamsuhbati anglab turganini o‘zicha faraz qilganida anglashilmovchilik va xafagarchiliklar kelib chiqadi. O‘zgalarning fikrini o‘qish kamdan kam bo‘ladi. Siz turmush o‘rtog‘ingizga ehtiyojingiz va xafagarchiliklar haqida gapirmagan bo‘lsangiz, bunga e’tibor bermayotganliklari uchun ularga javobgarlik yuklay olmaysiz. Siz xayolingizda va qalbingizda borini aytishingiz lozim!

“Men Josh bilan asal oyimizda bo‘lgan kelishmovchilik uchun aybdorman, – deydi Dotti. – Biz Meksikada dam oldik, Akapulkoga bordik va birgalikda mashinada yana ko‘plab soatlarni o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelardi. Men hali yoshgina kelinchak edim va shunday deb o‘ylardim: “Men bu erkakka turmushga chiqdim, lekin u men haqimda bilishi kerak bo‘lganning yarmini ham bilmaydi, menda esa erimdan ko‘ra meni ko‘proq biladigan yaqin dugonalarim bor! Endi turmush qurgan ekanmiz, u men haqimda hammasini bilishi kerak!” (O‘shanda bir–birimizni kerakli darajada o‘rganishimiz uchun oldinda butun bir umr turganligi xayolimga kelmagandi.) Men negadir, u meni chindan bilib olishi uchun qanday qarashlarga ega ekanligim haqida aytishning eng qulay payti hozir, degan qarorga keldim.

Bizning birinchi uchrashuvimiz va to‘yimiz orasida bor–yo‘g‘i yarim yildan ko‘proq vaqt o‘tgandi, shu bois mana shu qisqa davrda Joshga aytishga ulgurmagan ko‘p narsalar borligini bilardim. Men o‘z tuyg‘ularimni u bilan baham ko‘rish ehtiyojini his qilardim, shu bois u yo‘l belgilariga qarab, xaritaga tikilib o‘tirganida gapiraverdim, gapiraverdim va gapiraverdim. Men Joshga yetkazmoqchi bo‘lgan hamma narsani u egallay olmasligini payqashim lozim edi, tag‘in nihoyatda qisqa vaqt ichida, lekin negadir Joshga nimalar haqida gapirsam, u hammasini eslab qoladigandek tuyulgandi. U meni e’tibor bilan tinglamayotganini va qisqa jumlalar bilan javob qaytarayotganini payqaganimda esa darhol gapdan to‘xtardim. O‘zimcha, u nima uchun jim bo‘lib qolganimni aniq biladi, deb o‘ylardim, ammo u buni qayoqdan bilsin? Aslida hattoki gaplashmay qo‘yganimni ham payqamadi.

Sukunatda faqat soatning chiqillashi eshitilardi, mening esa asta–sekin qonim qaynay boshladi. Muammo mana nimada edi: Josh mening qalbimda nimalar kechayotganiga shubha ham qilmasdi. Biz Akapulkoga yetib kelganimizda esa, men o‘rnimda zo‘rg‘a chidab o‘tirgandim. Men mashinadan chiqib, g‘azabga to‘lib turganimni unga aytdim” Nima gap o‘zi?” – hayron bo‘lib so‘radi erim. “Gap shundaki, butun yo‘l bo‘yi birorta so‘z aytmading!” Josh mening nega qizishib ketganimni tushunmasdi, menga esa garchi u bu haqda ishora ham qilmagan bo‘lsada, nimalarni his qilib, nimalarni o‘ylayotganimni bilishi kerakdek bo‘lib tuyulardi.

Menda ichki sezgi yaxshi rivojlangan va boshqa birov nima uchun o‘zini noqulay sezganini darhol bilaman. Josh atrofidagilarning his etayotganlarini qabul qilolmaydi, demoqchi emasman, lekin uning ichki sezgisi unchalik kuchli rivojlanmagan. Mendagi muammo shundan iboratki, buni aniqlash uchun menga talaygina vaqt kerak bo‘lardi. O‘sha paytda esa erim menda qanday hissiyotlar jo‘sh urayotganini payqab olishini kutgandim. To‘g‘risini aytganda, ikkovimizni ham o‘zga fikrlarni o‘qish ustasi deb bo‘lmaydi, lekin mabodo, fikrlarim kimgadir ma’lum, deb kutsangiz, bu sog‘lom munosabatlarga juda xalaqit beradi.

10. Sofdil bo‘ling. Kalomda biz haqiqatni sevgi bilan aytishimiz haqida yozilgan (qarang: Efes. 4:15*).

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

* Muqaddas Kitobning «New Living Translation» (NLT) inglizcha tarjimasiga havola).

Biz odamlar bilan to‘g‘riso‘z – ularga o‘zlari haqidagi haqiqatni aytadigan bo‘lishimiz kerak, biroq ularning xavfsizligi, baxti va farovonligi xuddi o‘zimizniki kabi muhim ekanligini ishonch bilan bildirishimiz lozim. Boshqacha qilib aytganda, sog‘lom munosabat to‘g‘ri gapni va g‘amxo‘r qalbni talab qiladi.

SHunday bir holatni ko‘z oldingizga keltiring: xotiningiz sochini yangicha usulda turmakladi. Unga shunday turmak yoqadi, sizga esa bema’nilikdek tuyuladi. Xotiningiz xonaga kirib o‘zining yangi “fason”ini ko‘rsatish uchun atrofingizda aylanadi: “Xo‘sh, senga yoqdimi?” To‘g‘riso‘z bo‘lish uchun mana shunday gaplarni aytishingiz kerakmi: “Mening nazarimda, azizam, sen juda xunuk ko‘rinyapsan!”

Sevgi ila haqiqatni aytish nopok bo‘lishni anglatmaydi, ammo bu to‘g‘riso‘z insonning beshafqat va bemehr bo‘lishini ham bildirmaydi. Dono erning halol va g‘amxo‘r qalbi sizga nimalar deyishingizni o‘rgatadi: “Azizam, senga tan beraman – sen hamisha juda bashang ko‘rinasan, hamma narsaga ijodiy qaray olasan, bu yangi turmaging ham o‘zingga juda yarashibdi. Sendan ko‘z uzib bo‘lmaydi–ya!”

Agar haqiqatni sevgi ila aytsangiz, bu o‘z didingiz va ta’bingizdan yuqori ko‘tarilishingizga izn beradi. Siz o‘zingiz hech qachon tanlamaydigan narsani hattoki sevib qolishingiz mumkin, negaki sevimli insoningiz buni yaxshi ko‘radi, shuningdek, siz yarashmaydi deb o‘ylagan turmakni ham. Gap shundaki, to‘g‘riso‘z bo‘lish va haqiqatni sevgi ila aytish – boshqa insonning his–tuyg‘ularini ham hisobga olish demakdir.

CHet tillarni o‘rganish kabi muloqot san’atini egallash ham vaqtni, fidoyilikni, aniqlikni va amaliyotni talab etadi. Ayrimlarimizga bu san’at tezroq, boshqalarga sekinlik bilan nasib etadi, shunga ko‘ra sevimli insonimizga toqat qilmasdan ilojimiz yo‘q, bundan tashqari, barcha san’at turlarida bo‘lgani kabi, muloqot san’atini egallash – butun hayot bo‘ylab davom etadigan jarayondir.


Книга на Узбекском языке: 10 рецептов счастья в браке (Джош Макдауэлл)

Брачные обеты… на этом обычно заканчиваются любовные романы, но это не конец вашей любовной истории, а лишь начало совместного пути с любимым человеком. В этой книге знаменитый американский проповедник рассказывает о десяти решениях, принятых им ради того, чтобы сохранить свежесть и яркость чувств в браке с любимой женщиной. Практические рекомендации, которые автор дает на основе библейского учения и личного опыта, будут полезны и молодоженам, и супругам со стажем, желающим сделать свой брак счастливым и долговечным. Читателей ждет бонус: тест на определение своих эмоциональных потребностей.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак